|
Fizika fanidan o’quv uslubiy majmua
|
bet | 56/130 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 14,09 Mb. | | #132402 |
Bog'liq 310 07.06.20228. Yorug’lik dispersiyasi.
N’yuton tajribalar asosida yorug’lik dispersiyasini kashf etdi. Dispersiya lotincha “sochmoq” so’zidan olingan. Umuman, yorug’lik dispersiyasi deganda moddaning sindirish ko’rsatkichi n ni yorug’lik to’lqinning siklik chastotasi ω ga bog’liqligi tufayli sodir bo’luvchi hodisalar tushuniladi. Xususan, N’yuton tajribasida prizmaga tushayotgan “oq yorug’lik” qizildan binafshagacha rangdagi yorug’liklar, spektrlarga ajralgan. Agar turli moddalardan yasalgan prizmalar tufayli olingan spektrlarni bir-biri bilan solishtirilsa, quyidagilar ma’lum bo’ladi:
18- rasm.
bir xil chastotali (ω=const ) nurlar bu prizmada turlicha burchaklarga og’adi;
bir xil chastotalar intervali ∆ ω = ω2 – ω1 ga mos bo’lgan spektr qismining kengliklari turlicha prizmalarda turlicha bo’ladi.Bundan, moddalar bir-biridan faqat sindirish ko’rsatkichining qiymatlari bilangina emas, balki sindirish ko’rsatkichining yorug’lik chastotasiga bog’liqlik funksiyasi
n = ƒ (ω)
bilan ham farqlanadi, degan xulosaga kelinadi. Tushayotgan elektromagnit to’lqinlarning chastotalari ortgan sari barcha shaffof moddalarning sindirish ko’rsatkichi ham monoton ravishda ortib boradi. 2-rasmda shisha uchun n ning ω ga bog’liqligi tasvirlangan. Binafsha nurlar qizil nurlarga nisbatan shishada ko’proq sinishi haqidagi ma’lum faqat rasmda o’z aksini topgan. Biror chastotalar intervali ∆ω da sindirish ko’rsatkichining o’zgarish ∆n ni xarakterlovchi ∆n/∆ω kattalik dispersiya o’lchovi vazifasini bajaradi. Chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko’rsatkichi ham ortib borsa, ya’ni ∆n/∆ω > 0 bo’lsa, bu moddalardagi yorug’likning dispersiyasi normal dispersiya deyiladi. Agar chastota ortishi bilan moddaning sindirish ko’rsatkichi kamaysa, ya’ni ∆n/∆ω < 0 bo’lsa bunday moddadagi yorug’lik dispersiyasiga anomal dispersiya deyiladi. Shisha uchun oq yorug’lik sohasining barcha qismlarida normal ul’trabinafsha va infraqizil sohalarning ba’zi qismlarida anomal dispersiya kuzatiladi.
|
| |