|
10 ma’ruza: pomidorlarni qayta ishlash texnologiyalari reja
|
bet | 1/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 32,54 Kb. | | #107517 |
Bog'liq 10 (Lotincha)
10 - MA’RUZA: POMIDORLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYALARI
Reja:
Xom ashyo tavsifi. Tomat-pyure va tomat-pasta.
Tomatlarni yig‘ish, tashish qabul qilish va saqlash.
3. Ishqalangan tomat massasini olish.
4.Tomat massasini konsentrlash.
5.Tomat mahsulotlarini qadoqlash.
1.Xom ashyo tavsifi. Tomat-pyure va tomat-pasta.
Fanda dunyoning barcha halqlari pomidor o‘simligi va uni mevasini tomat deb
1-rasm. Tomat meva-
sining tuzilishi
|
ataydi. Tomat mevasi po‘stloq, et, sharbat va urug‘dan iborat. Mevaning ichki bo‘shlig‘i (1-rasm) urug‘ bo‘limlariga ajralgan. Meva kameralarining tashqi devorlari 3 po‘stloq 2 bilan tutashgan, ichki devorlar 5 kameralarni bir-biridan ajratadi. Kamera ichi bo‘shlig‘i 4 sharbat va urug‘ 1 bilan to‘lgan.
|
Quruq modda miqdori tomatda 4-dan 9 %-gacha bo‘ladi va o‘rtacha 6%-ni tashkil etadi.
2. Tomatlarni yig‘ish, tashish qabul qilish va saqlash
Mayda mevali tomatlar SKT-2 kombaynlarda yig‘iladi. Ularga PT-3,5 telejkalari tirkaladi. Yirik mevali tomatlarni yig‘ish uchun traktor tortib yuruvchi keng qamrovli transportyorlar ishlatiladi. Plantatsiyalar POU-2 markali harakatlanuvchi platformalar va transport tarali almashinuvchi yarim pritseplar bilan ta’minlanadi. “CHayka -58” rusumli tomat yig‘ish agregati DT-54 traktori, 100 M rusumli ikki trasportyor hamda meva-sabzavot platformali suv sepish qurilmasidan iborat.
Zavodga keltirilgan tomatning suvli basseyn yoki gidravlik transportyorga tushurilishi va bevosita qayta ishlashga uzatilishi maqsadga muvofiq. Birlamchi punktlardan keltirilgan maydalangan tomat massasi darhol qayta ishlanadi.
Ishning uzluksizligini ta’minlash uchun tomat mevalari ko‘pincha xom ashyo maydonchasida saqlanadi. Xom ashyo quruq moddasining yo‘qolishi atrof muhit temperaturasi va saqlash muddatiga bog‘liq. 180S temperaturada 4 soat saqlangandan so‘ng yo‘qolish bo‘lmaydi, 240S da yo‘qotish 1,7%-ni tashkil etadi. 22-250S temperaturada 22 soat saqlangandan so‘ng yo‘qotish 5,1%-ni tashkil etadi, 36 soatdan so‘g – 7%. Sovutgichda 1-20S temperaturada tomatni 20 sutka saqlash mumkin. Tomatni 12 soatgacha suvda meva va suv nisbati 2:1 holatda saqlash ham amalda qo‘llaniladi. Quruq modda yo‘qolishi bunda zararlangan va yorilgan meva miqdoriga bog‘liq.
|
| |