Gazlamashunoslik kopi p65




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/27
Sana19.01.2024
Hajmi6,51 Mb.
#140859
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Gazlamashunoslik

u
u
u
u
L
L
Ê
L

=

(109)
1
2
1
100
e
e
e
e
L
L
Ê
L

=

(110)
1
2
1
100
s
S
S
Ê
S

=

(111)
1
2
1
100
h
V
V
Ê
V

=

(112)
bu yerda: L
u1
, L
e1
, S
1
, V
1
– namunaning uzunligi, eni, yuzasi va
hajmi bo‘yicha boshlang‘ich shiziqli o‘lchamlari;
L
u2
, L
e2
, S
2
, V
2
– namunalarning kirishishidan keyingi o‘lchamlari.
Namunalarga ishlov berish turi matoning tola tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.
Nazorat savollari va topshiriqlari:
1. Gazlamalarning kirishish usulini bering.
2. Gazlamalarning ho‘llab-dazmollashda shakl olish xususiyati qanday?
3. Gazlamalarning kirishishini kamaytiradigan usullarni keltiring.
4. Gazlamalarning kirishishini aniqlaydigan formulalarni bering.
Eslab qoling!
Kirishish, issiqlik va nam ta’sirida kirishish, dazmollash, kirishishni
kamaytirish, yuza bo‘yicha kirishish, hajm bo‘yicha kirishish,
gazlamaning uzunligi bo‘yicha kirishish.
VII BOB
TIKUVCHILIK MATERIALLARINING
ASSORTIMENTI VA NAVINI ANIQLASH
1-§. Tikuvchilik materiallarining assortiment
i
Materiallarning turlari assortiment so‘zi bilan belgilanadi. Assortiment
– inglizcha so‘z bo‘lib, “kompleks” yoki “to‘plam” ma’nosini anglatadi.
Turli ishlanishdagi va vazifadagi materiallarning biror bir jinsli belgisiga
ko‘ra jamlanishiga assortiment deyiladi.


126
Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra tikuvchilik materiallari to‘qima
(gazlamalar), trikotaj, noto‘qima va boshqa materiallarga bo‘linadi. Ulardan
gazlama eng ko‘p qo‘llaniladi. Tikuv korxonalarida turli artikuldagi
gazlamalar ishlatiladi.
1.1-§. Paxta tolali gazlamalar assortimenti
To‘quvchilik sanoatida ishlab chiqarilayotgan gazlama turlari ichida ið
gazlamalari alohida o‘rin egallaydi. Ularning asosiy qismini klassik paxta
tolasidan ishlab chiqarilgan turlar tashkil qiladi. Shuningdek, paxta tolasining
viskoza, lavsan, nitron tolalari bilan aralashmasidan olinadigan gazlamalar
ham keng tarqalgan. Har yili ishlab chiqariladigan paxta tolali gazlamalarning
(ið gazlamalar) 10–12% yangi tuzilishdagi va pardozlanishdagi gazlamalar
hisobiga o‘zgaradi.
Ið gazlamalari karda yigirish, qayta tarash yoki apparat usulida olingan
turli tuzilishdagi (yakka, pishitilgan, shakldor, aralash tolali va hokazo) va
chiziqli zichligi 5,88 dan 263,2 teksgacha bo‘lgan iðlardan ishlab chiqariladi.
Ið gazlamalari turli rangda, shaklda va o‘lchamda gul bosilgan, sidirg‘a
rangli, oqartirilgan, chiðor va oqartirilmagan xom holda ishlab chiqariladi.
Shu jumladan, maxsus pardozlashlar ham qo‘llaniladi.
Ið gazlamalari turli maqsadlar uchun ishlatiladi: ichki kiyim; erkaklar,
ayollar va bolalar ko‘ylaklari; kundalik, maxsus va sport kiyimlari; astar,
qat; pardalik va hokazolar sifatida. Ið gazlamalari turmushda zarur gazlamalar,
chunki ular ijobiy gigiyenik xossalarga (gigroskopikligi, havo o‘tkazuvchanligi
va h.k.) ega, tashqi ko‘rinishi chiroyli, mustahkamligi, turli deformatsiyalar
ta’siriga chidamliligi yuqori, yengil yuviladi, tez quriydi, yaxshi dazmollanadi.
To‘quvchilik buyumlarini tayyorlashda deyarli qiyinchilik tug‘dirmaydi. Bichish
to‘shamiga yaxshi taxlanadi, siljuvchanligi kam, bichish jarayonida surilmaydi
va qiyshaymaydi, qirqilgan joydan iðlari to‘kilmaydi, tikish paytida iðlari
ignalar bilan shikastlanmaydi, choklar yonidagi iðlari siljimaydi. Biroq ið
gazlamalari ko‘p g‘ijimlanadi, ishqalanishga chidamliligi kam, yuvganda
kirishadi. Mana shu xususiyatlarni yaxshilash uchun ið gazlamalari paxta va
sintetik tolalar aralashmasidan ishlab chiqariladi.
Keng tarqalgan ið gazlamalarning tavsiflari. Amaliy preyskurantga
turmushda va texnikada ishlatiluvchi 1300 dan ortiq artikuldagi ið gazlamalar
kiritilgan bo‘lib, ular 17 guruhga ajratilgan. Bulardan eng keng
ishlatiladiganlari 1–6-guruhlarni tashkil qiladi.
Birinchi guruh – chit gazlamalar – klassik ið gazlamalardan biri. Uni
ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha ayollar va erkaklar ko‘ylagibop
gazlamalardan keyin 2-o‘rinda turadi. Chit polotno o‘rilishda tanda va arqoq
yo‘nalishi chiziqli zichligi 15,4–20 teks bo‘lgan karda yigirish usulida olingan
iðlardan ishlab chiqariladi. Chitlarning eni 62–100 sm, yuza zichligi 92–
110 g/m
2
ga teng. Chit gazlamalar pardozlanishiga ko‘ra gul bosilgan, sidirg‘a
rangli bo‘ladi. Turli maqsadlarda qo‘llaniladi, jumladan ayollar va bolalar
kiyimlari, erkaklar ko‘ylagi, ichki kiyimlar va choyshablar.


127
Ikkinchi guruh – surp gazlamalari – chitga nisbatan dag‘alroq, yuza
zichligi 124–160 g/m
2
, polotno o‘rilishida sidirg‘a rangli va gul bosilgan
holda ishlab chiqariluvchi ið gazlama. Tanda va arqoq iðlarining chiziqli
zichligi 22–50 teks, eni 80–150 sm. Gul bosilgan surplar bolalar
kostumlari, ayollar va erkaklar ko‘ylaklari uchun, sidirg‘a ranglilari esa
maxsus ichki kiyimlarga, ustki kiyimlarning cho‘ntaklari va qotirma qismlar
(bo‘ylamalar) sifatida ishlatiladi.
Uchinchi guruh – choyshabbop gazlamalar. Bu guruhga kiruvchi
gazlamalar uchga bo‘linadi: surp, mitkal va maxsus gazlamalar guruhchalari.
Choyshabbop surplar oddiy surplardan o‘zining pardozi bilan farqlanib,
oqartirilgan holda ishlab chiqariladi va choyshablar, tibbiyot xodimlari va
oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning maxsus kiyimlari uchun
ishlatiladi.
Mitkal guruhchasiga kiruvchi choyshabbop gazlamalar xom holda
(oqartirilmagan) mitkal deb ataladi. Tuzilishi chitga o‘xshash. Mitkal asosida
mayin pardozlangan holda (appret miqdori 1,5% dan kam) muslin, appret
miqdori 1,5–2,5 % bo‘lsa, mitkal, appret miqdori 2,5–3 %dan oshsa
madapolam nomli gazlamalar olinadi. Bu guruhchaga kiruvchi gazlamalar
choyshabbop surpdan yupqa, yuza zichligi 45–110 g/m
2
, eni 75–150
sm gacha bo‘ladi. Tanda va arqoq iðlarining yo‘g‘onligi 11,8–20,0 teks. Bu
gazlamalar polotno o‘rilishida to‘qiladi. Oqartirilgan yoki ochiq rangda
sidirg‘a qilib pardozlanadi. Muslin gazlamasidan tungi ko‘ylaklar, mitkal
va madapolamdan choyshablar tayyorlanadi. Bu gazlamalar uchun qayta
tarash usulida yigirilgan iðlar ishlatiladi. Shu sababli ular yupqa va mayin.
Maxsus guruhchaga “grinsbon” va “tik-lastik” nomli oqartirilgan
gazlamalar kiradi. Grinsbon teskari sarja, tik-lastik atlas o‘rilishida ishlab
chiqariladi. Bu gazlamalarning tanda va arqoq iðlariga chiziqli zichligi 25–
36 teksli karda yigirish usulida olingan iðlar ishlatiladi. Bu gazlamalar
mudofaa xodimlarining ichki kiyimlari uchun ishlatiladi.
To‘rtinchi guruhga satin o‘rilishidagi satin gazlamalari kiradi. Bu guruh
gazlamalarning tuzilishida ishlatilgan iðlarning turiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
karda yigirish usulida va qayta tarash usulida olingan iðlardan ishlab
chiqarilgan satinlar. Birinchi guruhchadagi satinlar chiziqli zichligi 15,4–
18,5 teksga teng karda iðlaridan ishlab chiqariladi. Yuza zichliklari 124–
150 g/m
2
. Ikkinchi guruhchadagi satinlar tanda yo‘nalishida 10–15,4 teks,
arqoq yo‘nalishida 8,5–11,8 teks bo‘lgan qayta tarash usulida olingan
iðlardan iborat. Yuza zichligi 114–130 g/m

.
Satin gazlamalarida arqoq yo‘nalishidagi zichligi va to‘ldirilishi tanda
yo‘nalishidagiga
nisbatan ikki marotaba ko‘p. Shuning uchun ularning sirti
silliq, o‘ng tomoni yaltiroq bo‘ladi.
Xuddi shunday, ið gazlamalarning atlas o‘rilishdagisi lastik deb ataladi.
Satin va lastik gazlamalarining eni 60–100 sm. Ular sidirg‘a rangli, gul
bosilgan va kamdan kam hollarda oqartirilgan bo‘lishi mumkin.
Satin va lastiklar ayollar xalatlari va ko‘ylaklari, ko‘rpa va yostiq jildlari,
sidirg‘a ranglari esa astarlik va maxsus kiyimlar uchun ishlatiladi.


128
Beshinchi guruhga – ko‘ylakbop gazlamalar kiradi. Ið gazlamalarning
assortimentida bu guruh asosiy, eng katta va ko‘p xildagi gazlamalardan
iborat. U to‘rtga bo‘linadi: a) yozgi; b) mavsumiy; d) qishki; e) sun’iy
iðak qo‘shib ishlab chiqarilgan.
Ko‘ylakbop gazlamalarning katta qismi karda yigirishda olingan yakka
va pishitilgan iðlardan ishlab chiqariladi. Eng sifatli gazlamalarda esa
yo‘nalishlarining birida yoki ikkalasida qayta tarash usulida olingan iðlar,
ba’zi gazlamalarda shakldor iðlar ham ishlatiladi. Gazlamalarning tashqi
ko‘rinishi va xususiyatlarini yaxshilash uchun paxta iðiga kimyoviy tola yoki
iðlar qo‘shiladi, mayda gulli o‘rilishlar qo‘llaniladi, pardozlashda maxsus
ishlov beriladi.
Yozgi gazlamalar jumlasiga yupqa, yengil, havo o‘tkazuvchanligi yuqori
bo‘lgan batist, markizet, mayya, volta, vual, kiseya kabi gazlamalar kiradi.
Batist – juda mayin, yupqa, ishqorli ishlov berilgan, polotno
o‘rilishdagi gazlama. U oqartirilgan, ochiq rangga sidirg‘a bo‘yalgan, tagi
oq rangda mayda gulli qilib pardozlangan holda ishlab chiqariladi. Uning
yuza zichligi 68–75 g/m
2
, eni 80 sm, ishlab chiqarish uchun qo‘llanilgan
iðining yo‘g‘onligi qayta tarash usulida olingan tanda iðlari bo‘yicha 10
teksli, arqoq iðlari bo‘yicha 8,5 tekslidir.
Markizet – qayta tarash usuli bilan olingan, yo‘g‘onligi 5,9 teksli ikki
qavatlab pishitilgan iðlardan polotno o‘rilishida ishlab chiqariladi. Yuza
zichligi 76 g/m
2
, eni 80 sm.
Mayya gazlamasini ishlab chiqarish uchun tanda bo‘yicha 15,4 teks,
arqoq bo‘yicha 11,8 teksli iðlar ishlatiladi. O‘rilishi – polotno. Yuza zichligi
78 g/m
2
, eni 80 sm.
Volta – eng yupqa va mayin, ancha tiniq, polotno o‘rilishidagi, qayta
tarash usulida olingan, yo‘g‘onligi 8,33–10 teksga teng iðlardan ishlab
chiqariladigan gazlama. Ishqorli ishlov berilib, gul bosilgan holda
pardozlanadi.
Vual – qayta tarash usuli bilan olingan ingichka va maxsus eshilishlar
soniga ega, yo‘g‘onligi tanda va arqoq iðlari bo‘yicha 11,8 teksli iðdan mayda
gulli (krep) o‘rilishda ishlab chiqariladi. Uning yuza zichligi 67 g/m
2
, eni 90
sm, pardozlanish jarayonida ishqorli ishlov beriladi va gul bosiladi.
Mavsumiy ko‘ylakbop gazlamalar karda va qayta tarash usuli bilan olingan
iðlardan ishlab chiqariladi. Bu guruhchaga kiruvchi gazlamalar yozgilarga
nisbatan biroz qalin, zich va og‘irroq (yuza zichligi 220 g/m
2
gacha).
Mavsumiy ko‘ylaklarga mos keladigan gazlama turlari shotlandka,
sherstyanka, kashemir, poplin, tafta va boshqalardan iborat.
Shotlandka – yo‘l-yo‘l va katak gazlama bo‘lib, polotno yoki sarja turida
o‘riladi. Yuza zichligi 100–158 g/m
2
, eni 105 sm, ishlatiladigan iðlarining
chiziqli zichligi 18,5–20 teks.
Sherstyanka – karda usulida olingan chiziqli zichligi 25–29 teksli
iðlardan mayda gulli (krep) o‘rilishida ishlab chiqarilgan gazlama. Sirti
notekis, jun gazlamalar sirtini eslatadi. Yuza zichligi 130 g/m
2
, eni 80 sm.
Gul bosib pardozlanadi.


129
Kashemir – sidirg‘a rangli yoki gul bosilgan, sarja o‘rilishidagi mayin
pardozlangan gazlama. Yuza zichligi 130 g/m
2
, eni 100 sm. Iðlarining
yo‘g‘onligi 15,4–18,5 teks.
Poplin – qayta tarash usulida yigirib pishitilgan iðdan polotno o‘rilishida
to‘qilgan gazlama. Tanda bo‘yicha zichligi arqoqnikiga nisbatan ko‘proq
bo‘lgani uchun gazlama sirtida eniga ketgan yo‘l-yo‘l chiziqlar hosil bo‘ladi,
yuza zichligi 100–120 g/m
2
, eni 75 sm.
Tafta – polotno o‘rilishidagi zich tuzilishli gazlama. Sirtida
chandiqsimon tovlaniluvchi naqshlar mavjud. Bunday naqshlar tanda iðlariga
qayta tarash usulida olingan ingichka (7,5 teks), arqoq bo‘yicha yo‘g‘on
(20 teks) iðlar ishlatilishi natijasida hosil bo‘ladi. Yuza zichligi 114–140
g/m
2
, eni 80–100 sm. Pardoziga ko‘ra poplin va tafta gazlamalari oqartirilgan,
sidirg‘a rangli va gul bosilgan bo‘ladi. Ba’zi taftalarning tarkibida 67 %gacha
lavsan tolasi bo‘lishi mumkin. Bu gazlamalar, asosan, erkaklar ko‘ylaklari
uchun ishlatiladi.
Aynan shu guruhchaga har xil turdagi erkaklar ko‘ylagibop gazlamalar
kiradi, ular odatda polotno yoki aralash o‘rilishda oqartirilgan, sidirg‘a
yoki turli rangdagi iðlardan to‘qib ishlab chiqariladi. Bunday gazlamalarning
tolali tarkibida 33% gacha lavsan tolasi mavjud. Bu gazlamalarning
g‘ijimlanmaslik va kiyim shaklini saqlash xossalari yuqori.
Ko‘ylakbop gazlamalarning qishki turlaridan issiqni yaxshi saqlash
xususiyati talab qilinadi. Shuning uchun, bu guruhchadagi gazlamalar
apparat yigirish usulida olingan iðlardan sirti taralgan tukli qilib ishlab
chiqariladi. Bularga flanel, bumazeya, bayka kabi paxmoq tuzilishdagi
gazlamalar kiradi.
Flanel – sidirg‘a rangli, gul bosilgan yoki oqartirilgan pardozdagi,
polotno yoki sarja o‘rilishdagi gazlama bo‘lib, yuza zichligi 180–257 g/m
2
,
eni 58–95 sm. Flanelning ikki tomonida taralgan tuklar mavjud.
Bumazeya gazlamasi, asosan, sarja o‘rilishida to‘qiladi. Taralgan tuk faqat
bir tomonida (teskarisida) bo‘ladi. Uning tanda iðlarining yo‘g‘onligi 18,5
teks, arqoq iðlarining yo‘g‘onligi esa 50 teks. Yuza zichligi 160–180 g/m
2
.
Bayka – flanelga o‘xshash ikkala tomonida taralgan tukli tuzilishga ega.
Lekin uning o‘rilishi murakkab, 1,5 qavatli. Shuning uchun u qalin va
og‘ir, yuza zichligi 180–360 g/m
2
ga teng. Pardozlanishi sidirg‘a rangli yoki
xom holda bo‘ladi.
Flanel bilan bumazeya gazlamalari chaqaloqlarning qishki kiyimlariga,
ayollar va erkaklar ko‘ylaklari, xalatlari uchun, bayka esa askarlarning
ichki kiyimlari va shifoxonalarda kiyiladigan xalatlar uchun ishlatiladi.
Sun’iy iðak qo‘shib ishlab chiqarilgan ið gazlamalarning tandasida paxta
tolasidan olingan ið, arqog‘ida esa viskoza yoki atsetat yaltiroq kompleks
iðlari ishlatiladi. Bu gazlamalar yirik va mayda gulli o‘rilishda ishlab chiqariladi.
Shu sababli, ularning sirtida ajoyib tovlanuvchi naqsh hosil bo‘ladi.
Pardozlanishi – sidirg‘a rangli, oqartirilgan yoki gul bosilgan. Eni 62–95
sm. Yuza zichligi 95–110 g/m
2
. Bu guruhchaga “ko‘ylakbop” gazlamalar
kiradi.
9 – Gazlamashunoslik


