Gazlamashunoslik kopi p65




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana19.01.2024
Hajmi6,51 Mb.
#140859
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Gazlamashunoslik



T.A. OCHILOV, N.G. ABBASOVA,
F.J. ABDULLINA, Q.I. ABDULNIYOZOV
GAZLAMASHUNOSLIK
Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari
uchun darslik
Ikkinchi 
nashri
O‘ZBEKISÒON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RÒA MAXSUS ÒA’LIM VAZIRLIGI
O‘RÒA MAXSUS, KASB-HUNAR ÒA’LIMI MARKAZI
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Òoshkent – 2010


Ushbu darslikda o‘quvchilar to‘qimachilik materiallarini sinashda atmosfera
sharoiti, namlikni aniqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, tabiiy va kimyoviy
tolalarning olinishi, tuzilishi va xossalari, namuna olish usullari, tikuvchilik
materiallarining sifatini baholash usullari, tikuvchilik materiallarining tuzilishi va
sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, tikuvchilik
materiallarining assortimenti hamda boshqa kiyimlik materiallar bilan tanishadilar.
T a q r i z c h i l a r :
Q.G‘. G‘ofurov – TTYSI “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi dotsenti;
F.I. Norbekova – Toshkent politexnika kolleji o‘qituvchisi;
Z. Tillaxodjayeva –
Toshkent qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-
hunar kolleji o‘qituvchisi.
BBK 37.230
G 14
ISBN 978-9943-05-193-5
– 2010
0301080000–59
360/04/–2010
G
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti, 2008.
© «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»
Davlat ilmiy nashriyoti (original maket), 2010.
© Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010- y.


3
KIRISH
Mustaqillik yillarida har bir sohada bo‘lgani kabi, to‘qimachilik sohasida
ham chuqur islohotlar o‘tkazilmoqda. Aholining sifatli mollarga bo‘lgan
talabi ham ortib bormoqda. Hukumatimiz oldida aholini o‘zimizda ishlab
chiqariladigan sifatli tayyor mahsulotlar bilan ta’minlash masalasi
ko‘ndalang turibdi. Bu esa to‘qimachilikda zamonaviy texnologiyalarni
rivojlantirishni, qo‘shma korxonalar sonini ko‘paytirishni talab etadi.
O‘tish davrida mavjud barcha turdagi sanoat korxonalarini rivojlantirish
iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yaxshilanishiga olib keladi. Bozorlarimizni
takomillashgan texnologiya va yuqori sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish
iqtisodiyotimizning gullab-yashnashining asosiy shartidir. Ichki
bozorlarimizni sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirish va jahon bozorlariga
raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish ham muhim vazifalardan. Buning
uchun, birinchi navbatda, korxonalarni mavjud eski asbob-uskunalar
o‘rniga zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ishlab chiqarishda
idishlarga joylashtirish, saqlash va transportda tashishda hamda ulardan
samarali foydalanishda qo‘yilgan talablarga rioya qilish, mahsulot sifati
barqarorligini ta’minlash lozim bo‘ladi. Shuningdek, xorijiy davlatlar bilan
iqtisodiy, texnik va madaniy aloqalarni tiklash va rivojlantirish, halqaro
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan standartlarni uyg‘unlashtirish
talab etiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirib
borish ishlab chiqarish darajasining yaxshilanishiga olib keladi. Mahsulot
sifati orqali davlatning texnik takomillashgani va iqtisodiy salohiyatiga baho
berish mumkin. Mahsulot sifatini oshirish, assortimentlarini kengaytirish
va iste’molchilar talabini qondirish hozirgi bozor iqtisodiyotining muhim
vazifalaridan. Mahsulot sifat darajasini ta’minlash uchun standartlar va
texnik shartlarning me’yoriy talablariga bog‘liq holda sistemali nazorat
ishlarini olib borish lozim.
Shuningdek, mahsulot sifat darajasini yaxshilashda standartlarning
ilmiy-texnik darajasini oshirish, standartlar va texnik shartlarni muntazam
yangilab borish, mahsulot sifati va yuqori texnik darajasini kafolatlash
zarur.
Bozor iqtisodiyotida boshqarishning yangi shartlari mahsulot sifatiga
yangi talablar qo‘ymoqda. Bu esa yanada muhim bo‘lib, to‘qimachilik
mahsulotlari aholining muntazam ravishda o‘sib borayotgan talab va


4
ehtiyojlarini qondirishi kerak. Har bir yo‘nalish, har bir sanoat korxonasi
ishlab chiqarishdagi yangilanishning aniq yo‘liga ega bo‘lishi lozim. Mahsulot
sifatini jahon standartlari darajasiga ko‘tarish mahsulotni dunyo bozorlariga
chiqarishni ta’minlaydi.
Mahsulot sifatini baholash natijalari, nafaqat umumiy xossalar darajasiga
va yetarli o‘lchashdagi aniqlikka, balki bu xossalarga bo‘lgan talab darajasiga
ham bog‘liq.
Shuningdek, ma’lum bir maqsadlar uchun ishlatiladigan yoki qayta
ishlanadigan mahsulotlarning yetarli darajada asoslangan sifat ko‘rsatkichlarini
tanlash ham muhim.
Yuqori sifatli mahsulotni yaratish, ta’minlash va rejalashtirish zamonaviy
baholash usullari va sifat ko‘rsatkichlarining standartlari bo‘yicha bilimni talab
etadi. Ushbu darslikning asosiy maqsadi, o‘quvchiga materialshunoslik bo‘yicha
kerakli ma’lumotlar berish va amaliyotda ulardan foydalanishni ko‘rsatishdan
iboratdir.
Mazkur kitob shu fan bo‘yicha ona tilimizda yaratilgan dastlabki
darsliklardan. Shu bois, mutaxassislar bildirgan taklif-mulohazalarni inobatga
olib, kitob gazlamashunoslik deb atalgani bilan, unda materialshunoslikka oid
ma’lumotlarni ham yoritishga harakat qildik. Bu o‘quvchilarning bilimini yanada
boyitishga xizmat qiladi.


5
TOLALARNING OLINISHI VA TUZILISHI
1-§. Tolalarning tasnifi
Hozirgi kunning eng muhim fazifalaridan biri aholini sifatli hamda
bejirim tikuvchilik buyumlari bilan ta’minlashdan iborat. Chunki, bu
mahsulotlar insonlarni atrof-muhitdan nafaqat himoya qiladi, balki ularning
go‘zalligini ta’minlashda ham muhim.
Materialshunoslik – to‘qimachilik materiallarining, ya’ni, tola, ið,
eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto‘qima matolarning olinishi,
tuzilish xossalari va bu xossalarni aniqlashda ishlatiladigan usul va asbob-
uskunalardan foydalanishni o‘rganuvchi fan.
Tikuvchilik materiallarini tayyorlashda turli xil materiallardan foyda-
laniladi:
1. Asosiy materiallar – mahsulotning yuzasi va asosiy qismlari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, ular trikotaj, noto‘qima matolar, to‘da (kompleks),
sun’iy va tabiiy mo‘yna kabi gazlamalardan iborat.
2. Astarlik materiallar – miyona (qistirma) materiallar: bortovka,
tukli gazlama, kolenkor, flizelin va hokazo; issiq tutuvchi materiallar –
momiq paxta, vatin, vatilin, porolon, mo‘yna; kiyim qismlarini biriktirish
materiallari – tikuv g‘altak iðlari va yelim; kiyim furniturasi – tugmalar,
pistonlar, ilgaklar va hokazo; pardoz materiallari – jiyaklar, tasmalar,
to‘rlar va boshqalar.
Tikuvchilik materiallaridan samarali foydalanish va yuqori sifatli
buyumlar ishlab chiqarish uchun tikuvchilik sanoati xodimlari bu
materiallarning xossalari va assortimentini yaxshi bilishlari lozim. Turli
to‘qimachilik materiallarining xossalari ular qanday tolalar va iðlardan
tayyorlanganligiga, materiallarning tuzilishi va ularga qanday pardoz
berilganligiga bog‘liq.
Tikuvchilik sanoati aholini sifatli va bejirim kiyim-kechak bilan
ta’minlashi lozim. Tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish va
assortimentini kengaytirish to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga bog‘liq,
chunki asosiy tikuvchilik materiallari bo‘lmish ið gazlama, jun, iðak va
zig‘ir tolali gazlamalarni ana shu tarmoq yetkazib beradi. Sun’iy va sintetik
tolalar ishlab chiqarishning rivojlanishi tufayli to‘qimachilik sanoatining
xomashyo bazasi uzluksiz kengaymoqda.
Hajmdor sintetik va sun’iy g‘altak iðlar, shtapel tola bog‘lamlari, yaxlit
bo‘yalgan kimyoviy tolalar ishlab chiqarish ancha ko‘paydi.
Tikuvchilik materialshunosligi fani faqatgina gazlamalarning tuzilishi
bilan chegaralanibgina qolmay, balki ularni tayyorlanish jarayoni va
I BOB


6
1-rasm.
To‘qimachilik 
tolalarining 
tasnifi.
Selluloza va 
uning
efirlaridan
Polivinilxloridli
Poliamidli
Noorganik
O‘simliklardan
olinuvchi
Kanop, zig‘ir,
jut
Paxta, kapok,
koyr
Jonivorlardan
olinuvchi
Tabiiy
Organik
Sun’iy
Sintetik
Rangli 
metall 
va
qumlardan olinuvchi
Oqsillardan
Poliakrilnitrilli
Poliefirli
Polivinilli
Kazein, zein
Viskoza, atsetat,
mis-ammiak
Kapron, anid
Lavsan
Nitron
Vinilon,
kuralon
Xlorin
Sirtini qoplangan
tuklaridan
Ichki bezlardan
Bargidan
Poyasidan
Urug‘i va 
mevasidan
Tuya, qo‘y,
echki junlari
Tut va 
eman
iðak qurtinig 
iði
Manilla, sizal
Toshpaxta
(asbest)
Shishasimon,
zarsimon tola
Ma’danlardan
olinuvchi
Organik
To‘qimachilik 
tolalari
Kimyoviy
Noorganik


