• Qattiq ferromagnetiklar H
  • Labirintli struktura.
  • Domenlarni kuzatishning magnitoptik usullari.
  • Faradey effekti.
  • Ferromagnetiklada domenlar va ularnig tuzilishi. Domenlarni kuzatishning magnitoptik usullari. Ferromagnetiklada domenlar va ularnig tuzilishi




    Download 91,37 Kb.
    bet2/2
    Sana18.05.2024
    Hajmi91,37 Kb.
    #243065
    1   2
    Bog'liq
    m7

    Yumshoq ferromagnetiklar

    µmax

    JT, Tl

    Hk,

    JQ,Tl

    Vodorodda quydirilgan sof temir

    28.000

    17.28*10-2

    2.0

    1.6*10-2

    Yumshoq temir

    8.000

    17.2*10-2

    40.0

    6.72*10-2

    Kremniyli temir

    10.000

    2.00*10-2

    56.0

    12.0*10-2




    15.000

    16.0*10-2

    28.0

    4.0*10-2










    240.0

    8.0*10-2

    Uglerodli temir

    3.000

    14.4*10-2

    368.0

    3.2*10-2

    Kuydirilgan cho’yan

    2.000

    12.8*10-2

    4.8

    4.0*10-2

    permalloy

    80.000

    8.0*10-2

    4.0

    4.8*10-2

    Gipernik

    70.000

    8.8*10-2







    perminvar

    2.000

    12.8*10-2

    80

    3.2*10-2

    1.2-jadval

    Qattiq ferromagnetiklar

    HK,

    JQ, TL

    Magnetik (Feo*Fe2O4)

    4000

    4.8

    Uglerodli po’lat (1% C)

    3200-4800

    7.2-5.6

    Xromli po’lat (3% GCh, 1% C)

    4800-6400

    8.4-6.8

    Volframli po’lat (6% W, 1% C)

    4800-6400

    9.2-7.6

    Kobolt po’lat (15:30% Co, 5% W,5% Xr, 1% Mn)

    16000-24000

    7.2-6.4

    Nikel-alyuminiy p‘o’lat (25% Ni, 12% Al)

    56000

    4.0

    Titan-kobalt p‘o’lat (10% Ti, Co)

    72000

    5.6

    D omen turlari juda ko’p. Ulardan eng oddiysi, polosali (tasmali) tuzilishi ferromagnit monokristallarda kuzatilishi mumkin (1.3-rasm).
    Qo’shni har xil yo’nalishdagi magnitlangan-likka ega bo’lgan sohalar orasida o’tish qavatlar mavjud. Bu qatlamlar devorlar yoki domen chegaralari deb ataladi. Domenlardagi magnitlanganlik bir yo’nalishdan ikkinchisiga o’tish 1800 Blox devori orqali o’tadi (1.4-rasm)

    Rasmning chap tomonida tasmali domen tuzilishga ega bo’lgan namunada ikki qo’shni domenlar orasidagi Blox devori ko’rsatilgan. O’ng tomonda bir domendan ikkinchisiga o’tish natijasida magnitlanganlik yonalishining o’zgarishi ko’rsatilgan

    1 80° Blox devorlaridan tashqari magnit moddalarda Neel chegaralari ham kuzatilishi mumkin. Neel chegarasida magnitlanganlik burilishi namuna yuzasiga parallel holda o’tadi (1.5-rasm). Neel devorlari juda ingichka namunalarda kuzatilishi mumkin.


    Agar bizda ingichka plastinkaning yengil magnitlanish uchun uning yuzasiga perpendikular bo’lsa unda bu modda qiyyin o’qlar yo’nalishlari juda ko’p bo’lib ular hammasi namuna tekisligida yotadi.
    Labirintli struktura. Agar anizotropiya maydon kuchlanganligi maksimal magnitsizlanish kuchlanganligidan katta bo’lsa domenlarning magnitlanganlik vektorlari plastinaning yuzasiga normal (perpendikular) bo’lib ikki xil yo’nalishga ega bo’ladi. Yetarli darajada ingichka plastinalarda kuzatiladigan labirint shakliga ega bo’lgan domenlar qalinligi namuna qalinligiga yaqin bo’ladi (1.6-rasm). Domen chegarasi esa Blox devorlariga ega bo’ladi.
    Tashqi magnit maydon ta’sirida (namunaga perpendikulyar joylashgan HZ) domen strukturasi (tuzilishi) o’zgaradi. Labirintli domenlar plastinka chetlaridan ajralishi mumkin. Natijada domen uzunligi kamayadi, qalinligi unchalik ko’p o’zgarmaydi.
    Ma’lum tashqi maydon HZ ta’sirida mustaqil TSMD hosil bo’lishi mumkin. HZ ya’na ko’proq bo’lsa, TSMD kollapsini ko’rishimiz mumkin, namuna to’yingan holatga o’tadi. Endi agar biz magnit maydon kuchlanganligi HZ ma’lum darajada kamaytirsak labirintli domenli struktutra qaytadan paydo bo’ladi. Bu hodisalarni bajariladigan laboratoriya ishida bevosita kuzatish mumkin.
    TSMD ingichka (100 -1 qalinlikka ega bo’lgan) magnit bir o’qli ferromagnit monokristall qatlamlarida paydo bo’ladi. Birinchi bo’lib ular RFeO3 (R-noyob element yoki Y-ittriy) noyob yerli ortoferritlarda keyinchalik ko’p komponentali R3Fe5O12 ferrit granatlarda kuzatiladi.
    Bu kristallarning yengil magnitlanganlik o’qi tekislikka perpendikulyar bo’lgan qatlamlarda labirint strukturani kuzatishimiz mumkin.
    Domenlarni kuzatishning magnitoptik usullari. Domen struktukturalarni kuzatish bir nechta usullarni qo’llash mumkin shu jumladan:

    1. Poroshok va magnit suspenzia usuli (Fe3O4+suv+sovun)

    2. Magnitooptika usuli (Faradey va Kerr effektlari).

    3. Lorens elektron mikroskopiya usuli.

    4. Rentgenografik usul.

    Ma’ruzada domenlarning hususiyatlarini tekshirish uchun magnitooptika usuli, ya’ni Faradey effekti qaraladi.
    Faradey effekti.
    Magnitooptik Faradey effekti chiziqli qutblangan elektromagit to’lqin (biz uchun bu-ma’lum energiyaga ega bo’lgan yorug’lik) moddadan o’tish vaqtida tashqi magnit maydon ta’siriga tushganda paydo bo’ladi. Moddadan chiqqan yorug’lik umumiy holda ellips shaklida qutblanadi, uning bosh o’qlari boshlang’ich tushgan to’lqinning qutblanish tekisligiga nisbatan ma’lum burchakka buriladi. Agar tashqi magnit maydon H kuchsiz bo’lsa Faradey effekti (biz ko’proq Faradey burilishi (FB) atamasini ishlatishga intilamiz) H ga nisbatan birinchi darajali effekt bo’ladi:


    αF = VHL
    Bu formulada αF -FB burchagi, Verde doimiysi, har xil moddalar uchun va har xil to’lqin uzunliklar uchun qiymati o’zgaradi, shuning uchun uni to’g’riroq Verde parametri deb ataymiz. Faradey MO effekti orqali ushbu ifoda aniqlanadi.
    Download 91,37 Kb.
    1   2




    Download 91,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ferromagnetiklada domenlar va ularnig tuzilishi. Domenlarni kuzatishning magnitoptik usullari. Ferromagnetiklada domenlar va ularnig tuzilishi

    Download 91,37 Kb.