130
Oltinchi guruhda kiyimbop gazlamalar mujassam. Bular jumlasiga
kostum, shim, palto, kurtka, plash va maxsus kiyimlarni tikish uchun
ishlatiladigan zich to‘qilgan, ishqalanishga chidamli va mustahkam
gazlamalar kiradi. Ular ichida sidirg‘a va har xil rangli iðlardan to‘qilgan
gazlamalar ko‘p miqdorni tashkil etadi. Kiyimbop gazlamalar, asosan,
karda usulida yigirilgan yakka (25–70 teks) yoki pishitilgan (15,4 teks x 2 –
25 teks x 2) iðlardan ishlab chiqariladi. Keyingi paytlarda kimyoviy tolalar
ham kiyimbop gazlamalarning tolali tarkibiga kiritilmoqda. Pardozlanish
jarayonida ishqorli, g‘ijimlanmaydigan va kirishmaydigan maxsus ishlovlar
beriladi.
Kiyimbop guruh to‘rtta guruhchaga bo‘linadi: a) sidirg‘a rangli; b)
maxsus; d) qishki; e) har xil rangli iðlardan to‘qilgan va chiðor (melanj)
gazlamalar.
Sidirg‘a rangli guruhcha klassik gazlamalardan iborat: diagonal,
moleskin, reps.
Diagonal – sarja o‘rilishdagi maxsus ich kiyimlar uchun ishlatiladigan
gazlama. Tandasida 42 teksli, arqog‘ida 29–72 teksli iðlardan foydalaniladi.
Yuza zichligi 180–380 g/m
2
, eni 67–100 sm. Ayrim artikullarida 12–15%
kapron tolasi qo‘shiladi.
Moleskin – sidirg‘a rangli yoki kam miqdorda oqartirilgan, ishqorli
ishlov berilgan gazlama. Kuchaytirilgan satin o‘rilishida. Shu sababli, tolali
tarkibida 15 % kapron tolasi mavjudligi va tanda yo‘nalishida pishitilgan
iðlar ishlatilishi tufayli gazlamaning ishqalanishga chidamliligi juda yuqori.
Eni 65–110 sm, yuza zichligi 220–330 g/m
2
. Ishlatilishi diagonalnikidek.
Reps gazlamasi arqog‘iga yo‘g‘on (29 teks x 2), tandasiga esa ingichka
(18,5 teks) iðlar ishlatilgani uchun sirtida bikr ko‘ndalang yo‘llari bo‘ladi.
O‘rilishi – polotno. Yuza zichligi 180–220 g/m
2
.
Plashlar uchun ishlatiladigan gazlamalar sarja yoki polotno o‘rilishida
to‘qiladi. Teskari tomonida suv o‘tishiga qarshilik ko‘rsatuvchi plyonkasi bo‘ladi.
Bu guruhchaga yana bir qancha “kostumbop” gazlamalar ham kiradi.
Kiyimbop gazlamalar guruhining maxsus guruhchasiga kiruvchi
gazlamalar ham sidirg‘a rangda ishlab chiqariladi. Yuza zichligi 220–320
g/m
2
, eni 65–105 sm. Ular maxsus kiyimlarni tikishda qo‘llaniladi.
Gazlamalar maxsus diagonal, kitellar uchun, sport kiyimlari uchun,
kiyimbop va hokazo gazlamalar deb ataladi.
Uchinchi maxsus guruhchaga, asosan, “triko” va “jins” gazlamalari
kiradi.
Triko gazlamasining afzalligi shundaki, u yo‘l-yo‘l yoki katak
ko‘rinishda bo‘ladi. Bu turli rangli iðlarni ishlatish yoki aralash o‘rilishlarda
to‘qilishi sababli hosil qilinadi. Triko ið gazlamalari jun triko gazlamasini
eslatadi. Ular uncha qimmat bo‘lmagan erkaklar kostum va shimlarini
tikishda ishlatiladi.
Jins gazlamalari sarja o‘rilishida tandasida rangli iðlardan, arqog‘ida esa xom
iðlardan to‘qiladi. Bu gazlamaning g‘ijimlanmasligini va kiyimning shaklini saqlash
xususiyatini ta’minlash uchun unga yuvilib ketmaydigan appret bilan ishlov


131
beriladi. Ayrim artikullarining tolali tarkibiga lavsan tolasi qo‘shiladi. Jins gazlamasi
yoshlar sport kiyimlari, kurtkalar, shimlarni tikishda keng qo‘llaniladi.
Qishki guruhcha movut, zamsha, velveton gazlamalaridan iborat. Bu
gazlamalarni klassik gazlamalar jumlasiga kiritish mumkin. Ularning sirtida
zich joylashgan taralgan tuki bo‘ladi. O‘rilishi – kuchaytirilgan satin. Movut
to‘q ranglarga bo‘yalgan holda pardozlanadi.
Velvetonning yuza zichligi 370–400 g/m
2
. Tandasida pishitilgan ið (29,4
teks x 2 – 15,4 teks x 2), arqog‘ida esa yakka (50–58,8 teks) iðlar ishlatiladi.
Zamsha gazlamasi movut va velvetondan tukining turi bilan farqlanadi.
Uning tuki qisqa va qattiq presslangan bo‘ladi. Yuza zichligi 405–415 g/m
2
.
Bu gazlamalar bolalar sport kiyimlarini tikish uchun ishlatiladi.
Yettinchi guruh – astarbop gazlamalar. Kiyimlarning astari, ichki qismiga
qat va cho‘ntaklarida xalta sifatida ishlatiladi. Bu gazlamalarga qattiq appret
ishlov beriladi. Shu sababli, ularning sirti tekis va silliq, ishqalanishga chidamli
bo‘ladi. Bu guruhga kolenkor – sidirg‘a rangli yoki oqartirilgan gazlama
kiradi. Appret miqdori katta, 8–10%. U qat yoki bo‘ylamalar sifatida ishlatiladi.
Cho‘ntak xaltalari uchun ishlatiluvchi gazlamalar mustahkam, ishqalanishga
chidamli, sidirg‘a rangli surp, grinsbon, tik-lastik kabilardan tayyorlanadi.
Ular ham qattiq appretlanadi. Yenglar astariga ishlatiluvchi sarja ham shu
guruh tarkibida. Bu gazlamalar oqartirilgan gazlama sirtiga yo‘l-yo‘l shaklli
gul bosib pardozlanadi, sarja o‘rilishida ishlab chiqariladi.
Tukli gazlamalar ko‘ylak, kostum, kurtka, shimlarni tikish uchun
keng qo‘llaniladi. Bunday gazlamalar turiga duxoba va chiyduxobalar kiradi.
Bu gazlamalarning o‘rilishi – arqoq tukli, sidirg‘a rangli yoki gul bosilgan
pardozlanishda ishlab chiqariladi. Tukli gazlamalarning tandasida karda usulida
yoki qayta tarash usulida olingan pishitilgan ið, arqog‘ida esa yakka karda iði
ishlatiladi.
Duxoba sirti yaxlit tukli. Yuza zichligi 270–290 g/m
2
, eni 120–140
sm. Velvetning sirtida esa kengligi har xil yo‘llar tarzidagi naqshdor tuk
bo‘ladi. Yo‘li kengroq gazlama “velvet-kord”, ingichka yo‘llisi “velvet-
rubchik” deb ataladi. Yuza zichliklari 220–340 g/m
2
, eni 80–140 sm.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan ayrim yangi artikuldagi velvetlarning tola
tarkibiga 30%gacha lavsan qo‘shiladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Keng tarqalgan ið gazlamalarning xossalarini izohlang.
2. Birinchi guruh gazlamalarga misollar keltiring.
3. Ikkinchi guruh gazlamalarga nimalar kiradi?
4. Uchinchi guruh gazlamalarini izohlab bering.
5. To‘rtinchi guruh gazlamalari nimalardan iborat?
Eslab qoling!
Keng tarqalgan ið gazlamalar, chit, surp, choyshab, mitkal, madapolam,
muslin, ko‘ylaklik.


132
1.2-§. Zig‘ir tolali gazlamalar assortimenti
Zig‘ir tolali gazlamalar assortimentining 28% ni maishiy gazlamalar,
40% ni qop-o‘rov gazlamalar, 32% ni texnik gazlamalar tashkil qiladi.
Zig‘ir tolali gazlamalar ijobiy gigiyenik xossalarga ega. Ular issiq,
bug‘ va suvni tez o‘tkazadi, namlikni tez shimadi va qaytaradi. Undan
tashqari, zig‘ir tolali gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi katta, ular
yengil yuviladi va dazmollanadi. To‘quvchilik jarayonida bichish to‘shamiga
yengil taxlanadi, qiyshayib ketmaydi. Zig‘ir tolali gazlamalarning
kamchiliklari: tez g‘ijimlanadi, bichish va tikishda ma’lum qiyinchiliklar
bo‘ladi – bichish mashinalarining pichoqlari va tikuv ignalari tez-tez
o‘tmas bo‘lib qoladi.
Zig‘ir tolali gazlamalar, asosan, choyshab, dasturxon, sochiqlar, ichki
kiyimlar, ko‘ylak va kostumlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Ko‘ylakbop
va kostumbop gazlamalarning g‘ijimlanuvchanligini kamaytirish uchun ular
zig‘ir va lavsan tolalari aralashmasidan ishlab chiqariladi yoki tayyor
gazlamalarga maxsus ishlov beriladi.
Zig‘ir tolali gazlamalar tayyorlash uchun yigirilgan zig‘ir iði va zig‘ir
tarandasi ho‘l va quruq yigirish usullarida olinadi. Bu iðlar paxta iðiga nisbatan
yo‘g‘onroq (18–166 teks), shuning uchun gazlamalarning yuza zichligi ham
kattaroq bo‘ladi, 140–500 g/m
2
. Lekin, keyingi paytlarda gazlamalarning
yuza zichligini kamaytirish uchun ular kimyoviy tolalar (lavsan, kapron,
viskoza) qo‘shib ishlab chiqarilmoqda. Umuman, zig‘ir tolali gazlamalar
assortimentining 80 %ni yarim zig‘ir gazlamalar tashkil qiladi. Ularning
tandasida paxta iði, arqog‘ida esa zig‘ir tolasidan yoki zig‘ir tolasi va kimyoviy
tolalar bilan aralashmasidan olingan iðlar ishlatiladi. Pardozlash jihatidan
zig‘ir tolali gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirg‘a rangda bo‘lishi
mumkin. Gul bosilgan gazlamalar kam miqdorda ishlab chiqariladi.
Amaldagi preyskurantda zig‘ir tolali gazlamalar 16 guruhga bo‘linadi.
Bulardan to‘quvchilikda ko‘ylak-kostumbop gazlamalar guruhi (¹06)
va bortovka gazlamalari guruhi (¹10) keng ishlatilmoqda.
Ko‘ylakbop va kostumbop gazlamalar guruhiga ko‘ylak, yozgi
kostumlar, xalat va boshqa kiyimlarni tikish uchun mo‘ljallangan gazlamalar
kiritilgan. Har yili 50 ga yaqin yangi artikulli gazlamalar chiqarilmoqda.
Ko‘ylakbop gazlamalarning yuza zichligi 100–220 g/m
2
, kostumboplarniki
250–290 g/m
2
ga teng. Sof zig‘ir tolali guruhchaga kiradigan kiyimbop
gazlamalarning soni kam. Ular chiziqli zichligi 45–85 teksga teng bo‘lgan
iðlardan atlas yoki mayda o‘rilishda sidirg‘a rangli, yarim oq va oqartirilgan
holda ishlab chiqariladi.
Yarim zig‘ir tolali kiyimbop gazlamalarning soni va turlari ko‘proq.
Ular ayollar va erkaklar ko‘ylaklarini, bluzkalarini, kostumlarini, yoshlar
va bolalar uchun sport kiyimlarini tikish uchun ishlatilmoqda. Ularning tola
tarkibida zig‘ir tolasi bilan paxta, lavsan, kapron, viskoza tolalari bor. Bu
gazlamalarning sirti o‘rilishiga va turli yo‘g‘onlikda iðlarni ishlatilishiga ko‘ra
silliq yoki mayda relyefli bo‘ladi. Ko‘ylakbop gazlamalar mayda gulli


133
o‘rilishlarda ishlab chiqariladi. Ayrim zig‘ir gazlamalar jumlasiga dag‘al
tuzilishdagi og‘ir gazlamalar kiradi. Ularning sirti g‘adir-budur bo‘ladi.
Bu gazlamalar jun gazlamalarini eslatadi va kostum, yupqa paltolar tikish
uchun ishlatiladi. O‘rilishlari har xil va pardozlanish turlari chiðor va gul
bosilgan bo‘ladi. Kiyimbop guruhga kiritilgan gazlamalar “ko‘ylaklik”,
“kostumlik”, “kostumlik-ko‘ylaklik”, “bluzkalik” va hokazo deb nomlanadi.
Bortovka gazlamalari ustki kiyimlarning ayrim qismlarini qotirish va
kiyilganda buyumning shakli saqlanishi uchun qotirma (qat) sifatida ishlatiladi.
Qotirma materiallari yetarli darajada qattiq bo‘lsa-da, lekin dag‘al emas,
egilish vaqtida yuqori qayishqoqlikka ega bo‘lishi va o‘lchovlari o‘zgarmasligi
kerak. Zig‘ir tolali bortovka gazlamalari bu talablarga to‘liq javob beradi.
Bortovkalar zig‘ir tolali va yarim zig‘ir tolali bo‘ladi. O‘rilishi – polotno.
Sof zig‘ir tolali bortovkalarni ishlab chiqarish uchun ho‘l yigirish usulida
olingan 69, 83, 118 teksli zig‘ir iðlari ishlatiladi. Yuza zichligi 230–300 g/
m
2
. Kirishishi tanda yo‘nalishida 2,3–4,5%, arqoq yo‘nalishida 1,2–3,5%.
Yarim zig‘ir tolali bortovkalar 67% zig‘ir tolasi va 33% lavsan tolasi
aralashmasidan olingan 69 va 83 teksli iðlardan ishlab chiqariladi. Yuza zichligi
192–207 g/m
2
. Ayrim bortovkalarning sirti yelimlangan bo‘ladi. Qattiqligini
oshirish uchun bortovkalar appretlanadi. Kirishishini kamaytirish uchun
tayyor gazlamalarga kam kirishtiradigan maxsus pardozlash beriladi.
Yuqorida tavsiflangan zig‘ir tolali gazlamalardan tashqari maishiy
gazlamalar jumlasiga choyshabbop polotnolar, sochiqlar, dasturxonlar,
yopinchiqlar, mebel ishlab chiqarishda ishlatiladigan gazlamalarni kiritish
mumkin.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Zig‘ir tolali gazlamalar assortimentini tashkil etuvchi gazlama
turlarini aytib bering.
2. Zig‘ir tolali gazlamalar qanday gigiyenik xususiyatlarga ega?
3. Zig‘ir tolali gazlamalar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Eslab qoling!
Zig‘ir tolali gazlama, gigiyenik, pardozlash, preyskurant, bortovka.
1.3-§. Iðak gazlamalar assortimenti
Iðak gazlamalarini ishlab chiqarish uchun turli xomashyo qo‘llaniladi.
Bular jumlasiga tabiiy iðak, sun’iy va sintetik birikkan, sun’iy va sintetik
tolalardan olingan iðlar kiradi.
Barcha iðak gazlamalarning umumiy hajmiga nisbatan tabiiy iðak
iðlaridan olinuvchi gazlamalarning miqdori faqat 2–3%ga yetadi. Biroq bu
gazlamaning nafisligi, mayinligi, tashqi ko‘rinishining chiroyliligi, yuqori
gigiyenik xossalariga boshqa tolali iðak gazlamalari yeta olmaydi.


134
Tabiiy iðak gazlamalarning xususiyatlari ko‘p vaqt davomida deyarli
o‘zgarmaydi. Bu guruh gazlamalarning katta qismini krepdeshin, krep-
jorjet, krep-shifon gazlamalar tashkil qiladi. Bu gazlamalarni ishlab
chiqarishda yuqori eshilishga ega bo‘lgan (krep) iðlardan foydalaniladi. O‘z
navbatida bu iðlar chiziqli zichligi 1,56, 2,33 va 3,23 teks bo‘lgan xom iðak
iðlarini pishitib olinadi. Gazlamalarning o‘rilishi polotno bo‘lsa ham,
tarkibida krep iðlari ishlatilgani tufayli, ularning sirtida mayda donli naqsh
hosil bo‘ladi. Krep gazlamalari oson cho‘ziladi, qiyshayib ketadi, iðlari
to‘kiladi. Shu sababli, ularni to‘quvchilikda ishlatish ancha qiyin.
Pardozlanish turlari – sidirg‘a rangli, oqartirilgan va gul bosilgan bo‘ladi.
Krepdeshin – tandasida xom iðak, arqog‘ida esa pishitilgan krep iðak
iðlardan olinuvchi gazlama. Arqoq yo‘nalishida ham o‘ng, ham chap
eshilgan iðlar galma-gal kelganidan gazlama sirti o‘ziga xos tovlanib turadi.
Yuza zichligi 55–75 g/m
2
, eni 90 va 95 sm. Krep-shifon – yupqa, yengil,
tiniq gazlama. Bu gazlamaning ikkala yo‘nalishida krep iðlari ishlatiladi.
Eni 90, 95 va 105 sm, yuza zichligi 25–35 g/m
2
. Krep-jorjet – krep-
shifondan biroz qalin va og‘ir. Yuza zichligi 35–65 g/m
2
. Bu gazlamalar,
asosan, ayollar ko‘ylaklari va murakkab bichimli bluzkalarini tayyorlashda
ishlatiladi.
Tabiiy iðakdan sirti silliq gazlamalar ham olinadi. Bularga chiziqli
zichligi 5 teks x 2 – 10 teks x 2 bo‘lgan pishitilgan iðlardan polotno
o‘rilishida to‘qilgan polotno gazlamalari va atlas o‘rilishida to‘qilgan milliy
xon-atlas gazlamalari kiradi. Polotno xom (sarg‘ish), oqartirilgan va kam
miqdorda gul bosilgan holda pardozlanadi. Xon-atlaslar esa avr usulida turli
ranglarga bo‘yalgan iðlardan to‘qiladi.
Tabiiy iðak iðlaridan, shuningdek, yirik gulli bezak gazlamalari va
tukli gazlamalar ham olinadi. Tukli gazlamalarga baxmal kiradi. U iðak
tolasidan yigirib olingan iðlardan tanda tukli o‘rilishda ishlab chiqariladi.
Tuklar uzunligi 1–1,5 mm, gazlamaning yuza zichligi 190 g/m
2
, eni 70,
90, 135 sm bo‘ladi. Baxmal to‘qimachilikda eng qiynaydigan gazlama, u
aniq bichishni va ehtiyot bo‘lib tikishni talab qiladi. Buyumning barcha
qismlarida tuk yo‘nalishi bir xilda bo‘lishi kerak.
Tabiiy iðak iðlariga boshqa iðlarni qo‘shib to‘qilgan gazlamalarning
soni uncha ko‘p emas. Bu guruhga krepdeshin ko‘rinishda to‘qilgan ko‘ylaklik
gazlamalarni kiritish mumkin. Bu gazlama arqog‘ida tabiiy iðakli krep
iðlari, tandasida esa kapron yoki atsetat kompleks iðlari ishlatiladi.
Sirti silliq gazlamalarga ko‘ylaklik gazlamalar ham kiradi. Bu gazlamalar
tandasida xom iðak iðlari, arqog‘ida kimyoviy tolalardan olingan iðlar
yoki kimyoviy kompleks iðlar ishlatiladi. Tukli baxmal gazlamalar asosi
tabiiy iðakdan, tuki esa viskoza iðlaridan ishlab chiqariladi (velur-baxmal,
naqshli velur-baxmal).
Sun’iy iðlardan to‘qilgan gazlamalar iðak gazlamalari assortimentining
eng ko‘p sonli guruhini tashkil qiladi. Ularni ishlab chiqarishda atsetat
kompleks iðlari, viskoza kompleks iðlari, hajmdor, shakldor va zarsimon
iðlar qo‘llaniladi. Iðlarning eshilishi har xil, kam eshilgandan yuqori