7
tikuvchilik buyumlaridan foydalanish vaqtida unga ta’sir qiluvchi omillarni
ham o‘rganadi. Undan tashqari tikuvchilik mahsulotlarining assortimenti
bilan ham yaqindan tanishtiradi.
Tikuvchilik buyumlariga ma’lum gigiyenik, texnik, estetik va iqtisodiy
talablar qo‘yiladi.
Gigiyenik talablar – inson sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan talablar. Havo
o‘tkazuvchanligi, gigroskopligi, issiqdan himoya qilish xossalari, kirchilligi,
suv o‘tkazmasligi va hokazolar kiyimning asosiy gigiyenik ko‘rsatkichlaridir.
Gigiyenik talablar buyumning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Ichki kiyim
va yozgi kiyimlarning havo o‘tkazuvchanligi va gigroskopligi yaxshi bo‘lishi,
ularni kiyib yurish qulay bo‘lib, osonlikcha yuvilishi kerak. Qishki kiyimlar
issiq bo‘lishi, plashlar suv o‘tkazmasligi kerak.
Texnik talablar – tikuvchilik materiallarining sifatiga va kiyimlar
tayyorlashga qo‘yiladigan talablar. Tikuvchilik materiallari va tayyor
tikuvchilik buyumlari Davlat standartlariga mos kelishi shart.
Estetik talablar esa zamonaviylik bilan bog‘liq.
Iqtisodiy talablar kiyimning narxi bilan belgilanadi.
To‘qimachilik materiallarining deyarli barchasi to‘qimachilik tolalaridan
iborat. Turli xil materiallarning tashqi ko‘rinishi, xususiyatlari ularni tashkil
etuvchi tolalarning xossalariga bog‘liq.
To‘qimachilik tolasi deb, egiluvchan, ma’lum uzunlik va mustahkamlikka
ega bo‘lgan, ko‘ndalang kesim yuzasi kichik, to‘qimachilik mahsulotlarini
tayyorlashda qo‘llaniladigan jismga aytiladi. Bo‘ylamasiga shikastlanmasdan
ajralmaydigan to‘qimachilik tolasiga tanho tola deyiladi.
Bir necha tanho tolalarning bo‘ylamasiga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan
tolalar birikkan (kompleks) tola deb ataladi.
Tolalar tarkibi va olinish usullariga ko‘ra tabiiy va kimyoviy tolalarga
bo‘linadi (1-rasm). Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik
moddalardan olinuvchi to‘qimachilik tolalari kiradi.
Tabiiy organik tolalar o‘simliklarning urug‘i va mevasidan (paxta, koyr,
kapok), poyasidan (zig‘ir, jut, kanop va hokazolar), barglaridan (yukka,
abaka, manilla) olinadi. Tabiiy organik tolalar tarkibiga qo‘y, echki, tuya va
boshqa hayvonlarning terisi ustidagi tuk qoplamasidan olinuvchi jun tolalari
hamda tut va eman qurtlari ishlab chiqaradigan tabiiy iðak kiradi.
Tabiiy noorganik tolalarga toshpaxta (asbest) tolasi kirib, u mineral
birikmalaridan ishlab chiqariladi.
Kimyoviy tolalar tabiiy yoki sintez yo‘li bilan olingan yuqori molekulali
birikmalarni kimyoviy usulda ishlov berish asosida olinadi. Tabiiy tolalardek
kimyoviy tolalar ham organik va noorganik moddalardan iborat bo‘ladi.
Organik kimyoviy tolalar sun’iy va sintetik tolalarga bo‘linadi.
Agar tola tabiatda mavjud bo‘lgan yuqori molekulali birikmalardan
olinsa, u sun’iy tola deb ataladi.
Tola olish uchun ishlatiluvchi yuqori molekulali birikmalar oddiy
moddalarni sintezlash yo‘li bilan olinsa, bunday tolalar sintetik tola deb
ataladi.


8
Sun’iy kimyoviy tolalarga selluloza va uning efirlaridan olinuvchi
viskoza, mis-ammiak va atsetat tolalari hamda oqsil moddalardan olinuvchi
kazein, zein va hokazolar kiradi. Sintetik kimyoviy tolalarning assortimenti
juda keng bo‘lib, ular poliamidlardan olinuvchi kapron, anid, enant;
poliefirdan – lavsan; poliakrilnitrildan – nitron; polivinilxloriddan – xlorin;
polivinil spirtidan – vinilon; poliuretandan – spandeks; poliolefindan –
poliðropilen, polietilen tolalari va shularga o‘xshash tolalardan iborat.
Noorganik kimyoviy tolalarga metall va shishadan olinuvchi tolalar kiradi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan materiallar
turini aytib bering.
2. Tikuvchilik buyumlariga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
3. To‘qimachilik tolalari deb nimaga aytiladi?
4. Tabiiy tolalar necha guruhga bo‘linadi?
5. Kimyoviy tolalar necha guruhdan iborat?
Eslab qoling!
Tola, to‘qimachilik tolalari, tanho tola, tabiiy tola, kimyoviy tola, birikkan
tola, sun’iy tola, sintetik tola, gigiyenik, estetik, iqtisodiy, texnik talablar.
2-§. Tolalarning kimyoviy tarkibi
To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan tolalar organik va noorganik
tolalarga bo‘linadi. Barcha turdagi organik tolalar yuqori molekulali moddalar
bo‘lib, polimer («poli» – ko‘p, «mer» – zarracha) deb ataladi.
Tola moddalarining molekula tuzilishi uchta omil:
1) tolani tashkil etuvchi elementlar;
2) shu elementlarning bir-biri bilan bog‘lanishi;
3) elementlarning o‘zaro joylanishi bilan belgilanadi.
Tolalarni tashkil etuvchi elementlar quyidagilardan iborat:
1. Molekula – tolalar uchun makromolekula (makros – katta) deb
ataladi. Masalan: CH
2
=CH
2
etilen oddiy modda, polimer bo‘lsa polietilen
bo‘ladi (–CH
2
–CH
2
–)
n
, n – polimerlash koeffitsienti.
2. Mikrofibril – bir qancha makromolekula birlashmasi.
3. Makrofibril – katta fibril.
4. Tola qatlami – fibril qatlami.
Elementlar o‘zaro ikki xil bog‘lanadi:
a) elementar kimyoviy bog‘ yoki vodorod bog‘i bilan birlashadi;
b) molekulalar o‘zaro tortish kuchi bilan yoki Van-der-Vaals (niderland
fizigi) kuchi bilan bog‘lanadi. Van-der-Vaals kuchi uch xil bo‘ladi:
1. Orentatsiya kuchi – kuchsiz qutblangan (diðol) molekulalarga oid kuchlar.


9
2. Induksion – ikkita molekula zaryadlarini o‘zaro ta’sirida hosil
bo‘ladigan kuchlar.
3. Dispersion kuchlar – ikkita yaqinlashgan molekula elektronlarining
tortish kuchi.
Eng katta kuch – kimyoviy bog‘ hisoblanadi. Bu kuchlarni quvvat
bilan o‘lchasak, kimyoviy bog‘lar 80–800 kj/mol, vodorod bog‘lar 20–
40 kj/mol, Van-der-Vaals kuchi 0,8–8 kj/mol.
Molekulalarda elementlarning joylanishi. Polimer moddalarning
molekula tuzilishi uch xil bo‘ladi. Agar har xil element turini A, B, C deb
belgilasak, molekula tuzilishini quyidagicha yozish mumkin.
1. Chiziqli tuzilish – har bir qoldiq yon tomonidan birlashib, chiziq
bo‘yicha joylashadi:
–A–A–A–A–A–
gomopolimer
–A–B–A–B–A–
sopolimer
–A–A–A–B–B–B– blokpolimer
2. Tarmoqli tuzilish – asosiy zanjirlardan yon tomonga tarmoqlangan
bo‘ladi:
–E–E–E–
–C–C–D–C–C–D–C–C– oqsil moddalar molekulasi
–E–E–E–
3. To‘rsimon tuzilish – bu tuzilishda har bir element to‘rt tomondan
bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, bu tuzilishdagi polimerlardan tola olib
bo‘lmaydi. Bu polimerlar plyonka, plastmassa olishda ishlatiladi:
–A–A–A–
–A–A–A–
–A–A–A–
Polimer moddalar molekulasi ikki xil: amorf va kristall holatda
bo‘ladi. Amorf holatda joylashgan molekulalar yo‘nalishi va molekulalar
orasidagi masofa har xil bo‘ladi, ya’ni ular tartibsiz holatda joylashadi.
Bunday tolalarning cho‘ziluvchanligi katta, mustahkamligi kam bo‘ladi.
Kristall tuzilishdagi molekulalar kristall panjara hosil qilib, tartibli holatda
joylashadi. Molekula yo‘nalishi va ularning orasidagi masofa bir xil bo‘ladi.
Paxta va iðak tolalarining molekulasi ikkita tuzilishning aralashmasidan
iborat. Jun tolasi amorf tuzilishga ega.
Sellulozaning tuzilishi. Selluloza o‘simlik tolalarining asosiy moddasi
hisoblanadi. Selluloza ayrim sun’iy kimyoviy tolalarni (viskoza, atsetat,
mis-ammiak) olishda ham ishlatiladi.
Selluloza hamma o‘simliklarda mavjud, lekin, hech vaqt sof holda
uchramaydi. Boshqa moddalar bilan qo‘shilgan holda uchraydi.


10
Sellulozaning yo‘ldoshlariga pentozan, geksozan, lignin, pektin
moddalari kiradi. Kimyoviy sun’iy tolalarni olishda, asosan, archa
yog‘ochlari va paxtaning kalta tolasidagi sellulozadan foydalaniladi.
Selluloza glukozaning qoldig‘idan tashkil topgan va uning empirik
formulasi quyidagicha:
[C
6
H
10
O
5
]
n
yoki [C
6
H
7
O
2
(OH)
3
]
n
elementar halqasi
bu yerda: n – polimerlash koeffitsienti, ya’ni selluloza molekulasidagi
halqalar soni. n qanchalik katta bo‘lsa, tolalardagi selluloza molekulasi
shunchalik uzun bo‘ladi. Pishgan paxta tolasi uchun n=10000, pishmagan
paxta tolasi uchun n=500, zig‘ir tolasi uchun esa n=20000–30000.
Sellulozaning struktura formulasi:
Tolalar tarkibi
α-selluloza
Pentozan va pektin
Lignin
Azot va oqsil
Yog‘, mum
Kul
96
1,8
–
0,3
1
1,2
Archa
Foizda
Paxta
Zig‘ir
Jut
80,5
8,4
5,2
2,1
2,7
1,1
71,5
–
21,3
–
0,4
0,8
55,2
11,2
27
2,0
0,6
0
Ikkita qoldiq bir-biriga nisbatan 180
0
buralib joylashgan bo‘ladi.
1-jadval
To‘qimachilik tolalarining tarkibi
Lignin moddasi sellulozaga qattiqlik, yog‘ochlik xususiyatini beradi.
Sellulozaning solishtirma zichligi 1,54–1,56 g/sm
3
. Sellulozani 120–130
0
C
haroratda qizdirganimizda tarkibi o‘zgarmaydi. 160–180
0
C haroratda selluloza
molekulalarining tuzilishi buziladi.
n
OH
H
O
OH
OH
ÑH
2
OH
O
H
H
ÑH
2
n
O
H
H
C
6
H
10
O
5
C
6
H
10
O
5
OH
H
H
OH
H
H
H
O
O


