• 2-Bob. O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari 2.2.
  • Maktab oila va jamiatchilik hamkorligi konsepsiyasining amaldagi holati Mundarija: Kirish




    Download 164 Kb.
    bet1/4
    Sana24.02.2024
    Hajmi164 Kb.
    #161969
      1   2   3   4
    Bog'liq
    O’quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakillantirish
    9-sinf, Informatika. 11-sinf (2018, N.Taylaqov, A.Ahmedov), zebra, maktabgacha, 1677584174-ED-20231378 дл. решение эл., IPv4 va IPv6 protokollarining imkoniyatlarini taqqoslash va tahlil qilish., tavsifnoma, 727, bux esabi OA sirtqi, 1CHI MAVZU, 2CHI MAVZU, Zebra chiziq, 2-amaliy mashg’ulot Tashqi fotoeffekt hodisasiga doir masalalar-www.hozir.org, surayyo vord, surayyo vord

    Maktab oila va jamiatchilik hamkorligi konsepsiyasining amaldagi holati
    Mundarija:
    Kirish…………………………………………………………………..2
    1-Bob.O‘quvchilarida oila, maktab, jamoatchilik hamkorligini shakillantirish
    1.1. O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligi konsepsiyasi…………………………….………………………………………5
    2-Bob. O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari
    2.2. O‘quvchilarni tarbiyalashda oila, mahalla, maktab hamkorligini amalga oshirish tamoyillari va bosqichlari, mexanizmi va uslublari…………………...16
    Xulosa………………………………………………………………….27
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………….……………28
    Kirish
    Mustaqil O‘zbekistoning xalqparvar siyosati natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, etnik-madaniy hayotida kun sayin jiddiy o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jamiyatimiz moddiy va ma’naviy rivojining yangi omillari xalqning milliy o‘z-o‘zini anglashda samarali ta’sir ko‘rsatayapti. Mamlakatimiz hayotining barcha tomonlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish xalqimiz madaniy kuch-qudratini ma’naviy jihatdan tiklash, g‘oyaviy jihatdan yangilash va o‘z-o‘zini anglashdan iborat muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining uzluksiz rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shart-sharoit yaratilmoqda. Jumladan, hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qator me’yoriy hujjatlarda o‘qitishni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish sohasida qator tadbirlar belgilab qo‘yilgan. Xususan, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga alohida e’tibor qaratilib, bugun zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish qayd qilinadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da oliy ta’lim oldiga qo‘yilgan qator muhim vazifalar belgilab berilgan. Jumladan, ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasining asosli mexanizmlarini ishlab chiqish, uni amaliyotga joriy etish, o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish, masofaviy ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish, yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalari asosida modul tizimidan foydalangan holda talabalar o‘qishini jadallashtirish ana shunday dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Yuqori malakali pedagog kadrlarga bo‘lgan talablar ortib borayotgan hozirgi sharoitda barkamol yosh avlodni asrlar davomida shakllanib kelayotgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega bo‘lgan, fanning fundamental asoslarini puxta egallagan, pedagogika va psixologiya fanlarining zamonaviy metodlari bilan chuqur qurollangan, kasbiy tayyorgarligi yuqori darajada bo‘lgan hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirib olgan ijodkor pedagog kadrlarni shakllantirish talab etiladi. Bunday vazifalarni bajarish mavjud ta’lim tizimini mukammallashtirishni, uni hozirgi zamon talablariga mos rivojlantirishni, xususan oliy pedagogik ta’lim paradigmasini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirishga, oliy pedagogik ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fundamental bilimlarni mustahkam egallashga qodir pedagoglar tayyorlashga yo‘naltirishni taqozo etadi.
    Darhaqiqat, yangilangan ta’lim tizimini joriy etishda har bir o‘qituvchi o‘zining faniga va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga oid axborotlarni muntazam o‘rgana borib, ularni o‘z mehnat faoliyatida izchil qo‘llay bilish mahorati oqibatidagina ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida tashkil eta olishi mumkinligi sir emas. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Shu o‘rinda Prezidentimiz I.A.Karimovning Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch asarida : ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi deb aytgan so‘zlarini ta’kidlab o‘tish joizdir. Bugungi maktab o‘qituvchisi jamiyatimizda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rayotgan, uni aql chig‘irig‘idan o‘tkazadigan, har bir masalaga o‘z munosabatini bildira oladigan, dunyoqarashi rivojlangan, fikrlash olami keng o‘quvchidir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezdintining Oliy Majlisning IX Sessiyasida (1997 yil, 29 avgust) so‘zlagan nutqda: ―Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir – deb qayd qiladi.
    Shunday ekan, bolaning mustaqil va erkin shaxs sifatida shakllanishi uchun eng avvalo oila mustahkamligi ta’minlanishi zarur. Oila jamiyat tayanchi ekanligini unutmasligimiz lozim. Ammo barcha vazifalarni oilaga tashlash ham noto‘g‘ri. Oiladagi ta’lim-tarbiyaning to‘ldiruvchi maktab va jamoatchilik mavjud. Mana shu tashkilotlarning o‘zaro hamkorlikda ishlashi bola tarbiyasi, xususan barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarurdir. Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan ― Mustahkam oila yili Davlat dasturini amalga oshirish jarayonida oila, mahalla, ta’lim maskanlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, har jihatdan sog‘lom va barkamol yoshlarni voyaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yilda ishlab chiqilgan ― Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi asosida umumta’lim maktablari bilan o‘zini o‘zi boshqarish organlari va oila institutlari o‘rtasida yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini o‘z vaqtida aniqlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayni paytda "oila-mahalla-maktab" hamkorligi oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash, ularda ulg‘ayayotgan o‘g‘il-qizlarni zamon talablari asosida, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda o‘z samarasini berayotir. ―Oila-mahalla-maktab‖ hamkorligining yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati beqiyosdir. Yigit-qizlarning oila haqidagi tasavvurini kengaytirishga xizmat qiladigan ―Oila – muqaddas tushuncha, ―Oilaviy an’analar, ―Ota va ona – oila tayanchi, ―Oilada sharqona sadoqat» mavzularidagi ma’rifiy tadbirlar, tanlov va davra suhbatlari yoshlarimiz uchun har tomonlama foydali bo‘lmoqda Ayniqsa, ta’lim maskanlarida o‘tkazilayotga ―Bola tarbiyasi – kelajak mevasi, ―Ilm ol, hunar o‘rgan, ―Tanlagan kasbing – sening kelajaging hamda ―Etuk mutaxassis – kelajak mevasi mavzularidagi suhbatlar, savol-javob kechalari yaxshi samara berayotir. Ushbu tadbirlarga malakali professor-o‘qituvchilar, iqtidorli talaba-yoshlar hamda ibratli oilalar vakillari jalb etilayotgani ularning ta’sirchanligini oshirmoqda. Erta turmush qurish va yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohlarning oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlariga ham shahar va tumanlarda alohida e’tibor qaratilmoqda. ― Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari doirasida yoshlarni oilaviy hayotga ma’naviy-ruhiy tomondan tayyorlash, ularda oilaga mas’uliyat hissini uyg‘otish yuzasidan olib borilayotgan ishlar ham e’tiborga sazovor.



    Download 164 Kb.
      1   2   3   4




    Download 164 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktab oila va jamiatchilik hamkorligi konsepsiyasining amaldagi holati Mundarija: Kirish

    Download 164 Kb.