135
eshilgan holgacha bo‘ladi. Sun’iy iðak gazlamalar turiga yupqa ko‘ylak va
bluzkalarni tikish uchun ishlatiladigan gazlamalar va og‘ir paltolik gazlamalar
kiradi. Ularning yuza zichligi 80–200 g/m
2
. Gazlamalarning ko‘p qismi 6–
8,5 va 11–17 teksli iðlardan to‘qiladi. Tabiiy iðakdan to‘qilgan gazlamalarga
nisbatan bu gazlamalar ancha og‘ir, qalin, g‘ijimlanuvchan va kirishuvchan
bo‘ladi. Ularga namlab-isitib ishlov berganda tola tarkibini hisobga olish kerak.
Ayniqsa, atsetat gazlamalarni ehtiyotlik bilan dazmollash kerak. Silliq sun’iy
gazlamalar bichish to‘shamida sirpanib, qiyshayib va cho‘zilib ketadi, iðlari
to‘kiladi, buyumlarning choklari yonidagi iðlari siljiydi. Ana shu xossalarni
bichish va tikish jarayonlarida albatta ko‘zda tutish kerak.
Tabiiy iðakli gazlamalarga o‘xshab sun’iy iðakdan olinuvchi gazlamalar
krep, sirtlari silliq, yirik gulli va tukli gazlamalarga bo‘linadi. Krep
gazlamalariga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi: krep-jorjet – sidirg‘a, gul bosilgan
tiniq gazlama. Tanda va arqoq yo‘nalishida krep eshilishli viskoza kompleks
iðlari ishlatiladi. O‘rilishi polotno yoki mayda gulli. Krep-maroken – sidirg‘a
yoki gul bosilgan zich gazlama. Tandasiga kam pishitilgan viskoza iði,
arqog‘iga viskozali krep ishlatiladi. O‘rilishi –polotno. Krep-tvill – sidirg‘a
rangli, tanda va arqog‘i pishitilgan atsetat iðlaridan sarja o‘rilishida to‘qilgan
zich gazlama.
Sirti silliq bo‘lgan gazlamalar jumlasiga ko‘ylaklik, astarlik gazlamalar,
polotnolar, erkaklar ko‘ylaklarini tikish uchun mo‘ljallangan gazlamalar
kiradi. Ularni ishlab chiqarishda kam eshilgan va shakldor hamda hajmdor
iðlardan foydalaniladi. Yirik gulli gazlamalar guruhi ko‘ylaklik va astarlik
gazlamalardan iborat. Bu gazlamalarni to‘qishda, odatda, kam eshilgan
iðlar ishlatiladi va zarsimon iðlar bilan bezatiladi. Ular sidirg‘a bo‘yalgan
yoki chiðor holda to‘qiladi, zich va ancha qattiq bo‘ladi. Bu guruh jumlasiga
viskoza va atsetat iðlaridan olinuvchi “alpak” va “dudun” nomli milliy
ko‘ylaklarni tikish uchun mo‘ljallangan gazlamalarni kiritish mumkin.
Sun’iy iðlarga boshqa tolalar qo‘shib to‘qilgan gazlamalar guruhidagi
gazlamalarni ishlab chiqarishda, odatda, tandasida viskoza yoki atsetat
iðlari, arqog‘ida esa paxta yoki sintetik shtapel tolalaridan olingan iðlar
ishlatiladi. Bu guruhning katta qismini sirtlari silliq gazlamalar tashkil
etadi. Ko‘ylaklar uchun mo‘ljallangan bu guruhdagi gazlamalarning
tandasida 11,1 teksli atsetat iðlari, arqog‘ida esa hajmdor atsetat ið;
shakldor atsetat iðiga yupqa kapron iðini pishitib qo‘shilgan ið; halqasimon
atsetat iði va boshqalar ishlatiladi. Bunday gazlamalarning yuza zichligi
80–120 g/m
2
. Bu guruh gazlamalari jumlasiga tandasi viskoza iðidan,
arqog‘i paxta tolali iðdan to‘qilgan astarlik sarja gazlamalar ham kiritiladi.
Yirik gulli o‘rilishdagi gazlamalar tandasida viskoza yoki atsetat iðlaridan,
arqog‘ida kompleks sintetik iðlar, hajmdor yoki shakldor iðlardan
to‘qiladi. Zarsimon iðlar ham qo‘shilishi mumkin. Sirti tukli gazlamalarga
asosi paxta tolali iðlardan, tuki viskoza yoki atsetat iðlaridan to‘qilgan
baxmallar kiradi.
Sintetik iðlardan va sintetik iðlarga boshqa tolalarni qo‘shib olinuvchi
gazlamalar, asosan, kapron iðlaridan ishlab chiqariladi. Buning uchun


136
1,67–15,6 teksli kompleks iðlar, ikki va uch qo‘shimli pishitilgan iðlar,
hajmdor iðlar, turli darajada kirishadigan iðlar va kam miqdorda yakka
iðlar qo‘llaniladi. Bulardan tashqari, shakllangan shelon iðlari, hajmdor
lavsan iðlari, kapron iðlari viskoza yoki atsetat kompleks iðlari bilan
pishitilgan iðlar ishlatiladi. Lekin bu gazlamalarni to‘quvchilikda ishlatish
ancha qiyin. Kapron gazlamalar cho‘ziluvchan va qayishqoq bo‘lgani sababli
tikish paytida choklarda burmalar hosil bo‘ladi. Bunday gazlamalarni tez
tikkanda igna qizib gazlamalarni eritishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun
sekin tikish, maxsus ignalardan yoki ignani sovituvchi moslamalardan
foydalanish kerak. Gazlamalar titiluvchan bo‘lgani uchun choklarni ikki
buklab tikish yoki kesilgan joylarni eritib titilmaydigan qilish kerak. Ularni
bichish ham qiyin. Silliq sintetik gazlamalarni bichish to‘shamiga taxlaganda
sirpanib ketadi, bichish mashinalari tez ishlasa gazlama eriydi va gazlama
qavatlari bir-biriga yopishib qoladi. Shunga qaramay, iðak gazlamalar
assortimentida sintetik gazlamalarning salmog‘i yildan yilga oshib bormoqda.
Tandasi va arqog‘iga 100% kapron ishlatib, astarlik, ko‘ylaklik va plashlik
gazlamalar to‘qiladi. Ular sidirg‘a, oqartirilgan yoki gul bosilgan bo‘lib,
polotno yoki sarja o‘rilishda to‘qiladi. Plashlik gazlamaning teskari tomoniga
plyonka qoplanib, suv o‘tkazmaydigan qilinadi. Kapron gazlamalarning
yuza zichligi 15–95 g/m
2
gacha. Eng yupqa va yengil kapron gazlamalari
tiniq bo‘ladi. Shelon va lavsan iðlaridan krepsimon gazlamalar to‘qiladi.
Bu gazlamalarning burmadorligi, g‘ijimlanmasligi, mustahkamligi katta,
tashqi ko‘rinishi esa tabiiy iðakdan olingan krep gazlamalarni eslatadi.
Kapron iðlaridan olingan astarlik gazlamalar sintetik gazlamalardan
tikilgan kurtka va paltolar uchun ishlatiladi.
Iðak gazlamalari assortimentiga sun’iy va sintetik shtapel tolalaridan
olingan iðlardan to‘qilgan gazlamalar kiradi. Ularning ko‘pchiligi viskoza
tolalaridan to‘qiladi. Atsetat, lavsan va nitrondan to‘qilgan gazlamalar
ham bor. Odatda, yigiruv jarayonida sintetik shtapel tolalar viskoza yoki
paxta tolalariga aralashtiriladi. Natijada, gazlamalarning qayishqoqligi,
yemirilishga chidamliligi va shaklini saqlash qobiliyati oshadi. Shtapel
gazlamalarini to‘qishda yakka, pishitilgan, shakldor iðlardan foydalaniladi.
Sirti silliq bo‘lgan shtapel gazlamalari erkaklar ko‘ylagi, kostumlari,
ayollar ko‘ylagi, ko‘ylak-kostumlarini, plashlar, palto va kurtkalar tikish
uchun ishlatiladi. Ko‘ylaklik gazlamalar mayda gulli o‘rilishda va chiðor
pardozlangan qilib to‘qiladi. Yo‘g‘on iðlardan to‘qilgan paltolik gazlamalar
junsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Plashlik gazlamalarga suv o‘tkazmaydigan
qilib ishlov beriladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Iðak gazlamalar ishlab chiqarish uchun qanday xomashyolardan
foydalaniladi?
2. Iðak gazlamalar qanday gigiyenik xususiyatlarga ega?
3. Iðak gazlamalar qanday maqsadlarda ishlatiladi?


137
Eslab qoling!
Iðak gazlama, xomashyo, krepdeshin, krep-shifon, polotno, xon-atlas,
baxmal, krep-jorjet, krep, krep-maroken, krep-tvill.
1.4-§. Jun gazlamalar assortimenti
Barcha gazlamalarning umumiy hajmiga nisbatan jun gazlamalarning
miqdori unchalik ko‘p emas, biroq to‘quvchilik buyumlarini ishlab
chiqarishda qo‘llanilishi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Jun
gazlamalarning afzalligi issiqni saqlash qobiliyatining yuqoriligida. Shu sababli
jun gazlamalaridan, asosan, qishki kiyimlar tayyorlashda foydalaniladi.
Jun gazlamalaridan ayollar ko‘ylaklari, bolalar, o‘smirlar, ayollar va
erkaklar kostum, paltolari va boshqa buyumlar tikiladi.
Jun gazlamalar ishlab chiqarishda iðlarning tuzilishi va yigiruv usuliga
ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi: qayta tarash usulida olingan iðlardan, mayin movut
usulida olingan iðlardan va dag‘al movut usulida olingan iðlardan to‘qilgan
gazlamalar. Qayta tarash usulida olingan iðlardan to‘qilgan gazlamalar kamvol
gazlamalar deb ataladi. Ularni to‘qish uchun qayta tarash usulida olingan
yo‘g‘onligi 22,2–41,6 teksga teng yakka iðlar va yo‘g‘onligi 15,6 teks x 2 dan
41,6 teks x 2 gacha pishitilgan iðlar ishlatiladi. Bu gazlamalar yupqa, mayin,
qayishqoq, sirtlari silliq bo‘ladi, o‘rilish naqshi aniq ko‘rinib turadi.
Mayin movut gazlamalarini to‘qishda chiziqli zichligi 50–100 teksga
teng apparat usulida olingan iðlar ishlatiladi. Bu gazlamalarning sirtida
iðlardan chiqib turgan uchli tola kigizsimon to‘sham hosil qiladi. Bu to‘sham
gazlamaning o‘rilish naqshini sezilarli darajada yoki butunlay qoplab turadi.
Dag‘al movut gazlamalarini to‘qishda chiziqli zichligi 143–333 teks,
apparat usulida yigirilgan yo‘g‘on iðlar ishlatiladi. Pardozlash jarayonida
bu gazlama sirtidagi kigizsimon to‘shami bosiladi va o‘rilish naqshi ko‘rinmay
qoladi.
Tola tarkibiga ko‘ra jun gazlamalar sof va yarim junli bo‘ladi. Sof junli
gazlamalar tarkibiga boshqa tolalarni 5%gacha qo‘shish mumkin. Yarim junli
gazlamalarda esa jun tolaning miqdori 20%dan kam bo‘lmasligi kerak. Jun
tolasiga paxta, viskoza, lavsan, kapron, nitron va boshqa tolalar yoki kompleks
iðlar qo‘shiladi. Lavsan va nitron tolalarining miqdori 35–75%, kapron
miqdori 5–10% bo‘ladi. Lavsan tolasi qo‘shib ishlab chiqarilgan gazlamalar
berilgan shaklini saqlaydi va g‘ijimlanmaydi. Kapron tolasi qo‘shilgan bo‘lsa,
gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi oshadi. Nitron tolasi qo‘shib
to‘qilgan gazlamalar aniq va ochiq rangli bo‘ladi. Lekin, kimyoviy tolalar
qo‘shilgan yarim jun gazlamalarning gigiyenik xossalari yomonlashadi, pilling
hosil bo‘ladi va gazlamalar tez kirlanadi.
Pishitilgan iðlardan to‘qilgan, zichligi katta bo‘lgan kamvol gazlamalarni
to‘quvchilikda ishlatish ancha murakkab: bichish to‘shamiga taxlanganda
sirpanib ketadi, titiluvchan bo‘ladi, tikish paytida choklarda teshiklar hosil
bo‘lishi mumkin, namlab-isitib ishlov berib shakllantirish ancha qiyin,


138
dazmollaganda yaltiroq joylar paydo bo‘lishi mumkin. Tikish jarayonida
paydo bo‘lgan nuqson va kamchiliklar gazlamaning silliq sirtida yaqqol
bilinib turadi.
Ishlatilishiga ko‘ra kamvol gazlamalarning ko‘ylakbop, kostumbop va
paltobop turlari bo‘ladi.
Ko‘ylakbop kamvol gazlamalarning yuza zichligi 150–300 g/m
2
, chiziqli
to‘ldirilishi 40–65%. Sof junli ko‘ylakbop gazlamalarning katta qismini yuqori
eshilishga ega iðlardan mayda o‘rilishda to‘qilgan jilvali “krep” gazlamalar
tashkil qiladi. Pardozlanishi – oqartirilgan yoki sidirg‘a rangli. Yarim jun
gazlamalar polotno, sarja, mayda va yirik gulli o‘rilishda ishlab chiqariladi.
Pardozlanishi – sidirg‘a rangli, turli rangdagi iðlardan yo‘l-yo‘l yoki
kataksimon naqshda to‘qilgan va gul bosilgan bo‘ladi. Bu gazlamalarning
katta qismini sarja o‘rilishdagi klassik “kashemir” gazlamalar tashkil qiladi.
Yarim jun gazlamalar guruhiga yana “ko‘ylakbop” va “ko‘ylak-
kostumlik” gazlamalar kiradi. Yarim jun ko‘ylaklik gazlamalarda junning
miqdori 18–80%, lavsan tolasining miqdori 20–50% bo‘ladi. 50% nitron
tolasi qo‘shib to‘qilgan gazlamalar ham ishlab chiqariladi. Bu gazlamalar
har xil guldor, yorqin va mayin ranglarga bo‘yalgan, polotno va mayda
gulli o‘rilishda to‘qiladi.
Kostumlik gazlamalarning barchasida tanda iðlariga, ba’zilarida arqoq
turkumiga ham 15,7 teks x 2 – 31,3 teks x 2 yo‘g‘onlikdagi pishitilgan iðlar
qo‘llaniladi. Yarim junli gazlamalar ishlab chiqarganda jun iðlariga 35%
viskoza yoki kapron kompleks iðlari pishitilib qo‘shiladi. Yuza zichligi 220–
340 g/m
2
, chiziqli to‘ldirilishi 70–90% va ba’zi yuqori sifatlilari 110%gacha
bo‘ladi. Pardozlanishiga ko‘ra kamvol kostumlik gazlamalar sidirg‘a rangli
va turli rangdagi iðlardan (chiðor) to‘qiladi. Sidirg‘a rangli gazlamalarning
assortimenti katta emas. Sof junli sidirg‘a rangli gazlamalar jumlasiga boston
va krep kabi yuqori sifatli va asl gazlamalarni kiritish mumkin. Boston
hosila sarja o‘rilishda yo‘g‘onligi 31,2 teks x 2 bo‘lgan pishitilgan iðlardan
ishlab chiqariladi. Yuza zichligi 320–340 g/m
2
. Kreplar yuqori eshilishga
ega iðlardan mayda gulli o‘rilishda to‘qiladi. Ular kam g‘ijimlanadi, tashqi
ko‘rinishi juda yaxshi. Sheviot, krep va diagonal yarim junli sidirg‘a rangli
gazlamalar jumlasiga kiradi.
Sheviot – tashqi ko‘rinishi bostonga o‘xshash, lekin paxta tolali iðni
pishitib qo‘shilgan yarim jun iðlardan to‘qiladi. Diagonal – aralashma
pishitilgan iðdan olingan diagonal o‘rilishdagi gazlama. Bu ikkala gazlama
yetarli darajada qattiq va turg‘un tuzilishga ega. Krep ishlab chiqarishda
viskoza iðlari pishitilib qo‘shiladi.
Chiðor kostumlik gazlamalarning turi ancha ko‘p. Ular sof junli va yarim
junli bo‘ladi. Yuqori sifatli sof junli gazlamalar guruhiga har xil nomdagi
trikolar (stolichnoye, udarnik va hokazo) kiradi. Trikolar turli rangga bo‘yalgan
pishitilgan iðlardan yo‘l-yo‘l naqshli aralash o‘rilishda to‘qiladi. Yarim junli
gazlamalar jumlasiga ham har xil trikolar kiradi. Ular sof junli trikolardan
tashqi ko‘rinishi bilan hamda kataklar va yo‘llarining o‘lchovlari bilan
farqlanadi. Yarim jun trikolar tolali tarkibida 20–85% jun, 20–60% lavsan


139
tolalari bo‘ladi. Kostumlik gazlama deb nomlanuvchi gazlamalar ham shu
guruhga kiradi. Tarkibida 60% lavsan yoki nitron tolalari, viskoza kompleks
iði, kapron shakldor iðlari bo‘ladi. O‘rilishi – mayda gulli.
Kamvol paltolik gazlamalarning assortimenti ancha cheklangan. Bular
jumlasiga klassik “gabardin”, kreplar, paltolik va plashlik gazlamalar kiradi.
Gabardin sof junli va yarim junli sidirg‘a rangli hosila sarja o‘rilishda to‘qiladi.
Uuza zichligi 300–400 g/m
2
, burmadorligi va ishqalanishga chidamliligi yuqori.
Plashlik gazlamalarga mayda gulli o‘rilishda to‘qilgan yarim jun zich gazlamalar
kiradi. Ular sidirg‘a rangli qilib pishitilgan yoki yakka iðlardan ishlab chiqariladi.
Tarkibida 37–65% jun tolasi, qolgani esa paxta yoki kapron tolalari bo‘ladi.
Pardozlash jarayonida suv o‘tkazmaydigan qilib ishlov beriladi.
Mayin movut gazlamalar tolali tarkibiga ko‘ra sof junli va yarim junli
bo‘ladi. Movut, drap va paltolik gazlamalar sof junli gazlamalardir. Movut
polotno yoki sarja o‘rilishida to‘qiladi. Ularning sirtida kigizsimon bosilgan
tuk qoplami mavjud. Yuza zichligi 350–500 g/m
2
. Ular, asosan, mundir,
kitellar tikishda qo‘llaniladi. Drap gazlamalari murakkab, 1,5 yoki 2 qavatli
o‘rilishda ishlab chiqariladi. Shu tufayli chiziqli to‘ldirilishi 150%ga yetadi.
Yuza zichligiga ko‘ra draplar erkaklar paltolariga (600–750 g/m
2
), ayollar
paltolariga (500–600 g/m
2
) va bolalar paltolariga (450–550 g/m
2
)
ishlatiladi.
Yuqori sifatli drap gazlamalaridan ratin, kastor, velur nomlarini eslatib
o‘tamiz. Paltolik gazlamalar o‘zining mayinligi va sirtida relyeflari borligi
bilan tavsiflanadi. Ularni ishlab chiqarishda chiziqli zichligi 100–220 teksga
teng iðlar qo‘llaniladi. Ba’zi artikullarda tuya juni ishlatiladi. Turli rangdagi
iðlardan to‘qib pardozlanadi.
Yarim junli mayin movutli gazlamalar turi nisbatan ko‘p. Bular jumlasiga
movut, drap, paltolik, ko‘ylaklik va kostumlik gazlamalar kiradi. Yarim junli
movutlarni ishlab chiqarishda jun va viskoza tolalari aralashmasidan olingan
iðlar yoki tandasida paxta iðlari, arqog‘ida esa aralash iðlar qo‘llaniladi. Yarim
junli draplar tarkibida 30–75% jun tolasi bor. Qolgan tavsiflari va to‘quvchilikda
qo‘llanilishi sof junli draplarga o‘xshaydi. Yarim junli paltolik gazlamalar bu
guruhning asosiy qismini tashkil qiladi. Tarkibida 20–70% jun tolasi bo‘ladi.
Ularni ishlab chiqarishda shakldor iðlar, jun tolali iðga boshqa tolalardan
olingan iðlar yoki kompleks iðlar qo‘shib pishitilgan iðlardan foydalaniladi.
Oddiy yoki murakkab o‘riladi. Pardozlanishi, asosan, chiðor yoki melanj.
Yuza zichligi 450–600 g/m
2
.
Mayin movut yarim junli ko‘ylaklik gazlamalar jun va viskoza, nitron
yoki kapron tolali 50–100 teksli iðlardan to‘qiladi. O‘rilishlari polotno,
sarja yoki mayda gulli, yuza zichligi 180–250 g/m
2
, chiziqli to‘ldirilishi 55–
65%. Yarim junli kostumlik gazlamalarga triko, sheviot va boshqa gazlamalar
kiradi. Bu gazlamalarning tavsiflari sof junli gazlamalarga o‘xshaydi. Yuza
zichligi 280–350 g/m
2
; chiziqli to‘ldirilishi 60–80%; gazlama hosil qiluvchi
iðlarning chiziqli zichligi 50–125 teksga teng.
Dag‘al movut gazlamalar 149–333 teks yo‘g‘onlikdagi iðlardan to‘qiladi.
Bu turdagi movut va paltolik gazlamalarning tavsiflarini ko‘rib chiqamiz.
Dag‘al movut gazlamalari sof junli (jun tolaning miqdori 90–97%) va