11
Quyosh nuri ta’sirida sellulozaning glukozid bog‘i oksidlanadi va
molekula tuzilishi parchalanadi. Selluloza yaxshi dielektrik xususiyatga ega.
Selluloza suvda va benzol spirtida erimaydi. Unga ishqor bilan ishlov berilsa,
tolasi yaltiroq bo‘ladi (muline iði).
Sellulozaga organik kislotalar ta’sir qilib murakkab selluloza efirini
olish mumkin:
[C
6
H
7
O
2
(OH)
3
]
n
+ 2nHNO
3
→ 
[C
6
H
7
O
2
(ONO
2
)
2
OH]
n
+ 2nH
2
O
Olingan modda nitroselluloza efiri deb ataladi. Agar shu efir tarkibida
azot miqdori 11–12,7 % bo‘lsa, kolloksilin olinadi. Kolloksilin plyonka,
plastmassa olish uchun ishlatiladi. Agar azot miqdori 13–14 % bo‘lsa,
piroksilin moddasi, ya’ni portlovchi modda (porox) olinadi. Sellulozaning
murakkab efiri ksantogenat sellulozadan viskoza va diatsetilsellulozadan
atsetat tolalari olinadi. Selluloza tarkibidagi OH guruhi orqali selluloza
namlikni va gaz bug‘larini o‘ziga yaxshi tortadi.
Sellulozadan tashkil topgan tolalar oson bo‘yaladi va yuviladi,
gigroskopik xususiyati yaxshi bo‘ladi.
Tola oqsil moddalarining tuzilishi. Jonivorlardan olinadigan tolaning
(jun, iðak) va ayrim kimyoviy tolalarning asosiy moddasi oqsil modda-
lardan iborat bo‘ladi. Oqsil moddalar yuqori molekulali birikmalarga kiradi.
Oqsil moddalarning molekulasi aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan.
Ko‘p oqsil moddalarining molekulasi 15–20 aminokislota qoldiq-
laridan takrorlangan holda hosil bo‘ladi.
Aminokislota qoldig‘ining umumiy formulasi:
NH
2
– CH ­ COOH
R
R – radikal bo‘lib, boshqa guruh atomlarini ifodalovchi belgi.
Har bir aminokislota qoldig‘i bir-biri bilan peptid yoki karbamid
(CONH) guruhi bilan bog‘lanadi. Bunday moddalar poliamid yoki
poliðeptidlar deb ataladi.
Oqsil moddalarda glitsin, elanin, valin, sistin va hokazo qoldiqlar
ko‘p uchraydi.
Glitsin (α-aminosirka kislotasi):
NH
2
– CH ­ COOH
H
Alanin (α-aminopropion kislotasi):
NH
2
– CH ­ COOH
CH
3
Asparagin kislotasi (α-aminoyantar kislotasi):
CH
2
–CH­COOH
CH
2
— COOH


12
Valin:
NH
2
–CH­COOH
CH
2
CH

CH
3
Sistin:
NH
2
NH
2
CH – CH
2
– S – S – CH
2
­ CH
COOH COOH
Jun tolasining asosiy moddasi keratin, iðak tolasining asosiy moddasi
esa fibroindir.
Keratin va fibroin yuqori molekulali birikmalarga kiradi. Oddiy sharoitda
tolalarning tarkibida oqsil moddalarning molekulasi egilgan, buralgan holda
bo‘ladi. Keratinning molekula birligi taxminan 70000, fibroinniki 100000
ga teng.
Oqsil moddalar molekulasi fibrill (tolasimon) yoki globull (sharsimon)
tuzilishda, jun tolasi ko‘proq globull amorf tuzilishda, iðak tolasi esa fibrill
tuzilishda bo‘ladi. Molekulalarning ayrim qismlari kristall tuzilishga ega.
Fibroinning solishtirma zichligi 1,25 g/sm
3
, keratinniki 1,28–1,3 g/sm
3
.
Tolalar 130 – 150
0
C gacha qizdirilganda ularning tuzilishi o‘zgarmaydi,
170
0
C haroratdan oshganda esa tarkibi buziladi. Gigroskopik xususiyati yaxshi.
Masalan, jun tolasi 35 – 40 % namlikni o‘ziga yutganda ham tola quruq
holatda bo‘ladi.
Oqsil moddalar havodagi kislorod bilan tez oksidlanadi (jun, iðak
sarg‘ayadi), kuchsiz mineral kislotalar tolaning pishiqligiga ta’sir etmaydi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Tola moddalarining kimyoviy tarkibini izohlab bering.
2. Tola moddalari qanday molekula tuzilishiga ega?
3. Sellulozaning empirik formulasini keltiring.
4. Tola oqsil moddalarining tuzilishini izohlang.
Eslab qoling!
Molekula, polimer, fibrill, mikrofibrill, makromolekula, selluloza, chiziqli,
tarmoqli, to‘rsimon, aminokislota.


13
3-§. Yorug‘lik mikroskopi
Mikroskop insoniyat ko‘zi ilg‘amaydigan kichik zarralarni ko‘rish
uchun xizmat qiladi. To‘qimachilik sanoatida ko‘pincha yorug‘likni tushirish
hisobiga tolalarni kuzatishda biologik mikroskoplar qo‘llaniladi.
Inson ko‘zi tabiiy optik tizimga va farqlash imkoniyatiga ega (ya’ni,
orasi juda kichik masofaga ega ikki nuqta).
Obyektni olib tashlaganda inson ko‘zining farqlanishida yaxshi ko‘rish
qobiliyatining o‘zgarishi 0,08 dan 0,2 mm gacha (D=250 mm). Biologik
mikroskopning ko‘rish qobiliyati spektrning ko‘rish doirasi bilan birgalikda
shu doirada to‘lqin uzunligining chegaralanishi bo‘lib, ya’ni 0,2 mkm
yoki 0,0002 mm ga teng.
To‘qimachilik tolalarining tuzilishini o‘rganish uchun, birinchidan,
tolalarning bo‘ylamasi va ko‘ndalang kesimi bo‘yicha namunalar
tayyorlanadi va mikroskop yordamida ularning tuzilishi o‘rganiladi.
Mikroskop aniq asbob hisoblanib, ikki yoqlama qabariq linza va ikkita
mustaqil optik tizim — obyektiv va okularning birlashishidan tashkil topgan
(2-rasm).
Obyektiv – optik tizim bo‘lib, obyekt
ustida joylashadi va haqiqiy tasvir katta-
lashtirilib ko‘rsatiladi. Okular (5) linzalar
tizimi bo‘lib, laborant ko‘zi bilan qaraganda
hosil bo‘lgan obyektda tasvir qo‘shimcha
kattalashtiriladi. Linzalar tizimi tayanch (4)
ga mahkamlangan. Obyektiv (7) tubusning
pastki qismiga qotiriladi, okular (5) esa
tepasiga qo‘yiladi. Umumiy mikroskopning
kattalash-tirilishi okular va obyektivning
kattalashtirilish qiymatlarining ko‘payt-
masiga teng bo‘ladi. Obyektivlar 6,3 dan 100
gacha, okular esa 7 dan 15 gacha kattalash-
tirilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun
mikroskopning umumiy kattalashtirish qiy-
mati 44 — 1500 oralig‘ida bo‘ladi.
Ko‘pincha revolver (6) qurilmasining
uyasiga turli kattalashtirilish darajasidagi to‘rtta yoki beshta obyektiv qo‘yiladi.
Oldindan tayyorlangan namuna moslama stolchasi (8)ga qo‘yiladi,
o‘rtadagi teshikchadan ko‘zgu (11) orqali yorug‘lik tushiriladi. Yorug‘likni
bir yo‘nalishda uzatish va ravshanligini oshirish uchun esa kondensor (10)
va diafragma (9) joylashtirilgan.
Mikroskopdagi namuna stolchasi tutqich (12) yordamida mahkam-
langan.
Mikroskopdan foydalanish. Mikroskop doimo toza turishi kerak. Asosiy
e’tiborni uning optik qismiga qaratish lozim. Obyektiv, okular va
kondensorning tashqi yuzasini yumshoq iðli mato yordamida ammiak
2-rasm. Yorug‘lik
mikroskopi
.
2
1
5
3
4
6
7
8
9
10
11
12


14
aralashmasi yoki suv bilan namlab artish lozim. Tozalash vaqtida
obyektivlarni revolverdan bo‘shatib olish shart. Agar linzalarning ichki
yuzasi kirlangan bo‘lsa, yumshoq cho‘tka yordamida tozalanadi.
Tolaning yuza qatlami va ko‘ndalang kesim yuzasini ko‘rish uchun
preparat tayyorlash. Preparat deganda, ikkita shisha orasiga joylashtirilgan
bir qancha tola yoki ularning ko‘ndalang kesim yuzidan iborat bo‘lgan
obyektlar tushuniladi.
Preparat tayyorlash uchun 75 x 25 x 1,5 mm li shishachalar ishlatiladi.
Qoplama shishachasining qalinligi 0,1–0,2 mm bo‘lib, obyektni yopish
uchun qo‘llaniladi. Ikkala shishacha ham toza va quruq bo‘lishi shart.
Tolaning tashqi qatlamini ko‘rish uchun 2—3 mm uzunlikkacha tola
qirqilib, suyuqlik tomchilari bilan namlab shishachaga qo‘yiladi va qoplama
shishachasi bilan berkitiladi. Tolalarni siyrak joylashtirish uchun ignalardan
foydalanish mumkin.
Tolalarning bo‘ylama ko‘rinishini ularni kesmasdan turib preparatga
parallel joylashtirib ko‘rish mumkin.
Tolalarning ko‘ndalang kesimini ko‘rish uchun oddiy moslama tayyorlanib,
shishacha qoplama bilan berkitiladi. Tolalarning ko‘ndalang kesimi turli yo‘llar
bilan tayyorlanadi. Shulardan biri mayda kovakli tiqindan foydalanish. Buning
uchun tiqin o‘rtasidan igna orqali ið o‘tkaziladi, so‘ngra bu igna qopqoqning
boshqa tomonidan o‘tkazilganda iðdan hosil bo‘lgan halqaga tola qo‘yiladi. Ið
bilan tola qopqoqning o‘rtasidan o‘tkaziladi. Teshikdan o‘tgan tolalar zich
bo‘lmasligi kerak. Tola qirqish murakkab bo‘lib, o‘tkir tig‘ yordamida amalga
oshiriladi. Qirqim qalinligi 0,5 mm dan ko‘p bo‘lmasligi shart.
Tolalarning ko‘ndalang kesimini tayyorlash uchun mikrotom yoki
teshik qalinligi 0,5 dan 0,7 mm gacha bo‘lgan maxsus plastinkalar ishlatiladi.
Plastinka teshigidan tolalar tutami o‘tkazilib, o‘tkir tig‘ yordamida qirqiladi
hamda oynachaga maxsus suyuqlik quyiladi va shishachaga yopishtiriladi.
Mikroskop bilan ishlash tartibi. Tola va iðlarning yuza ko‘rinishi va
ko‘ndalang kesimi yuzini ko‘rishda mikroskoplardan foydalaniladi.
Asosiy maqsad yorug‘lik nurlarini moslama orqali obyektivga uzatishdir
(2-rasm). Dastak (12) yordamida kondensor yuqori chekka holatgacha olib
kelinadi va obyektivdan kichik miqdorli kattalashtirish tanlanadi. Dastak
(2) yordamida mikroskopning tubusi moslama shishachasiga yaqinlashtiriladi.
Tubusning yuqorisidagi okulardan qarab, ko‘zgu (11)ni harakatlantiramiz,
shunda obyektiv linzasi bir tekisda yorug‘lanishi kerak. Keyin dastak (2)
yordamida tubus tasvir ko‘ringunga qadar yuqoriga harakatlantiriladi. Dastak
(12) yordamida kondensor pastga tushiriladi, shunda ko‘rinish maydoni
bir tekisda yoritiladi.
Yuqori ko‘rsatkichdagi yorug‘lik hosil qilingach kondensor yuqoriga
ko‘tariladi va yuqori qismining eng chetki holatiga keltiriladi.
Shishacha orasidagi tasvirni topish uchun birinchi navbatda, dastak
(2) yordamida tubus pastga tomon moslamagacha harakatlantiriladi, keyin
tubus sekinlik bilan yana yuqoriga ko‘tariladi. Okulardan e’tiborlik bilan tasvirga
qaraladi. Tasvirni yaxshi va tiniq ko‘rinishi uchun murvat (1) buraladi. So‘ng


