|
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
|
bet | 21/135 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,08 Mb. | | #250347 |
Bog'liq Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
C++ dasturlash tilining alifbosi deb, shu tilda ma’lumotlarni ifodalash va dastur ishlab chiqish jarayonida kompilyator tomonidan qabul qilishga ruxsat berilgan belgilar yoki maxsus belgilardan iborat zanjirlar to‘plamiga aytiladi.
Bu alifbo ASCII (xalqaro belgilar va ularning kodlari) jadvalining hamma belgilarini, ya’ni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) lotin alifbosining katta va kichik harflari;
2) 0 dan 9 gacha arab raqamlari;
3) tagiga chizish belgisi ( _ );
4) bo‘sh joy belgisi;
5) boshqaruvchi belgilar: ASCII jadvalidagi (1-ilovaga qarang) kodlari 0 dan 31 gacha bo‘lgan belgilar. Bu belgilar satr va konstantalarni ifodalashda qo‘llanishi mumkin;
6) turli ko‘rsatmalarni yozish uchun ishlatiladigan maxsus belgilar:
7)asosiy bo‘lmagan belgilar (ASCII ni kengaytiruvchi, ya’ni kodi 128 dan 255 gacha bo‘lgan belgilar;rusalifbosiningkattavakichikharflari, psevdografikaelementlarishusinfgakiradi. Bubelgilarturlikonstantalarnihosilqilish, matnlarniyozish, izohlarnitashkilqilishdaqo‘llanishimumkin);
8) murakkab belgilar: ;
9) xizmatchi so‘zlar. Ular C++ dasturlash tilida ma’lum bir ma’no yoki ko‘rsatmani anglatuvchi maxsus belgilar zanjiridan iborat bo‘lib, bu zanjirni o‘zgartirish yoki qisqartirib qo‘llash mumkin emas. Masalan: main, include, iostream, int va hokazo.
Eslatma. Agar dastur tarkibida yuqorida sanab o‘tilgan belgilardan boshqa belgi yoki xizmatchi bo‘lmagan so‘zlar uchrab qolsa, bu haqidagi maxsus axborot kompyuter ekraniga chiqariladi.
Ma’lumotlarni kiritish operatori: cin>>1-o`zgaruvchi>>2-o`zgaruvchi>>…>>n-o`zgaruvchi; Misol: cin>>x>>y; Ma’lumotlarni chiqarish operatori:
Cout<<1-o`zgaruvchi<<2-o`zgaruvchi<<…<<C++ dasturning tanasi
using namespace std;
int main ()
{
dastur tanasi
}
Chiziqli algoritmlarni amalga oshirish.
Misol 1.x,y argumentlarning turli qiymatlarida va funktsiyalarning qiymatlarini hisoblash dasturini tuzing.x,y o’zgaruvchilarni klaviaturadan kiritilisin.
|
| |