140
yarim junli (jun tolaning miqdori 70–80%) qilib ishlab chiqariladi. Bu
gazlamalar qalin, yuza zichligi 600–750 g/m
2
. Bu movutlardan shinellar,
kitellar tayyorlanadi. Bichish va tikish jarayonlarini o‘tkazish qiyin emas.
Ular bichish to‘shamida yaxshi taxlanadi, siljimaydi, chetlari to‘kilmaydi,
namlab-isitib ishlov berganda yengil shakllanadi. Paltolik gazlamalarning
sirtida tikka tuklari bo‘ladi. Shu sababli, bu gazlamalarni bichishda ehtiyot
bo‘lib, buyumning barcha qismlarida tuklarni bir tomonga yo‘naltirish kerak.
Tukli paltolik gazlamalar o‘smirlar palto va kalta paltolarini tikishda
ishlatiladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Jun gazlamalarni ishlab chiqarish haqida ma’lumot bering.
2. Jun tolali gazlamalar qanday gigiyenik xususiyatlarga ega?
3. Jun tolali gazlamalar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Eslab qoling!
Jun gazlama, kamvol gazlama, mayin movut, dag‘al movut, ko‘ylakbop,
kostumbop, boston, krep, sheviot, drap.
1.5-§. Trikotaj matolar assortimenti
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan trikotaj matolar 2 guruhga bo‘linadi:
ichki kiyimlar uchun va ustki kiyimlar uchun. Birinchi guruh matolari
erkaklar va bolalar ko‘ylaklari, ichki ko‘ylaklari va ishtonlari, issiq ko‘ylaklari,
ayollar ichki kiyimlari, sport kostumlari va boshqalarni tikishda ishlatiladi.
Ikkinchi guruhdagilardan esa, jaket, ko‘ylak, kostum, palto, kurtka va boshqa
buyumlar tayyorlanadi.
Trikotaj matolarning afzalligi ularning mayinligi, ishqalanishga
chidamliligi va yuqori qayishqoqligidadir. Trikotaj matolardan tikilgan
kiyimni kiyib yurish o‘ng‘ay, odam badanini siqmaydi. Ularning
burmadorligi, g‘ijimlanmasligi, issiqni saqlash qobiliyati va gigiyenik
xususiyatlari juda yaxshi. Shuningdek, trikotaj matolarning cho‘ziluvchanligi
va chetlari buralgani sababli ularni bichish va tikish jarayonlari qiyin, trikotaj
halqalari tikish mashinalarining ignalari bilan shikastlanib bir-biridan
chiqishi mumkin. Trikotaj matolar yuvilganda va hatto kimyoviy tozalashda
bo‘ylamasiga kirishadi, eniga esa kengayadi. Shu tufayli trikotajdan tikilgan
buyumlar o‘z shaklini tez yo‘qotadi.
Ichki kiyimlarni tikish uchun bo‘ylamasiga va ko‘ndalangiga to‘qilgan
matolar ishlatiladi. Mayka, ishtonlar, sport kiyimlari uchun bu matolar
paxta tolali iðdan glad o‘rilishida ishlab chiqariladi. Yuqori sifatli sport
buyumlari uchun katta qayishqoqlikka ega lastik o‘rilishdagi matolar qo‘llaniladi.
Bu buyumlar lavsan tolali hajmdor iðlardan tayyorlanadi. Issiq saqlovchi
ichki kiyimlar uchun paxta tolali iðlar, nitron va viskoza aralashmasidan


141
olingan iðlardan to‘qilgan, sirtiga tuk chiqarilgan matolar ishlatiladi. Ayollar
ichki kiyimlarini tikish uchun kimyoviy kompleks iðlardan triko-sukno,
triko-sharme, to‘rsimon triko-sukno o‘rilishdagi to‘qilgan trikotaj matolar
qo‘llaniladi. Bu matolardan tikilgan buyumlar o‘z shaklini ancha yaxshi saqlaydi.
Bolalar ichki kiyimlarini tayyorlash uchun paxta tolali iðlardan tukli o‘rilgan
matolardan foydalaniladi.
Ichki kiyimlarni tikish uchun mo‘ljallangan trikotaj matolar oqartirilgan,
sidirg‘a rangli, gul bosilgan holda pardozlanadi.
Ustki kiyimlarni tikish uchun ham ko‘ndalangiga va bo‘ylamasiga to‘qilgan
trikotaj matolar ishlatiladi. Ayollar ko‘ylak, kostum, bluzkalarini tikish uchun
momiqday mayin junsimon jakkard o‘rilishdagi chiðor to‘qilgan matolar,
sirtida chiqarilgan tuk bo‘lgan va tukli o‘rilishdagi baxmalsimon matolar,
hajmdor kapron iðidan olingan shoyisimon matolar, to‘rsimon matolar
qo‘llaniladi. Nisbatan og‘ir matolardan qishki kiyimlar – jaket, kostumlar,
sport kiyimlarini tayyorlashda foydalaniladi. Bu matolarning o‘rilishlari turlicha
– jakkard, triko-triko, atlas-triko-sukno, to‘rsimon va boshqacha bo‘lishi
mumkin. Bu buyumlar uchun matolar hajmdor iðlardan to‘qiladi. Ba’zan
zarsimon iðlar qo‘shiladi. Ko‘ylak va kostumlar bir qavatli va ikki qavatli
matolardan tayyorlanadi. Palto va kurtkalarga mo‘ljallangan sof va yarim jun
matolar porolon bilan biriktiriladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Sanoatda ishlab chiqarilayotgan trikotaj matolar qanday turlarga
bo‘linadi?
2. Trikotaj matolarining afzalligini tushuntirib bering.
3. Trikotaj matolar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Eslab qoling!
Trikotaj, sport kiyimlari, ichki kiyimlar, o‘rilish, triko-triko, atlas-triko-
sukno, to‘rsimon.
1.6-§. Noto‘qima matolar assortimenti
Preyskurant bo‘yicha to‘qish-tikish usulida olingan noto‘qima matolar
gazlamalarga o‘xshash matolar guruhiga va vatinlar guruhiga bo‘linadi.
Kiyimlik noto‘qima matolar gazlama yoki trikotaj matosi o‘rnida
ishlatiladi. Shu tufayli ularning tashqi ko‘rinishi gazlama yoki trikotaj
ko‘rinishini eslatishi kerak. Ayollar ko‘ylagi, bluzkasi, erkaklar ko‘ylagi
uchun ishlatiladigan noto‘qima matolar yupqa, yengil, kostumlar, kurtka,
paltolarga qo‘llaniladiganlari esa nisbatan og‘ir, zich, bikr va qalin, jun
gazlamalarga o‘xshash yumshoq bo‘ladi. Noto‘qima matolar duxoba,
baxmal, bayka, movut gazlamalariga o‘xshash sidirg‘a rangli, oqartirilgan
holda, gul bosilgan, sirti tukli qilib ishlab chiqariladi.


142
Noto‘qima matolarning kiyimlarga ishlatiladigan turlarining katta qismini
to‘qish-tikish usulida olinuvchi matolar tashkil qiladi. Ular tolali tarkibiga
ko‘ra bir xil tolalardan va har xil tolalar aralashmasidan olingan matolarga
bo‘linadi. Bir xil tolalardan ishlab chiqarilgan matolar, asosan, paxta,
viskoza, jun tolalaridan olinadi. Tolalar aralashmasi esa paxta-viskoza-kapron;
nitron-viskoza-jun; kapron-viskoza-jun; lavsan-kapron-jun va hokazo
tariqasida bo‘lishi mumkin.
Quyida to‘qimachilikda keng tarqalgan to‘qish-tikish usulida olingan
noto‘qima matolar keltirilgan:
1. “Xerson” va “Borislavka” baykalari paxta tolasidan ko‘ndalangiga
to‘qilgan sirti tukli trikotaj matosini eslatadi. Bu matolar bolalar ichki
kiyimlarini tikish uchun flanel va bumazeya gazlamalari o‘rnida ishlatiladi.
“Xerson” baykasi sof paxta yoki paxta va viskoza tolalari (75 + 25%),
“Borislavka” esa paxta va viskoza tolalari (50 + 50%) aralashmasidan ishlab
chiqariladi. Bu matolar sidirg‘a rangli yoki oqartirilgan holda pardozlanadi
va sirtining bir tomonida chiqarilgan tuki bo‘ladi. O‘rilishi – triko.
2. “Vasilyok” matosi “Xerson”ga o‘xshab 75% paxta va 25% viskoza
tolalari aralashmasidan olinadi. Pardozlanishi – sidirg‘a rangli va sirti tukli.
O‘rilishi – sukno-zanjir, shu sababli cho‘ziluvchanligi past.
3. Jun va viskoza tolalari aralashmasidan olingan “Polotno” va “Araxnyanka”
matolari jun tolali movut gazlamasiga o‘xshash, yoshlar paltolarini tikishda
qo‘llaniladi.
4. Viskoza tolali o‘ramni kapron iðlari bilan triko o‘rilishda tikib olingan
“Marishka” matosi erkaklar ko‘ylagi, ayollar ko‘ylak va xalatlarini tikishda
ishlatiladi. Bu mato sidirg‘a rangli, oqartirilgan yoki gul bosilgan bo‘ladi. Sirtida
o‘rilish baxyalaridan bo‘ylamasiga chandiqsimon naqshlari mavjud.
Noto‘qima matolar ichida ið turkumlarini tikib olingan turlari ham
muhim ahamiyatga ega. Bu matolar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan
mashina nomi, ya’ni “Malimo” deb ataladi. Bu turdagi matolarning
tuzilishida arqoq, tanda iðlar turkumlari mahkamlovchi iðlar bilan
tikib biriktiriladi. Tanda va arqoq iðlariga chiziqli zichligi 25–84 teks
bo‘lgan karda va apparat yigiruv usullarida olingan paxta tolali ið,
yo‘g‘onligi 29,4 teksga teng viskoza iði, jun tolasidan olingan 84–125
teksli iðlar va boshqalar qo‘llaniladi. Bu matolarning yuza zichligi 140–
350 g/m
2
, eni 70–136 sm, tikish zichligi bo‘ylamasiga 140–168,
ko‘ndalangiga 40–80, qalinligi 1–3 mm ga teng. Tashqi ko‘rinishi bilan
bu matolar trikotajga o‘xshaydi. G‘ijimlanuvchanligi va kirishuvchanligini
kamaytirish uchun ularga maxsus ishlov beriladi. Bu matolar erkak va
ayollar ko‘ylaklari, ayollar va bolalar xalat, kostum, palto, plashlarini
tikishda ishlatiladi.
Asos matolarni tikib olingan noto‘qima matolar ishlab chiqarilishida
qo‘llaniladigan mashinaning nomi bilan “Maliðol” deb ataladi. Asos sifatida
sarja va atlas o‘rilishidagi gazlamalar, trikotaj va malimo matolari, plyonkalar
ishlatilishi mumkin. Asosning tolali tarkibida viskoza, paxta, kapron, jun
tolalari va ularning aralashmalari bo‘ladi. Tuk hosil qiluvchi ið turli tolalardan


143
olinadi. Tukining uzunligi 11 mm ga yetadi va halqasimon yoki kesilgan bo‘ladi.
Bu matolarning yengil turlari erkak va ayollarning ko‘ylak va xalatlarini tikishda,
og‘ir va qalin turlari paltolar tikishda drap gazlamasi o‘rnida ishlatiladi.
Maliðol noto‘qima matolar kurtka va paltolarni tikish uchun sun’iy
mo‘yna tarzida ham ishlab chiqariladi. Bu matolarda tuk hosil qiluvchi ið
qayishqoq sintetik tolalardan iborat bo‘ladi. Tukning balandligi 40 mm ga
yetadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. To‘qish-tikish usulida olingan noto‘qima matolar qanday
guruhlarga bo‘linadi?
2. To‘qimachilikda keng tarqalgan to‘qish-tikish usuli bo‘yicha
olingan noto‘qima matolarga misollar keltiring.
3. Noto‘qima matolar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Eslab qoling!
Noto‘qima mato, xerson, borislavka, vasilyok, viskoza-kapron, nitron-
viskoza-jun, kapron-viskoza-jun, lavsan-kapron-jun.
2-§. Tikuvchilik gazlamalarining navini aniqlash
Barcha gazlamalarning navini aniqlash uchun tegishli davlat standartlari
mavjud, jumladan:
– ið gazlamalari uchun 161–86 raqamli;
– zig‘ir tolali gazlamalar uchun 357–75 raqamli;
– jun gazlamalari uchun 358–82 raqamli;
– iðak gazlamalari uchun 187–85 raqamli standartlar.
Ushbu standartlar bo‘yicha gazlamalarning navini aniqlash ularning
tolali tarkibiga ko‘ra turlicha bajariladi.
1. Ið va iðak gazlamalarning navini aniqlash. Navini aniqlashda ið
gazlamalar 4 guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh – chit, gul bosilgan surp, satin, ayollar ko‘ylagibop,
kiyimbop va mebelsozlikda ishlatiluvchi hamda uy jihozlari uchun
mo‘ljallangan gazlamalar.
Ikkinchi guruh – choyshabbop va ichki kiyimlar uchun mo‘ljallangan
gazlamalar.
Uchinchi guruh – astarbop, matraslar uchun mo‘ljallangan gazlamalar
va past navli paxta tolasidan ishlab shiqarilgan hamda xom gazlamalar.
To‘rtinshi guruh – kesilgan tukli gazlamalar.
Ið gazlamalarning navini belgilash uchun ikkita raqam ko‘rsatkichi
qo‘yilgan: I – birinchi nav; II – ikkinchi nav.
Ið gazlamalarning navini aniqlash ikkita asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha
olib boriladi:


144
a) gazlamalarning fizik-mexanik xossalari va bo‘yog‘ining mustah-
kamligi bo‘yicha ko‘rsatkichlari davlat standartida yoki texnik sharoitlarda
ko‘rsatilgan me’yorlarga mos kelishligi;
b) gazlamalarning tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlarning miqdori.
Ið gazlamalarning tashqi ko‘rinishida uchraydigan nuqsonlar o‘z
navbatida 2 turga bo‘linadi:
a) gazlamaning butun to‘pi bo‘yicha tarqalgan nuqsonlar (ifloslanish,
turli tovlanuvchanlik, yo‘l-yo‘llik va hokazolar);
b) mahalliy nuqsonlar – gazlama to‘pining ayrim joylarida uchraydigan
nuqsonlar (dag‘al, chigal arqoq iðlilik, arqoq yoki tanda iði yo‘qligi,
arqoq iðining zichliligi va siyrakligi).
Ið gazlamaning navini baholash umumiy nuqsonlar yig‘indisiga qarab
belgilanadi:
Birnchi nav ko‘rsatkichiga jami 10 nuqsondan ko‘p bo‘lmagan;
Ikkinchi nav ko‘rsatkichiga jami 30 nuqsondan ko‘p bo‘lmagan
gazlamalar kiradi.
Biroq bu ko‘rsatkichlar ið gazlamalar to‘pi uchun belgilangan shartli
uzunligiga qarab olib boriladi. Bunday sharoitda gazlamaning eni ham hisobga
olinadi:
– tayyor ið gazlamalarning eni 90 sm gacha bo‘lgan turlari uchun
belgilangan shartli uzunlik 40 m ga teng;
– tayyor gazlamalarning eni 90 sm dan 110 sm gacha bo‘lgan turlari
uchun 30 m;
– tayyor gazlamalarning eni 110 sm dan oshsa – 23 m;
– kesilgan tukli ið gazlamalarning eni 110 sm gacha bo‘lgan turlari
uchun – 20 m; eni 110 sm dan oshsa – 10 m.
Agar gazlama to‘pining haqiqiy uzunligi belgilangan shartli uzunligidan
farq qilsa, uning mahalliy nuqsonlari bo‘yicha yig‘ilgan nuqsonlar jami
gazlamaning haqiqiy uzunligiga mos holda quyidagi tenglama yordamida
qayta hisoblanadi:
H
sh
= N
h
· L
sh 
/ L
h
(113)
bu yerda: N
h
– gazlamaning haqiqiy uzunligi buyicha yig‘ilgan
mahalliy nuqsonlarning sonli miqdori; L
h
– gazlama to‘pining haqiqiy
uzunligi, m; L
sh
– gazlama to‘pining shartli uzunligi, m.
Ið gazlamalarning navini aniqlashda quyidagi fizik-mexanik xususiyat-
lar e’tiborga olinadi:
– yuza zichligi, g/m
2
;
– eni, sm;
– uzish kuchi, H;
– kirishuvchanligi, foiz.
Bu xususiyatlarning ko‘rsatkichlari standartlar yoki texnik shartlar-
dagi me’yorlarga mos kelishi shart.
Iðak gazlamalarning navini aniqlash ið gazlamalarga o‘xshash. Iðak
gazlamalar uchta guruhga bo‘linadi:


145
Birinchi guruh – ichki kiyimlik, ko‘ylaklik, kiyimlik va boshqa sof
iðak gazlamalar.
Ikkinchi guruh – astarbop va boshqa yarim iðak gazlamalar.
Uchinchi guruh – tukli gazlamalar.
Iðak gazlamalar umumiy nuqsonlar yig‘indisiga qarab uchta navga
bo‘linadi: I (birinchi), II (ikkinchi) va III (uchinchi). Nuqsonlar yig‘indisi
quyidagicha:
2. Zig‘ir tolali gazlamalarning navini aniqlash. Zig‘ir tolali gazlamalar
navini aniqlash uch guruhga bo‘linadi:
Birinchi guruh – yirik naqshli o‘rilishdagi gazlamalar, zig‘ir tolali va
yarim zig‘ir tolali gazlamalarning sidirg‘a rangli, oqartirilgan, nafis xom
turlari, silliq tuzilishdagi va mayda naqshli matolar, ayollar ko‘ylagi va
kostumbop, uy jihozlari uchun ishlatiladigan gazlamalar.
Ikkinchi guruh – chodirbop, kema yelkanlari uchun ishlatiluvchi
brezentlar, chirishga bardosh beradigan gazlamalarning dag‘al turlari.
Uchinchi guruh – qoplar tikish uchun va kiyimlarning qatlari sifatida
(bortovkalar) ishlatiluvchi gazlamalar.
Zig‘ir tolali gazlamalarga ham ið gazlamalaridagidek ikkita sifat
ko‘rsatkichi tayin etilgan: fizik-mexanik xususiyatlar ko‘rsatkichlarining
standart me’yorlariga mos kelishi va tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlar bor-
yo‘qligi. Zig‘ir tolali gazlamalarning sifatini aniqlashda hisobga olinadigan
tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlar mahalliy va tarqalgan nuqsonlarga bo‘linadi.
Zig‘ir tolali gazlamalarning sifati ikkita nav bilan belgilanadi: I
(birinchi), II (ikkinchi).
Birinchi navli gazlamalarning fizik-mexanik xususiyatlari davlat
standartida ko‘rsatilgan raqamlarga mos kelishi shart. Ikkinchi navli
gazlamalarda fizik-mexanik xususiyatlarning ko‘rsatkichlari va standart
me’yorlari orasida farq bo‘lishi mumkin, ammo bu nuqson bilan
baholanmaydi.
Gazlamada mahalliy nuqsonlarning jami sanaladi va shartli yuzaga
qaytadan hisoblanadi. Shartli yuza 30 m

ga teng:
H
sh
= H
h
· 3 · 10
3
/L · B (114)
bu yerda: 3 · 10
3
– shartli yuza, m
2
; L – to‘pning uzunligi, m; B –
gazlamaning eni, sm.
Birinchi navli gazlamalarda nuqsonlar 8 tadan va ikkinchi navli
gazlamalarda 22 tadan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
I
II
III
Tukli gazlamalar
Silliq gazlamalar
Gazlamaning tashqi ko‘rinishi
Nav raqami
7
17
30
5
9
25
10 – Gazlamashunoslik