15
revolver buralib, yuqori kattalikdagi obyektivga keltiriladi. Obyektivni
almashtirish vaqtida ehtiyot chorasini ko‘rish kerak, chunki yuqori
kattalikdagi obyektiv katta o‘lchamga ega bo‘lib, obyektiv linzalari moslamaga
tegib ketishi mumkin.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Mikroskopning tuzilishi va ishlash jarayonini tushuntirib bering.
2. Tolaning yuza qatlami va ko‘ndalang kesim yuzini ko‘rish uchun
preparat qanday tayyorlanadi?
3. Mikroskopdan foydalanish usuli tushuntiring.
Eslab qoling!
Mikroskop, linzalar, preparat, obyektiv, okular, kondensor, tubus,
ko‘ndalang kesim yuzasi, moslama, ko‘zgu, revolver, kattalashtirish
darajasi.
4-§. Tabiiy tolalarning olinishi va tuzilishi
Paxta. Paxta – g‘o‘za deb ataluvchi o‘simlik urug‘i (chigit)ni qoplab
turadigan juda ingichka tola. Paxta to‘qimachilik sanoatining muhim
xomashyosi hisoblanadi.
Paxta tolasi 4 xil botanik turdan olinadi:
1. O‘rta tolali g‘o‘za.
2. Uzun tolali g‘o‘za.
3. O‘tsimon g‘o‘za.
4. Daraxtsimon g‘o‘za.
Orta tolali paxta O‘zbekistonning barcha viloyatlarida, uzun tolali paxta
esa oz miqdorda janubiy viloyatlarda ekiladi.
O‘tsimon va daraxtsimon paxta Xitoy, Braziliya, Hindiston, Meksika,
AQSH va boshqa davlatlarda yetishtiriladi.
3-rasm. Paxta tolasining tuzilishi:
1–kutikula; 2–birlamchi devor; 3–buralgan qatlam;
4–selluloza spiralining burilishi; 5–quvur;
6–ikkilamchi devor.
1
2
3
4
5
Y=30
o
Y=5
o
6


16
Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog‘liq. Pishmagan
(o‘lik) paxta tolasi yassi, tasmasimon, yupqa devorli bo‘ladi va o‘rtasida
keng quvuri, bo‘shlig‘i bor. Tolalar pishgan sari devorlariga selluloza
yig‘iladi va devorlari qalinlashadi va quvuri torayadi, tolalar burama bo‘lib
qoladi. Pishgan paxta tolalarining bo‘ylama ko‘rinishi spiralsimon buralgan
yassi naychalardan iborat. Eng pishgan tolalar o‘rtasidagi quvur kichik
bo‘lib, tola silindr shaklida bo‘ladi.
Paxta tolalari bo‘shlig‘ining bir tomoni ochiq bo‘ladi. Uning ko‘ndalang
kesimi ham pishganlik darajasiga bog‘liq. Paxta tolasining tuzilishi 3-rasmda
berilgan.
Umuman, pishmagan tolalarning ko‘ndalang kesimi yuzasi
tasmasimon, pishmaganlarniki esa loviyasimon, pishgan tolaniki elliðs va
eng yaxshi pishgan tolalarniki esa doira ko‘rinishida bo‘ladi. (4-rasm)
Kimyoviy tarkibi jihatidan paxta tolasi deyarli sof sellulozadan iborat.
Pishgan paxta tolasining tarkibida 95 – 96 % selluloza va 4 – 5 % turli
aralashmalar – moy, mum va ma’danli moddalardan iborat. Yuza qatlami
kutikula deb ataladi.
Paxta tolasining uzunligi naviga bog‘liq bo‘lib, 25 dan 45 mm gacha,
ko‘ndalang kesimining o‘rtacha o‘lchami 12 dan 25 mkm ga yetadi.
Paxta tolasi kislotaga bardoshsiz, u hatto suyultirilgan kislotalar ta’sirida
ham yemiriladi, kislotalar uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida undan olinadigan
ið gazlamalarning pishiqligi shunchalik pasayib, xuddi papiros qog‘ozidek
yirtilib ketaveradi. Agar paxta tolasiga
konsentrlangan sulfat kislotasini ta’sir
ettirsak, unda tola ko‘mirga aylanadi.
Paxta tolasiga sovuq o‘yuvchi
ishqorlar ta’sir ettirsak, tolalar shisha-
di, buramadorligi yo‘qoladi, sirti silliq-
lanadi, iðakka o‘xshab tovlanadi,
pishiqligi oshadi, bo‘yaluvchanligi yax-
shilanadi. Mis gidroksidining nashatir
spirtdagi eritmasi ta’sirida paxta tolasi
eriydi. Natijada, hosil bo‘lgan eritmaga
suv quyilsa, nashatir spirtining kon-
sentratsiyasi pasayadi va sellulozaning
massasi kolloid eritma tarzida cho‘kadi.
Paxta tolasi barcha organik tolalar kabi yorug‘lik ta’sirida pishiqligini
asta-sekin yo‘qotadi.
Paxta tolalari sarg‘ish alanga berib yonadi va to‘liq yonib, kul hosil
qiladi. Tolalar kuydirilganda ulardan kuygan qog‘ozning hidi keladi.
Zig‘ir. Zig‘ir o‘simliklarning poyasidan olinadigan tola. Zig‘ir tolasi
elementar va texnik tolalarga bo‘linadi. Elementar zig‘ir tolasi bir o‘simlik
hujayrasidan iborat. Uning uzunligi 10 mm dan 25 mm ga yetadi. Texnik
tolalar pektin (tabiiy yelim) moddasi yordamida o‘zaro birikkan elementar
tolalar dastasidan tashkil topgan.
4-rasm. Pishganlik darajasi
har xil paxta tolasi.
a
b
d
e
f
g


17
Elementar zig‘ir tolasi mikroskop yordamida tekshirilsa, o‘rtasida
tor quvuri hamda berkitilgan va o‘tkir ikki uchli o‘simlik hujayrasi ko‘rinadi.
Zig‘ir tolasining ko‘ndalang kesimi o‘rtasida quvuri bo‘lgan besh tomonli
ko‘pburchaklardan iborat (5-rasm).
Zig‘ir tarkibida 80 % selluloza va 20 %
boshqa aralashmalar bor. Bular moy, mum,
ma’danli moddalar, pektin, lignin
(hujayraning yog‘ochlanish moddasi) va
boshqalardan iborat. Lignin tolalarni
qattiqlashtiradi, shuning uchun zig‘ir tolasi
va undan olingan gazlamalar paxtaga nisbatan
ancha qattiq bo‘ladi va qatbop gazlamalar
tayyor buyumlarning shaklini yaxshi saqlaydi.
Zig‘ir tolasining kislota va ishqolarga
chidamliligi xuddi paxta kabi bo‘ladi.
Kislotaga bardoshsiz, yonish xususiyati
paxta tolasiga o‘xshaydi.
Kanop tolasi ham elementar va texnik
tolalarga bo‘linadi. Elementar kanop tolasi
mikroskop ostida tekshi-rilganda qalin devori, ko‘ndalang kesimi
yuzasining noto‘g‘ri shaklda ekanligi ko‘rinadi. Texnik kanop tolasi yuqori
lignin moddasi bilan o‘zaro birikkan elementar tolalar dastasidan iborat.
Jun. Jun tolasi qo‘y, tuya, echki, qoramol va quyonlarning tukli
qoplamasidan olinadi. Jun tolalari ildiz va tana qismlaridan iborat. Ildiz –
junning teri qatlami ostidagi qismi, tana – teridan chiqib turgan va
keratindan iborat qismi. Jun tolasi tangachasimon, qobiq va quvur
qatlamlaridan iborat. Tangachasimon qatlam tolani tashqaridan qoplab
turgan shoxsimon, yarim halqasimon, plastinkasimon bo‘lishi mumkin.
Bu qatlam tolani yemirilishdan saqlaydi, uni tovlantirib turadi va tolalarning
bosiluvchanlik xossasini yaxshilaydi.
Qobiq qatlami jun tolasini hosil qiladigan urchuqsimon hujayralardan
iborat bo‘lib, uning pishiqligi, elastikligi va boshqa sifatlarini belgilaydigan
asosiy qatlam hisoblanadi.
Yo‘g‘onligi va tuzilishiga ko‘ra, jun tolalari: tivit, oraliq tola, o‘zakli
(qil), o‘lik tola turlariga bo‘linadi.
Tivit mayin junli qo‘ylarning butun jun qatlamini tashkil qiladigan va
dag‘al junli qo‘ylarning terisiga yopishib yotadigan ingichka burama tolalar.
Tivit ikki tangachali va qobiq qatlamdan iborat (6-a rasm). Tangachali qatlami,
odatda, halqalar va yarim halqalar shaklida bo‘ladi.
O‘zakli tola tivitdan dag‘alroq va yo‘yunroq bo‘lib, buramador bo‘lmaydi.
U yarim dag‘al junli va dag‘al junli qo‘ylarning jun qatlamiga kiradi. U uch
qatlamdan: plastinkasimon tangachali qatlam, qobiq va yaxlit o‘zakli
qatlamdan iborat (6-b rasm).
Oraliq tolalar momiq bilan o‘zakli tolalar orasidagi holatni egallaydi.
Duragay zotli qo‘ylarning butun jun qatlami shu oraliq tolalardan iborat
5-rasm. Zig‘ir tolasining
tashqi ko‘rinishi va
ko‘ndalang kesimi yuzasi.
2 – Gazlamashunoslik


18
bo‘lishi mumkin. Oraliq tola uch qatlamdan: tangachali, qobiq va uzuq-
uzuq o‘zak qatlamdan iborat (6-d rasm ).
O‘lik tola dag‘al, to‘g‘ri, qattiq tola bo‘lib, yomon bo‘yaladi, sinuvchan
bo‘ladi va qayta ishlash jarayonida anchasi to‘kilib ketadi. U ba’zi dag‘al junli
qo‘ylarda bo‘ladi. O‘lik tola ham uch qatlamdan: tangachali, yupqa qobiq va
keng o‘zakli qatlamdan iborat. O‘zak qatlam tolaning butun ko‘ndalang
kesimini egallaydi (6-e rasm).
Jun tolalariga kislota va ishqorlar
bilan ham ta’sir ko‘rsatish mumkin. Jun
tolasi 2 % li NaOH eritmasida qayna-
tilganda eriydi. Suyultirilgan kislotalar
ta’sirida jun tolasining pishiqligi bir
muncha oshadi, konsentrlangan azot
kislotasi ta’sirida sarg‘ayadi, konsen-
trlangan sulfat kislotasi ta’sirida ko‘mirga
aylanadi.
Jun tolasi alangada jizg‘anak bo‘lib
yonadi. Alangadan olinganda esa, asta-
sekin yonishdan to‘xtaydi. Jun tolasining
hidi yongan sochning hidiga o‘xshash.
Barmoq bilan eziladigan qora sharcha
hosil qiladi.
Tabiiy iðak. Tabiiy iðak – iðak qurti
o‘raydigan juda ingichka ið. Pillachilik fabrikalarida pillalar pilla o‘rash
uskunalarida chuvalanadi. Chuvalash paytida bir necha pilla iðakning uchi
birlashtiriladi. Natijada, xom iðak hosil bo‘ladi. Xom iðak iðlari oqsil –
seritsin bilan bir-biriga birikkan bir necha pilla iðidan iborat. Pillalarni
yig‘ish va tortish paytida hosil bo‘lgan chiqindilar (ustki chigal qatlamlar,
pilla po‘stloqlarining qoldiqlari, teshilgan
va chuvib bo‘lmaydigan pillalar)dan
yigirilgan iðak olishda foydalaniladi.
Pilla iðlari mikroskop ostida qaralsa,
yondosh ikki iðak tolasi va notekis seritsin
qatlami ko‘rinadi. Ayrim iðak tolalarining
ko‘ndalang kesimi uchburchak, oval, yassi,
tasmasimon bo‘lishi mumkin (7-rasm).
Pilla iði fibroin (75 %) va seritsin (25 %)
oqsil moddalaridan iborat.
Pilla iðining yo‘g‘onligi butun uzunligi
bo‘yicha bir xil bo‘lmay, o‘zgarib turadi.
Uzunligi 1500 metrga yetadi.
Toshpaxta tolasi. Toshpaxta tolasi –
tabiiy ma’danlardan olinadi. Ular Kanada,
Zimbabve, Janubiy Afrika Respublikasi,
Rossiyadagi Tuva viloyati va Ural tog‘larida,
7-rasm. Tabiiy iðak tolasining
tashqi ko‘rinishi va
ko‘ndalang kesimi yuzasi.
6-rasm. Tabiiy jun tolasining
tashqi ko‘rinishi va ko‘ndalang
kesimi yuzasi.
a
b
d
e


19
qisman Qozog‘istonda mavjud. Olingan ma’danlar bir necha marta
maydalangandan keyin alohida tolalarga bo‘linadi. Toshpaxta va paxta, viskoza
yoki boshqa kimyoviy tolalar aralashmalaridan olingan iðdan himoya qiluvchi
va kimyo sanoatida qo‘llaniluvchi gazlamalar ishlab chiqariladi. Bundan
tashqari, toshpaxta tolasi elektr izolyatsiyalash xususiyatga ega.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Tabiiy tolalar guruhiga qanday tolalar kiradi? Misollar keltiring.
2. Kimyoviy tolalar guruhiga qanday tolalar kiradi? Misollar keltiring.
3. Paxta tolasining olinishi va tuzilishini aytib bering.
4. Zig‘ir tolasining olinishi va tuzilishini ko‘rsating.
5. Jun tolasining olinishi va tuzilishini izohlang.
6. Tabiiy iðak tolasining olinishi va tuzilishini tushuntiring.
Eslab qoling!
Paxta tolasi, o‘rta tolali paxta, uzun tolali paxta, zig‘ir tolasi, jun tolasi,
tivit, qobiq, o‘zak, oraliq, o‘lik tola, tabiiy iðak, fibroin, selluloza, seritsin,
keratin, toshpaxta.
5-§. Kimyoviy tolalarning olinishi,
tuzilishi va xossalari
To‘qmachilik sanoatida tabiiy tolalar bilan birgalikda kimyoviy tolalar
ham ishlatiladi.
1855-yilda Shveysariya olimi J.Odemar tut daraxtining po‘stlog‘idan sun’iy
iðak, 1878–84-yillarda fransuz muhandisi Shardanie eritmadan sun’iy iðak
olish bo‘yicha patent olganlar. Shu davr sun’iy iðlarning yaratilish sanasi deb
hisoblanadi.
1904–1905-yillar Angliyada viskoza iði ishlab chiqarila boshlangan. 1909-
yilda Rossiyada Mitishi shahrida viskoza iði ishlab chiqarilgan. 1912-yilda
fransuz olimi Jirar to‘da viskoza iðini (jugut) kesish usuli bilan shtapel
tolalarini ishlab chiqarishga patent oladi. 1930-yilda sintetik tolalar olish
usullari yaratiladi. 1939-yilda amerikalik olim Karozers, nemis olimi Shlak
va rus olimi Rogovinlar sintetik tolalarni ishlab chiqarish texnologiyasini
yaratdilar.
Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarishning rivojlanishi sabablari:
1. Ko‘p davlatlar tabiiy xomashyo bazasiga ega emas.
2. Kam xarajat bilan boshlang‘ich xomashyoni olish mumkin.
3. Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish uchun kam mablag‘ talab
qilinadi.
4. Olinadigan tolalarning xususiystlarini oldindan rejalashtirish
mumkin.
5. Dunyo bo‘yicha aholi o‘smoqda, ularni tabiiy toladan olingan kiyim-
kechaklar bilan to‘liq ta’minlash qiyin.


20
6. Zamonaviy texnikalarda yangi xususiyatlarga ega bir qancha tola-
larni ishlatish ehtiyoji katta.
Kimyoviy tolalarni olish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat.
Tolalarni olish uchun xomashyo tayyorlash. Sun’iy tolalarni ishlab
chiqarishda xomashyo sifatida paxtadan yoki daraxtlardan ajratilgan selluloza
hamda ba’zi bir oqsil moddalar ishlatiladi.
Sintetik tolalarni olishda quyi molekulali moddalardan sintez yo‘li
bilan polimerlar ishlab chiqariladi.
Yigiruv eritmasini tayyorlash. Polimerlar qattiq jism bo‘lganligi tufayli
ulardan tola olish imkoniyatini yaratish uchun ular suyuq, eritma yoki
yumshoq holatga keltiriladi. Sun’iy tolalar suyuqliklardan, sintetik tolalar
esa eritma yoki yumshatilgan poliamidlardan ishlab chiqariladi.
Tolalarni shakllantirish (yigirish). Jarayonning bu bosqichida yigiruv
eritmasi bosim kuchi yordamida filyera degan maxsus qalpoqchalarning
mayda teshikchalaridan o‘tkaziladi. Olinayotgan kimyoviy tolalarning turi,
yo‘g‘onligi va ko‘ndalang kesimining ko‘rinishi filyera teshiklarining soniga,
diametriga va shakliga bog‘liq. Filyerada bitta teshik bo‘lsa yakka tola hosil
bo‘ladi. Filyerada 24–50 tagacha teshik bo‘lsa, u holda kompleks tola olinadi.
Shtapel tolalarni ishlab chiqarish uchun teshiklar soni 40 ming bo‘lgan
filyeralar qo‘llaniladi. Ko‘ndalang kesimlari har xil ko‘rinishda yoki ichi
bo‘sh bo‘lgan tolalarni olish uchun filyeralarning teshiklari dumaloq emas,
balki turli shaklda bo‘ladi.
Tolalar ikki usulda shakllantiriladi. Filyera teshiklaridan chiqqanidan
so‘ng eritma oqimlari issiq havo ta’sirida qotib iðlarga aylansa, bu usul quruq
shakllantirish deb, agar eritma oqimlarini qotirib iðlarga aylantirishi maxsus
cho‘ktirish vannalarida o‘tkazilsa, bu usul ho‘l shakllantirish deb ataladi.
Tolalarni pardozlash va to‘qimachilikda ishlov berishga tayyorlash.
Olingan tolalarni pardozlash uchun ular yuviladi, quritiladi, buraladi,
oqartiriladi yoki bo‘yaladi, ya’ni ularga to‘qimachilikda qayta ishlash uchun
talab qilinadigan xususiyatlar beriladi.
Viskoza tolasi. Viskoza tolasini olish uchun archa, qarag‘ay, oq qarag‘ay
yog‘ochlaridan selluloza ajratib olinadi. Selluloza qog‘oz kombinatlarida
payraha holatigacha maydalanib ishqorli eritmada qaynatiladi. Natijada
selluloza quymasi hosil bo‘ladi. U oqartiriladi va karton taxtasi ko‘rinishida
kimyoviy tolalar kombinatiga, viskoza ishlab chiqaradigan zavodlarga esa
karton qog‘oz ko‘rinishida keltiriladi. Viskoza tolasi quyidagi ketma-ketlikda
ishlab chiqariladi:
Selluloza kartoni presslangan toy holida keltiriladi.
Quritish
Selluloza 18 % NaOH bilan 45 – 50
0
C da 1 soat davomida ishlov
berilib, merserizatsiyalanadi:
C
6
H
7
O
2
(OH)

+ NaOH
= C
6
H
7
O
2
(OH)
2
ONa

nH
2
O
Natijada ishqorli selluloza hosil bo‘ladi.


21
8-rasm. Kimyoviy tolalarning tashqi ko‘rinishi va
ko‘ndalang kesimi yuzasi.
a b d e f g
Ishqorli selluloza maxsus mashinalarda maydalanadi.
Maydalangan ishqorli selluloza transportyorlar ustida 1 soat mobaynida,
25–30
0
C haroratda aralashtirib turiladi. Natijada ishqorli selluloza oksidlanadi.
Molekula uzunligi kamayadi. Sellulozani eritishga imkoniyat yaratiladi.
Ishqorli sellulozaga CS
2
uglerod bilan ishlov beriladi. Natijada,
ksantogenat selluloza (sariq selluloza) olinadi. Ksantogenat selluloza 4 – 5
foizli NaOH eritmasida eritilib viskoza eritmasi hosil bo‘ladi. Viskoza eritmasi
baklarda qo‘shilib, 30 – 40
0
C da saqlanadi. Eritma yetiladi. Viskoza eritmasi
havo pufakchalari va erimagan moddalardan tozalanadi. Buning uchun
filtr va vakuum ishlatiladi. Viskoza iði shakllanadi.
(yigirish)
Viskoza iði pardozlanadi, to‘qimachilik ishlovi beriladi.
Viskoza tolalari uzunasiga mikroskop ostiga qo‘yib qaralsa, bo‘ylama
chiziqlari bo‘lgan silindr shaklida, ko‘ndalang kesimi tilingan barg
ko‘rinishda bo‘ladi (8-a rasm).
Tolalarning uzunligi har xil bo‘lishi mumkin.
Tanho tolalarning yo‘g‘onligi 0,27 – 0,66 teks, ko‘ndalang kesimi 25
– 60 mkm. Viskoza iðlarning yo‘g‘onligi ular hosil qiladigan tanho
tolalarning yo‘g‘onligi va soniga bog‘liq bo‘ladi.
Tolalarning pishiqligi selluloza molekulalarining joylashishiga bog‘liq.
Oddiy viskoza tolalarining pishiqligi tabiiy iðaknikidan past, o‘ta pishiq viskoza
tolalariniki esa yuqori. Oddiy tolalarning nisbiy uzilish kuchi 13 –21 sN/
teks, o‘ta pishiq viskoza tolalarniki esa 62 sN/teksga yetadi. Ho‘l holatda pishiqligi
50 – 60 % gacha pasayadi.
Viskoza tolalari tovlanib turadi, faqat sutrang tolalar tovlanmaydi.
Me’yoriy sharoitda tolalar tarkibida 11 % namlik bo‘ladi. Viskoza
tolalarning kimyoviy tarkibi va yonishi paxtaga o‘xshaydi, lekin kislotalar,
ishqorlar ta’siriga sezgirroq va tezroq yonadi. Me’yoriy namlikdagi tolalar
120°C gacha haroratda xossalarini o‘zgartirmay saqlaydi.
Viskoza eritmasidan ið yigirish. Tayyor bo‘lgan viskoza eritmasidan 3
xil usulda ið yigiriladi: bobina, sentrifuga va uzluksiz.
Bobina usuli:


