109
2-§. Tikuvchilik gazlamalarining egilish deformatsiyasiga
bogliq xususiyatlari
Tikuvchilik gazlamalari uchun ahamiyatliligi boyicha egilish defor-
matsiyasi chozilish deformatsiyasidan keyingi orinda turadi.
Gazlamalarga tasir etuvchi kuchning miqdori katta bolmasa-da, oz
vazni tasirida ham osongina egiladi. Egilish deformatsiyasiga bogliq
xususiyatlar gazlamalarning bikrligi, burmadorligi va gijimlanmasligidan
iborat.
Toqimachilik gazlamalarning egili-
shidagi bikrligi deb ularning egilganda oz
shaklini ozgartirishiga qarshilik korsa-
tish xususiyatiga aytiladi. Gazlamalar-
ning bikrligi ularni hosil qiluvchi tolalar
va iðlar tuzilishiga va xususiyatlariga,
pardozlash turiga, iðlarning zichligi va
orilishiga bogliq. Oz navbatida gazla-
malarning bikrligi bichish jarayoniga
tasir etadi. Bikrlikni aniqlaydigan us-
kunalar 2 guruhga bolinadi:
1. Gazlamalarni taqsimlangan kuch
tasirida egadigan uskunalar.
2. Gazlamalarni bir joyga yigilgan
kuch tasirida egadigan uskunalar.
Birinchi guruhga PT-2 markali
uskuna kiradi (50-rasm).
Kondalang holatdagi plastinka
ustiga namuna yuk yordamida mahkam-
lab qoyilgach plastinkalar soatli mexanizm yordamida pastga qarab ohista
tushadi. Plastinkalar boylama holatga kelganda namuna malum miqdorda
egiladi. Egilishning miqdori uskunaning korsatkichidan yozib olinadi.
Toqimachilik gazlamasining shartli bikrligi B
sh
(mkN·sm
2
) quyidagi
formula yordamida hisoblanadi.
42046