146
Birinchi navli gazlamalarda tarqalgan nuqsonlar bo‘lishi ma’n etiladi.
Ikkinchi navli gazlamalarda esa bularning soni bittadan ko‘p bo‘lmasligi shart.
3. Jun tolali gazlamalarning navini aniqlash. Jun tolali gazlamalar ikkita
navga bo‘linadi: I (birinchi) va II (ikkinchi). Birinchi navli gazlamalarda fizik-
mexanik xususiyatlar ko‘rsatkichlari belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelishi kerak.
Ikkinchi navli gazlamalar bilan birinchi navli gazlamalar ko‘rsatkichlari
o‘rtasidagi farq belgilangan miqdorda bo‘lishi lozim. Masalan, uzish kuchi va
zichlik bo‘yicha farq birinchi nav me’yorning yarmidan oshmasligi kerak.
Kirishishi bo‘yicha sof jun gazlamalarda 1%gacha va yarim jun gazlamalarda
1,5%gacha bo‘lishi mumkin. Ikkinchi navli gazlamalar va birinchi navli gazlamalar
orasida faqat bittagina ko‘rsatkich bo‘yicha farq bo‘lishiga ruxsat beriladi.
Jun gazlamaning tashqi ko‘rinishidagi nuqsonlar tarqalgan va mahalliy
nuqsonlarga bo‘linadi.
Gazlama to‘pining 30 metrga teng bo‘lgan shartli uzunligiga to‘g‘ri
keladigan mahalliy nuqsonlar soni birinchi navli gazlamalarda 12 tadan va
ikkinchi navli gazlamalarda 36 tadan oshmasligi shart. Ikkinchi navli
gazlamalarda bitta tarqalgan nuqson bo‘lishi mumkin. Bu holda mahalliy
nuqsonlarning soni 1 dan oshmasligi kerak. Mahalliy nuqsonlar sonini
shartli uzunlikka qayta hisoblash formulasi:
N
sh
= 30 N
h
/ L
h
(115)
bu yerda: 30 – shartli uzunlik, m; N
h
– haqiqiy uzunlikdagi
nuqsonlar soni; L
h
– gazlama to‘pining haqiqiy uzunligi, m.
4. Trikotaj matolarning navini aniqlash.Trikotaj matolarning navini
aniqlash tartibi gazlamalarnikidan farq qiladi. Ishlab chiqarilgan matoning
sifat ko‘rsatkichlari laboratoriya tajribalari orqali aniqlanadi. Bunda uning
fizik-mexanik ko‘rsatkichlari, rangining barqarorligi va tashqi ko‘rinishida
nuqsonlar bor-yo‘qligi aniqlanadi. Laboratoriya tajribalarini o‘tkazish uchun
mato to‘dasidan 5% to‘p ajratib olinadi. To‘plarning soni beshtadan kam
bo‘lmasligi kerak. Har to‘pdan ikkita namuna qirqib olinadi. Birini sinab,
matoning namligi aniqlanadi. Ikkinchisi boshqa xususiyatlarni aniqlash uchun
ishlatiladi. Trikotaj matolarning namligi katta ahamiyatga ega. Birinchidan,
matoning xususiyatlari uning namligiga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, trikotaj
matolari vazn bo‘yicha qabul qilingani tufayli ularning namligi ham hisobga
olinishi lozim. Matolarning namligi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari standart
yoki texnik sharoitlarda belgilangan me’yorlardan kam bo‘lmasligi shart.
Bo‘yog‘ining mustahkamligi bo‘yicha trikotaj matolari oddiy,
mustahkam va maxsus mustahkam bo‘yalgan bo‘ladi. Turli ta’sirlarda
bo‘yoqning mustahkamligi 3 ball bilan baholansa, bu mato oddiy bo‘yoqli,
3–4 ball bilan baholansa mustahkam bo‘yoqli matolarga, 4–5 ball bilan
baholansa maxsus mustahkam bo‘yoqli matolarga kiradi.
Tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlar matoni hosil qiluvchi iðning sifati
past bo‘lgani, trikotaj mashinalari nosozlanishi va ignalar singani sababli
hamda pardozlash jarayonlarini buzilishi natijasida yuzaga keladi. Shu
nuqsonlarga ko‘ra matolar ikkita: birinchi va ikkinchi navli bo‘ladi. Birinchi


147
navli matolarda ko‘z bilan sezilmaydigan nuqsonlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ikkinchi navli matolarda ma’lum o‘lchovli, ko‘zga ko‘rinarli va qo‘pol
ko‘rinadigan nuqsonlar bo‘lishi mumkin. Nuqsonlarning ko‘zga ko‘rinarliligi
va qo‘pol ko‘rinishining darajasi etalonlar bilan solishtirib aniqlanadi. Bir
kvadrat metrga teng bo‘lgan matoning yuzasiga to‘g‘ri keladigan nuqsonlar
soni uchtadan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Trikotaj matolarning navi to‘pi bo‘yicha emas, balki vazniga nisbatan
tasdiqlanadi. Nuqsonlarning turi va soniga ko‘ra mato to‘pidagi birinchi,
ikkinchi navlarga va yaroqsizlikka to‘g‘ri keladigan yuzalar aniqlanib,
birinchi, ikkinchi navli va yaroqsizlikka to‘g‘ri keladigan yuza vaznlarining
matoning yuza zichligiga nisbati aniqlanadi.
5. Noto‘qima matolarning navini aniqlash. To‘qish-tikish usulida olingan
noto‘qima matolarning navini aniqlashda ikkita asosiy ko‘rsatkich nazarda
tutiladi: fizik-mexanik xususiyatlar ko‘rsatkichlarining standartdagi
me’yorlarga mos kelishi va tashqi ko‘rinishdagi nuqsonlar borligi.
Noto‘qima matolar ikkita: birinchi va ikkinchi navli bo‘lishi mumkin.
Birinchi navli matolarda fizik-mexanik xususiyatlarning ko‘rsatkichlari
belgilangan me’yorlardan chetga chiqishiga va tarqalgan nuqsonlar bo‘lishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. 30 m
2
ga teng bo‘lgan shartli yuzada mahalliy nuqsonlarning
sonli miqdori I navli matolarda 12, II navli matolarda 24 ta bo‘lishi mumkin.
II navli matolarda ko‘pi bilan bitta tarqalgan nuqson bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda mahalliy nuqsonlar soni 17 dan oshmasligi lozim.
To‘qish-tikish usulida olingan noto‘qima matolarda, asosan, quyidagi
mahalliy nuqsonlar uchrab turadi: qalinligi hamma joyda har xil bo‘lishi;
eni har xil bo‘lishi; yog‘li dog‘lar mavjudligi; tikish uchun ishlatilgan
iðning uzilishi; baxyadagi halqalarning cho‘zilgani va hokazo.
Yelimlash usulida olingan va kiyimda qatlam sifatida ishlatiluvchi
noto‘qima matolar navlarga bo‘linmaydi. Faqat ularda teshiklar, yog‘li
dog‘lar, burmalar, bukilgan joylar bo‘lmasligi kerak.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Ið va iðak gazlamalar navi qanday aniqlanadi?
2. Ið gazlamalarning navi qanday belgilanadi?
3. Ið gazlamalar navini aniqlash ko‘rsatkishlarini bering.
4. Ið gazlamalarning tashqi ko‘rinishida uchraydigan nuqson turlarini
keltiring.
5. Zig‘ir tolali gazlamalarning navini aniqlash bosqichlarini ayting.
6. Jun tolali gazlamalar navi qanday aniqlanadi?
7. Trikotaj matolarining navi qanday aniqlanadi?
Eslab qoling!
Ið, zig‘ir, jun va iðak navlari, tarqalgan nuqsonlar, mahalliy nuqsonlar,
shartli uzunlik, nav, davlat standarti.


148
VIII BOB
BOSHQA KIYIMLIK MATERIALLAR
1-§. Astarlik materiallar
Ustki kiyimlarning teskari tomonida, pidjak va jaket yenglarida,
belbog‘larda va boshqa kiyim qismlarida astar bo‘ladi. Astar nafaqat kiyimning
teskari tomonini bezatish uchun, balki kiyimning tashqi ko‘rinishini
yaxshilash, uni kiyib yurish va yechish paytida qulaylik yaratish uchun va
buyumlardan foydalanish davrini oshirish uchun ham qo‘yiladi. Shuning
uchun, astarlik materiallar hozirgi zamon talablariga mos kelishi shart,
uning ishqalanishga chidamliligi yuqori (paltolar uchun 2000 davr,
kostumlar uchun 1500 davr, plashlar uchun 1000 davrdan kam bo‘lmasligi
lozim). Bo‘yog‘i ishqalanish, ter, kimyoviy tozalash ta’siriga chidamli bo‘lishi
kerak (4 balldan kam bo‘lmasligi shart). Astarning kirishishi avra materialning
kirishishidan ortiq bo‘lmasligi lozim. Astar buyumning umumiy og‘irligini
oshirmasligi kerak. Astarlik materiallari yuza zichligiga ko‘ra yengil, o‘rta va
og‘ir materiallarga bo‘linadi. Yengil astarlar (90 g/m

gacha) yuza zichligi
200 g/m

gacha bo‘lgan avra materiallardan tikilgan erkak va ayollar palto va
kostumlarida, bolalar kostumlarida ishlatiladi. O‘rta astarlar (91–120 g/m
2
)
yuza zichligi 200–350 g/m

gacha bo‘lgan avra materiallardan tikilgan buyumlarda
ishlatiladi.
Bu talablarga, asosan, sun’iy va sintetik iðlardan olingan iðak gazlamalari
javob beradi. Bu gazlamalarda quyidagi chiziqli zichlikdagi iðlar qo‘llaniladi:
tanda va arqoqda 11–16,6 teksli viskoza iðlari; tanda va arqoqda 6,7 teksli
kapron iðlari; tandada 13,3 teksli viskoza iði, arqog‘ida 6,7 teksli kapron iði;
tandasida 13,3–16,6 teksli viskoza iði, arqog‘ida 18,5–25 teksli paxta tolasidan
olingan ið; tandasida 13,3 teksli viskoza iði, arqog‘ida 16,6 teksli atsetat iði.
Bu gazlamalarning nomlari: astarlik gazlama, astarlik sarja, atlas. O‘rilishlari
– sarja, atlas. Atsetat iðidan olingan astarlar kam ishlatiladi, chunki ularning
ishqalanishga chidamliligi uncha yuqori emas. Ba’zida uncha qimmat bo‘lmagan
va bolalar buyumlarida astar sifatida paxta tolali satin va lastik gazlamalari
ham qo‘llaniladi. Ba’zi buyumlarda sintetik iðlardan to‘qilgan yengil (80–
130 g/m
2
) trikotaj matolari ishlatiladi. Ularning ishqalanishga chidamliligi
2000 davrdan ko‘p. Oxirgi paytlarda paxta va lavsan tolalari aralashmasidan
(33% paxta–67% lavsan) sarja o‘rilishdagi astarlik gazlama ishlab
chiqarilmoqda. Uning yuza zichligi – 135 g/m
2
.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Astarlik materiallar qayerlarda ishlatiladi?
2. Astarlik materiallarining kirishishi haqida ma’lumot bering.
3. Astarlik materiallar qanday o‘rilishda hosil qilinadi?


149
Eslab qoling!
Astarlik materiallar, kirishish, o‘rta astarlar, o‘rilish, zichlik.
2-§. Qat sifatida ishlatiluvchi materiallar
Tikuvchilik buyumlarining ayrim qismlarida avra va astar gazlamalari
orasiga qat (oraliq) materiallar qo‘yiladi. Ularning asosiy vazifasi buyumning
qismlariga qattiqlik va ma’lum shakl berish va kiyilganda buyumning ko‘p
vaqt davomida shaklini saqlashdir.
Shuning uchun, oraliq materiallar avvalo qattiq va qayishqoq bo‘lishi
kerak. Ularning kirishishi avra va astar materiallarning kirishishiga mos
kelishi shart.
Asosiy oraliq materiallar jumlasiga zig‘ir tolali bortovka gazlamalari kiradi.
Bortovkalardan boshqa oraliq materiallar sifatida yelimlash usulida olingan
noto‘qima matolar ishlatiladi. Bunday noto‘qima matolarning ahamiyatli tomoni
ularning egiluvchanligining yuqoriligi, vaznining kamligi, o‘rtacha havo
o‘tkazuvchanligi, kam kirishuvchanligi, kesilgan joyidan to‘kilmasligi va
hokazolar. Bularga misol qilib, flizelin va proklamilin matolarni keltirish mumkin.
Flizelin paxta, viskoza tolalari bilan turli xildagi ikkilamchi xomashyo
aralashmasidan olinadi. Bu matoda tolalar ma’lum yo‘nalishda joylashadi,
shu tufayli bo‘ylama va eni xususiyatlari bir xilda bo‘lmaydi. Bundan tashqari
sinuvchanlik xususiyatiga ega va foydalanilganda alohida qavatlarga bo‘linishi
mumkin. Shu sababli flizelin kam ishlatiladi.
Proklamilin viskoza va nitron tolalarning aralashmasidan (50%+50%)
olinadi. Bu matoda tolalar betartib joylashgani tufayli uni xohlagan
yo‘nalishda bichish mumkin. Proklamilinning ishlatilishi uning yuza zichligiga
bog‘liq. Ko‘ylaklarda yuza zichligi 50 g/m
2
, kostumlarda 70 g/m
2
va paltolarda
100 g/m
2
bo‘lgan proklamilin ishlatiladi.
Bulardan tashqari boshqa noto‘qima matolar ham oraliq materiallar
sifatida ishlatiladi. Masalan, “Syunt” nomli 40% kapron, 30% nitron va
30% viskoza tolalari aralashmasidan olinadigan mato ayollarning yupqa
paltolarida va sun’iy mo‘ynalardan tikilgan paltolarda ishlatiladi.
70% jun, 30% viskoza tolalari aralashmasida kigizga oid usulda olinuvchi
“Fils” matosi erkaklar kostumining pastki yoqasida ishlatiladi. U buyumga
ham shakl beradi, ham asosiy materialni tejamli ravishda sarflanishiga
imkoniyat yaratadi.
Yuqorida qayd etilgan materiallardan tashqari erkaklar ko‘ylaklarining
yoqa va yenglarida plyonkalar, ustki kiyimlarni tayyorlaganda esa sirtida yelimli
qoplamasi bo‘lgan gazlamalar ishlatiladi (ularning tuzilishi haqida
ma’lumotlar yopishtiruvchi materiallarni tavsiflovchi bobda beriladi).
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Qat materiallar haqida tushuncha bering.


150
2. Qat materiallar nimalardan olinadi?
3. Qat materiallar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Eslab qoling!
Qat, bortovka, kirishish, avra, astar, oraliq materiallar.
3-§. Kiyimlarning issiqligini saqlaydigan materiallar
Kiyimlarning issiqligini saqlaydigan materiallar sifatida tabiiy va sun’iy
mo‘yna, momiq paxta, vatin noto‘qima matosi, porolon ishlatiladi.
Momiq, asosan, paxtadan, ba’zan jundan tayyorlanadi.
Vazifasiga ko‘ra 4 xil bo‘ladi: kiyimlik, mebellar uchun, tibbiyotda va
texnikada ishlatiluvchi momiq. Kiyimlik momiq past navli paxta tolasi va yigiruv
hamda to‘quv jarayonlarining chiqindilaridan olinadi. Past navli momiq tarkibiga
eski momiqli kiyimdan va qiyindi lattalardan olingan tolalar ham qo‘shilishi
mumkin. Tolali tarkibiga ko‘ra kiyimlik momiq luks, prima va tikuv momiqlarga
bo‘linadi. Luks momig‘i oq rang, prima xom holda va tikuv momig‘i melanj
holda ishlatiladi. Momiqning xususiyatlari 19-jadvalda ko‘rsatilgan.
Vatin 3 usulda: trikotaj matosini to‘qish, noto‘qima matolarni to‘qish-
tikish va tola qatlamini igna bilan birlashtirish usullarida ishlab chiqariladi.
19-jadval
Kiyimlik paxta momig‘ining xususiyatlari
1. Namlik,%
2. Q’ayishqoqligi,%
3. Iflosligi, %
4. Solishtirma og‘irligi, g/sm
3
5. Rangi
6. Yog‘li dog‘lar
7. Hidi
9
70
2,5
0,021
xom
9
73
2,0
0,019
oq
9
65
3,5
0,024
xom yoki melanj
Momiqning navi
Ko‘rsatkichlar
Luks
Prima
Tikuvchilik uchun
To‘qish-tikish usulida olingan noto‘qima vatin past navli paxta tolasi,
tarandi va chiqindilardan olinadi. Uning eni 150 sm, yuza zichligi 215, 280,
325, 450 g/m
2
bo‘ladi. Bunday vatin yarim junli ham bo‘lishi mumkin. Uni
ishlab chiqarish uchun tiklangan jun tolasi bilan viskoza, mis-ammiak,
lavsan, kapron, nitron tolalari aralashtiriladi. Bu aralashmada jun tolasining
miqdori 30, 45, 50, 65 va 85 % ga teng. Yarim junli vatinning eni 150 sm,
yuza zichligi 200, 250 va 300 g/m
2
.
Ignalar bilan sanchish usulida olingan yarim junli vatin ikki xil
aralashmadan ishlab chiqariladi: 90% jun tolasi va 10% viskoza tolasi aralash-
m a ’ n e t i l a d i
m a ’ n e t i l a d i


151
masi yoki 50 % jun va 50 % sintetik tolalar chiqindilarining aralashmasi. Eni
150 yoki 160 sm, qalinligi 3,5 mm, yuza zichligi 200, 225 va 240 g/m
2
.
Ignalar bilan sanchish usulida olingan vatin 100% nitron tolasidan ham
ishlab chiqariladi. Uning yuza zichligi 100 g/m
2
, qalinligi 3 mm bo‘lsa xalatlar
uchun, yuza zichligi 150 g/m

va qalinligi 5 mm bo‘lsa kurtkalar uchun
ishlatiladi.
20-jadval
Kiyimlar issiqligini saqlaydigan materiallarning xususiyatlari
1. Yuza zichligi, g/m
2
2. 1 g/sm teng bosimdagi
qalinligi, mm
3. Solishtirma og‘irligi, g/sm
4. Havo o‘tkazuvchanligi,
dm
3
/m

s
5. Egilishdagi qattiqligi, sN.sm
2
– bo‘ylamasiga
– eniga
6. Qayishqoqligi, %
– bo‘ylamasiga
– eniga
7. Gigroskopikligi, %
8. Suvni yutishi %
9. Ishqalanishga chidamligi,
davrlar soni
10. Issiqni o‘tkazishga qarshiligi,
m
2
K/Vt, havo tezligi 0,7 m/s
bo‘lganda, havo tezligi 2,0 m/s
bo‘lganda
Ko‘rsatkichlar
To‘qish-tikish usulida
olingan vatin
Paxta
momig‘i
Paxta tolali
Porolon
Yarim jun
tolali
244
4,60
0,053
606,0
3,4
5,0
44,0
56,0
28,9
945,0
5440
0,151
–
199
4,14
0,043
349,0
3,4
2,6
85,0
83,0
18,5
181,0
17783
–
–
445
11,92
0,037
89,0
17,0
15,0
–
–
–
–
–
0,234
–
138
4,39
0,031
94,9
6,6
6,6
91,0
90,0
5,0
704
1885
0,155
0,103
Porolon (penopoliuretan) – ko‘p g‘alvirakli qayishqoq material. U
oddiy poliefirlar va izotsionit moddalarini polimerlash reaksiyasi orqali
olinadi. Uni 15 dan 100
0
C gacha haroratda ishlatish mumkin. Porolon 150
0
C
da yumshayadi, 180
0
C da esa eriydi. Tikuvchilik korxonalari uchun porolon
qalinligi 2–3 mm, eni 85–150 sm va uzunligi 15 m ga teng bo‘lgan to‘plarda
tayyorlanadi. O‘rtacha iqlim sharoitida kiyiladigan qishki kiyimlarda
porolonning qalinligi 6–8 mm, sovuq iqlim sharoitida esa 9–12 mm ga
teng bo‘lishi kerak. Kiyimning ayrim joylarida porolon bir necha qavat
qilib qo‘yiladi. Issiqni saqlash xususiyati, qayishqoqligi va ishlatish
jarayonida qalinligi bir tekisda saqlanishi, g‘ijimlanmasligi porolonda boshqa
issiqni saqlaydigan materiallarga qaraganda ancha yaxshi. Lekin qiziganda


152
va ayniqsa eriganda porolondan zaharli moddalar ajraladi, shuning uchun
xavfsizlik texnikasi qoidalariga va mehnat muhofazasi shartlariga qat’iy
rioya qilish lozim. Tez eskirishi natijasida qayishqoqligini yo‘qotishi va
kimyoviy tozalashga chidamsizligi porolonning kamchiliklari.
Porolon issiqlikni saqlaydigan material sifatida ishlatilishidan tashqari,
undan biriktirilgan materiallarni olishda ham foydalaniladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Kiyimlarning issiqligini saqlaydigan materiallarga nimalar kiradi?
2. Momiq qanday hosil qilinadi?
3. Kiyimlik paxta momig‘ining qanday xususiyatlari mavjud?
Eslab qoling!
Momiq, paxta momig‘i, issiqlikni saqlaydigan materiallar, vatin, porolon.
4-§. Qo‘shqavat (biriktirilgan) materiallar
Bir nechta materiallarni biriktirib olingan materiallar qo‘shqavat
(biriktirilgan) materiallar deb ataladi. Ular, asosan, palto, kurtka, plash,
kostumlarni tikishda ishlatiladi.
Qo‘shqavat materiallar bir tomonli yoki ikki tomonli bo‘ladi. Bir
tomonli materiallar asosiy materialning teskari tomoniga polimer
qoplamasini hosil qilib olinadi. Qoplama sifatida kauchuk yelimlari, latekslar,
poliamid qatronlari va boshqalar ishlatiladi. Asosiy material sifatida paxta,
iðak, jun tolalaridan olingan gazlamalardan foydalaniladi. Bu usulda olingan
qo‘shqavat materiallarning xususiyatlari quyidagicha: yuza zichligi 260 g/m
2
,
qoplama va asos orasidagi ilashish kuchi miqori 0,35 daN/sm
2
. Vulkanizatsiya
darajasi 0,4 %.
Ikki tomonli qo‘shqavat materiallar – ikkita (material + material;
material + porolon) yoki uchta (material + oraliq material + material)
materialni bir-biriga qo‘shib ishlab chiqariladi. Bunday materiallarni olishda
yelimlash yo‘li bilan biriktirish, olovda qizdirib biriktirish va tikib
biriktirish usullaridan foydalaniladi.
Yelimlash usulida asosiy material va astarlik material yoki porolon bir-biriga
kauchuk yoki poliakril yelimlari yordamida biriktiriladi. Yelim asosiy materialning
teskari tomonida butun sirtiga yoki yo‘l-yo‘l tarzida qo‘yiladi. Yelim yo‘l-yo‘l
qilib qo‘yilsa, materialning gigiyenik xossalari yaxshilanadi. Agar yelim o‘rniga
polietilen plyonkasi ishlatilsa, bu holda asos va astar materiallarning birikish
mustahkamligi va qo‘shqavat materialning mayinligi oshadi.
Astar materiali sifatida porolon olinsa, bu holda yelimlash uchun
polietilen kukunini ham ishlatish mumkin. Bu kukun maxsus moslama
yordamida gazlama, trikotaj yoki noto‘qima matoning teskari tomoniga nuqta-
nuqta tarzida qo‘yiladi va yuqori harorat ta’sirida eritiladi. Shu holda unga porolon


