|
Corel DRAW grafik muharriridagi asosiy dasturlar
|
bet | 7/12 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 417,26 Kb. | | #248645 |
Bog'liq ISROILJONCorel DRAW grafik muharriridagi asosiy dasturlar
Corel DRAW 9 quyidagicha qismlardan tashkil topgan;
Dastur fayllari (Program Files)
Ma'lumot beruvchi fayllar (Help files)
O`rgatuvchi dasturlar va namunalar (Tutors and Examples)
Konturlar va zalivkalar (Outlines & Fills)
Makroslar (Scripts) va zagotovkalar (Presets)
Corel PHOTO - PAINTS quyidagi qismlardan tashkil topgan;
Dastur fayllari (Program Files)
Ma'lumot beruvchi fayllar (Help files)
O`rgatuvchi dasturlar va namunalar (Tutors and Examples)
Makroslar (Scripts) va zagotovkalar (Presets)
Filtrlar
Corel DRAW grafik muharririda quyidagicha filtrlar mavjud:
Rastr formatlari filtrlari: CPT, TIF, PCX, BMP, GIF, JPG, PCD, PSD, MAC, PP5, TGA, SCT, FPX, PNG, RAW, DCS, WI, IMG, RIFF
Painter 5.
Vektor formatlari filtrlari: WPG, AI, DXF, CGM, CMX, CDR, CPX, CDX, EPS, EMF, HPGL/PLT, PCT, Interpreteel Past Scpript, WMF, PDF, PSF, DWG, 3DMF, VSD, TTF.
Animatsiya fayllarining barcha filtrlari.
Tekst fayllari filtrlari: WP8, DOC, RTF, TXT, XLS, WQ/WB, WK.
Internet formatlarining barcha filtrlari. Shuningdek:
66 ta standart shrift.
Corel Uninstall.
Readme fayllari mavjud
Yordamchi dasturlar
Corel DRAW 9 grafik muharririning kompakt-diskida bir qancha yordamchi dasturlar mavjud:
Adobe Acrobat Reader 4
Canto Simulus Deskbop
Apple Qvik time 3.0
Misrosoft internet explorer 5
II BOB. COREL DRAW DASTURIDA RANGLAR BILAN ISHLASH
2.1. Rang modellari. Additiv, subtraktiv, persepsion
Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo`shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni yoqsak, ular taratayotgan yorug`liklar qo`shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda bo`lsa, bu ranglar qo`shilib, xona ulardan ko`ra yorqinroq (ochroq) rangga kiradi. Boshqa ranglarni uchta asosiy rang: qizil (Red), yashil (Green) va ko`k (Blue) ranglarni turli nisbatda qo`shish bilan yaratish mumkin. Bu ranglarning nomlaridan qo`shiluvchi ranglar tizimi nomi RGB olingan:
1-rasm. RGB ranglari.
Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo`lishi mumkin. Natijada 256*256*256 ta (o`n olti milliondan ko`proq) ranglar hosil qilish mumkin. Masalan, yashil va ko`k ranglar qo`shilganda havo rang (ingliz tilida Cyan deb ataladi), qizil va ko`k ranglar qo`shilganda pushti (Magenta), qizil va yashil ranglar qo`shilib sariq (Yellow) ranglar paydo bo`ladi. Uchta asosiy rang qo`shilganda oq rang chiqadi. Qo`shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq qog`ozni bir necha rangdagi bo`yoqlar bilan bo`yasak, bu ranglar qo`shilib, to`qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog`ozni bo`yasak, qog`oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi.
Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan. Bu uchta rang oq qog`ozga surtilganda qog`oz qora rangga kiradi. Lekin toza bo`yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan qora rang biron bir bo`yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham ishlatiladi. Natijada qora ranglar ko`p bo`lgan tasvirlarni yaratishda boshqa rangdagi bo`yoqlarning sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo`lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko`rsatiladi. CMYK rang moduli subtraktiv modulga tegishli bo`lib, u nashrni chop etishga tayyorlashda qo`llaniladi. CMYK rang komponentlari sifatida, asosan oq rangdan ayirish natijasida hosil bo`lgan quyidagi ranglar xizmat qiladi:
havorang (cyan) = oq — qizil = yashil + ko`k;
to`q qizil {magenta) = oq — yashil = qizil+ko`k;
sariq (yellow) = oq — ko`k = qizil+yashil.
Bu metod original tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga mos keladi. Havorang, to`q qizil va sariq ranglar qo`shimcha hisoblanadi, chunki ular asosiy ranglarni to`ldiradi. Amalda qo`shimcha ranglarni bir-biriga qo`shgan bilan qora rangni bermaydi. Shuning uchun rangli modulga yana bir komponent — qora rang kiritilgan. Natijada rangli modul abbreviaturasida to`rtinchi harf paydo bo`ldi: CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black). Kompyuter tasvirini poligrafik uskunada chop etish uchun ranglarni CMYK moduli komponentlariga mos keluvchi tarkiblarga ajratish kerak. Bu jarayon ranglarni ajratish deyiladi. Oqibatda har bir komponentning original to`rtta tasviri hosil qilinadi.
