Gazlamashunoslik kopi p65




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana19.01.2024
Hajmi6,51 Mb.
#140859
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Gazlamashunoslik

s
h
Ê
h
=
=
(94)
bu yerda: h – namuna tiklangan-
dan keyingi burmaning balandligi,
mm; 20 – metall plastinkaning eni,
mm.
Ikkinchi guruhga NSTP markali
asbob kiradi. Bu asbobda uning maxsus
moslamalari yordamida namuna
silindr shakliga keltiriladi va qisqich orqali yuklanadi. Namunada tartibsiz
g‘ijimlar paydo bo‘ladi. Yukni olgandan keyin namuna tiklanadi. Tiklangan
namunaning balandligi (h
0
) namunaning dastlabki badandligiga (h
g
) nisbati
gazlamaning g‘ijimlanmasligini ko‘rsatadi:
0
h
g
h
Ê
h
=
(95)
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Bikrlik va uni aniqlash usuli nima?
2. Burmadorlik va uni aniqlash usulini tishuntiring.
3. G‘ijimlanuvchanlik nima va uni aniqlash usulini ayting.
4. Nisbiy egilishni hisoblash formulasini bering.
5. Materialning egilishi qanday aniqlanadi?
6. G‘ijimlanmaslik ko‘rsatkichi formulasini bering.
7. G‘ijimlanuvchanlik koeffitsienti formulasini aytib bering.
Eslab qoling!
Bikrlik, egilish, nisbiy egilish, g‘ijimlanuvchanlik, g‘ijimlanmaslik, pardoz,
tovlanuvchanlik, teksturlangan iðlar, burmadorlik, diskli usul,
burmadorlik koeffitsienti.
54-rasm. Materiallarning
g‘ijimlanmasligini aniqlash usuli:
1–asos; 2–murvat;
3–tenglashtirish darajasi;
4–shkala; 5–ustun; 6–qis-qich;
7–murvat; 8–egilgan qirqim;
9–ko‘rsatkich; 10–qirqim;
11–linza.
1
2
3
8
11
10
9
7
6
5


113
3-§. Tikuvchilik gazlamalarining yemirilishga
chidamliligi
Tikuvchilik gazlamalarining uzoq vaqt davomida yemiruvchi omillarga
qarshilik ko‘rsatish qobiliyati ularning yemirilishga chidamliligi deb ataladi.
Tikuvchilik gazlamalarini ishlab chiqarish va pardozlash jarayonlarida,
ulardan buyumlar tayyorlaganda, ayniqsa, buyumlarni ishlatganda
gazlamalarning tuzilishi o‘zgaradi va xususiyatlari asta-sekin yomonlashadi.
Bu jarayon gazlamalarning eskirishi deb ataladi. Eskirish natijasida
gazlamalar yemiriladi. Gazlamaning sirti butunlay yemirilsa, bunday
yemirilish umumiy yemirilish deb ataladi. Gazlamaning sirti qisman
yemirilsa, bu holatdagi yemirilish joydagi yemirilish deb ataladi. Umumiy
yemirilish buyumlarni butkul ishdan chiqaradi.
Yemirilish jarayonida gazlamalarga ta’sir etuvchi omillar quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
1. Mexanik omillar.
2. Fizik-kimyoviy omillar.
3. Biologik omillar.
4. Kompleks yoki aralashma omillar.
Mexanik omillarga ishqalanishda yeyilish va takrorlangan deformatsiyalar
natijasida charchash jarayoni kiradi. Yuqorida aytilganidek, charchash natijasida
gazlamalarning tuzilishi o‘zgaradi va buyumlar o‘z shaklini yo‘qotadi,
xususiyatlari yomonlashadi va ular yemiriladi. Bunday yemirilishda
gazlamalarning vazni deyarli o‘zgarmaydi. Ishqalanish ta’sirida gazlamalarning
massasi ancha o‘zgaradi. Bu o‘z navbatida ularning mustahkamligini kamayishiga
olib keladi.
Fizik-kimyoviy omillarga ob-havo ta’siri, ya’ni havo harorati, nisbiy
namligi, quyosh, ultrabinafsha nurlarning ta’siri hamda buyumlar yuvilganda
yuvish eritmasining tarkibi, kimyoviy usulda tozalashda kimyoviy modda-
larning ta’siri va hokazolar kiradi.
Biologik omilarga har xil bakteriyalar, mikroorganizmlar, zamburug‘lar,
hasharotlar (kuyalar) ta’siri kiradi. Foydalanish jarayonida ta’sir etuvchi
omillarning turi undan tayyorlangan buyumning xiliga va foydalanish sharoitiga
bog‘liq. Masalan, ichki kiyimlar ko‘p yuvilgandan so‘ng yemiriladi. Deraza
pardalarining yemirilishiga yorug‘lik, quyosh nurlari, havo harorati va nisbiy
namligi, havodagi chang miqdori va hokazolar ta’sir etadi.
To‘qimachilik gazlamalarining yemirilishi, asosan, ishqalanish ta’siri
natijasida bo‘ladi. To‘qimachilik gazlamalarining ishqalanishga chidamliligi
ularning tola tarkibiga, sirtining tuzilishiga bog‘liq.
Dastlab gazlamaning sirtiga chiqib turgan tola uchlari ishqalanish
ta’sirida bo‘ladi. Gazlamadagi iðlarning bukilgan joylarida chiqib turgan
tolalar yemirila boshlaydi. Tola sirtining ba’zi joylari shikastlanadi va tolalar
uziladi. Ayrim tolalar yoki tola qismlari ið tarkibidan chiqqani tufayli
iðlar ham uziladi. Gazlamalarning sirtiga chiqib turgan iðlarning bukilgan
joylari ishqalanish ta’sirida birinchi bo‘lib yemiriladi. Bu joylar
8 – Gazlamashunoslik