153
yopishtiriladi. Bu usulda olingan qo‘shqavat materialning gigiyenik xossalari
yaxshi bo‘ladi. U kimyoviy tozalash va yuvish jarayonlarida buzilmaydi.
Yelimlash usulida olingan qo‘shqavat materiallar jumlasiga ustki va sport
kiyimlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan DOU va DOUSan nomli
materiallar kiradi. Ularning fizik-mexanik xususiyatlari 21-jadvalda ko‘rsatilgan.
21-jadval
DOU va DOUSan qo‘shqavat materiallarning
fizik-mexanik xususiyatlari
1. Porolon qavatining qalinligi,
mm
2. Qavatlari orasidagi birikish
kuchi, daN
– uzunasiga
– eniga
3. Havo o‘tkazuvchanligi,
dm
3
/m
2
s
4. Kirishishi, %
5. Egilishdagi qattiqligi, sN sm
2
Ko‘rsatkichlar
Gazlama
asosida
Trikotaj
asosida
Sun’iy mo‘yna
asosida
2,5
0,16
0,12
20–100
4
2,5
0,16
0,12
40–200
4
2,5
0,16
0,12
20–100
5
Olovda qizdirib biriktirish usulida olinadigan qo‘shqavat materiallar
qavatlarining bittasi albatta porolon bo‘lishi lozim, chunki bu usul porolonning
o‘t ta’sirida erishiga asoslangan. Porolon maxsus biriktirish mashinalaridagi
gaz qizdirgichlari ustidan o‘tkazilganda eriydi va darhol bir tomonidan asosiy
yoki ikki tomonidan asosiy va astar materiallari bilan yopishtiriladi. Asosiy
material sifatida paxta, zig‘ir, jun, iðak, viskoza, atsetat, kapron tolali gazlama,
trikotaj matolari, noto‘qima matolar hamda sun’iy charm yoki sun’iy mo‘yna
ishlatiladi. Bu usulda olingan qo‘shqavat materiallar, asosan, ustki kiyimlarni
tikish uchun qo‘llaniladi. Bunday materiallarning xususiyatlari 22-jadvalda
ko‘rsatilgan.
22-jadval
1.Qavatlari orasidagi birikish kuchi
2.Egilishdagi qattiqligi, sN.sm
2
3.Havo o‘tkazuvchanligi, sm
3
/sm
2
s
4.Bug‘ o‘tkazuvchanligi, mg/t
5.Kirishishi, %:
– uzunasiga
– eniga
Ko‘rsatkichlar
DOU
DOUSan
sun’iy mo‘yna asosida
gazlama
asosida
1,5
–
–
2
3
2
1,0
25
0,3
2
3
2
0,8
15
0,3
2
3
2
––


154
Tikib biriktirish usuli anchadan beri ishlatiladi va ayniqsa, keyingi
paytlarda keng tarqalgan usul. Ikkita yoki uchta material maxsus ko‘p ignali
tikish mashinalarida biriktiriladi. Ikki qavatli materiallarda asosiy qavati
sifatida sirti silliq bo‘lgan sintetik gazlama yoki trikotaj mato, astar sifatida
esa tukli trikotaj mato ishlatiladi. Qavatlarni biriktirganda astar matoning
tuki ular orasiga qo‘yiladi. Natijada, tikish naqshi hajmdor va bo‘rtma
bo‘lib yaxshi ko‘rinadi. Uch qavatli materiallarda asosiy va astar qavatlari
orasiga poliakrilnitril tolalaridan ignalarni qadab olingan sintepon nomli
noto‘qima material qo‘yiladi. Bu materiallarning asosiy qavati sifatida
plyonka qoplamali yoki suv o‘tkazmaydigan maxsus ishlov berilgan turli
gazlamalar ishlatiladi. Astar qavati sifatida sirti silliq bo‘lgan kapron tolali
gazlamalar yoki trikotaj matolaridan foydalaniladi. Bu usulda tayyorlangan
qo‘shqavat materiallardagi baxyalarning ko‘rinishi xilma-xil: yo‘l-yo‘l,
romb yoki boshqa geometrik shakllar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday
qo‘shqavat materiallar yoshlar va bolalar ustki kiyimlari, kurtkalarini
hamda turli yopinchiqlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Qo‘shqavat materiallar qanday bo‘ladi?
2. Yelimlash ishlari qanday amalga oshiriladi?
3. Olovda qizdirib biriktirish usulini aytib bering.
Eslab qoling!
Qo‘shqavat materiallar, ikki tomonli, yelimlash, olovda qizdirish, tikib
biriktirish.
5-§. Plyonka materiallar
Tikuvchilikda plyonka materiallar keng qo‘llaniladi. Ular kiyim, attorlik
mollari va texnik buyumlarni ishlab chiqarishda tabiiy charm va gazlamalar
o‘rnida ishlatiladi.
Polivinilxlorid (PVX) va polietilen (PE) plyonkalaridan eng ko‘p
foydalaniladi. Kiyimlarni tikish uchun ularni ishlab chiqarganda eritmalarga
plastifikator, barqarorligini ta’minlovchi va to‘ldiruvchi moddalar
qo‘shiladi. Plastifikatorlar plyonkalarning yumshoqlik va qayishqoqligini
oshiradi. Barqarorlikni ta’minlovchi moddalar plyonkalarning eskirish
jarayoniga qarshilik ko‘rsatadi. To‘ldiruvchi moddalar esa plyonkalarning
mustahkamligini oshirishga yordam beradi.
Pardozlanishiga ko‘ra plyonkalar har xil rangga bo‘yalgan, sirti silliq
va bo‘rtma, sidirg‘a rangli yoki gul bosilgan, yaltiroq, tiniq va xira ko‘rinishda
bo‘ladi. Sirti gazlama yoki charm sirtini eslatishi mumkin. Buyumlarning
mustahkamligini oshirish uchun plyonka gazlama yoki trikotaj matosi bilan
biriktiriladi.


155
23-jadval
Plyonka materiallarning xususiyatlari
1. Qalinligi, mm
2. O‘zish bosimi, mPa:
a) sirti silliq plyonka
b) sirti bo‘rtma plyonka
3. Egilishdagi qattiqligi, sN.sm
2
4. Sovuqqa chidamliligi, daraja
5. Tiniqlik koeffitsienti (ishlov
berilmagan va bo‘yalmagan
plyonkalar uchun)
Ko‘rsatkichlar
Kiyimlik plyonka
Oliy nav
Birinchi nav
0,1–0,7
12
10
6
25
85
0,1–0,7
10
8
7
25
80
Plyonkalarning ijobiy xususiyatlariga ularning yengilligi, suvni
o‘tkazmasligi, kimyoviy moddalar ta’siriga chidamliligini, salbiy
ko‘rsatkichlariga plyonkalarning past va yuqori harorat ta’siriga chidamsizligini
kiritish mumkin. Tikilayotganda mashina ignalari bilan shikastlanadi. Shuning
uchun, plyonkadan tayyorlangan buyum qismlari ultratovush yoki yuqori
chastotali tok bilan payvandlab ulanadi. Bundan tashqari plyonkani hosil
qiluvchi termoplastik eritmadan yaxlit choksiz, suv o‘tkazmaydigan buyum
olish mumkin (masalan, baliqchilar uchun maxsus kiyimlar).
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Plyonka materiallar haqida ma’lumot bering.
2. Plyonka materiallarning xususiyatlariga nimalar kiradi?
3. Plyonka materiallar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
Eslab qoling!
Plyonka materiallar, polivinilxlorid, polietilen, termostatik, choksiz.
6-§. Bezatuvchi materiallar
Bezatuvchi materiallar jumlasiga jiyaklar, tasmalar, bog‘ichlar, to‘rlar
kiradi. Kiyimlarni bezatishda gazlama, charm, zamsha, mo‘yna, tugma,
marjon va shunga o‘xshash narsalardan foydalaniladi.
Jiyak – eni har xil o‘lchovli gazlamasimon material. U maxsus jiyak
to‘qiydigan dastgohda olinadi. O‘rilishi oddiy, tukli, mayda va yirik gulli
bo‘ladi. Ularni ishlab chiqarishda sun’iy va sintetik kompleks iðlar, paxta,
viskoza, jun, zig‘ir tolalaridan olingan iðlar, spandeks va rezina iðlari,
metallardan olingan iðlar ishlatiladi. Jiyaklar o‘zining tolali tarkibiga ko‘ra,
bir xilda yoki turli tolali tarkibda ishlab chiqarilgan turlarga bo‘linadi.


156
Pardozlanishiga ko‘ra esa oqartirilgan, sidirg‘a rangli, chiðor va guldor bo‘ladi.
Tikuvchilikda ishlatiluvchi jiyaklar ma’lum mustahkamlikka va zichlikka ega,
bir tekis enli, cho‘zilmaydigan milkli, tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lishi
kerak. Oqartirilgan jiyaklar sof oq rangda, sidirg‘a ranglilari esa mustahkam
bo‘yoqli bo‘lishi zarur. Cho‘ziluvchan jiyaklar uchun cho‘ziluvchanlik darajasi
60–70%dan kam bo‘lmasligi lozim.
Tikuvchilikda ishlatiladigan jiyaklar 3 guruhga bo‘linadi:
1. Taqab tikiladigan jiyaklar.
2. Qo‘shimcha bezatish uchun ishlatiladigan jiyaklar.
3. Bezatuvchi jiyaklar.
Taqab tikiladigan jiyaklar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Bort jiyagi – yarim zig‘ir tolali polotno o‘rilishdagi qattiq jiyak. Eni 9–
12 mm. Bu jiyak bortlarning cho‘ziluvchanligini kamaytirish uchun qo‘yiladi.
Shim jiyagi – shimlarning pochasini mahkamlash uchun ishlatiladi.
U paxta, kapron tolasidan yoki ularning aralashmasidan olinadi. Bir cheti
biroz bo‘rtgan holda to‘qilgani tufayli uning ishqalanishga chidamliligi yuqori
bo‘ladi. Eni 15 mm. O‘rilishi – polotno yoki sarja.
Shim va yubkalarning bel qismini mahkamlash uchun korsaj jiyagi
ishlatiladi. Eni 45–55 mm. U paxta tolasidan polotno yoki mayda gulli
o‘rilishda oqartirilgan, sidirg‘a rangli yoki xom holda ishlab chiqariladi.
Elastik jiyak – paxta tolasiga spandeks yoki rezina iðlarini qo‘shib
polotno, atlas yoki mayda gulli o‘rilishda ishlab chiqariladigan jiyak. Eni
8–22 mm. Ichki va sport kiyimlarida qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha bezatish uchun ishlatiladigan jiyak turkumiga kiruvchi
jiyaklar yirik va mayda gulli o‘rilishda ishlab chiqariladi. Turli bo‘yoqlardan
foydalanib pardozlanadi. Eni 25–30 mm. Ichki kiyimlarning chetlarida,
yelka bog‘ichlarida, sport kiyimlarida ishlatiladi.
Bezatuvchi jiyaklar jumlasiga bosh kiyimlarni, har xil milliy kiyimlarni
bezatuvchi jiyaklar, turli emblemalar va hokazolar kiradi.
Tasmalar ham kiyimlarni bezatish uchun ishlatiladi. Ular trikotaj usulida
yoki chirmalash usulida ishlab chiqariladi. Chirmalangan tasmalar maxsus
chirmalash mashinalarida, trikotaj usulida uzunasiga to‘qiydigan trikotaj
mashinalarida ishlab chiqariladi. Buning uchun turli tolali tarkibga ega iðlar,
jumladan, paxta, viskoza, sintetik tolalar va ularning aralashmalaridan olingan
iðlar qo‘llaniladi. Tasmalar o‘zining tashqi ko‘rinishiga ko‘ra silliq, ko‘z-
ko‘z teshikchali tuzilishda, bo‘rtma bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik bezak uchun
ishlatiluvchi tasmalarning chetlari to‘lqinsimon, tishli va hokazo ko‘rinishda
bo‘ladi. Chirmalangan tasmalarning cho‘ziluvchanligi katta bo‘lganligi tufayli
ular ma’lum ko‘rinishga ega bo‘lgan buyumlar qismlarini g‘ijimlamasdan
bezata oladi. Tasmalarning bosh kiyimlarni bezatish uchun, eshik pardalarining
shokilalari uchun elastik bezak turlari keng qo‘llaniladi.
Bog‘ichlar – dumaloq tuzilishdagi iðlarni trikotaj usulida to‘qish, eshish
yoki chirmalash yo‘li bilan olinuvchi to‘qimachilik-attorlik buyumlari.
Bog‘ichlarni ishlab chiqarish uchun paxta, jun, iðak tolalaridan olingan
iðlar yoki kapron, viskoza, lavsan tolali birikkan iðlar ishlatiladi. Iðlarni


157
chirmalashtirib olingan bog‘ichlarning o‘rtasida o‘zak iðlari mavjud bo‘lib,
bular, asosan, yo‘g‘on, pishitilgan paxta tolali iðlardan olinadi. Bu turga “sutaj”
va “sinel” nomli bog‘ichlar kiradi.
Sutaj – qo‘shqavat (sutaj-qayiqcha) va uch qavatli (sutaj-karno) viskoza
iðlaridan olingan bog‘ich. O‘rtasida tikuv mashinalarida tikish uchun chuqur
joy bor. Ayollar va bolalar ko‘ylaklarini bezatishda qo‘llaniladi.
Sinel – diametri 4 mm bo‘lgan yumshoq tukli bog‘ich. O‘rtasida ikkita
paxta iðidan pishitilgan o‘zagi mavjud. Har bir buramiga viskoza tolalari
dasta-dasta holatda kiritib qo‘yilgan. Sinel bolalar va ayollar ko‘ylagini,
shlapalarni bezatish uchun va sun’iy mo‘ynalar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Iðlarni eshish yo‘li bilan olinadigan bog‘ichlarga viskoza, paxta yoki jun
tolali yo‘g‘on tutamlardan olingan, diametri 1,5–6,0 mm li bog‘ichlar kiradi.
Ba’zan ularning tarkibida zarsimon iðlar ham bo‘ladi. Bunday bog‘ichlar
ayollar ko‘ylaklarini, erkaklarning uy kiyimlarini bezatish uchun qo‘llaniladi.
To‘rlar – iðlarni chirmalash, trikotaj to‘qish yoki kashta usulida olinadi.
Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra qo‘lda yoki mashinalarda to‘qilgan turlarga bo‘linadi.
Qo‘lda olinadigan to‘rlar ilmoqlar, kegaylar yoki koklyuchka nomli maxsus
naychalar yordamida olinadi. Koklyuchkalar yordamida olinadigan to‘rlar
oddiy naqshli va murakkab naqshli bo‘ladi. Oddiy naqshli to‘rlar geometrik
shakllardan iborat. Murakkab naqshlilari esa ikki qavatli bo‘ladi: naqshli qavati
va tagi. Ikkala qavati bir paytda to‘qiladi. Mashinalarda olinadigan to‘rlar maxsus
to‘r to‘qish mashinalarida ishlab chiqariladi. Bu mashinalarda to‘rlar trikotaj
yoki gazlama to‘qish hamda iðlarni bir-biri bilan chirmalash usullarida ishlab
chiqariladi. Gazlamalarni to‘qish usulida olinadigan to‘rlarni ishlab chiqarish
uchun uchta ið turkumi ishlatiladi – tanda, arqoq turkumlari va naqsh turkumi.
Bunday to‘rlar yupqa, bo‘rtma va asosli to‘rlarga bo‘linadi. Yupqa to‘rlar qayta
tarash usulida olingan paxta iðidan ishlab chiqariladi va ensiz (valansen) va
enli (malin) turlarga bo‘linadi. Valansenning eni 10–44 mm, malinning eni
esa 45–100 mm ga teng. Bo‘rtma to‘rlar ham ensiz (breton, 10–40 mm) va
enli (brabant, 45–100 mm) bo‘ladi. Bunda naqsh hosil qiluvchi ið yo‘g‘on
bo‘ladi. Asosli to‘rlar qo‘lda to‘qilgan to‘rlarni eslatadi.
Trikotaj usulida olinadigan to‘rlarning naqshi va ko‘rinishi oddiy. Ular
ham ensiz (tating, 15–45 mm) va enli (kroshe, 45–110 mm).
Iðlarni chirmalashtirib olinadigan to‘rlar (bason) paxta yoki jun tolali
iðlardan, sun’iy va sintetik kompleks iðlardan maxsus mashinalarda ishlab
chiqariladi. Ularning naqshi oddiy geometrik shakllardan iborat. Eni 10–
88 mm. Bundan tashqari pardozlanishi sidirg‘a, oqartirilgan yoki chiðor
rangli to‘rsimon matolar ham ishlab chiqariladi.
Kiyim furniturasi. Kiyim furniturasiga tugmalar, ilgaklar, izmalar,
pistonlar, taqilmalar va hokazolar kiradi.
Tugmalar kiyimni bezatish va ilgak yasash uchun ishlatiladi. Tugmalarga
qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagicha: ular mustahkam, suv ta’siriga
chidamli bo‘lishi, sovunli eritmada qaynatilganda tashqi ko‘rinishi,
hoshiyasi, bo‘yog‘i buzilmasligi talab qilinadi. 1,5 m balandlikdan
tashlanganda ham shikastlanmasligi lozim.


