• Kalit so’zlar
  • Sonlar, arifmetik amallar va ifodalarni yozish C++ dasturlash tili haqida
  • Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish




    Download 15,08 Mb.
    bet20/135
    Sana22.05.2024
    Hajmi15,08 Mb.
    #250347
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
    Bog'liq
    Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

    Amaliy mashg’ulotga uyga vazifa topshiriqlar:
    1. Microsoft Visual Studio Express muhitini kompyuteringizda o’rnating.
    2. Microsoft Visual Studio Express muhitini o’rnatish bosqichlari va qadamlarini o’rganishni amalga oshiring.

    2-mavzu: Dasturlash tillari. C++ dastur tili muhiti va unda ishlash.
    Kalit so’zlar: C++, C++ tili alifbosi, ma’lumotlar tyrlari, tiplari, o’zgaruvchi va o’zgarmaslar, sonlar, arufmetik amallar.
    Reja:

    1. C++ dasturlash tili haqida

    2. C++ tilining alifbosi

    3. Ma’lumotlarning tiplari

    4. C++ tilida o‘zgaruvchi va o‘zgarmaslar

    5. Sonlar, arifmetik amallar va ifodalarni yozish

    C++ dasturlash tili haqida
    C++ dasturlash tili C ning rivojlangan varianti sanaladi. O‘z nav­batida, C dasturlash tili BCPL va B tillari asosida ishlab chiqilgan. BCPL tili 1967-yili Martin Richard tomonidan yaratilgan.
    C dasturi dastlab Denis Ritchi tomonidan rivojlantirildi va ilk bora 1972-yil DEC PDP-11 kompyuterida sinaldi. Dastlab C dasturi Unix operatsion tizimida qayta ishlovchi til sifatida mashhur bo‘ldi. Bugungi kunda ko‘pgina operatsion tizimlar va ularga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot C va C++ dasturlarida ishlab chiqilmoqda.
    C dasturlash tili 70- yillarning oxirlariga kelib jadal rivojlandi. Hozirgi kunda uning “an’anaviy”, “klassik” yoki “Kernigan va Ritchi” turlari mavjud.
    C tilining turli kompyuterlarda keng qo‘llanilishi bu tilning o‘za­ro o‘xshash, lekin bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan variantlarining (ver­siya­­la­rining) ishlab chiqilishiga olib keldi. Bu esa C tilidagi yangilik­larni o‘zlashtirish va dastur ishlab chiqish sohasida dasturchilar uchun turli noqulayliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
    80-yillarning boshlarida dastur­chilarga Byer Stroustrop tomonidan C dasturlash tilining kengay­tirilgan C++ varianti taklif qilindi.1983-yili Amerika Milliy Standart komitetida hisoblash texni­kasi va axborotlarni qayta ishlash sohasida X3J11 texnik komiteti tuzildi. 1989-yili esa standarti tasdiqlangan C dasturlash tili 1990-yil­da dunyo bo‘yicha standartlashtirildi.
    C++ dasturlash tili C tilini “tartibga keltiruvchi” xossaga ega ham­da obyektga asoslangan dasturlashga imkon beradi. Bunday im­ko­niyatning yuzaga kelishi dasturiy ta’minot ishlab chiqish olamida tub o‘zgarishlarning ro‘y berishiga olib keldi.
    Ushbu dasturlash texnologiyasi asosida obyektlar yotadi va ular o‘zida real hayot elementlarini mujassamlashtiradi. Aynan shu sababli obyektga asoslangan dastur matnlarini ishlab chiqish, tushunish va tahrirlash amallari osonlashdi.
    Hozirgi kunga kelib, bir qator obyektga asoslangan dasturlash tillari ishlab chiqilgan va amaliyotda keng qo‘llanilmoqda. Ular orasi­da Visual Basic, Deplhi, Java, C++, C++ Builder kabi das­turlash tillarini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Bu tillarning har biri yechilayotgan masala xarakteriga ko‘ra boshqasidan afzalloq bo‘lishi mumkin, sod­da qilib aytganda, ba’zi masalalar uchun bu tillarning biri qulay bo‘lsa, boshqa masala uchun ikkinchisi qulay hisoblanadi. Shuning uchun obyektga asoslangan dasturlash tillarining birortasiga mutloq ustunlik­ni berish mantiqan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ular ikki raqobatchi kompaniya Microsoft (Visual Basic, Java tillarini ishlab chiqqan) hamda Borland (C++, Delphi tillarini ishlab chiqqan) o‘rtasidagi kurash mobaynida shakllandi, rivojlandi va imkoniyatlari tobora ken­ga­yib bormoqda. Bu raqobat hozircha to‘xtaganicha yo‘q. Shuning uchun “Qaysi dasturlash tili yaxshi?” degan savolga javob tariqasida “Siz qanday masalani yechmoqchisiz?” deyish o‘rinli bo‘lar edi.

    Download 15,08 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




    Download 15,08 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

    Download 15,08 Mb.