Gazlamashunoslik kopi p65




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana19.01.2024
Hajmi6,51 Mb.
#140859
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Gazlamashunoslik

n
n
T L

=

(33)
bu yerda: T–iðning chiziqli zichligi, teks; n – 10 m iðdagi nuqsonlar
soni; L=10 m.
Yigirish sanoatida mahsulotlarning nuqsonlarini nazorat qiluvchi bir
qancha usul va uskuna loyihalari yaratilgan. Shuningdek, hozirgi vaqtda bu
maqsadlar uchun vizual, gravimetrik, mexanik, sig‘imli, fotoelektrik va
boshqa turdagi o‘lchash usullari keng qo‘llanmoqda.
Yigirilgan iðlarning nuqsonlarini aniqlashda qo‘llaniladigan “Selveger”
(Shveysariya) firmasi usuli va asboblari yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
Yigirish jarayonida yigirilgan iðlarning nuqsonlarini aniqlash uchun eng
ko‘p tarqalgan uskunalardan biri “Uster-Tester”dir.
Uskunada quyidagi xususiyatlar e’tiborga olinadi: 1 km yigirilgan iðda ko‘p
uchraydigan nuqsonlar – ingichkalashgan (– 20, – 40, – 50, – 80 %);


53
qalinlashgan (+ 35, + 50, + 70, + 100 %), tugunchalar (+ 140, + 200, +
280, + 400 %).
Uskuna yuqori unumdorlikka ega bo‘lib, texnologik jarayondagi
uskunalarning holatini diagnostika qiladi.
Iplarning tozaligini aniqlaydigan yana bir asbob AOPN-5 fotolement
uslub asosida yartilgan asbobdir (26-rasm).
Fotoelement usulida nuqsonlar turli tiðdagi fotoelement (vakuumli,
fototriod, foto kuchaytirgich va boshqalar) va yorug‘lik manbasi orasidan
o‘tishiga asoslanib aniqlanadi.
Shuningdek, iðlarning tozaligini aniqlash va nazorat qilish uchun sig‘imli
datchikli asboblar ham ishlatiladi. Sinov iðlari plastinali kondensator
orasidan o‘tkaziladi, natijada uning qarshiligi o‘zgaradi. Kondensator
qarshiligi uning sig‘imiga teskari mutanosibdir va iðning massasi qancha
katta bo‘lsa, u shuncha kichik bo‘ladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Yigirilgan va kompleks iðlarda qanday nuqsonlar uchraydi?
2. Yigirilgan iðlar sinfi tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qanday aniqlanadi?
3. Nuqsonlar soni aniqlanadigan formulani keltiring.
Eslab qoling!
Ip nuqsonlari, ifloslangan ið, moy tekkan iðlar, davriy yo‘g‘on joylari
bor iðlar, do‘mboqlar, yo‘g‘onlashgan iðlar, kondesator datchigi.
26-rasm. AOPN-5 asbobining blok sxemasi.
A
TB
O‘B
FD
HB


54
III BOB
TIKUVCHILIK MATERIALLARINING
SIFATINI BAHOLASH
1-§. Tikuvchilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlari
Mahsulot sifatini o‘lchash va baholashning nazariy va amaliy jihatdan
bog‘lanish masalalari hozirgi kunda mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanib
bormoqda. Tikuvchilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini standartlashtirishda
«sifat» tushunchasi va uni baholash usullarini ko‘rib chiqish lozim.
Mahsulot sifati – mahsulotning jami xossalaridan iborat bo‘lib,
ishlatilish davrida iste’molchilar talabini to‘liq qondirish demakdir.
Mahsulot sifatini ishlatilish davrida aniqlash talab darajasiga qarab
o‘zgarib boradi. Shu sababli, bir yoki boshqa turdagi mahsulotlar uchun,
ayniqsa, ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan mahsulotlarning sifatini baholash
doimiy o‘lchamda bo‘lmaydi. Masalan, zig‘ir gazlamasidan yengil
yoping‘ich va maxsus kiyim-kechak tayyorlanadi, lekin ularning sifat
ko‘rsatkichlari turlicha bo‘ladi.
Ko‘pgina ilmiy ishlar va adabiyotlarda «sifat» tushunchasi kengroq
ishlatiladi va unga berilayotgan ta’riflar ham turlichadir. Prof. A.N.Solovyov
«sifat» tushunchasini quyidagicha baholaydi:
Material sifati – bu talab xossalariga bog‘liq bo‘lib, materialning qayta
ishlanishi va ishlatilishi uchun yaroqliligi demakdir.
Mahsulotning sifat ko‘rsatkichi – GOST 15467-70 standartiga binoan
mahsulot xossasining miqdoriy xususiyati bo‘lib, sifat tarkibiga kiradi, ya’ni
uni yaratish va ishlatish hamda iste’molchilarga yetkazishdagi talabini qondirish.
Tikuvchilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha talab shartlari
standartlar, texnik shartlar yoki qandaydir bir me’yoriy-texnik hujjatlarda
keltiriladi.
Barcha mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari ifodalanishi bo‘yicha
o‘lchamli va o‘lchamsiz (nisbiy yoki balli)ga bo‘linadi.
Sifatni baholash darajasi – bu jarayonlarning jami bo‘lib, sifat
ko‘rsatkichlarining nomenklaturasini o‘z ichiga oladi va mahsulot sifatini
boshqarishda ularning sonli qiymatini, shuningdek, bazali va nisbiy
ko‘rsatkichlarini aniqlaydi.
Mahsulot xossasi – mahsulotning yaratilishi, ishlatilishi yoki iste’molida
yuzaga keluvchi obyektiv imkoniyatlar.
Hozirgi paytda me’yoriy-texnik hujjatlarning talablarini hisobga olgan
holda, to‘qimachilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini baholashda
mahsulotning navi aniqlanadi, attestatsiyalash davrida esa uning sifat
bosqichi belgilanadi.