2. CMYR ranglari.
PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushunarli bo`lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri HSB deb ataladi. Bu nom
ingliz tilidagi Hue (Rang turi), Saturation (Rang to`yinganligi) Brightness (Rang yorqinligi) so`zlaridan olingan. HSB rang moduli insonning ranglarni maksimal qabul qilish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U rassom A.N.Mansellning ranglar aylanasi asosida yaratilgan. Bu tizimda ranglar palitrasi doira shaklida qurilgan bo`lib, har bir rangga uchta parametr mos keladi. Bu parametrlarning birinchisi kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi. Asosiy ranglar doira chegarasi bo`lgan aylanada joylashgan. Ularni tanlash uchun aylanadagi nuqtaga mos keladigan markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha bo`lgan qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120°R ga yashil, 240° ga ko`k rang mos keladi. Ikkilamchi ranglar: sariq (60°), havorang(120°) va pushti (240°) lar asosiy ranglar orasida joylashgan. Bu ranglar bir-biri bilan qo`shilib, yangi ranglar paydo bo`ladi. Masalan, ko`k rang (240°) bilan pushti rang (300°) orasida siyohrang (270°) joylashgan. Bdrinchi parametr rangning to`yinganligini bildiradi. Bu parametr 0 dan 100 gacha bo`lgan qiymatni qabul qiladi. Bu parametming qiymati kamaygani sari rangning toCIE Lab rang moduli. 1920-yilda CIE Lab {Communication Internationale de FEclairage — xalqaro komissiya, L,a,b — bu sistemada koordinata o`qlarining ifodalanishi} rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga bog`liq bo`lmaganligi uchun ko`p hollarda qurilmalar orasida ma’lumotni o`tkazish uchun qo`llaniladi. CIE Lab modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug`lik (L) va uning xromatik komponentlari: a-parametri yashil rangdan qizil ranggacha o`zgarish diapazonini, b-parametri ko`k rangdan sariq ranggacha o`zgarish diapazonini tashkil qiladi.
CIE Lab modulida ranglarni qamrab olish imkoniyati texnik qurilmalar (monitor, printer) imkoniyatlaridan yuqori bo`lganligi sababli tasvirni chiqarishdan oldin uni o`zgartirishga to`g`ri keladi. Bu modul rangli fotokimyoviy va poligrafik jarayonlarni bir-biriga bog`lash uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu modul Adobe Photoshop dasturida standart sifatida qabul qilingan.
Tasvirning rang chuqurligi - 1 pikselning rangi haqida ma’lumot saqlash uchun ajratilgan bitlar soni bilan aniqlanadi. Eng quyi sifati bu rang uzatish uchun atigi 1 bit kerak bo`ladigan oqqora rasm. Biz pikselda qanchalik ko`p bitlardan foydalansak, shuncha tuslarning umumiy soni ko`p, chuqurroq ranglarga ega bo`lamiz. Lekin, bir vaqtning o`zida tasvir faylining o`lchami kattalashib boradi. Grafik fayllarning o`lchami ba’zida True color (pikselda 3 bayt) rejimidan foydalanishga to`sqinlik qiladi, tasvir sifati pastligi tufayli sifatli chop etish imkoniyati yo`qoladi. Odatda tasvirning fayl o`lchamini kamaytirish uchun yechim bilan rang chuqurligini kamaytirishga to`g`ri keladi. Zamonaviy monitorlar rang chuqurligining barcha qiymatlarida ishlatishga qodir.
Rangli model - bu ranglarning tarkibiy qismlari yoki rang koordinatalari deb ataladigan, odatda uch yoki to`rt qiymatdan iborat bo`lgan raqamlar to`plami sifatida ranglarning tasvirlanishini tasvirlash uchun abstrakt modelni anglatuvchi atama. Ushbu ma’lumotlarni sharhlash usuli bilan birgalikda rang modelining ranglar to`plami ranglar maydonini aniqlaydi.[1]
Rasmlarni chop etishda RGB va CMYKda rasmlarning qanday ko`rinishi o`rtasida bir nechta farqlar mavjud. Ranglarni qayta yaratish uchun kompyuter ekrani yorug`likdan foydalanadi, shuning uchun rasmlar CMYK-da bosilganidan ko`ra yorqinroq ko`rinadi. Shuning uchun, agar kompyuter dizayni bilan professional ravishda shug`ullanish yoki bosma rasmlarda, masalan, elektron qurilmada ko`paytirish uchun, RGB-ni CMYK-ga o`zgartirish kerak. CMYK-dagi rasmlar ekrandagi RGB-da bo`lgani kabi yaxshi ko`rinmayotgandek tuyulishi mumkin, ammo bosib chiqarish paytida buning aksi sodir bo`ladi.. RGB-ni CMYK- ga tez va oson o`zgartirish uchun bir nechta dasturiy ta’minotlar mavjud. Bulardan biri bu Photoconverter dasturidir. Agar sizda bu dastur o`rnatilgan bo`lsa, quyidagi ketma-ketlik orqali RGB modelidan CMYK modeliga o`tishingiz mumkin. O`zgartirmoqchi bo`lgan rasmni tanlang, asosiy menyuga o`ting va (Menyu → Sozlamalarni saqlash → Formatni saqlash sozlamalari → Formatni sozlash → JPG
→ Rangli model → CMYK) ni tanlang.
