Gazlamashunoslik kopi p65




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/27
Sana19.01.2024
Hajmi6,51 Mb.
#140859
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Gazlamashunoslik

sh
k
m
Â
A

=
(90)
bu yerda: 42046 – doimiy koeffitsient; m – beshta yig‘indi namunaning
umumiy massasi, g; A
k
– egilish miqdoriga bog‘liq bikrlik koeffitsienti
(standartlarda beriladi).
Gazlamalarning burmadorligi deb, ularning yumshoq va mayda
burmalar hosil qilishiga aytiladi. Bu xususiyat gazlamalarning bikrligi va
vazniga bog‘liq. Gazlamaning bikrligi qancha katta bo‘lsa, uni egish uchun
sarflangan kuch ham shuncha katta, burmadorligi esa kichik bo‘ladi.
Gazlamaning massasi oshishi bilan uning burmadorligi ham oshadi.
50-rasm. PT-2
uskunaning tuzilishi.
1–qo‘shgich tugma;
2–mexanizm; 3–murvat;
4–egilish ko‘rsatkichi; 5–shkala;
6–yuza qismi; 7–na-muna;
8–yuk; 9–shkala.
1
2
3
4
5
6
7
8
9


110
Burmadorlik ikki usulda aniq-
lanadi:
1. Markaziy iðakchilik ilmiy
tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan
gazlamalarning burmadorlik xusu-
siyatini aniqlash usuli.
Bu usul eng oddiy bo‘lib,
gazlamaning ikkala yo‘nalishida (bo‘yi
va eni bo‘yicha) alohida aniqlanadi
(51-rasm). Sinov o‘tkazish uchun
gazlamadan 200 x 400 mm li namuna
qirqib olinadi. Uning qisqa tomoniga
to‘rtta nuqta qo‘yiladi. Belgilangan
nuqtalardan igna (3) o‘tkazilib namuna
(1)da uchta burma hosil qilinadi. Namunaning uchlari tiqin (2) bilan
mahkamlanadi. 30 daqiqa namuna erkin osilgan holda turadi. Keyin
namunaning pastki uchlari orasidagi masofa A

chizg‘ich yordamida
o‘lchanadi va namunaning burmadorligi B (%) quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
200
100
200
b
À
B

=

(91)
bu yerda: 200 – namunaning eni, mm; A
b
– namunaning pastki
uchlari orasidagi masofa, mm.
2. Disk usuli. Gazlamalarning ikkala yo‘nalishdagi burmadorligini
aniqlash uchun disk usuli qo‘llaniladi. Bu usulda sinovlar o‘tkazish uchun
gazlamalardan doira shaklida qirqilgan namuna ikkita disk orasiga qo‘yiladi
(52-rasm).
Disklarning diametri namunaning
diametridan kichik bo‘lgani tufayli
namunaning chetlari erkin holatda osilib
turadi. Namunaning ustidan parallel yorug‘lik
nurlari berilgandan keyin qog‘ozga
namunaning soyasi tushadi va u chizib
olinadi (53-rasm). Burmadorligi yaxshi
bo‘lgan gazlamalarning soyasi chuqur
burmalar hosil qiladi.
Bu holda namuna yuzasi bilan soyasining
yuzasi orasidagi farq katta, gazlamalarning
burmadorligi past bo‘lsa, soyaning yuzasi
namuna yuzasi miqdoriga yaqin bo‘ladi. Ayrim
gazlamalar yo‘nalishlarining birida
burmadorligi yaxshi, ikkinchisida esa pastroq
bo‘ladi.
51-rasm. Gazlamalarning
burmadorligini
1-usul bo‘yicha aniqlash:
1–namuna; 2–tiqin;
3–igna.
3
2
1
3
2
1
52-rasm. Gazlamalarning
burmadorligini
disk usuli bilan aniqlash:
1–namuna; 2–disk;
3–sterjen.


111
Disk usulida burmadorlik koeffitsienti quyidagi formula yordamida
hisoblanadi:
s
n
b
n
S
Ê
S
S
=

(92)
bu yerda: S
n
– namunaning yuzasi, mm
2
; S
s
– namuna soyasining
yuzasi, mm
2
.
Egilish va qisilish deformatsiyalari ta’siri natijasida gazlamalar
g‘ijimlanadi, ya’ni ular burmalar va g‘ijimlar hosil qiladi. Hosil bo‘lgan
g‘ijim va burmalar faqat namlab-isitib dazmollaganda ketadi. Gazlama-
larning g‘ijimlanishi ularning tola tarkibiga, tuzilishida ishlatilgan iðlarning
yo‘g‘onligiga, o‘rilish va pardozlash turiga, zichligiga bog‘liq. Gazlama-
larning g‘ijimlanuvchanligi ularning salbiy xususiyatlaridan biridir. U
buyumning ko‘rinishini buzadi. Oson g‘ijimlanadigan gazlamalar tez
ishdan chiqadi, chunki bukilgan va burmalangan joylar ancha ishqalanadi.
Gazlamalarning g‘ijimlanmasligi deganda, ularning g‘ijimlanishga qarshilik
ko‘rsatishi va g‘ijimlangandan keyin o‘zining dastlabki holatiga kelishi
tushuniladi.
Gazlamalarning g‘ijimlanmasligini aniqlash uchun qo‘llaniladigan
asboblarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1. Gazlamalarda belgilangan joyda g‘ijimlar hosil qiluvchi asboblar.
2. Gazlamalarda tartibsiz g‘ijimlar hosil qiluvchi asboblar.
Birinchi guruhga SMT va ST-1 markali asboblar kiradi. ST-1 asbobi
jun gazlamalarini sinashda ishlatiladi. Qolgan materiallarning barchasi SMT
asbobida tekshiriladi. Bu yerda 180
0
burchakka egilgan namunaga (54-rasm)
15 daqiqa davomida 1,5 kg li yuk ta’sir etadi. Yukni olgandan keyin namuna
5 daqiqa davomida tiklanadi. Shundan so‘ng tiklanish burchagi aniqlanadi.
Materiallarning g‘ijimlanmasligi N (foiz), tiklash burchagining (
α)
egilish burchagiga (
γ) nisbati bilan baholanadi:
100
100
0, 555
180
Í
α
α
α
γ
= ⋅
= ⋅
=
(93)
53-rasm. Namunaning qog‘ozdagi tasviri:
a–yaxshi; b–yomon; d–tanda bo‘yicha yomon.
a
b
d


112
G‘ijimlanmaslik materiallarning har ikki – tanda va arqoq yo‘nalishi
bo‘yicha alohida aniqlanadi.
ST-1 markali asbobda jun gazlamasidan olingan namuna maxsus metall
plastinka yordamida bukib uchta burma
hosil qilinadi va shu holatda u 5 daqiqa
davomida yuk ostiga qo‘yiladi. Yuk
olingach namuna 3 daqiqa davomida
tiklanadi. So‘ng namunadagi burma-
ning balandligi o‘lchanadi. G‘ijimlan-
maslik koeffitsienti quyidagi formula
yordamida hisoblanadi:
0, 5
20

Download 6,51 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Download 6,51 Mb.
Pdf ko'rish