55
Mahsulot sifatini nazorat qilish tekshirishga bog‘liq bo‘lgan mahsulot
sifat ko‘rsatkichlari talablarida belgilanadi.
Sinov – obyektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo‘yicha eksperimental
aniqlash demakdir.
Sinov usuli – sinov ishlarini o‘tkazish uchun belgilangan tamoyil-
larning qo‘llanilishidagi jami qoidalar.
Mahsulot sifati boshlang‘ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot sifatini
baholash yoki o‘lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim:
– to‘la-to‘kis ishonchli baholash usullari material xossalarining
me’yoriy shartlariga bog‘liqligi bo‘lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar
hisobga olinadi;
– sifat ko‘rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to‘la-to‘kis
yaroqliligini ko‘rsatadi;
– ta’minlovchi imkoniyatlarini hisobga olgan holda me’yoriy
shartlarning ratsional darajasi.
Mahsulot sifat ko‘rsatkichini ifoda etgan birligiga ko‘ra quyidagilarga
ajratish mumkin:
– miqdoriy birliklarda aks etgan;
– miqdoriy bo‘lmagan birliklarda aks etgan;
– asosga binoan sinash yo‘li bilan olingan;
– birgina xossasini ifoda etuvchi;
– barcha xossasini ifoda etuvchi.
Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to‘g‘ri va haqiqatga
yaqin bo‘lishi ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, bir to‘p matoning sifat ko‘rsatkichini aniqlashda, odatda, oddiy
standart sinash usulidan fiydalaniladi. O‘lchash xatoligi 5 %dan oshmaydigan
maxsus asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Sinov ishlarini olib borishdan
oldin namuna belgilangan sharoitda saqlanishi lozim. Bunda boshlang‘ich
ko‘rsatkichlarni belgilash katta ahamiyatga ega. Boshlang‘ich ko‘rsatkichlar o‘z
navbatida to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, ahamiyatli yoki ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin.
Tekshirish orqali aniqlangan o‘lchashlar mahsulot sifat darajasini
mujassamlashtirgan negizli ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Natijada, bu daraja
o‘zgarishi ham, o‘zgarmasligi ham yoki umuman doimiy qolishi ham mumkin.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Mahsulot sifati haqida ma’lumot bering.
2. Mahsulot sifat ko‘rsatkichiga ta’rif bering.
3. Mahsulot xossasi deganda nimani tushunasiz?
4. Sifatni baholash darajasi tushunchasining ta’rifini keltiring.
5. Sinov usuli nimani bildiradi?
Eslab qoling!
Mahsulot sifati – mahsulotning jami xossalari, mahsulot xossasi –
mahsulotning iste’molida yuzaga keluvchi obyektiv imkoniyatlar.


