|
Ishqalangan tomat massasini olish
|
bet | 2/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 32,54 Kb. | | #107517 |
Bog'liq 10 (Lotincha)3. Ishqalangan tomat massasini olish
Tomatlarni qayta ishlashga berish. Mevani qayta ishlashga uzatish uchun har 1 m-da 8-12 mm egilish bilan o‘rnatilgan gidravlik transportyor ishlatiladi. Unda suv oqadi. Suv tomatni yuvadi vassex ichiga suradi.
YUvish. Tomatlar ventillyatorli yuvish mashinasida yuviladi. Gidravlik transportyor va yuvish mashinasi orasiga egik yoki “g‘ozbo‘yin” transportyor o‘rnatiladi. YOinki to‘g‘ridan to‘g‘ri elevator yuvish mashinasi o‘rnatiladi.
Tomat sovuq suvda yuviladi, ba’zan vakuum-bug‘latish apparatlari kondensatoridan chiqqan suv (30-380S) ishlatiladi. Suvning birlik sarfi gidravlik transportyorda 4-5 l , yuvish mashinasida 0,7-1,2 l/kg xom ashyo. Dushlarda suv bosimi 200-275 kPa.
Inspeksiya, tomatni chayish va suvni oqizish. Inspeksilashda defektli tomatlar, mevaning dumi olinadi. Pishib etilmagan tomatlar alohida yig‘ilib tuzlamalarga ishlatiladi.
Inspeksiya qo‘l yordamida ishchi organi roliklardan iborat bo‘lgan transportyor ustida amalga oshiriladi. Tomat mevasi roliklar ustida uzluksiz aylanib oldinga siljiydi. Transportyor tezligi 0,1 m/s –dan oshmasligi kerak. Dushlash nuqtalari tomatni transportyordan tushirish joyidan 1 m oldinda o‘rnatiladi, natijada tomat transportyordan tushguncha undagi suv oqib ketib ulguradi.
Tomatlarni maydalash va urug‘ini olish. Keyingi bosqichlarda isitish va ishqalash mashinasida fraksiyalash jarayonlarini osonlashtirish uchun tomat dastlab maydalanadi. Isitishdan ilgari tomatning ekiladigan urug‘i ajratiladi. Agar isitilmagan tomat ishqalash mashinasida fraksiyalansa chiqit, miqdori keskin oshadi.
Ishqalash. Ishqalash tomat po‘stlog‘ini etdan va urug‘ni ajratib olish uchun qo‘llaniladi (agar liniyada urug‘ ajratgich ishlatilmasa). Natijada bir jinsli tomat massasi olinadi. Buning uchun ketma-ket ikki yoki uch mashina qo‘yiladi. Juft yasalgan ishqalash mashinasi (“dupleks”) -da birinchi to‘rning teshiklari diametri 1,2-1,5 mm -ga teng bo‘lib po‘stloq va urug‘larni ajratadi, ikkinchi korpus (“finishyor”) to‘rining teshiklari diametri 0,8-0,5 mm-ni tashkil etadi. Finishyor tomat massasini bir jinsli qilib maydalaydi.
|
| |