22
1 – filtr;
2 – cho‘ktiruvchi vanna;
3 – filyera;
4 – ið;
5 – ið joylagich moslama;
6 – bobina (ið).
Tayyor bo‘lgan viskoza eritmasi R=3–5 atm. bosimida filyera orqali
cho‘ktiruvchi vannaga tushadi. Vannada tuzlar va sulfat kislotasi bo‘ladi.
Eritmadan selluloza ið holatida ajrab bobinaga o‘raladi.
1
5
3
4
2
Sentrifuga usulida iðlar qo‘shimcha eshiladi. Uzluksiz usulda esa vis-
koza iði mashinaning o‘zida pardozlanadi.
Viskoza iðini pardozlashda iðning tarkibidagi eritmalar suv va boshqa
kimyoviy moddalar yordamida tozalanadi.
Viskozaning shtapel tolasi. To‘qimachilik sanoatida uzluksiz uzun viskoza
iðlari va kesilgan shtapel tolalari ishlatiladi.
Uzluksiz uzun iðlar to‘da (kompleks) ið bo‘lib elementar iðlardan tashkil
topadi. To‘da iðlardagi elementar iðlarning soni olinadigan iðning chiziqli
zichligiga bog‘liq. Odatda, elementar iðlar soni 12 –100 tagacha bo‘ladi.
Shtapel tolalarni olishda filyeradagi teshikchalar soni 2500 – 40000
bo‘lishi mumkin. Bir qancha filyeradan chiqqan to‘da iðlar qo‘shilib jgut
hosil qiladi. Jgut esa ma’lum uzunlikda kesiladi va tolaga aylanadi. Kesilgan
tolalar pardozlangandan so‘ng sof yoki boshqa tolalar bilan aralashtirilgan
holatda yigirilgan iðlar olinadi.
Viskoza iðining xossalari: gigroskopik xususiyati bo‘yicha paxta iðiga
o‘xshash, lekin ho‘l holatida mustahkamligi 2 barobar kamayadi. 150 –
160
0
C da tuzilishi o‘zgarmaydi. Solishtirma zichligi 1,5 g/sm
3
. Yuvganda
kirishadi. Ishqalanish deformatsiyasiga chidamli.
Shtapel tolasi paxta bilan aralashtirilganda L=38 mm, jun bilan
aralashtirilsa L = 64 – 75 mm kesiladi.
Atsetat tolasining olinishi. Atsetat tolasi quruq usul bilan atsetil-
sellulozadan olinadi. Atsetilselluloza esa kimyo zavodlarida paxtaning kalta
tolasini sirka angidridi bilan ishlash natijasida olinadi.
C
6
H
7
O
2
(OH)
3
+ 3(CH
3
CO)
2
O → C
6
H
7
O
2
(OCOCH
3
)

+ 3CH
3
COOH
sirka angidrid triatsetilselluloza
Atsetat tolasini ikkilamchi atsetilsellulozadan olish uchun birlamchi
atsetilsellulozani suv bilan ishlov berib ikkilamchi selluloza olinadi.
6
O[C
6
H
7
O
2
(OH)
2
]

C = S

H
2
SO
4
NaHSO
4
+ CS
2
+
C
6
H
10
O
5
SNa
gidrotselluloza


23
C
6
H
7
O
2
(OCOCH
3
)

+ nH
2


C
6
H
7
O
2
(OCOCH
3
)

+ nCH
3
COOH
Ikkilamchi sellulozadan yuvib tozalab, quritib 95 % atsetat, 5 % suv
eritmasi eritiladi. Eritma nasos bilan filyeradan o‘tkaziladi.
Atsetat iðining mustahkamligi viskozadan kam. Lekin, ho‘lligida
mustahkamligini kam yo‘qotadi. Elastik xususiyati viskozadan yaxshi, lekin
gigroskopik xususiyati undan past. Kamchiliklaridan biri ishlatilish jarayonida
atsetat tolasida statik zaryadlar yig‘iladi. Lekin, tolasi yaxshi bo‘yaladi. Har
xil kiyim-kechak ishlab chiqarish uchun ishlatiladi.
E – eritma;
1 – filtr;
2 – filtr;
3 – yigirish shaxtasi;
4 – atsetat iði;
5 – yog‘lovchi valik;
6 – ið joylashgan moslama;
7 – tayyor ið.
Atsetat tolasining tuzilishi viskoza tolasining tuzilishiga o‘xshaydi,
lekin unda chuqurroq yo‘llar bo‘ladi (8-b rasm).
Oddiy atsetat tolaning pishiqligi viskoza tolasining pishiqligidan biroz
pastroq. Oddiy atsetat tolaning nisbiy uzilish kuchi 10 – 14 sN/teks,
nisbiy uzilish kuchi 22 – 25 sN/teks, ho‘lligida 30 %gacha pishiqligini
yo‘qotadi. Uzilishdagi uzayishi 18 – 20 %ga yetadi. Atsetat tolaning
qayishqoqligi viskoza va mis-ammiak tolanikidan ancha katta. Shuning uchun
atsetat gazlamalar kamroq g‘ijimlanadi.
Atsetat tolalarning gigroskopligi 6 – 7 % atrofida. Ular spirt va atsetonda
yaxshi eriydi, 140°C dan yuqori haroratda qizdirilganda suyuqlanadi. Atsetat
tolalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri ultrabinafsha nurlarini yaxshi
o‘tkazishi, ular sariq alanga berib sekinlik bilan yonadi, tolalar uchida erib
qotgan sharchalar hosil bo‘ladi.
Mis-ammiak tolasi. Bunday tola paxta sellulozasidan tayyorlanadi. Paxta
momig‘ini mis-ammiak reaktivida eritish yo‘li bilan yigiruv eritmasi olinadi.
Bunday tola ho‘l usulda olinadi; cho‘ktirish vannasiga suv yoki kuchsiz
ishqor eritmasi solinadi. Mis-ammiak tolaning ko‘ndalang kesimi deyarli
yumaloq, bo‘ylama ko‘rinishi silindr shaklida, viskoza tolalariga qaraganda
ingichkaroq, mayinroq, kamroq tovlanadi va ho‘l holatda 40 – 45 %gacha
pishiqligini yo‘qotadi (8-d rasm). Mis-ammiak tolalarining kimyoviy xossalari
viskoza tolalarining xossalariga o‘xshaydi. Bu tolalar unchalik ko‘p
ishlatilmaydi, chunki ularni ishlab chiqarishga viskozaga nisbatan ko‘p
mablag‘ sarflanadi.
atseton
havo
1
2
3
4
5
6
7
E


24
Shisha tolalarining olinishi. Shisha tolalari diametri 2 sm bo‘lgan shisha
shariklaridan olinadi. Bu sharchalar 1200–1600
0
C da eritilib maxsus
filyeralardan o‘tkaziladi.
1 – elektr qizdirgich;
2 – filyera;
3 – shisha ið;
4 – yog‘laydigan parafin;
5 – iðni joylashtiruvchi moslama;
6 – tayyor shisha i𠖠bobina.
Erigan shisha filyeralardan o‘z og‘irligi ta’sirida oqib tushadi. Havo
bilan sovutilgan ið g‘altakka o‘raladi.
Iðlarni bir-biriga yopishqoqligini kamaytirish uchun va yumshoqligini
oshirish uchun ular maxsus yog‘lar bilan yog‘lanadi.
Metallsimon iðlarning olinishi. Metallsimon iðlar, asosan, misni cho‘zish
usuli bilan olinadi. Olingan metall iði turli qimmatbaho 1 – 2 % metall
(oltin, kumush) bilan qoplanadi.
Metall iðlar har xil ko‘rinishda bo‘ladi.
1. Voloka – misdan cho‘zilgan ko‘ndalang kesimi yumaloq ið.
2. Plushenka – volokani tasmaga o‘xshatib tayyorlanishi.
3. Kanitel – voloka bilan plushenkani spiral qilib tayyorlash.
4. Mishura – bir qancha plushenkani bir-biriga eshilgan holati.
5. Pryadova – plushenkani paxta, iðak iði bilan birgalikda eshilgan
holati.
Bu iðlar zar do‘ppi, pogon, ordenlarni bezatishga ishlatiladi. Olmos,
parcha, marvarid gazlamalarida lureks ið ishlatiladi. Bu ið aluminiy
folgasini kesib ustidan har xil rangli sintetik plyonkalar bilan qoplanadi.
Sintetik tolalarning olinishi. Sintetik tolalar oddiy moddalarning ya’ni,
monomerlar molekulalarini sintezlab olinadi.
Sintetik tolalar makromolekulasining tuzilishi bo‘yicha ikki turga
bo‘linadi: karbotsep va geterotsep.
Agar tola makromolekulasining asosiy zanjirchasi faqat uglerod-
karbonlardan tashkil topsa, bu tolalar karbotsep tolalar deyiladi (nitron,
xlorin, poliðropilen).
Agar makromolekulaning asosiy zanjirchasida karbondan boshqa
elementlar bo‘lsa, ular geterotsep tolalarga kiradi (kapron, lavsan).
Kapron tolasining olinishi. Kapron tolasi kaprolaktam monomerini
polimerlash reaksiyasi bilan, kaprolaktam esa fenol, benzol, furfurol
moddalarga kimyoviy ishlov berib olinadi. Fenol, benzol, furfurollar esa
neft, toshko‘mirni qaytadan ishlash natijasida olinadi.
Kapron poliamid toladir. Kapron tolasi silindr shaklda bo‘lib, ularda
mikroskop ostida ko‘rinadigan g‘ovak va darzlar bor. Ko‘ndalang kesimi
yumaloq yoki profillangan bo‘lishi mumkin (8-e rasm).
4
5
1
3
2
Sovuq
havo
6


25
Uzilishga pishiqligi jihatidan kapron po‘latdan 2,5 barobar mustahkam.
Kapron tolalar faqat konsentrlangan kislotalar va fenolda eriydi. Ular
yashil alanga berib yonadi, tolalar uchida qo‘ng‘ir sharchalar hosil bo‘ladi.
Gigroskopligining pastligi va issiqqa chidamsizligi kapron tolalarining
kamchiligidir.
Monomerlarni sintezlash ikki reaksiya yordamida bajariladi: polimerlash
va polikondensatsiyalash.
Polimerlash reaksiyasida reaksiyaga kiradigan monomerlarning tarkibi
o‘zgarmasdan hosil bo‘lgan polimer tarkibida saqlanib qoladi.
Kapron tolasi polimerlash reaksiyasi bilan olinadi.
Polimerlash reaksiyasi uch bosqichda o‘tadi:
1) monomer molekulasini faollashtirish; 2) molekula zanjirchasining
o‘sishi; 3) molekula zanjirchasining o‘sishini to‘xtatish.
Monomer molekulasini faollashtirish issiqlik yoki elektr zaryadlari
ta’sirida bajariladi. Reaksiya natijasida monomerning qo‘sh bog‘lari yoki
siklik bog‘lari uziladi. Faollashgan molekulalar bir-biri bilan bog‘lanib
uzun zanjircha hosil qiladi, ya’ni 2-bosqich bajariladi.
Tola olish uchun zanjirchalar ma’lum uzunlikda bo‘lishi kerak.
Zanjirchaning uzunligi eritmaning yopishqoqligi orqali aniqlanadi. Molekula
zanjirchasining uzunligini to‘xtatish uchun eritmaga maxsus ingibitor
moddalar qo‘shiladi.
Bu moddalar faolashgan zanjirchalarning o‘sishini to‘xtatadi.
Kaprolaktam monomerlarini polimerlash maxsus idishlarda yuqori
haroratda, ya’ni 250–260
0
C li, yuqori – 10 atm. bosimda 12 soat davom
etadi. Olingan modda polikaprolaktam ushog‘i deb ataladi. Polikaprolaktamdan
kapron tolasi quyidagi sxema bo‘yicha olinadi:
1 – bunker;
2 – erituvchi panjara –250
0
C;
3 – nasos;
4 – filyera;
5 – sovituvchi shaxta;
6 – yigirish shaxtasi;
7 – namlovchi disk;
8 – yog‘lovchi disk;
9 – cho‘zuvchi disklar;
10 – iðni toylovchi moslama;
11 – tayyor kapron ið (bobina).
Polikaprolaktam ushog‘i temir bochkalarda kapron yigirish sexiga
olib kelinadi. Bochkalardan polikaprolaktam ushog‘i bunker (1)ga to‘kiladi.
Polikaprolaktam erituvchi panjara (2)da eriydi. Nasos (3) bilan kaprolaktam
eritmasi filyera (4)dan ið holatida oqib tushadi. Sovituvchi (5) shaxtada ið
sovitiladi (bo‘lmasa yopishib qoladi). Shaxta (6) me’yoriy havo bilan
5
4
2
3
1
6
8
7
9
10
11