56
2-§. Tikuvchilik materiallari sifatini baholash usullari
Tikuvchilik materiallari va boshqa turdagi mahsulotlarning sifatini baholash
uning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va o‘lchash ishlari bo‘yicha olingan
natijalarni hamda standart va me’yoriy-hujjatlarga solishtirilgandagi bahosiga
asoslangan bo‘ladi. Chunki, mahsulot xossalarini aniqlash usullari, asosan
standartlar va boshqa me’yoriy hujjatlarda batafsil keltiriladi.
Tikuvchilik materiallarning sifatini baholashning bir qancha usullari
mavjud:
Eksperimental usul – tikuvchilik materiallarining xossalarini o‘lchash
(instrumental usul) yoki nuqsonlarning sonini hisoblash va sanash yo‘li
bilan olinadi.
Organoleptik usul – insoniyat tanasining hislari va sezgirligiga qarab
hamda sinalayotgan to‘qimachilik materiallarini etalonga solishtirish yo‘li
bilan aniqlanadi. Bu usul yordamida tikuvchilik materiallarining sifatiga
to‘g‘ri baho berishga hamda mutaxassislarning malakasiga va bilim saviyasiga
ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Chunki, mutaxassislarning xulosasiga qarab
mahsulotning sifat ko‘rsatkichi belgilanadi.
Ekspert usulida tikuvchilik materiallari va buyumlarining sifat
ko‘rsatkichlari soni 7 tadan 12 tagacha bo‘lgan mutaxassis-ekspertlarning
baholariga asosan aniqlanadi. Baholashda eksperimental va organoleptik
usullardan ham foydalaniladi. Ekspertlar talab subyektining bahosini
kamaytirish ishlarini quyidagi tartibda amalga oshiradilar. Dastlab
ekspertlar bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mahsulot sifatini qayd
etadilar, so‘ng birgalikda muhokama qilib, har bir ekspert o‘z xulosasini
bildiradi hamda olingan umumiy ekspert-mutaxassislarning xulosalaridan
keyin mahsulotning sifatiga yangi baho beriladi.
Aniq natija ko‘rsatkichlari kamida uchta mutaxassis-ekspertning ovoz
berish natijasiga qarab baholanadi. Sifat bosqichi bo‘yicha tikuvchilik
materiallari attestatsiya qilinadi va mutaxassis-ekspertlarning o‘zaro ovoz
berish tartibiga binoan xulosa chiqariladi. Agar mahsulot sifatli deb topilsa,
mahsulotga sifat belgisi beriladi.
Sotsiologik usul – iste’molchilarning taklif va mulohazalaridan kelib
chiqqan holda mahsulotning sifat ko‘rsatkichi baholanadi. Bunda asosiy e’tibor
to‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni yig‘ishga qaratiladi hamda sifat ko‘rsatkichlarini
baholash bo‘yicha yetarli darajadagi xulosaga ega bo‘lish shart. Aks holda,
mahsulot sifati haqida salbiy tushuncha kelib chiqishi mumkin.
Hisoblash usuli – tikuvchilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlari va tuzilishi
ko‘pgina omillarga, masalan, texnologik jarayonlarning ta’siri va boshlang‘ich
material xossalariga bog‘liqligi hisoblab chiqiladi. Bu usul tikuvchilik
materiallari sifati va texnologik jarayonlarni loyihalashda keng qo‘llaniladi.
Tikuvchilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini baholashda qo‘llanilgan
barcha usullardan har xil yakuniy xulosalar kelib chiqadi, shu sababli
mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini baholashda differensial, kompleks va
aralash usullardan foydalaniladi.


