Massivlardan satrlarni qayta ishlashda foydalanish




Download 15,08 Mb.
bet72/135
Sana22.05.2024
Hajmi15,08 Mb.
#250347
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135
Bog'liq
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish

4. Massivlardan satrlarni qayta ishlashda foydalanish


Biz yuqorida massivlardan satrlarni ham qayta ishlash uchun foydalanish mumkinligi haqida fikr bildirgan edik. Buning uchun biz­ga belgili tipdagi massivlar qo‘l kelishi mumkin.
Belgili massivlarni ikki xil usulda e’lon qilish mumkin:
a) char satr[] = “first”;
b) char satr[5]={’f’,’i’, ‘r’, ‘s’, ‘t’,’\0’};
C++ tilida a-usul bilan e’lon qilingan massiv elementlarining soni ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham qiymatidagi belgilar sonidan kelib chiqqan holda satr massivini 6 elementli deb qabul qilinadi. Oxirgi elementni C++ tili to‘g‘ridan-to‘g‘ri nol element (\0) sifatida tan oladi va u satrning tugaganligini anglatadi. Satrlarni ifodalovchi barcha belgili massivlar ana shu belgi bilan tugashi shart.
Satr (yoki matn) belgili massiv bo‘lgani uchun uning alohida elementlariga sonli massivlardagi kabi indekslardan foydalangan hol­da murojaat qilish mumkin. Masalan, yuqoridagi misollarda satr[0] element “f” harfiga, satr[6] esa nol elementga (“\0”) mos keladi.
Shuningdek, satrli ma’lumotlarni cin operatori yordamida klavia­tura orqali ham kiritish mumkin. Masalan,
char satr[20];
buyrug‘i uzunligi 20 ta, eng yuqori indeksi 19 bo‘lgan belgili massivni e’lon qiladi. Unga klaviatura orqali qiymat berish uchun
cin>>satr;
buyrug‘idan foydalanish mumkin. Kompyuter bu buyruqqa javoban klaviaturadan kiritilgan satrning oxiriga “\0” belgisini qo‘shib o‘qiydi. Shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, klaviaturadan kiritilgan bu satr­ning uzunligi 20 dan kichik bo‘lishi mumkin, ammo 20 dan katta bo‘lsa, dasturni bajarilish vaqtidagi xatolik yuzaga keladi.
Belgili massiv elementlarini cout yordamida ekranga chiqarish ham mumkin. Buning uchun
cout << satr;
ko‘rsatmasi yetarli. Bu holda indekslar diapazonini ko‘rsatish shart emas. Faqat zarur bo‘lganda bo‘sh joy (probel) belgilari o‘rniga “_” belgisini qo‘yish lozim bo‘ladi. Quyidagi dastur kodiga e’tibor bering.
1 # include
2 int main()
3 {
4 char satr1[20];
5 char satr2[]=”Assalomu alaykum”;
6 cout <<“Uzunligi 20 tagacha bo‘lgan matn kiriting\n”;
7 cin >>satr1;
8 cout<
9 for (int i=0; satr1[i]!=’\0’; i++)
10 cout<
cout<<“\n”;
11 return 0;
12 }
Ushbu dasturni ishga tushiramiz:
Uzunligi 20 tagacha bo‘lgan matn kiriting:
C++_ga_xush_kelibsiz
Assalomu alaykum
C++_ga_xush_kelibsiz
Uyga vazifa. Pedagogik texnologiyalardan fotdalanib, ularni to’ldiring va tushunchalarni aylanalar ichiga yozing. Nilufar guli texnologiyasidan foydalaning.Namunani ko’rib, daftarda o’zingizning versiyalaringini chizing.

Download 15,08 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   135




Download 15,08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Massivlardan satrlarni qayta ishlashda foydalanish

Download 15,08 Mb.