26
sovitiladi. Disk (7) yordamida ið namlanadi, yog‘lovchi disk (8) yor-
damida esa ið yog‘lanadi, 8, 9-disklar iðni cho‘zadi. Natijada iðning
xususiyati yaxshilanadi. Ið joylagich (10) yordamida g‘altak (11)ga o‘raladi.
Kapron iði pardoz qilinmaydi. To‘qimachilik ishlov berilishi mumkin
(qo‘shish, eshish va hokazo).
Kapron tolasining asosiy xususiyatlari. Kapron cheksiz uzunlikdagi ið
va qirqilgan shtapel tola ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Iðlar esa mono ið va to‘da (kompleks) ið bo‘lishi mumkin. To‘da iðlarda
elementar iðlar soni ishlab chiqariladigan iðning yo‘g‘onligiga bog‘liq (8 – 60).
Mono iðning yo‘g‘onligi 1,67 – 5 teks (¹ 200 – 600) bo‘ladi. Nisbiy
pishiqligi R

= 50 gk/teks. Cho‘ziluvchanligi esa 
ε

= 18 – 32 %. Gigros-
kopligi 4 %, 65

C da kapron pishganligini yo‘qota boshlaydi. Ishqor ta’siriga
chidamli, kislotaga chidamsiz.
Kamchiliklari: tolasi juda silliq, yaxshi ilashmaydi, ishqalanish kuchi
kam, boshqa tolalar bilan aralashtirilgan vaqtda silliqligi tufayli material
yuzasiga chiqib ishqalanish natijasida pilling (tugunchalar) hosil bo‘ladi.
O‘ziga namlikni kam tortadi.
Ba’zi kamchiliklarini (masalan, silliqligini) kamaytirish uchun tolalar
silindr ko‘rinishda emas, balki turli shakllarda ishlab chiqariladi. Yaltiroqligini
kamaytirish uchun esa titan oksidi kukuni qo‘shiladi.
Lavsan tolasining olinishi. Lavsan tolasi tereftalat kislota bilan etilenglikol
moddasini polikondensatsiya (270 – 280

C) reaksiyasi natijasida olinadi.
Lavsan iði kapron iðini olish sxemasi bo‘yicha olinadi.
Lavsan cheksiz ið va shtapel tola holatida ishlab chiqariladi.
Nisbiy pishganligi R
n
=35 – 45 gk/teks; cho‘ziluvchanligi 
ε
r
=14 – 17 %;
elastik xususiyati jun tolasiga o‘xshash (sun’iy jun deb ataladi); issiqqa chidamli,
150 – 170

C da pishiqligini yo‘qotadi; gigroskopik xususiyati yomon; tabiiy
tola bilan aralashtirilganda sifatli mahsulot olinadi (ko‘ylak, kostum, plashlik
materiallar ishlab chiqariladi).
Lavsan poliefir tolalari tarkibiga kirib, neftni qayta ishlash mahsulotlaridan
ishlab chiqariladi. Lavsan tolasining ko‘ndalang kesim yuzi yumaloq shaklda
tolaning tashqi ko‘rinishi tekis va silliq bo‘ladi (8-f rasm).
Lavsan tuzilishi va fizik-mexanik xossalariga ko‘ra kapronga o‘xshash,
nisbiy uzilish kuchi 40 – 55 sN/teks, uzilish paytidagi cho‘ziluvchanligi
20 – 25 %. U ho‘l holatda xossalarini o‘zgartirmaydi, yengil, qayishqoq,
sovuqqa chidamli. Kaprondan farqli ravishda lavsan konsentrlangan kislota
va ishqorlar ta’sirida yemiriladi.
Lavsanning gigroskopligi juda past – 0,4 %. Shuning uchun, gazlamalar
to‘qishda lavsan shtapel tola tarzida tabiiy va viskoza shtapel tolalariga
aralashtirib, ko‘proq junga aralashtirib ishlatiladi. Lavsan kapronga nisbatan
issiqqa chidamli, yumshash harorati 235

C. Lekin, maxsus ishlovdan
o‘tkazilmagan lavsan gazlamalar 140

C dan yuqori haroratda va juda ho‘llab
dazmollanganda kirishishi va rangi aynishi, natijada dog‘lar paydo bo‘lishi
mumkin. Alangaga tutilganda lavsan eriydi, tutovchi sarg‘ish alanga berib
ohista yonadi.


27
Nitron tolasining olinishi. Nitron tolasi akrilonitril moddasidan olinadi.
Akrilonitril polimerizatsiya reaksiyasi natijasida poliakrilonitril polimeri
ajraladi. Poliakrilonitril dimetilformamid eritmasida eritilganda ho‘l yoki
quruq usul bilan nitron olinadi.
Nitron poliakrilonitril tolalar guruhiga kirib, toshko‘mir, neft yoki
gazni qayta ishlash yo‘li bilan olinadi.
Nitron tolasining ko‘ndalang kesimi yuzasi murakkab bobinasimon
ko‘rinishda bo‘lib, tolaning ustki qatlamida yo‘l-yo‘l chiziqlari bor (8- g rasm).
Bunday tolalar kapron va lavsanga nisbatan mayinroq va tovlanuv-
chanroq. Ishqalanishga chidamligi jihatidan nitron hatto paxtadan ham
past turadi. Nitronning uzilishdagi pishiqligi kapron va lavsannikidan ikki
marta kichik, nisbiy uzilish kuchi 30 – 35 sN/teks, uzilishdagi uzayishi
16 – 22 %, gigroskopikligi juda past –1,5 %. Nitron alangaga tutilganda
eriydi va yorqin sarg‘ish alanga berib chaqnab yonadi. Ustki trikotaj kiyimlar
tikishda nitron sof holda, ko‘ylaklik va kostumlik gazlamalar to‘qishda jun,
paxta va viskoza tolalarga aralashtirilib ishlatiladi.
Polivinil spirtidan olinuvchi tolalar. Bularga vinol, vinilon va boshqa tolalar
kiradi. Vinol tolasi barcha sintetik tolalar ichida eng arzon hisoblanadi. Uning
gigroskopligi 5 – 8 %, nisbiy uzish kuchi 30 – 40 sN/teks, uzayishi 30 –
35 %, ho‘l holatda mustahkamligi 15 – 25 %gacha pasayadi. 200

C da issiqdan
kirisha boshlaydi. Yorug‘lik ta’siriga chidamli. Ishqalanishga chidamliligi paxtaga
nisbatan ikki barobar yuqori. Alangaga tutilganda ohista yonadi.
Vinol sof holda ham, paxta, jun, viskoza tolalarga aralashtirilgan holda
ham maishiy gazlamalar tayyorlashda ishlatiladi.
Poliolefin tolalar. Poliolefin tolalarga polietilen va poliðropilendan
tayyorlangan tolalar kiradi. Poliolefinlarni sintez qilishda dastlabki xomashyo
sifatida neftni qayta ishlash mahsulotlari – propilen va etilendan
foydalaniladi.
Poliolefin tolalarning issiqlik va yorug‘lik ta’siriga chidamliligini oshirish
uchun polimerga maxsus moddalar – ingibitorlar qo‘shiladi. Poliðropilendan
kompleks iðlar, hajmdor burama iðlar, shtapel tolalar ishlab chiqariladi.
Polietilendan to‘qimachilik iðlari olinadi. Polietilen tolasining nisbiy uzish
kuchi 60 – 70 sN/teks, uzayishi 10 – 12 %. Poliðropilen tolasining nisbiy
uzish kuchi 25 – 45 sN/teks, uzayishi esa 15 – 30 %.
Poliolefin tolalarining kimyoviy va mikroorganizmlar ta’siriga
chidamliligi ancha yuqori. Gigroskopikligi 0 %. Shuning uchun, poliolefin
tolalar cho‘kmaydigan va chirimaydigan arqonlar tayyorlashda ishlatiladi.
Ulardan plashlik va bezak gazlamalar, gilam tuklari, texnik materiallar
ham ishlab chiqariladi.
Poliuretan tolalar. Chiziqli zichligi 2 dan 125 teksgacha bo‘lgan
kompleks poliuretan iðlar spandeks deb ataladi. Spandeks boshqa sintetik
tolalarga o‘xshash, lekin fizik-mexanik xossalariga ko‘ra elastomerlar jumlasiga
kiradi. Ularning uzayishdagi elastikligi yuqori. Nisbiy uzish kuchi 6 – 8
sN/teks, uzayishi 600 – 800 %. Gigroskopikligi kichik, 1 – 1,5 %. Ishqa-
lanishga, issiqlikka bardoshli. Ular sport buyumlari, korsetlar va elastik


28
davolash buyumlari uchun gazlamalar, trikotaj va lentalar tayyorlashda
ishlatiladi.
Shishasimon va zarsimon tolalarning ko‘ndalang kesimi yuzasi yumaloq
ko‘rinishda, tolaning yuza qatlami tekis va silliqdir.
Shishasimon tolalar silikat shisha parchalarining elektr pechlarida
1370°C haroratda eritiladi. Ularning rangi barcha ta’sirlarga chidamli.
Metall iðlar mis yoki mis qorishmalaridan qilingan simni asta-sekin
cho‘zish yoki aluminiy tasmasini qirqish yo‘li bilan olinadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarish qanday asosiy bosqichlardan
iborat?
2. Viskoza tolasining olinish sxemasini aytib bering.
3. Viskozaning shtapel tolasi qanday olinadi?
4. Atsetat tolasining olinish sxemasini keltiring.
5. Shisha tolalari qanday olinadi?
6. Kapron tolasining olinish sxemasini bering.
Eslab qoling!
Viskoza, atsetat, kapron, lavsan, valoka, plushenka, mishura, pryadova,
kanitel, manomer, kaprolaktan.
II BOB
IÐLARNING TUZILISHI VA XOSSALARI
1-§. Yigiruv jarayoni bo‘yicha umumiy ma’lumotlar
Yigirish korxonalarida uzunligi cheklangan tolalarni yigirish jarayonida
bir-biriga burab eshilishidan hosil bo‘ladigan mahsulotga ið deyiladi.
Tolalar massasidan ið olishda bajariladigan jarayonlar yig‘indisi yigirish
deyiladi. Yigirishda ishlatiladigan tolalar yigiruv tolalari deb ataladi. Ularga
jun, paxta, zig‘ir, tabiiy iðak chiqindilari, turli shtapel tolalar kiradi.
Yigirish usuli olinadigan iðning xili, yigiruv tolalarining uzunligi va
yo‘g‘onligiga bog‘liq bo‘ladi. Jun paxta, tabiiy iðakning uzun tolalari taroqli
usulda qayta ishlanadi, natijada bir tekis, zich va silliq ingichka ið hosil
bo‘ladi. Paxta va junning kalta tolalaridan apparat usulida yo‘g‘on, bo‘sh,
yo‘g‘onligi jihatidan notekis bo‘lgan apparat iði olinadi. Uzunligi o‘rtacha
paxta va shtapel tolalardan karda usulida o‘rtacha yo‘g‘onlikdagi, taroqli
usuldagiga nisbatan notekisroq va dag‘alroq karda iði olinadi.
Yigirishda bajariladigan asosiy jarayonlar: tolalarni titish, savash,
tarash, tekislash va cho‘zish, qisman yigirish, uzil-kesil yigirish.