114
gazlamaning tayanch sirti deb ataladi, ya’ni gazlamaning tayanch sirti
qancha katta bo‘lsa, uning yemirilishga chidamliligi ham shuncha yaxshi
bo‘ladi. Shu bilan birga trikotaj hosil qiluvchi iðlar ishqalanib uzilganda
gazlamaning o‘rilishiga ko‘ra halqa ustunchalaridagi yoki qatoridagi halqalar
biri-biridan chiqadi va gazlamaning tuzilishi buziladi. Ishqalanish jarayonida
gazlamaning tolalar o‘ramidagi tolalar bir-biri bilan yaxshi
biriktirilmaganligi sababli gazlama tuzilishi buziladi, tolalarni tikib
biriktirgan iðlar ishqalanadi va yemiriladi.
Gazlamaning ishqalanishdagi yemirilishi, odatda pilling paydo
bo‘lishidan boshlanadi. Buyumning eng ko‘p ishqalanadigan joylarida
chigallashgan tolalardan yumshoq to‘pchalar – pilling hosil bo‘ladi. Avval
tolalarning uchlari gazlama sirtiga chiqadi va ular chigallashadi.
Chigallashganda ba’zi tolalar gazlama tuzilishidan chiqib ketadi. Keyinchalik
pillingdagi tolalar gazlama sirtidan uzilib tushadi. Natijada, gazlamaning
qalinligi kamayadi va u osongina yemiriladi.
Gazlamaning ishqalanishga chidamliligini aniqlovchi asboblarni uch
guruhga bo‘lish mumkin:
1. Gazlamaga faqat ishqalanish ta’sirini bajaruvchi asboblar.
2. Gazlamaga bir yo‘la cho‘zilish, egilish va ishqalanish ta’sirini baja-
ruvchi asboblar.
3. Gazlamaga g‘ijimlash va ishqalanish ta’sirini bajaruvchi asboblar.
Gazlamaning turiga ko‘ra ishqalanish mayda tishli metall sirtlar, qayroq
toshlar, dag‘al junli movut, kapron yakka tolasidan tayyorlangan cho‘tka va
hokazolar yordamida o‘tkaziladi. Ishqalatuvchi sirt namunaning butun sirtiga
yoki uning qismiga ta’sir etib, ilgarilanma-qaytma yoki aylanma harakatda
bo‘ladi. Sinovlarni o‘tkazish uchun TI-1M markali asbob keng qo‘llaniladi.
TI-1M asbobida (55-rasm) turli tolalardan olingan trikotaj gazlama-
larning ishqalanishga chidamliligi aniqlanadi.
Ishqalatuvchi sirt sifatida qayroqtosh yoki dag‘al junli movut
ishlatiladi. Uning ostidagi uchta ishchi qismga namunalar mahkamlab
qo‘yiladi. Namunalar ishqalatuvchi sirtga tegishi uchun ishchi qismning
bo‘shlig‘iga siqiq havo beriladi. Uning
ta’sirida ishchi qismning rezinali
oralig‘i ko‘tariladi va namunani
ishqalatuvchi sirtga yaqinlashtiradi.
Ishqalatish sirti va ishchi qismlar bir
tomonga aylanishi tufayli namunalarda
betartib ishqalanish yuzaga keladi.
Ishqalanish yumshoq rezina asosida
o‘tgani uchun bu asbobdagi sinov
sharti gazlamaning odam badanida
ishqalanish shartiga yaqin bo‘ladi. Ishchi
qismlarining bitta aylanishi bitta
ishqalanish davri deb hisoblanadi.
55-rasm. TI-1M asbobining
tuzilishi:
1–disk; 2–boshchasi;
3–namuna.
2
1
3


115
Gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi sinov boshlanganidan
namunada teshik paydo bo‘lgunicha ishqalanish davrlar sonining
miqdori bilan tavsiflanadi. Bu asbobda namunalarga ma’lum miqdorda
ishqalanish davrlarni berish mumkin.
Bu holda gazlamaning ishqalanishga chidamliligini baholash uchun
uning biror xususiyatining (massasi, mustahkamligi, qalinligi va hokazo)
o‘zgarishi aniqlanadi.
Demak, gazlamalarning ishqalanishga chidamliligini baholash uchun
bir nechta ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin:
1. Ishqalanishdan keyin gazlamani biror xususiyatining o‘zgarishi.
2. Sinov boshlangandan gazlamada teshik paydo bo‘lguncha o‘tgan
ishqalatish davrlarining sonli miqdori.
3. Sinov boshlangandan gazlamada teshik paydo bo‘lguncha sarflangan
vaqt miqdori.
Nazorat savollari va topshiriqlar:
1. Tikuvchilik materiallarining yemirilishi deganda nimani tushunasiz?
2. Yemirilishga ta’sir etuvchi qanday omillar mavjud?
3. Tikuvchilik matolarining ishqalanishi deganda nima tushuniladi?
4. Tikuvchilik matolarining elektrlanuvchanligini pasaytiruvchi qanday
usullar mavjud?
5. Tikuvchilik matolarining ishqalanishga chidamliligini aniqlash usulini
aytib bering.
Eslab qoling!
Yemirilish, fizik-kimyoviy, mexanik, biologik, aralashma, sinash uchun
namuna tanlash, sinash sharoitini tanlash, sinash davrida kuzatish,
sinash natijalarini qayta ishlash.
4-§. Tikuvchilik gazlamalarining
fizik xossalari
Fizik xususiyatlar gazlamalarning gigroskopikligi, havo va bug‘
o‘tkazuvchanligi, chang yutuvchanligi, elektrlanuvchanligi, optik va issiqni
saqlash xususiyatlaridan iborat. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Gazlamalarning shimish qobiliyatiga bog‘liq xususiyatlar.
2. Gazlamalarning o‘zidan havo, suv, bug‘ va hokazolarni o‘tkazish
qobiliyatiga bog‘liq xususiyatlar.
3. Gazlamalarning turli haroratlar ta’siriga munosabatini tavsiflaydigan
xususiyatlar.
4. Gazlamalarning optik xossalari.
5. Gazlamalarning elektrlanuvchanligi.


116
4.1-§. Shimish
Gazlamalar suyuqlik, gaz yoki bug‘ holatidagi har xil moddalarni
shimish qobiliyatiga ega. Bunda ularning massasi, o‘lchamlari,
mustahkamligi, bikrligi va boshqa xususiyatlari o‘zgaradi. To‘qimachilik
gazlamalaridan buyumlar ishlab chiqarish va ishlatish paytida ular doim
suv yoki bug‘ ta’sirida bo‘ladi. Gazlamalarning suv yoki bug‘ni shimish
qobiliyatini tavsiflovchi bir necha xususiyatlari bor. Bularga gazlamaning
namligi, gigroskopikligi, suv shimdiruvchanligi (kapillarligi), suvni
yutishi va hokazolar kiradi.
Namlik W
f
(foiz) – havoning haqiqiy namlik sharoitida namunalardagi
namlik miqdorini ko‘rsatadi va quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
100

Download 6,51 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish