|
10 ma’ruza: pomidorlarni qayta ishlash texnologiyalari reja
|
bet | 3/3 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 32,54 Kb. | | #107517 |
Bog'liq 10 (Lotincha)Tomat-pyure pishirish. Tomat-pyure ochiq bug‘latish chanlarida pishiriladi. Ularga mahsulotni isitish uchun mis zmeeviklar o‘rnatilgan.
CHanga tomat massasi quyib turish va massani chandagi sathini doimiy balandlikda ushlab turish jarayonini avtomatlashtirish uchun yuklash quvuriga ikkilamchi pribor va regulyator 6 orqali bajaruvchi mexanizm 8-ga ta’sir etuvchi datchik 2 o‘rnatiladi.
Tomat-pasta pishirish. Tomat-pasta vakuum-bug‘latish apparatlarida pishiriladi. Havo bilan kontaktni yo‘qligi va pulьpaning vakuum ostida qaynash temperaturasining pasayishi vitaminlar, rang berish moddalari va boshqa qimmatli komponentlarni saqlab qolishni ta’minlaydi.
Tomat massasining qaynash temperaturasini pasaytirilganligi vakuum-apparatlarda past bosimli bug‘ni ishlatish imkoniyatini beradi.
5.Tomat mahsulotlarini qadoqlash.
Tomat-pyure. Tomat-pyure 10 l-li shisha bankalarga issiq quyish yo‘li bilan qadoqlanadi. Bankalar sterillanmaydi. Tomat konservalari mikroflorasini tashkil etuvchi mikroorganizm-lar (mog‘orlar, drojjalar) tomat-pyure pishirilishi davomida osongina halok bo‘lishadi. Quyish vaqtida tomat-pyurening temperaturasi 95-970S. Banka va qopqoqlarga pyure quyilishidan oldin yaxshilab sanitar ishlov beriladi va sterillanadi. To‘ldirilgan tara tezda berkitiladi va qopqoq ichkarisini pyure issiqligi hisobiga sterillash uchun banka teskari ag‘darib qo‘yiladi.
Tomat-pasta. Tomat-pastaning vakuum-bug‘latish apparatlari ichidagi qaynash temperaturasi mikroorganizmlarni o‘ldirish uchun etarli emas. Tomat-pasta qadoqlangandan so‘ng tarada sterillansa 850S-gacha, agar issiq quyish usuli bilan konservalash qo‘llanilsa u holda 960S-gacha isitiladi.
Isitish uchun davriy ishlovchi apparatlar qo‘llaniladi (VNIIKOP-2 yig‘uvchi-isituvchi apparati), ularda mahsulot 10-12 daqiqa ushlanadi. Uzluksiz ishlovchi – qobiq-quvurli, shnekli, quvurli issiqlik almashinish apparatlari ham qo‘llaniladi. Tomat-pastaning qovushqoqligi baland bo‘lganligi uchun ular isitish bo‘yicha kerakli samarani bermaydi.
Tomat-pasta temir, shisha bankalarga hamda aseptik qoplarga aseptik sharoitda qadoqlanadi. To‘ldirilgan bankalar germetik berkitiladi, Hajmi 3 litrgacha bo‘lgan taralarga solingan mahsulot 1000S temperaturada 15-50 daqiqa 100-150 kPa bosimda (taraning o‘lcham va turiga qarab) sterillanadi va suvda sovutiladi.
Qadoqlash uchun bankalardan tashqari alyuminiydan tayyorlangan laklangan hajmi 175 g-ga teng tublar ishlatiladi. Tublar temperaturasi 85-880S bo‘lgan tomat-pasta bilan to‘ldiriladi va ochiq orqa qismi uch karra bukilib siqiladi, shu tarzda germetiklanadi. So‘ngra tublar suv dushi ostida sovutiladi, issiq havo yordamida quritiladi va yashchiklarga joylanadi. Ular 0-50S temperaturada 6 oygacha saqlanadi.
Tomat-pasta bochkalarga ham 10 % osh tuzi konservant sifatida qo‘shilib qadoqlanadi. Bu miqdordagi tuz mikroorganizmlar o‘sishi jarayonini to‘xtatadi, ammo mahsulot saqlanishini kafolatlamaydi. Mahsulot va taraning yaxshi sanitar holatini ta’minlash kerak, qadoqlashdan ilgari dastlab uni isitish va temperaturasi 150S-dan yuqori bo‘lmagan omborlarda saqlash kerak. Tomat-pasta va tuz mis detallari bo‘lmagan uskunada aralashtiriladi.
|
| |