Fotosurat konverter shuningdek, bir vaqtning o`zida bir nechta rasmlarni bosib chiqarish uchun tayyorlash kerak bo`lsa, ommaviy rejimda aylantirishga imkon beradi, shuningdek, rasmlarni tahrirlash uchun ko`plab imkoniyatlardan foydalanish mumkin. Masalan, rasmlarni burish, effektlar yoki suv belgisi matnini qo`shish, nashrida va boshqalarni o`zgartirish mumkin. Shundan so`ng yana CMYKni RGBga o`zgartiradi.
Rangli modellar orasidagi o`tish har doim modellarning ranglar maydoniga mos kelmasligi tufayli ranglarning biron bir yo`qolishi bilan bog`liq. CMYK modelida RGB modelining juda yorqin ranglarini namoyish qilish mumkin emas, RGB modeli, o`z navbatida, CMYK modelining quyuq zich soyalarini yetkaza olmaydi, chunki rangning tabiati boshqacha. Konversiya natijasida yetkazilgan zararlar tuzatib bo`lmaydigan holdir. Shunday qilib, agar RGB rang modelida yaratilgan tasvirni CMYK modeliga o`zgartirilsa, CMYK o`tkaza olmaydigan RGB modelining ba’zi ranglari buziladi. RGB-ga qaytganda, bu ranglar tiklanmaydi.
Photoshopda, masalan, ranglarni eng aniq o`zgartirish uchun, eng keng rang oralig`iga ega va barcha rang modellarining ranglarini to`liq qamrab oladigan Lab modeli yordamida konversiya amalga oshiriladi. Xususan, RGB-dan Photoshopda
CMYK-ga o`tkazish RGB-dan Lab-ga, keyin esa CMYK-ga aylantirishga o`xshaydi. Rangdan farqli o`laroq, CMYK rang modeli (Zangori, Qirmizi, Sariq, Key rang-blacK) so`rilgan ranglarni tavsiflaydi. Undan spektrning ma`lum qismlarini ajratib olib, oq nurni ishlatadigan ranglar deyiladi. Aynan shu ranglar CMYK modelida qo`llaniladi. Ular RGB modelining qo`shimcha ranglarini oq rangdan ajratib olish yo`li bilan olinadi. CMYK-ning asosiy ranglari - zangori, to`q qizil va sariq. Moviy rang oq qizil, binafsha - yashil, sariq – ko`k ranglarni ajratib olish yo`li bilan olinadi. CMYK rangli modeli chop etish uchun asosiy hisoblanadi. Rangli printerlar ham ushbu modeldan foydalanadilar. Qora rangni bosib chiqarish uchun katta miqdordagi siyoh kerak bo`ladi. Bundan tashqari, CMYK modelining barcha ranglarini aralashtirish aslida qora emas, balki iflos jigarrang rangni beradi. Shuning uchun CMYK modelini yaxshilash uchun unga yana bitta qo`shimcha rang - qora rang kiritildi. Chop etishda bu asosiy rang, shuning uchun model nomidagi oxirgi harf B (emas), K (Key) bo`ladi, shuning uchun CMYK modeli to`rt kanalli. Gap shundaki, CMYK RGB-ga qaraganda kamroq rang gamutiga ega. Shuning uchun RGB-dan CMYK-ga o`zgartirganda ranglarning bir qismi yo`qoladi.
Qatlamlar bilan ishlash
Qatlam deganimizda obyektlar joylashtiriladigan plyonkasimon tekislikni tushunamiz. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan siljitish, o`chirish, ekranda ko`rsatish va bosmadan chiqarishga bog`liq bo`ladi. CorelDraw dasturida hujjat yaratilganda to`rtta qatlam bo`ladi: birinchi qatlam – tasvir tushadigan (Layer 1), ikkinchisi – (Master Grid) tori (setka) uchun, uchinchisi – (Master Guides) yo`nalish uchun va to`rtinchi – «ish stoli» (Master Desktops) uchun mo`ljallangan bo`ladi. Yangi qatlamlarni qo`shish obyektlar bilan ishlashda qiyinchilik tug`dirmaydi. Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomda bo`ladi. Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko`rinmas holga kelib qolsa, boshqa sahifalardagi qatlamlar ham ko`rinmas holda bo`ladi. Shu bilan birga barcha sahifada qatlamlarning joylashish tartibi ham birdan o`zgaradi.[1]
|
| |