29
Yigiruv fabrikalariga tolalar 170 – 250 kg li toylar tarzida presslangan
holda keltiriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan yigirish usullarida ham tolalar titiladi va savaladi.
Shunda presslangan tolalar massasi ayrim bo‘laklarga ajraladi va qisman
tarkibidagi aralashmalardan tozalanadi. Presslangan tolalar bo‘laklari titish
va savash mashinalarining metall chiviqlari, qoziqlari yoki ignalarining
zarbi ta’sirida bo‘sh tolalar massasiga aylanadi.
Titilgan va savalgan tolalarni aralashmalardan butkul tozalash va
bo‘laklarni ayrim tolalarga ajratish uchun tolalar taraladi. Karda va apparat
yigirish usulida tolalar ingichka o‘tkir metall ignalar bilan qoplangan ikki
sirt (kordolentalar) orasidan o‘tib taraladi. Karda usulida taralgan yupqa
tolalar qatlami (vatka) voronka orqali o‘tib, piltaga aylanadi. Pilta tolalar
bog‘idan iborat. Apparat usulida taralgan vatka tasmali bo‘lgich yordamida
juda ko‘p mayda bo‘laklarga ajratiladi va bo‘sh pilikka aylantiriladi.
Taroqli usulda tolalar qo‘shimcha ravishda taroqli tarash mashinalarining
taroqlari bilan taraladi, natijada kalta tolalar taroqqa ilinib, faqat uzun
tolalardan iborat pilta hosil bo‘ladi. Kalta tolalar apparat usulida qayta yigiriladi.
Bu usulda olingan ið, odatda, yo‘g‘on va notekis bo‘ladi.
Pilta mashinalarida bir necha pilta bitta piltaga birlashtirilib, tekislanadi
va cho‘ziladi, yo‘g‘onligi jihatidan bir xillashtiriladi. Pilta mashinalari tezligi
oshib boradigan bir necha valiklar juft ta’minlangan, pilta shu valiklar
orasidan o‘tganda asta-sekin ingichkalashadi, tolalari parallellashadi.
Pilik mashinalarida tolalar qisman yigiriladi, bunda piltani cho‘zish,
burash yoki eshish yo‘li bilan pilik hosil qilinadi. Pilik mashinalari orqali
o‘tayotgan pilik tobora ingichkalashib boradi, tolalari to‘g‘rilanadi va
parallellashadi (zig‘ir bitta, paxta 1 – 2 ta, dag‘al jun 4 – 5 ta, mayin jun
6 – 7 ta mashinadan o‘tadi).
Shundan keyin pilikni yigiruv mashinalarida uzil-kesil cho‘zib,
burab, ið hosil qilinadi. Zichroq va ingichkaroq zig‘ir iði olish uchun
pilik qaynoq suvli vannadan o‘tkaziladi. Qaynoq suv pektin moddalarni
yumshatadi. Boshqa tolalar (paxta, jun, tabiiy iðak chiqindilari, shtapel
tolalar) ho‘llanmay yigiriladi. So‘nggi yillarda urchuqsiz yigirish usuli
rivojlanmoqda.
Yigirish jarayonlari soni yigirish usuliga bog‘liq. Apparat usuli eng
oddiy usul, chunki unda pilta va pilikni ishlash jarayonlari bo‘lmaydi, ular
taralgandan so‘ng to‘g‘ridan-to‘g‘ri yigiriladi. Taroqli usul eng murakkab
usul, chunki tolalarni taroq bilan qo‘shimcha tarashga tayyorlash va taroqli
mashinalarda tarashga to‘g‘ri keladi. Karda usuli oddiy yoki murakkabligi
jihatidan oraliq holatni egallaydi. U umumiy yigirish bosqichlaridagi barcha
jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Eng uzun va dag‘al jun tolalari dag‘al taroqli yigirish usulida yigiriladi.
Bunda ið zich va qattiq bo‘lib chiqadi. O‘rtacha uzunlikdagi mayin jun
tolalari mayin taroqli yigirish usulida yigiriladi. Bunda biroz tukli mayin ið
hosil bo‘ladi. O‘rtacha uzunlikdagi dag‘al va yarim dag‘al jun tolalari yarim
taroqli yigirish tizimida, ya’ni taroqda tarash jarayonisiz yigirilishi mumkin.


30
Natijada, ko‘rinishi taralgan iðga o‘xshaydigan yarim taralgan ið hosil
bo‘ladi.
Ancha kalta jun tolalari apparat usulida yigiriladi. Bunda tolalarning
ingingichkaligiga qarab, mayin movut (ingichka, tukli va yumshoq) ið
yoki dag‘al movut ið (yo‘g‘on va ancha qattiq) olinadi.
Junni yigirishda turli tolalarni aralashtirish usuli keng tarqalgan. Apparat
yigirish usulida jun aralashmasi tarkibiga tabiiy jun tolalaridan tashqari
zavodda tayyorlangan jun, tiklangan jun, paxta, shtapel tolalar kiradi. Bu
tolalar tarashdan oldin aralashtiriladi.
Taroqli yigirishda jun, sun’iy va sintetik shtapel tolalar qo‘shiladi,
buning uchun shu tolalarning taralgan piltalari birlashtiriladi.
Iðlarning tasniflanishi. Yigirish usuliga ko‘ra, paxta ið apparat, taroqli
va karda iðga; jun i𠖠apparat, taroqli, yarim taroqli; iðak i𠖠tabiiy
iðakdan yigirilgan taroqli, tabiiy iðakdan yigirilgan apparat; zig‘ir ið–
quruq yigirilgan va ho‘llab yigirilgan, quruq yigirilgan tarandi va ho‘llab
yigirilgan tarandi iðlarga bo‘linadi.
Tolalarning tarkibiga qarab, ið bir xil tolalardan tashkil topgan bir
jinsli hamda turli tolalardan tashkil topgan aralash xillarga bo‘linadi.
Pardozi va bo‘yalishiga ko‘ra, ið xom, oqartirilgan, bo‘yalgan,
merserizatsiyalangan, melanj (rangli tolalar aralashmasidan yigirilgan)
va hokazo xillarga bo‘linadi.
Tuzilishiga qarab, yakka, pishitilgan, eshilgan va shakldor iðlarga
ajratiladi. Yakka ið yigirish jarayonida buralgan ayrim tolalardan iborat,
burami bo‘shatilganda ayrim tolalarga ajralib ketadi.
Pishitilgan ið ikki yoki undan ko‘p iðlardan burab tayyorlanadi. Bunday
kalava iðning burami bo‘shatilganda ayrim iðlarga ajraladi. Eshilgan ið ikki
va undan ko‘p iðlardan buramay tayyorlanadi.
Shakldor ið ma’lum tashqi ko‘rinishi tugunchali, halqasimon,
to‘lqinsimon, pilikli va hokazo bo‘ladi. Shakldor ið turli uzunlikdagi iðlarni
qo‘shib burash yo‘li bilan olinadi.
Pilla iðlarini yopishtirib xom iðak olinadi. Bir necha xom iðakni
qo‘shib yopishtirish yo‘li bilan pishitilgan tabiiy iðak tayyorlanadi.
Pishitishning oddiy va murakkab xillari bor. Oddiy pishitish usulida bo‘sh
pishitilgan iðak – arqoq, pishiq pishitilgan iðak – muslin va juda pishiq
pishitilgan iðak – krep olinadi. Murakkab pishitish usulida tanda olinadi.
Kimyoviy elementar tolalarni pishitib, sun’iy va sintetik kompleks iðlar
olinadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Ið deb nimaga aytiladi?
2. Yigirish jarayonida qanday ishlar bajariladi?
3. Taroqli usulda iðlarni yigirish jarayonini izohlab bering.
4. Karda usulda iðlarni yigirish jarayonini tushuntiring.
5. Apparat usulda iðlarni yigirish jarayonini aytib bering.
6. Jun tolasini yigirish jarayoni haqida ma’lumot bering.


31
Eslab qoling!
Ið, taroqli, karda, apparat, titilgan tola, savalgan tola, piltalash mashinasi,
piliklash mashinasi, yarim taroqli, bir jinsli ið, turli tarkibli ið, xom ið,
oqartirilgan ið, bo‘yalgan ið, merserizatsiyalangan ið, melanj ið.
2-§. To‘qimachilik iðlarining tuzilishi
To‘qimachilik iðlarining tuzilishi ularni tashkil etgan elementlarning
o‘lchami, shakli va o‘zaro joylashishi bilan belgilanadi. Iðlarning element
tuzilishi ko‘p bosqichli. Lekin, iðlarning tuzilishini tahlil etishda,
loyihalashda elementning birinchi darajasi hisobga olinadi, ya’ni iðlar
uchun tola, to‘da iðlar uchun tanho iðlar, pishitilgan iðlar uchun esa
yigirilgan ið yoki to‘da iðlar.
Elementlarning molekulali darajasi tola, tanho iðlarning xususiyatlari
orqali bilvosita hisobga olinadi.
Iðlarning tuzilish xususiyatlari elementlarning o‘zaro joylashishi va
bog‘lanishiga bog‘liq. O‘lcham xususiyatlari, shakllari, uning holati va
xossalari element xususiyatlarining eng muhimi hisoblanadi.
Yigirilgan iðlardagi bu ko‘rsatkichlarga tola va iðning uzunligi va
yo‘g‘onligi, bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha notekisligi, buramdorligi,
pishiqligi, deformatsiyalanish xossalari, to‘da iðlar uchun tanho iðlarning
ingichka va yo‘g‘onligi, bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha notekisligi, mexanik
ko‘rsatkichlari va boshqa xossalari kiradi.
Iðlarda elementlarning o‘zaro joylashish xususiyatlari turlichadir. Keng
tarqalgan xususiyatlari – eshilishning yo‘nalishi, tola va iðlar soni, alohida
kesimda tolalarning taqsimlanishi, kesimning to‘liqligi, tukdorligi.
To‘qimachilik iðlari kesimining to‘liqligi
ko‘ndalang shaklining sonli xususiyatlari kabi
bir qancha usullar yordamida aniqlanadi.
Gersog bo‘yicha kesimning to‘liqligi K
o
iðning haqiqiy kesim yuzi S
h
ning aylana yuzi
S
a
ga nisbati bilan aniqlanadi. Iðlar uchun
kesim aylanadan ma’lum miqdorda og‘adi.
G.N.Kukin kesim to‘ldirilishini K
e
(%da)
aniqlash minimal elliðs usuli yordamida
amalga oshirishni taklif etdi.
100

Download 6,51 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish