|
Yorug’likning modda bilan ta’siri
|
bet | 67/130 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 14,09 Mb. | | #132402 |
Bog'liq 310 07.06.2022Yorug’likning modda bilan ta’siri.
Yorug’lik ba’zi kristallardan o’tganda yorug’lik nuri ikkita nurga ajraladi. Bu ikkala nur sindirish deb nom olgan hodisa island shtati uchun 1670 yilda Erazm Bartolomin tomonidan kuzatilgan edi. Ikkilamchi nur sindirish vaqtida nurlardan biri odatdagi sinish qonuniga bo’ysinadi va tushuvchi nur hamda normal bilan bir tekislikda yotadi. Bu nur oddiy nurlanishlarning ikkinchisi g’ayrioddiy nur deb ataladi. Ikkilanma nur sindirish hodisasi kubik sistemaga kiruvchi kristallardan tashqari hamda tiniq kristallarda oddiy va g’ayritabiiy nurlar ajralmagan holda va bir xil tezlik bilan tarqaladi. Bu yo’nalish kristallning optikaviy o’qi deb ataladi.
Optikaviy o’q orqali o’tuvchi har qanday tekislik kristallning bosh kesimi yoki bosh tekisligi deyiladi. Odatda yorug’lik nuri orqali o’tuvchi bosh kesimdan foydalaniladi. Oddiy nurlarning tebranishlar tekisligi kristallning bosh qismiga perpendikulyar. G’ayrioddiy nurda esa yorug’lik vektori bosh kesim bilan ustma-ust tushuvchi tekislikda tebranadi.
Ba’zi kristallarda nurlardan biri ikkinchisiga qaraganda ko’proq yutiladi. Bu hodisa dixroizm deb ataladi. Nikol’ prizmasi deb ataladigan polyarizator juda keng tarqalgan. U ikki ispand shpati prizmasidan iborat bo’lib, diaganali bo’yicha yopishtirilgan bo’ladi. Tushish burchagi oddiy nur qatlamida to’la ichki qaytishga uchraydi va chetga og’adi. G’ayrioddiy nur esa bu qatlamdan bemalol o’tib prizmadan tashqariga chiqadi. Bir o’qli kristallardan tashqariga ( island shpati, turmalin, kvars kabi) ikki o’qli kristallardan ( masalan gips) borki, ularda yorug’lik ikki nurga ajralmaydigan ikkita yo’nalish mavjud bo’ladi. Musbat kristallarda tezliklar elipsondi vertikal yo’nalishda cho’zilgan bo’lib, bu “ + ” ishoradagi vertikal chiziqgacha mos keladi, manfiy kristallarda esa elipsoid gorizontal chiziqga, ya’ni “ - ” ishora bilan gorizontal yo’nalishda cho’zilgan bo’ladi.
Polyarimetriya
Tabiiy yorug’likdan qutblangan yorug’lik olish uchun yorug’lik to’lqinining E vektori muayan aniq bir yo’nalishi bo’ylab tebranadigan bo’lsin. Bunday sharoitlarni o’zida mujassamlashtirgan qurilmalar polyarizatorlar deyiladi.
1) tushayotgan yorug’lik nuri bilan Bryuster burchagi hosil qiladigan tarzda joylashtirilgan dielektrikning yassi sirtidan polyarizator sifatida foydalanish mumkin. Shisha plastinka uchun Bryuster burchagining qiymati 56 gradusga teng. bunda nur to’liq qutblangan bo’ladi.
2) anizatrop jismga tushayotgan yorug’lik ikki yassi qutblangan nurga ajraladi. Biror usul yordamida bu nurlardan birini yo’qotsak, jismdan faqat bitta qutblangan nur chiqadi xolos.
3) anizatrop kristallanish yorug’likni ham o’zgacha ya’ni oddiy va g’ayrioddiy nurlarning yutilishi bir xil bo’lmaydi. Dixroizm deb ataladigan bu hodisa tufayli ba’zi kristallarda yassi qutblangan nurlardan biri butunlay yutiladi.
4) polyarizator sifatida polyarizatordan ham foydalaniladi. Polyaroid yupqa pelluoid plyonkasidan iborat bo’lib, unga tebranishning ingichka kristallari kiritilgan bo’ladi.
Malyus qonuni.
Polyarizatorlardan faqat qutblangan yorug’lik olish maqsadidagina emas, balki nurni qutblangan yoki qutblanmagan nurning tebranish tekisligini aniqlash uchun foydalaniladigan polyarizator analizator deyiladi.
I = I0 cos2 α (8)
Bu ifoda Malyus qonunini ifodalaydi: analizatordan o’tgan yorug’lik intensivligi analizator va polyarizatorning optik o’qlari orasidagi burchak kosinusining kvadratiga proporsionaldir.
Malyus o’zining qonuni yorug’likni to’lqin emas , balki korpuskul deb tasavvur qilish asosida chiqargan. Keyinchalik Arago tomonidan o’tkazilgan aniq fotometrik o’lchamlash Malyus qonunining to’g’riligini tasdiqlaydi.
|
| |