158
Ishlatilishiga ko‘ra tugmalar palto, kostum, ko‘ylak, shim, ich
kiyim, bolalar kiyimi va maxsus kiyimlar uchun mo‘ljallangan xillarga
bo‘linadi.
Erkaklar kiyimlari uchun ishlatiladigan tugmalar oddiy ko‘rinishda bo‘ladi.
Paltolar uchun diametri 26–33 mm li, pidjaklar uchun 20–25 mm, nimchalar
uchun 15–17 mm, shimlar uchun 14–17 mm, ko‘ylaklar uchun 10–19
mm li tugmalar ishlatiladi. Ayollar kiyimlarida ishlatiluvchi tugmalarning rangi,
hoshiyasi, o‘lchovi zamonaviylikka bog‘liq bo‘ladi. Odatda, paltolar uchun
30–48 mm li tugmalar, kostum va jaketlar uchun 23–39 mm, ko‘ylaklar
uchun 12 mm, ichki kiyimlar uchun 10–19 mm li tugmalar ishlatiladi.
Shakliga ko‘ra tugmalar dumaloq, sharsimon, oval, yarimoy; sirtining
ko‘rinishiga ko‘ra – silliq va bo‘rtma; rangiga ko‘ra – qora, oq, rangdor,
guldor va boshqa rangli bo‘ladi. Kiyimga mahkamlab qo‘yish usuliga ko‘ra
tugmalar ikki yoki to‘rt teshikli va yo‘nib ochilgan, ko‘rinadigan yoki sim
quloqli, yarmi ko‘rinib turadigan o‘simtali xillarga bo‘linadi.
Tugmalar tayyorlanadigan materiallar (plastmassa, yog‘och, shisha,
metall, suyak va hokazolar)ning xili ham ko‘p. Tugmalarning xossalari
ular tayyorlangan materialning xossalariga bog‘liq.
Aminoplast kukunidan presslab tayyorlangan tugmalar mustahkam, suv
ta’siriga, 80
0
C gacha issiqqa chidamli. Akrilat tugmalar shaffof, mustahkam,
yorug‘lik, suv va sovuq ta’siriga chidamli, rangni oson oladi, lekin issiq
ta’siriga chidamsiz. Sadaf tugmalar jilvalanib turadi, issiqlik, suv, ishqor va
kislota ta’siriga chidamli. Shisha tugmalar har xil rangli va mo‘rt bo‘ladi. Yog‘och
tugmalar suv ta’sirida shishib, shaklini va yaltiroqligini yo‘qotadi. Suyak
tugmalar issiq ta’siriga chidamli, ancha mustahkam, lekin ma’lum vaqt o‘tgach
sarg‘ayib ketadi. Metalldan yasalgan tugmalar ancha mustahkam va kimyoviy
moddalar ta’siriga turg‘un.
Ilgak va izmalar vazifasi va o‘lchovlari jihatidan har xil bo‘ladi. Ustki
kiyimlar va ko‘ylaklar uchun ishlatiladigan ilgak va izmalar po‘lat yoki
mis-rux qotishmalaridan qilingan simdan tayyorlanadi. Ularni zanglanishdan
saqlash uchun lok, bo‘yoqlar, nikel yoki kumush bilan bo‘yaladi.
O‘lchovlari jihatidan ko‘ylaklik ilgak va izmalar quyidagicha nomerlanadi:
¹2 – ilgakning uzunligi 24 mm; ¹3 – 20 mm; ¹5 – 16 mm; ¹6 – 11
mm; ¹7 – 9 mm. Nomeriga qarab ilgaklar mo‘yna po‘stinlari (¹2),
palto va shinellar (¹3), kitel va gimnastyorkalar (¹5), ayollar va bolalar
ko‘ylagiga (¹6 va ¹7) mahkamlab qo‘yish uchun ishlatiladi.
To‘qalar. Shim va nimchalar uchun to‘qalar po‘latdan tayyorlanadi
va loklanadi. Shakli jihatidan bir tomonida ishlari va o‘rtasida ikkita kachagi
bo‘lgan to‘rtburchak shaklli yoki o‘rtasida ikkita tili bo‘lgan to‘rtburchak
shaklli xillari bo‘ladi. Palto, kostum, ko‘ylaklar uchun turli rang, shakl va
o‘lchovli plastmassa yoki yog‘och to‘qalar ishlab chiqariladi.
Pistonlar nikellanib, kumushlanib yoki loklanib ishlab chiqariladi va
ko‘ylak, bluzka, yubka, bolalar buyumlari va bosh kiyimlariga qadash
uchun ishlatiladi. Piston ikkita qismdan iborat. Prujina silliq va qayishqoq
bo‘lishi lozim. Pistonlar 7 va 9 mm li diametrda ishlab chiqariladi.


159
Molniya taqilmasi gazlama to‘qish usulida olingan ikkita bort jiyaklaridan
iborat bo‘lib, jiyaklarda metall yoki plastmassa halqalar joylashadi. Ulardan
tashqari qulfi ham mavjud. Bularning po‘lat detallari nikellanadi, bo‘yaladi
yoki loklanadi. Halqalarning eni 3–10 mm va undan ziyod, taqilmaning
uzunligi 120, 150, 180, 200, 250, 300 mm va undan ortiq bo‘ladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Bezatuvchi materiallarga misollar keltiring.
2. Taqab tikiladigan jiyaklarni izohlang.
3. Tasmalarning qanday turlari mavjud?
4. Kiyim furniturasiga nimalar kiradi?
5. To‘qalarga misol keltiring va izohlang.
Eslab qoling!
Jiyak, bort jiyagi, shim jiyagi, elastik jiyak, bezatuvchi jiyak, tasmalar,
bog‘ichlar, sutaj, sinel, to‘rlar, tugmalar, ilgaklar, to‘qalar, pistonlar, molniya
taqilmasi.
7-§. Kiyim qismlarini biriktiruvchi materiallar
Asosiy biriktiruvchi materiallarga g‘altak iðlar (tikuvchilik iðlari) kiradi.
Tikuvchilik iðlari paxta, zig‘ir, iðak, viskoza, kapron, anid, lavsan, ftorlon,
propilen tola va iðlaridan tayyorlanadi.
Paxta tolali tikuvchilik iðlari. Tikuvchilikda, asosan (80%gacha) paxta
tolalaridan tayyorlangan g‘altak iðlar ishlatiladi. Ular 2, 3, 4, 6, 9 va 12
ta yakka iðlarni pishitib olinadi. Tikuvchilik sanoatida asosan 3 qo‘shimli va
6 qo‘shimli iðlar ishlatiladi. Bu iðlar mustahkamligi, cho‘ziluvchanligi va
bu xossalar tekisligi bo‘yicha ekstra, prima va maxsus savdo markali bo‘ladi.
Yo‘g‘onligiga ko‘ra quyidagi savdo nomerlari bor:
3 qo‘shimlilari – 10, 20, 30, 40, 50, 60, 80, 100;
6 qo‘shimlilari – 10, 20, 30, 40, 50, 60, 80;
9 qo‘shimlilari – 0, 1, 3, 4, 6;
2 qo‘shimlilari – 00.
Paxta tolali iðlarning nomeri tikiladigan gazlamalarning qalinligi va
pardozi, bajaradigan ishiga qarab tanlanadi.
Pardozlanishiga ko‘ra paxta tolali tikuvchilik iðlari xom, qora, oq va
rangli ishlab chiqariladi. Tayyor iðlar sutrang va yaltiroq qilib chiqariladi.
Qattiqligi jihatidan mayin yoki qattiq qilib appretlanadi.
Tikuvchilik sanoati uchun paxta tolali iðlar g‘altaklar yoki qog‘oz
naychalarga o‘raladi. G‘altakli iðlarning uzunligi 200 m, naychalardagi iðning
uzunligi 400, 500, 1000, 2500 va 6000 m bo‘lishi mumkin. Tikuvchilik
iðlarining eshilishi o‘ng yoki chap yo‘nalishda bo‘ladi. Eshilishning yo‘nalishi
tikuv mashinasida qaviq hosil bo‘lish jarayoniga ta’sir qiladi. Eshilishning


160
yo‘nalishi noto‘g‘ri tanlansa, tikuv mashinalarida iðlarning eshilishi
bo‘shashib ketadi va uziladi.
Tikuvchilik iðlarining sifatini ularning mustahkamligi,
cho‘ziluvchanligi, qayishqoqligi, oq iðlar uchun oqlik darajasi, bo‘yoqli
iðlar bo‘yog‘ining mustahkamligi, tashqi ko‘rinishida nuqsonlari
bo‘lmasligi, mustahkamligi va yo‘g‘onligi bo‘yicha bir tekisda bo‘lishi,
eshilishning muvozanatli bo‘lishi tavsiflaydi.
Iðak iðlari. Iðak iðlari tikuvchilikda kamroq ishlatiladi. Ular qimmatbaho
xom iðakni ikki marta pishitib olinadi. Xom iðakning chiziqli zichligi 3,22
yoki 4,56 teks. Pishitilgan iðlar qaynatiladi va oq iðlar oqartiriladi, rangli
iðlar bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi.
Iðak iðlari 9, 13, 18, 33, 65-savdo nomerli qilib ishlab chiqariladi.
Ular g‘altak yoki naychalarga 100, 200, 500, 700 va 1300 m uzunlikda
o‘raladi.
Savdo nomeri 65 va 33 bo‘lgan iðak iðlari ayollar va erkaklar ko‘ylaklari,
ayollar bluzkalarini va boshqa buyumlarni tikishda, nomeri 18 va 13 bo‘lgan
iðlar esa tugma iladigan teshiklarini yo‘rmalashda va tugmalarni buyumga
mahkamlab qo‘yishda ishlatiladi. Tugma teshiklarini qo‘lda yo‘rmalashda,
tugmalarni mahkamlab qo‘yishda, bezak baxyalar uchun yo‘g‘on 3 va 7-
nomerli iðlar ishlatiladi.
Kimyoviy ið va tolalardan olinuvchi tikuvchilik iðlari. Kimyoviy
kompleks iðlar va tolalardan olinuvchi tikuvchilik iðlarining turlari yildan
yilga ko‘paymoqda.
Kimyoviy tolalardan birikkan, shakldor, o‘zakli armaturalangan;
shtapel tolalaridan olingan, tiniq va suvda eriydigan tikuvchilik iðlari ishlab
chiqariladi.
Birikkan tikuvchilik iðlari viskoza, poliamidli, poliefirli va boshqa
kompleks ið turlaridan olinadi. Viskoza iðlar tugma teshiklarini yo‘rmalashda
tabiiy iðakdan olingan iðlar o‘rniga ishlatiladi.
Sintetik gazlamalar, charm, plyonka qoplamali gazlamalardan tikiladigan
buyumlarni tikishda savdo nomeri 50-K deb belgilangan kapron birikkan
iðlar ishlatiladi. Paxta tolali iðlarga nisbatan ularning mustahkamligi,
ishqalanishga chidamliligi ancha katta, lekin ular issiqqa chidamaydi. Minutiga
2000–2200 qaviq hosil qilib tikilganda igna teshigiga ishqalanib eriydi va
uziladi.
Lavsan birikkan iðlar kapron iðlarga nisbatan issiqqa chidamliroq bo‘ladi.
Ularni minutiga 3000 qaviq hosil qilib tikkanda ham ishlatsa bo‘ladi. Biriktirma
choklarni hosil qilishda savdo nomerlari 22-L, 33-L, 55-L va 90-L bo‘lgan,
bo‘rtma choklar uchun esa 4 va 7-nomerli lavsan iðlar ishlatiladi.
Kislota va boshqa kimyoviy moddalar ta’siridan saqlovchi maxsus kiyim-
larni tayyorlaganda vinilon, ftorlon va propilen tolali birikkan iðlar ishlatiladi.
Meron, melan, elastik shakldor iðlarni pishitib tikuvchilik iðlari ham
olinadi. Bu iðlar mayinligi, yuqori cho‘ziluvchanligi bilan ajralib turadi va
bo‘rtma choklarda hamda trikotaj matolardan ko‘ylaklar va ichki kiyimlar
tayyorlashda qo‘llaniladi.


161
Armaturalangan tikuvchilik iðlarining o‘rtasida joylashgan birikkan
kimyoviy ið atrofida paxta yoki polinoz eshilib qo‘yilgan. Ular 65 LX, 50
LX, 44 LX, 40 LX, 33 LX, 30 LX, 26 LX, 20 LX deb belgilanadi va
yuqori mustahkamligi va issiq ta’siriga turg‘unligi bilan tavsiflanadi. Bu
iðlar kiyimlarni tayyorlashda paxta tolali iðlar o‘rnida ishlatiladi.
Ustki kiyimlarni va trikotaj matolardan tikiladigan buyumlarni
tayyorlashda viskoza, polinoz, lavsan va kapron shtapel tolalaridan olinuvchi
tikuvchilik iðlari ishlatiladi. Bu iðlarning tashqi ko‘rinishi paxta tolali iðlarni
eslatadi, lekin ular mayinligi, mustahkamligi, issiqqa turg‘unligi bilan
paxta tolali iðlarlan ancha yaxshi.
Oxirgi paytda kapron yakka iðidan olinuvchi tiniq tikuvchilik iðlari
(xameleon) keng tarqaldi. Ularning yo‘g‘onligi 0,09–0,15 mm ga teng. Bu
iðlarning afzalligi ular biriktiriladigan materiallarning rangini oladi.
Vaqtincha choklarni hosil qilish uchun suvda eriydigan iðlardan
foydalaniladi. Bu iðlar namlab-isitib ishlov berganda va buyumlarni kimyoviy
tozalashda butunlay eriydi. Ular polivinil spirtidan olinadi.
Vaqtincha choklarni hosil qilganda paxta tolali pishitilgan xom iðlardan
ham foydalansa bo‘ladi. Bunda 15,4 teks x 3; 18,5 teks x 3; 20,8 teks x 3; 25
teks x 3; 37 teks x 3 yo‘g‘onlikdagi iðlar ishlatiladi.
Yelimlab biriktiruvchi materiallar. Tikuvchilikda kiyim qismlarini yelimlab
biriktirish usuli ham qo‘llaniladi. Buning uchun suyuq va pastasimon
yelimlardan, yelim kukunidan, plyonkalar, plyonkasimon iðlardan, oraliq
gazlamalarning bir tomoniga surtilgan yelim qoplamasidan foydalaniladi.
Yelimlab biriktirish tikuvchilik buyumlarining sifatini yaxshilaydi, ishlab
chiqarishni mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi, bir buyumga
sarflangan mehnat miqdorini kamaytiradi.
Yelimlab biriktiruvchi materiallarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan
iborat:
1. Yelim material sirtida mustahkam yopishib turishi kerak.
2. Yelim qatlamining qayishqoqligi yetarli darajada bo‘lishi lozim.
3. Yelim tarkibida odam organizmiga zararli ta’sir qiladigan moddalar
bo‘lmasligi shart.
4. Turli tashqi omillar ta’sirida yelimning tuzilishi va xususiyatlari
yomonlashmasligi kerak.
5. Yelimlash jarayonlari oson va xavfsiz o‘tishi zarur.
Yuviladigan buyumlar tayyorlashda qo‘llaniladigan yelimlar shaffof
va qayishqoq bo‘lishi bilan birga ular yordamida hosil bo‘lgan choklar
ham mustahkam, egiluvchan va yuvish, dazmollashga chidamli bo‘lishi
kerak. Ustki kiyimlardagi yelimlar kimyoviy tozalashga, sovuqqa chidamli
bo‘lishi lozim.
Tikuvchilikda keng tarqalgan yelimlar jumlasiga poliamid yelimlarini
(PA), yuqori bosimga chidaydigan polietilen (PEVD), polivinilxlorid
(PVX), VF-6 va PVB markali yelimlarni kiritish mumkin.
Poliamid yelimlari yordamida biriktirilgan choklar yetarli mustahkam,
qayishqoq va g‘ijimlanmaydigan bo‘ladi. Lekin ular suvda qaynatishga
11 – Gazlamashunoslik


162
chidamli emas. Shuning uchun bu yelimlar yuvilmaydigan buyumlarda
ishlatiladi. Tikuvchilikda P-54, P-548, P-12 (6/66), P-12 markali yelimlar
qo‘llaniladi. Ularning asosiy xususiyatlari quyidagicha: 150–175
0
C li
haroratda eriydi; cho‘zilishdagi nisbiy uzayishi 300–400 foiz; cho‘zilishdagi
shikastlovchi kuchlanishi 35–50 MPa; egilishdagi shikastlovchi kuchlanishi
18–30 MPa. Dastlab PA yelimlar oraliq materiallarga sidirg‘a qoplama
yoki yo‘l-yo‘l tarzida surkalar edi. Bu esa yelimli birikmani ancha qattiq
qilib, buyumning bug‘ va havo o‘tkazishini pasaytiradi. Endi PA yelimlari
kukun holda gazlama yoki noto‘qima matoning sirtiga solinadi. Yengil oraliq
materiallarni olish uchun kukun donachalarning o‘lchovlari 0,15–0,50
mm, og‘ir oraliq materiallarni olish uchun esa 0,5–0,8 mm bo‘ladi.
Gazlamaning har bir kvadrat metriga 25–30 g kukun to‘g‘ri keladi. Bunday
usulda olingan materiallar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Bort jiyagi. Surp yoki mitkal gazlamalarining bir tomoniga sidirg‘a
yelim qoplamasi qo‘yib, 10–12 mm li jiyaklar tarzida qirqilgan holda
palto va kostumlarning bortlarida zig‘ir tolali hoshiya jiyagi o‘rnida ishlatiladi.
2. Bortovka gazlamasi – bir tomoniga 0,10–0,17 mm qalinlikda yelim
qoplamasi yo‘l-yo‘l tarzida qoplangan zig‘ir tolali bortovka.
3. Viskoza tolali gazlama sirtiga bir-biridan 2–3 mm masofada joylashgan
yo‘l-yo‘l yelim kukunining donachalarini qo‘yib yengil paltolik va kostumlik
gazlamalarga qattiqlik berish uchun ishlatiladigan oraliq material. Shunga
o‘xshash 0,56–0,69 mm qalinlikdagi va yuza zichligi 129–168 g/m

ga teng
bo‘lgan viskoza va lavsan tolalari aralashmasidan olingan gazlamalar ham
ishlatiladi.
4. Ustki kiyimlarning oldini qattiq qilish uchun ko‘p zonali oraliq gazlama
ishlatiladi. Bir-biridan tolalarining tarkibi, qalinligi, o‘rilishi, yuza zichligi
bilan farqlanadigan uch xil – qattiq, oraliq va yumshoq qismi bo‘ladi. Qattiq
qismidagi gazlama ancha zich va qattiq bo‘lib, har xil nisbatdagi viskoza,
paxta va jun tolalaridan iborat aralash iðga tabiiy qillar va sintetik qayishqoq
iðlar qo‘shib ishlab chiqariladi. Gazlamaning qattiqligi oraliq qismidan
yumshoq qism tomon asta-sekin pasayib boradi. Bunday gazlamani bichishni
osonlashtirish uchun qismlar bir-biridan rangli iðlar bilan ajratilgan. Gazlamaga
PA yelim nuqta-nuqta qilib qoplangan.
5. PA yelimlari yordamida noto‘qima matolar asosida bir qator oraliq
materiallari (flizelin, Viva, Syunt va boshqalar) olinadi.
6. Buyumlarning bort va chetlarida P-12-AKR va P-548 markali
poliamiddan olingan, qalinligi 0,3 va 0,5 mm bo‘lgan yakka iðlar va
o‘rgimchak uyiga o‘xshash qilib shakllangan noto‘qima matolar qo‘llaniladi.
Yuqorida tavsiya qilingan materiallardan tashqari boshqa PA yelimli
materiallardan ham foydalaniladi.
Polietilen yelimlar tez-tez yuviladigan buyumlarda ishlatiladi, chunki
ularning yordamida hosil qilingan choklar suv va yuvish ta’siriga chidamli
bo‘ladi. Bu yelimlar 80
0
C ta’sirga chidamli, 108–120
0
C da esa yumshab
ketadi. PEVD yelimlarini gazlamaning butun sirtiga qoplama tarzida qo‘yilsa,
qattiq qat (oraliq) materiallar olinadi. Yarim qattiq oraliq materiallarni


163
olish uchun PEVD donachalari 0,15–0,6 mm li kukun holda ishlatiladi.
Gazlamaning har bir kvadrat metriga 25–30 g kukun qo‘yiladi. Asos sifatida
paxta tolali gazlama (madapolam, mitkal) va jun gazlamalar ishlatiladi.
Shuningdek, PEVD 0,12–0,20 mm qalinlikda plyonka tarzida ham ishlatiladi.
Polivinidxlorid yelimlari qalinligi 0,20–0,25 mm bo‘lgan qattiq plyonka
va pasta tarzida ishlatiladi. Ular yordamida suv ta’siriga chidamli lekin qattiq
choklar hosil qilinadi. Yelimlar xodimlarning maxsus kiyimlarining
qismlarini (mundirlarning yoqalarini, yeng qaytarmalarini) biriktirishda
va daraja belgilarini (pogonlar va hokazo) tayyorlashda ishlatiladi.
BF-6 va PVB yelimlari gazlamaga surtilganda gazlama ularni oson shimib
oladi va quruganda qattiq bo‘lib qoladi. Shuning uchun yelimni surtish
oldidan asos gazlama 110–130 gacha (BF-6 yelimi uchun) va 85–90 gacha
(PVB uchun) namlanadi. Gazlama qurigandan keyin uning sirtida yelimli
plyonka hosil bo‘ladi. BF-6 va PVB yelimlaridan qalinligi 0,1–0,3 mm va
eni 70 sm bo‘lgan plyonka olinadi. Bu plyonka buyum qismlarini biriktirishda
ishlatiladi. Hosil bo‘lgan choklar yetarlicha mustahkam, sovuqqa va kimyoviy
tozalashga chidamli bo‘ladi. Lekin, ular yuvish ta’siriga chidamaydi. Bu esa
yelimning qo‘llash sohalarini cheklaydi.
Buyumlar qismlarini tikuvchilik iðlar va yelimlar yordamida biriktirishdan
tashqari ularni payvandlab ulash ham mumkin. Buning uchun termokontakt
usulli yuqori chastotali toklar va ultratovushlar ishlatiladi. Bu usullar sintetik
tolali gazlama, trikotaj va noto‘qima matolar, plyonkalar, sun’iy charmlardan
olinadigan kiyimlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Paxta tolali tikuvchilik iðlariga misollar keltiring.
2. Iðak iðlari haqida ma’lumot bering.
3. Kimyoviy ið va tolalardan olinuvchi tikuvchilik iðlarini izohlang.
4. Yelimlab biriktiruvchi materiallarni tushuntiring.
Eslab qoling!
Tikuvchilik iðlari, iðak iðlar, kimyoviy iðlar, yelimlab biriktiruvchi
materiallar, polietilen yelimlar, polivinidxlorid yelimlar, BF-6 va PVB
yelimlari.


164
Gazlamashunoslik fanidan test savollari
1. Asosiy materiallarga nimalar kiradi?
A) gazlama, mo‘yna;
B) bortovka;
D) gazlama, trikotaj;
E) porolon;
F) flizelin.
2. Estetik talablar nimaga bog‘liq?
A) narxiga;
B) sifatiga;
D) ko‘rinishiga;
E) havo o‘tkazuvchanligiga;
F) zamonaviylikka.
3. Polimer so‘zining asl ma’nosi...
A) element;
B) xossa;
D) birlik;
E) ko‘p zarracha;
F) barcha javoblar to‘g‘ri.
4. Mikroskopning kattalashtirish darajasi...
A) okular va obyektivning yig‘indisi;
B) okular va obyektivning ko‘rinishi;
D) okular va obyektivning ko‘paytmasi;
E) okular va obyektivning darajasi;
F) okular va obyektivning qaytalanishi.
5. Obyektiv nima?
A)
namuna massasi;
B) linza;
D)
okular;
E) mikrotom;
F) optik tizim.
6. Paxta tolasining asosiy moddasi ...
A) keratin;
B) fibroin;
D) seritsin;
E) mum;
F) selluloza.


165
7. Metallsimon iðlarga qanday iðlar kiradi?
A) voloka, paxta;
B) voloka, jun;
D) voloka, mishura;
E) mishura, iðak;
F) barcha javoblar to‘g‘ri.
8. Uzunligi cheklangan tolalarni yigirish jarayonida bir-biriga burab
olingan mahsulot...
A) yigirilgan ið;
B) kompleks ið;
D)
pishitilgan ið;
E)
hajmdor ið;
F) melanj ið.
9. Bo‘ylamasiga shikastlanmasdan bo‘linmaydigan ið...
A) yakka ið;
B) texnik ið;
D) birikkan ið;
E) kompleks ið;
F) turlangan ið.
10. To‘qimachilik tolalarining yelimlanishi yoki eshilishidan hosil
bo‘lgan ið...
A) tanho ið;
B) teksturlangan ið;
D) kompleks ið;
E) yigirilgan ið;
F) pishitilgan ið.
11. Iðlarning eshilishi qaysi asbobda aniqlanadi?
A) KU-500;
B) DSH-3M;
D) TEV-1;
E) RT-250M;
F) AST-73.
12. Bo‘ylamasiga shikastlanmasdan bo‘linmaydigan tola...
A) yakka tola;
B) texnik tola;
D) birikkan tola;
E) kompleks tola;
F) barcha javoblar to‘g‘ri.


166
13. Pektin moddalari bilan o‘zaro birikkan yakka tolalardan iborat
tola...
A) yakka tola;
B) texnik tola;
D) birikkan tola;
E) kompleks tola;
F) barcha javoblar to‘g‘ri.
14. Sinov yo‘li bilan aniqlangan namlik...
A) kondetsion namlik;
B) me’yoriy namlik;
D) haqiqiy namlik;
E) nisbiy namlik;
F) e’tiborli namlik.
15. Paxta tolasining namligini aniqlash asbobini toping.
A) DSH-3M;
B) AK-2;
D) GV-2;
E) SMT;
F) RM-3-1.
16. To‘qimachilik tola va iðlarining yuqori harorat ta’sirida o‘zining
xossalarini saqlab qolishi...
A) issiqlikka chidamliligi;
B) issiqlikka qarshiligi;
D) issiqlik o‘tkazuvchanligi;
E) alangaga chidamliligi;
F) issiqlikdan kirishish.
17. Iðlarning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish jarayoni...
A) qo‘shish jarayoni;
B) ohorlash jarayoni;
D) yelimlash jarayoni;
E) uzaytirish jarayoni;
F) tandalash jarayoni.
18. Oddiy o‘rilishlarga qanday matolar kiradi?
A) reps, rogojka;
B) reps, atlas;
D) kuchaytirilgan sarja, reps;
E) polotno, kuchaytirilgan sarja;
F) reps, polotno.


167
19. Mayda gulli o‘rilishlarga qanday matolar kiradi?
A) reps, rogojka;
B) reps, atlas;
D) kuchaytirilgan sarja, reps;
E) polotno, kuchaytirilgan sarja;
F) reps, polotno.
20. Noto‘qima matolar necha xil usulda olinadi?
A) biologik, fizik-kimyoviy va aralash usulda;
B) mexanik, biologik va aralash usulda;
C) mexanik, fizik-kimyoviy va aralash usulda;
D) texnik, fizik-kimyoviy va aralash usulda;
E) fazoviy, fizik-kimyoviy va aralash usulda.
21. To‘qish-tikish usulida qanday jarayon amalga oshiriladi?
A) matolarni tikish;
B) tanda va arqoq iðlarni tikish;
D)
tolalar o‘ramini tikish;
E) yelimlash, purkash;
F)
biriktirib olingan matoni yelimlash.
22. Gazlama mustahkamligi qaysi asbob yordamida aniqlanadi?
A) RM-3-1;
B) RT-250M;
C) DKV-60;
D) PK-3;
E) LPS-4.
23. Yemirilish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar...
A) mexanik, fizik-kimyoviy omillar;
B) elektrik, fizik-kimyoviy omillar;
D) mexanik, fazoviy-kimyoviy omillar;
E) mexanik, fizik-elektrik omillar;
F) fazoviy, fizik-kimyoviy omillar.
24. Turli tolalardan olingan trikotaj matolarining ishqalanishga
chidamligini aniqlaydigan asbob...
A) TI-1M;
B) AK-2;
D) AST-73;
E) DSH-3M;
F) TEV-1.


168
25. Gazlamalarning ma’lum sharoitlarda o‘z sirtiga statik elektr
zaryadlarini to‘plash xususiyati...
A) oppoqlik;
B) tiniqlik;
D) elektrlanuvchanlik;
E) solishtirma elektr qarshiligi;
F) tovlanuvchanlik.
26. Materiallar o‘lchovlarining kichrayishi...
A) musbat kirishish;
B) manfiy kirishish;
D) majburiy kirishish;
E) turli xil kirishish;
F) barcha javoblar to‘g‘ri.
27. Batist gazlamasining yuza zichligi qanchaga teng?
A) 50–100 g/m
2
;
B) 68–75 g/m
2
;
D) 50–80 g/m
2
;
E) 30–100 g/m
2
;
F) 20–100 g/m
2
.
28. Zig‘ir tolali gazlamalarning necha foizi maishiy gazlamalar
hisoblanadi?
A) 34 foizi;
B) 15 foizi;
D) 77 foizi;
E) 67 foizi;
F) 28 foizi.
29. Tukli gazlamalarga qanday gazlama kiradi?
A) satin;
B) chit;
D) drap;
E) atlas;
F) baxmal.
30. Krepdeshin materialidagi tanda iðida qanday mahsulotdan
foydalaniladi?
A) jun tola;
B) tabiiy iðak;
D) birikkan tola;
E) kompleks tola;
F) paxta tola.


169
31. Trikotaj matolaridan necha turdagi mahsulotlar ishlab
chiqariladi?
A) ichki va ustki trikotaj matolari;
B) palto va paypoqlar ishlab chiqarish uchun;
D) kostumlik matolar;
E) bosh kiyimlar va paltolik matolar;
F) ko‘ylaklik matolar.
32. Ichki kiyimlar tikish uchun qanday matolar ishlatiladi?
A) ko‘ndalang va bo‘ylama to‘qilgan matolar;
B) ko‘ndalang to‘qilgan matolar;
D) bo‘ylama to‘qilgan matolar;
E) kompleks matolar;
F) barcha javoblar to‘g‘ri.
33. Vasilyok matosida necha foiz paxta tolasi ishlatiladi?
A) 45 foiz;
B) 75 foiz;
D) 25 foiz;
E) 56 foiz;
F) 50 foiz.
34. Marishka matosi nima maqsadda ishlatiladi?
A) kostumlar uchun;
B) paltolar uchun;
D) ayollar bluzkalari uchun;
E) ayollar shimi uchun;
F) erkaklar va ayollar ko‘ylagi uchun.
35. Sarja o‘rilishdagi astarlik materiallarda necha foiz paxta tolasi
ishlatiladi?
A) 70 foiz;
B) 33 foiz;
D) 45 foiz;
E) 44 foiz;
F) 67 foiz.
36. Qat materiallarning asosiy vazifasi nimadan iborat?
A) uzunligini oshirish;
B) yo‘g‘onligini oshirish;
D) hajmini oshirish;
E) massasini oshirish;
F) shakl berish.


170
37. Filz matosida necha foiz jun tolasi ishlatiladi?
A) 25 foiz;
B) 65 foiz;
D) 34 foiz;
E) 70 foiz;
F) 40 foiz.
38. Issiqlikni saqlovchi material sifatida nimadan foydalaniladi?
A) momiq paxta;
B) kapron;
D) zig‘ir;
E) jun va kanop;
F) kanop va momiq paxta.
39. Qo‘shqavat materiallar qanday bo‘ladi?
A) ko‘p tomonli;
B)
turli xil;
D)
bir tomonli;
E)
ikki tomonli;
F)
bir va ikki tomonli.
40. Trikotaj asosida porolon qavatining qalinligi necha mm?
A) 10 mm;
B)
22 mm;
D) 14 mm;
E)
2,5 mm;
F) barcha javoblar to‘g‘ri.
41. Tikuvchilikda qanday plyonka materiallaridan foydalaniladi?
A) gazlamalar va polietilen;
B) iðlar va polietilen;
D) polvinilxlorid va polietilen;
E) polvinilxlorid va iðlar;
F) barcha javoblar to‘g‘ri.
42. Plyonkada to‘ldiruvchi moddalar qanday maqsadda ishlatiladi?
A) uzunligini oshirishda;
B) mustahkamligini oshirishda;
D) qalinligini oshirishda;
E) bikrligini oshirishda;
F) ingichkaligini oshirishda.
43. Bezatuvchi materiallarga nimalar kiradi?
A) ko‘ylaklar, tasmalar;


171
B) jiyaklar, tasmalar;
D) jiyaklar, tugmalar;
E) plyonkalar, tasmalar;
F) flizelinlar, tasmalar.
44. Elastik jiyakning eni qancha bo‘ladi?
A) 18–22 mm;
B) 10–18 mm;
D) 8–22 mm;
E) 11–19 mm;
F) 15–21 mm.
45. Tikuvchilikda g‘altak iðlari ishlab chiqarishda necha foiz paxta
tolasidan foydalaniladi?
A) 100 foiz;
B) 90 foiz;
D) 80 foiz;
E) 70 foiz;
F) 50 foiz.
46. Tikuvchilik sanoatida necha qo‘shimli iðlar ishlatiladi?
A)
3 va 6 qo‘shimli;
B)
1 va 5 qo‘shimli;
D) 1 va 6 qo‘shimli;
E)
3 va 12 qo‘shimli;
F)
3 va 8 qo‘shimli.


172
ADABIYOTLAR
1. Abbasova N.G., Mahkamova Sh.M., Ahmådov B.B., Ochilov T.A.
Yengil sanoat mahsulotlari matårialshunosligi. T., «Aloqachi», 2005.
2. Áóçîâ Á.À. è äð. Ìàòåðèàëîâåäåíèå øâåéíîãî ïðîèçâîäñòâà. Ì.,
Ëåãïðîìáûòèçäàò, 1986.
3. Áóçîâ Á.À. è äð. Ëàáîðàòîðíûé ïðàêòèêóì ïî ìàòåðèàëîâåäåíèþ
øâåéíîãî ïðîèçâîäñòâà. Ì., Ëåãïðîìáûòèçäàò, 1991.
4. Êèðþõèí Ñ.Ì., Ñîëîâüåâ À.Í. Êîíòðîëü è óïðàâëåíèå êà÷åñòâîì
òåêñòèëüíûõ ìàòåðèàëîâ, (1,2,3,4-÷.). Ì., 1977.
5. Êîáëÿêîâ À.È., Êóêèí Ã.Í., Ñîëîâüåâ À.Í. è äð. Ëàáîðàòîðíûé
ïðàêòèêóì ïî òåêñòèëüíîìó ìàòåðèàëîâåäåíèþ, (1,2,3,4-÷.). Ì., 1986.
6. Êóêèí Ã.Í., Ñîëîâüåâ À.Í., Êîáëÿêîâ À.È. Òåêñòèëüíîå
ìàòåðèàëîâåäåíèå (âîëîêíà è íèòè), (1, 3, 4-÷.). Ì., 1989.
7. Ìàëüöåâà Å.Ï. Øâåéíîå ìàòåðèàëîâåäåíèå. M.,Ëåãïðîìáûòèçäàò,
1986.
8. Matmusayev U.M. Poya po’stlog’idan olinuvchi tolalar. O’quv qo’llanma.
T., TTYSI, 1992.
9. Matmusayev U.M., Qulmatov M.Q., Ochilov T.A., Rahimov F.X., Jo’rayev
Z.B. Materialshunoslik. T., “Ilm Ziyo”, 2005.
10. Ìåòîäû è ïðèáîðû îöåíêè ïîòðåáèòåëüñêèõ è ýêñïëóàòàöèîííûõ
ñâîéñòâ øåðñòÿíûõ èçäåëèé. Ì., ÖÍÈÈÒÝÈëåãïðîì, 1972.
11. Ochilov T.A., Abbasova N.G., F.J.Abdullina, Abdulniyozov Q.I.
Gazlamashunoslik. T., 2003.
12. Îchilîv T.A., Qulmatîv M.Q., Abdullina F.J. V 540600 “Yångil
sanîat mahsulîtlari tåxnîlîgiyasi” yo’nalishi bakalavrlari uchun “Yångil
sanîat mahsulîtlari matårialshunîsligi” fani bo’yicha ma’ruzalar matni.
T., TTYSI, 1999.
13. Ñîëîâüåâ À.Í., Êèðþõèí Ñ.Ì. Îöåíêà êà÷åñòâà è ñòàíäàð-
òèçàöèÿ òåêñòèëüíûõ ìàòåðèàëîâ. Ì., Ëåãêàÿ èíäóñòðèÿ, 1974.
14. Òîëêóíîâà Í.Ì., ×åðíîâ Å.Í., Ãîí÷àðîâà È.Å. Èñïûòàíèå
òåêñòèëüíûõ ìàòåðèàëîâ, (1,2-÷.). Ì., Ëåãïðîìáûòèçäàò, 1993.


173
MUNDARIJA
Kirish .............................................................................................. 3
I BOB. TOLALARNING OLINISHI VA TUZILISHI
1-§. Tolalarning tasnifi ..................................................................... 5
2-§. Tolalarning kimyoviy tarkibi ..................................................... 8
3-§. Yorug‘lik mikroskopi .............................................................. 13
4-§. Tabiiy tolalarning olinishi va tuzilishi ..................................... 15
5-§. Kimyoviy tolalarning olinishi, tuzilishi va xossalari .............. 19
II BOB. IÐLARNING TUZILISHI VA XOSSALARI
1-§. Yigiruv jarayoni bo‘yicha umumiy ma’lumotlar .................... 28
2-§. To‘qimachilik iðlarining tuzilishi ........................................... 31
3-§. To‘qimachilik iðlarining chiziqli zichligini aniqlash .............. 37
4-§. To‘qimachilik iðlarining eshilganligi va eshilishdagi
qisqarishi ............................................................................... 39
5-§. To‘qimachilik iðlarining tukdorligi ......................................... 47
6-§. To‘qimachilik iðlarining nuqsonlari ....................................... 51
III BOB. TIKUVCHILIK MATERIALLARINING
SIFATINI BAHOLASH
1-§. Tikuvchilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlari .................... 54
2-§. Tikuvchilik materiallari sifatini baholash usullari ................... 56
3-§. Tikuvchilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini
tanlash va tasniflash ................................................................ 58
4-§. Tikuvchilik materiallari sifat ko‘rsatkichlarini
ekspert baholash ..................................................................... 61
IV BOB. TO‘QIMACHILIK TOLA VA IÐLARINING
FIZIK XOSSALARI
1-§. Tola va iðlarning gigroskopik xossalari ..................................... 67
2-§. Tola va iðlarning issiqlik xossalari ............................................ 72
3-§. Tola va iðlarning optik xossalari ............................................... 75
4-§. Tola va iðlarning elektr xossalari ............................................. 80
V BOB. TIKUVCHILIK MATERIALLARINING
TUZILISHI
1-§. To‘quvchilik jarayoni bo‘yicha umumiy ma’lumotlar ............ 84


174
2-§. Tikuvchilik gazlamalarining tuzilishi va o‘rilishlari ................. 88
3-§. Trikotaj matolarning tuzilishi va tarkibi .................................. 94
4-§. Noto‘qima matolarni ishlab chiqarish usullari ..................... 101
VI BOB. TIKUVCHILIK GAZLAMALARINING
XUSUSIYATLARI
1-§. Tikuvchilik gazlamalarining mexanik xususiyatlari ............... 105
2-§. Tikuvchilik gazlamalarining egilish deformatsiyasiga boq’liq
xususiyatlari ......................................................................... 109
3-§. Tikuvchilik gazlamalarining yemirilishga chidamliligi .......... 113
4-§. Tikuvchilik gazlamalarining fizik xossalari ............................ 115
4.1-§. Shimish .............................................................................. 116
4.2-§. O‘tkazuvchanlik .................................................................. 116
4.3-§. Issiqni saqlash xususiyatlari ............................................... 119
4.4-§. Optik xossalar .................................................................... 120
5-§. Tikuvchilik gazlamalarining kirishishi .................................. 122
VII BOB. TIKUVCHILIK MATERIALLARINING
ASSORTIMENTI VA NAVINI ANIQLASH
1-§. Tikuvchilik materiallarining assortimenti ............................. 125
1.1-§. Paxta tolali gazlamalar assortimenti................................... 126
1.2-§. Zig‘ir tolali gazlamalar assortimenti ................................ 132
1.3-§. Iðak gazlamalar assortimenti ............................................. 133
1.4-§. Jun gazlamalar assortimenti .............................................. 137
1.5-§. Trikotaj matolar assortimenti ........................................... 140
1.6-§. Noto‘qima matolar assortimenti ....................................... 141
2-§. Tikuvchilik gazlamalarining navini aniqlash......................... 143
VIII BOB. BOSHQA KIYIMLIK MATERIALLAR
1-§ Astarlik materiallar ............................................................... 148
2-§. Qat sifatida ishlatiluvchi materiallar ..................................... 149
3-§. Kiyimlarning issiqligini saqlaydigan materiallar ................. 150
4-§. Qo‘shqavat (biriktirilgan) materiallar ................................. 152
5-§. Plyonka materiallar ............................................................... 154
6-§. Bezatuvchi materiallar ......................................................... 155
7-§. Kiyim qismlarini biriktiruvchi materiallar .......................... 159
Gazlamashunoslik fanidan test savollari ...................................... 164
Adabiyotlar ................................................................................. 172


175
T. A. OCHILOV,
N. G. ABBASOVA,
F. J. ABDULLINA,
Q. I. ABDULNIYOZOV
GAZLAMASHUNOSLIK
Kasb-hunar kollejlari uchun darslik
Ikkinchi 
nashri
«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2010
Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010
Muharrir H. Alimuhamedova
Badiiy muharrirlar A. Burhonov. A. Delyagina
Tex. muharrirlar M. Olimov, Ye. Tolochko
Dizayner U. Sapayev
Bosishga ruxsat etildi 15.07.2010. Bichimi 84
N
108
1
/
32
. Ofset qog‘ozi.
Tayms UZ garniturasi. Shartli b.t. 9,24. Nashr b.t. 10,9. Shartnoma
¹ 59—2010. 887 nusxada. Buyurtma ¹ 655.
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining Cho‘lpon nomidagi
nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 100129, Toshkent, Navoiy ko‘chasi,
30- uy.
«Shoakbar» xususiy ilmiy ishlab chiqarish tijorat firmasi bosmaxonasida
chop etildi. 100031, Toshkent, To‘g‘on Rejametov ko‘chasi, 1 a.


BBK 37.230ya722
Gazlamashunoslik: kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari
uchun darslik/ T.A.Ochilov [va boshq.]; O‘zR Oliy va
O‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’limi markazi. – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2010. – 176 b.
I. Ochilov, To‘lqin Ashurovich
G 14

Download 6,51 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish