|
Fizika, matematika va axborot texnologiyalari
|
bet | 6/105 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 3,87 Mb. | | #230695 | Turi | Реферат |
Bog'liq ElektrotexnikaFANNING MAZMUNI
1 – Mavzu: O’zgarmas tok zanjirlari
O’zgarmas tok zanjirlarini hisoblash
O’zgarmas tok zanjirlari. Dorishunoslik sohasidagi muhandislar uchun elektrotexnikaning ahamiyati. O’zgarmas tok zanjirlarining ta’rifi, sxemasi va uning sxematik belgilari. Tok manbalari va elektr qarshiliklarni o’zaro ketma-ket, parallel va aralash ulash.
Elektr o’tkazuvchanlik. Om, Joul-Lens, Kirxgof qonunlari. Elektr tokining energiyasi va quvvati. O’zgarmas tok zanjirlarini hisoblash. Tarmoqlangan oddiy tok zanjirlarini hisoblash.
2 – Mavzu: Magnit maydoni va uni
xarakterlovchi asosiy kattaliklar
Magnit maydoni va uning asosiy ko’rsatgichlari (magnit induksiyasi, magnit singdiruvchanlik, magnit oqimi, magnit maydon kuchlanganligi, magnit kuchlanish, magnit yurituvchi kuchlar). To’la tok qonuni. Magnitlanish egri chizig’i. Magnit zanjiri va uning Om qonuni. Magnit zanjirini hisoblash. Amper (elektromagnit kuchlar) qonuni. Chap qo’l qoidasi.
3 – Mavzu: Bir fazali va uch fazali tok zanjirlari
Bir fazali sinusoidal kattaliklar. Bir fazali sinusoidal kattaliklar va ularning ifodasi hamda asosiy ko’rsatkichlari (davri T, chastotasi w, fazasi ( wt*) boshlang’ich fazasi, amplituda, oniy va ta’sir etuvchi qiymatlari. Sinusoidal tok zanjirlari va ularning fizik parametrlari (aktiv qarshilik, sig’im elementli zanjirdagi tok va kuchlanishlarning vektor tasvirlari).
Sinusoidal tok zanjirlari va ularni hisoblash.
Uch fazali tok zanjirlari. Uch fazali generator va iste’mol-chilarning yulduz va uchburchak sxemasi bo’yicha ulanishi.
4 – Mavzu: Elektr o’lchashlar va
elektr o’lchov asboblari
Elektr o’lchov asboblari. Ularning asosiy elementlari. Magnitoelektr sistema asboblari. Elektromagnit sistema asboblari. Elektrodinamik sistema asboblari. Elektr o’lchashlar. Elektr o’lchashlar tushunchasi. Elektr kattaliklarni o’lchash. O’lchash xatoliklari va aniqlik klassi. Elektr kattaliklarni elektr usulida o’lchash. O’lchash usullari. Noelektrik kattaliklarni elektr usulida o’lchash. O’zgarmas tok zan-jirlarida qarshilikni, kuchlanishni va tok kuchini o’lchash. Ommetrlar. Shuntlar va qo’shimcha rezistorlar. Avometr.
|
| |