57
Sifatni differensial baholash usuli – mahsulotning alohida xossalari
hamda buyumlarning nuqsonli qismlarining o‘lchamsiz ko‘rsatkichlari
bo‘yicha sifatni baholash ishlari amalga oshiriladi, shuningdek, sifatni
kompleks va aralash baholash usullarini mustaqil ravishda ishlatishga ham
to‘g‘ri keladi. Birinchi holatda, mahsulotning ba’zi bir sifat ko‘rsatkichlari
bo‘yicha alohida o‘lchamli yoki o‘lchamsiz baholash olinadi. Ikkinchi holatda
esa, jami mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha navi, sinfi, guruhi va
boshqa sifat ko‘rsatkichlari natijalarining oralig‘i aniqlanadi va umumiy
yig‘indi indeksi, koeffitsientlar yoki ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Sifatni kompleks baholash usuli – sifatning alohida ko‘rsatkichlari
bo‘yicha materialni birgalikda baholash ishlari ba’zida materialning bitta
ko‘rsatkichida bir qancha kompleks asosiy xossalarini umumiy baholash
kerakligini keltirib chiqaradi. Natijada, bu tikuvchilik materiallarining sifatini
umumiy baholash deyiladi. Masalan, zig‘ir tolali xomashyoning tartib
raqami, bir jinsli junning sifati va boshqalar.
Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari kompleks baholashning mohiyatiga
bog‘liqligi haqiqiy va taqribiy kompleks baholashga bo‘linadi.
Haqiqiy kompleks baholash belgilangan fizik maqsadga ega bo‘lib,
ko‘pincha tolaning yigiriluvchanlik qobiliyati hamda buyumning xizmat
ko‘rsatish muddatini ifodalaydi.
Haqiqiy kompleks baholash doimiy taqribiy baholashga nisbatan
afzalroq. Masalan, paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdori,
uning haqiqiy kompleks xususiyati deyiladi.
Kompleks baholashning afzalligi shundaki, unda bir sonli yakuniy
baholash bo‘yicha xulosa olinadi. Bu baholash kamchiliklardan ham xoli
emas, ya’ni alohida xossalari bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmaymiz.
Tola qanchalik ingichka bo‘lsa, undan tayyorlanayotgan ipning solishtirma
mustahkamligi shunchalik yuqori va notekisligi kam, tashqi ko‘rinishi
silliqroq bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, u yoki bu sifatni kompleks
baholashda alohida sifat ko‘rsatkichlarni turli hisoblashdan olish mumkin.
Bir qancha sifat ko‘rsatkichlarning darajasi bo‘yicha o‘rtacha kompleks
baholash o‘zgarmasligi, ularning bir qismi past, bir qismi yuqori darajaga
ega bo‘lishi mumkin.
Sifatni aralash baholash usuli – jami sifat ko‘rsatkichlari juda yuqori
bo‘lganda ishlatiladi. Bitta kompleks sifat ko‘rsatkich mahsulotning butun
imkoniyatlarini to‘liq tavsiflab berolmaydi.
Aralash baholash usulida bir qancha kompleks baholash yoki alohida
differensial va kompleks baholash birgalikda ishlatiladi hamda mahsulotning
sifat bosqichini, navini va boshqalarni olishga imkoniyat yaratadi.
To‘qimachilik materiallari ba’zida kompleks sifat ko‘rsatkichlaridan eng
yomoni bo‘yicha baholanadi, keyin esa bu baho boshqa ko‘rsatkichlarning
qiymatlari bo‘yicha aniqlashtiriladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Eksperimental usulni izohlang.


58
2. Organoleptik usul tushunchasining ta’rifini keltiring.
3. Ekspert usuli qanday usul?
Eslab qoling!
Eksperimental, organoleptik, ekspert, sotsiologik, hisoblangan, differensial,
kompleks va aralash usullar.
3-§. Tikuvchilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini
tanlash va tasniflash
Sifat ko‘rsatkichi – materialning ko‘rsatkichlari va xossalari bo‘lib,
sifatni baholashda me’yoriy talablarga javob beradi. Standart va texnik
shartlarda material sifatini baholashda tuzilishi, tola tarkibi bo‘yicha sifat
ko‘rsatkichlari me’yorlanadi.
Barcha ko‘rsatkichlar birgalikda «standart ko‘rsatkichi» deb ataladi.
Tikuvchilik materiallarining sifatini to‘liq baholash uchun kompleks
sifat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tanlash kerak. Buning uchun biror bir
ahamiyatli ko‘rsatkichni tashlab ketmaslik, bir vaqtning o‘zida kam
ahamiyatli kompleks ko‘rsatkichlarni yuklab, kuchaytirmaslik kerak.
Bir qator standartlarda sifat ko‘rsatkichlarining tartibi keltirilgan bo‘lib,
turli tikuvchilik materiallari uchun texnik shartlarni yaratishda me’yorlashni
taklif etadi.
Sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi va tasnifi GOST 22851-77
standartida batafsil berilgan, unda mahsulotning qo‘llanilishi, mustahkamligi,
chidamliligi, ishlatilishi, saqlanishi, sozlashga moyilligi, ekologik zararsizligi,
inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.
Sifat ko‘rsatkichlarining nomenklaturasi va tasnifida quyidagi
ko‘rsatkichlar keltiriladi:
– barcha turdagi mahsulotlar uchun majburiy;
– maxsuslashtirilgan, bir necha turkum mahsulot uchun umumiy;
– maxsuslashtirilgan, lekin mahsulotni ishlatish doirasida majburiy
emas.
Standartdagi nomenklatura jadvalida mavjudligi va katta guruhdagi
mahsulot sifatini attestatsiyalash bo‘yicha ko‘rsatilganida, sifat ko‘rsatkichi
minimal miqdorini tanlashni birmuncha qiyinlashtiradi. Shu sababli,
guruhlar sonini kamaytirish uchun sifat ko‘rsatkichlarining tasnifi
keltirilgan (27-rasm).
Sifat ko‘rsatkichlari beshta asosiy guruhga bo‘linadi:
1. E’tiborlilik ko‘rsatkichi. Ular tikuvchilik materiallarining e’tibori va uning
qo‘llanilishini to‘g‘ri va ratsional aniqlaydi. Bu juda muhim ko‘rsatkichlar
guruhi bo‘lib, birinchi marta kompleks me’yoriy xossalarni tanlashda ayniqsa
har tomonlama tahlil etib beradi. E’tiborlilik ko‘rsatkichi o‘z navbatida to‘rtta
guruhga bo‘linadi: a) estetik ko‘rsatkich (rasmi, guli, rang beruvchanligi,


59
oppoqligi, yaltiroqligi, o‘rilish shakli va boshqalar); b) gigiyenik ko‘rsatkich
(gigroskopikligi, suv o‘tkazuvchanligi, havo o‘tkazuvchanligi, bug‘ o‘tka-
zuvchanligi, issiqlikka qarshiligi, suvga chidamliligi va b.); d) o‘lchamli
ko‘rsatkich (polotno eni, buyum chizig‘ining o‘lchami, qalinligi va boshqalar);
e) texnik ko‘rsatkich (mustahkamligi, cho‘ziluvchanligi, elastikligi, tovush
yutuvchanligi, elektr qarshiligi, elektrlanuvchanligi va boshqalar).
2. Ishonchlilik ko‘rsatkichi. Ma’lum vaqt davomida materialning o‘z
xossalarini saqlab qolishi bo‘lib, uning me’yoriy ishlatilishini ta’minlaydi.
Bu guruh ko‘rsatkichlari ham to‘rtta guruhga ajratiladi: a) estetik ko‘rsatkich
(rang va oqlikning chidamligi, g‘ijimlanmasligi va b.); b) gigiyenik ko‘rsatkich
(o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi va b.); d) o‘lchamli
ko‘rsatkich (shaklan chidamligi, turli ta’sirlarga kirishishi va b.); e) texnik
ko‘rsatkich (normal ishlatilish muddati, chidamliligi, ko‘p marotabalik
deformatsiyaga chidamliligi, turli yemiruvchi omillarga chidamliligi,
mustahkamligining o‘zgarishi, elastikligi, chokining mustahkamligi va b.).
3. Nuqsonlilik ko‘rsatkichi. Sifatning salbiy ko‘rsatkichi bo‘lib, ishlatilmagan
materiallarda yangi nuqsonlarning hosil bo‘lishini tavsiflaydi. Sifatning salbiy
27-rasm. Sifat ko‘rsatkichlarining tasnifi.
Standart
ko‘rsatkichlari
Sifat ko‘rsatkichi
Tuzilish ko‘rsatkichi,
o‘lchamlari va tola tarkibi
E’tiborlilik ko‘rsatkichi
Ishonchlilik ko‘rsatkichi
Nuqsonlilik ko‘rsatkichi
Texnologik ko‘rsatkich
Texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkich
Texnik
O‘lchamli
Gigiyenik
Estetik


60
ko‘rsatkichi tikuvchilik materiallarining navini baholashda foydalanish
mobaynida yuzaga keladigan nuqsonlarni belgilashda keng qo‘llaniladi.
4. Texnologik ko‘rsatkich. Tikuvchilik materiallarining qayta ishlanishi
uchun yaroqliligini aniqlaydi. Bu polotnoning qalinligi, eni, bikrligi,
burmadorligi, friksion xossalari, cho‘ziluvchanligi, elastikligi va
boshqalardan iborat.
5. Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkich. Bu guruhdagi ko‘rsatkichlar tikuvchilik
materiallarining narxi bilan belgilanadi (material sig‘imi, polotno eni va
boshqalar).
Ba’zi bir tasniflashda ergonomik sifat ko‘rsatkichlar guruhi maxsus
ajratiladi. GOST 16035-70 standarti bo‘yicha bu guruh buyumning gigiyenik,
antropometrik, fiziologik, psixologik va psixofiziologik sifat ko‘rsatkichlarini
birlashtiradi. Bularning barchasi inson faoliyatida boshqa buyumlar bilan
o‘zaro ta’siridagi samarasidir, masalan, «inson–buyum–atrof-muhit»
tizimidagi ishlab chiqarish samaradorligi, ishonchliligi, qulayligini belgilaydi.
Ba’zida ishonchlilik ko‘rsatkichi sifat ko‘rsatkichlarini qo‘shmasdan,
alohida ko‘rib chiqiladi. Natijada bu ko‘rsatkichlarning barchasi materialni
yemirilish kinetikasi egri chizig‘ini aniq ravishda bezab ko‘rsatadi (28-rasm).
Ko‘pgina materiallar uchun bu egri chiziq empirik formula ko‘rinishida
quyidagicha yoziladi:
0

Download 6,51 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish