|
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
|
bet | 64/135 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 15,08 Mb. | | #250347 |
Bog'liq Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish5 cout << "n="; cin >> n;
6 for (int i = 1; i <= n; i++)
7 s=s+i;
8 cout << s << endl;
9 system ("pause");
10 return 0;
11 }
for takrorlanish operatorining boshqa imkoniyatlari for takrorlanish operatorida qavs ichidagi ifodalar bo'lmasligi mumkin, lekin ";" bo'lishi shart.
Eng sodda doimiy takrorlanuvchi takrorlanish operatori quyidagicha:
for ( ; ; ) cout << "doimiy takrorlanish";
Agar takrorlash jarayonida bir nechta o'zgaruvchi bir vaqtda sinxron o'zgarishi lozim bo'lsa, ularni va da zarur bo'lgan o'rinda vergul bilan ajratib yozish mumkin.
1 #include
2 int main()
3 {
4 int n;
5 cout<<"n=";
6 cin >> n;
7 for (int i = 1, j = 1; i <= n; i++, j += i)
8 cout << i << " " << j << endl;
9 system ("pause");
10 return 0;
11 }
C++ da while takrorlanish operatori
do - while operatorida takrorlanishning tanasi kamida bir marta takrorlanadi. Shu bir marta hisoblash ham yechilayotgan masalani mohiyatini buzib yuborishi mumkin. Bunday hollarda while takrorlanish operatoridan foydalangan maqsadga muvofiq.
while operatorining umumiy ko'rinishi:
while ( shart ) {
takrorlanish_tanasi;
}
takrorlanish_tanasi ixtiyoriy operator yoki operatorlar majmuidan iborat bo'lishi mumkin.
while takrorlanish operatorning ishlash tartibi:
Agar (shart) rost ( true ) qiymatga ega bo`lsa, takrorlanish_tanasi bajariladi. Agar (shart) yolg`on (false) qiymatga teng bo`lsa takrorlanish tugatiladi.
Agar ( shart ) true qiymatga ega bo`lmasa takrorlanish tanasi biror marta ham bajarilmaydi.
while takrorlanish operatoridan, qachon (shart) false (yolg'on) qiymat qabul qilsa chiqiladi.
Ya'ni boshqarilish while operatoridan keyingi operatorga uzatiladi. Agar (shart) false qiymat qabul qilmasa, while takrorlanish operatoridan chiqib ketilmaydi va bu jarayon takrorlanishlanib qolish deyiladi.
Dasturlash san'ati. do - while va while takrorlanish operatorlarida takrorlanish tanasi sifatida faqat bitta operator ishlatiladiga bo'lsa, bu operatorni blok orasiga { } olmasdan ham yozish mumkin. Lekin professional dasturchilar har qanay xolda takrorlanish tanasini blokka { } olib yozishni tavsiya qilishadi. Bu esa sodir bo'lishi mumkin bo'lgan mantiqiy xatoliklarni oldini oladi.
|
| |