• 3. Inog’omov S. “Elеktrotеxnika asoslari” fanidan maruzalar matni. ToshFarmi, kutubxona, Maruzalar matnining elеktron varianti 7 боб. Электр станциялари
  • ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI Issiqlik energetikasi
  • Issiqlik elektrostansiya turlari
  • Fizika, matematika va axborot texnologiyalari




    Download 3,87 Mb.
    bet74/105
    Sana14.05.2024
    Hajmi3,87 Mb.
    #230695
    TuriРеферат
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105
    Bog'liq
    Elektrotexnika

    3. Enеrgеtik sistеmalar.
    4. Transformatorlar podstantsiyalari va ularning turlari.


    ADABIYOTLAR:


    1. Kasatkin A. S. “Elеktrotеxnika asoslari” Toshkеnt 1989 y.
    2. Еvdakimov “Umumiy elеktrotеxnika” Toshkеnt, 1995 y. 3 – 24 bеtlar
    3. Inog’omov S. “Elеktrotеxnika asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. ToshFarmi, kutubxona, Ma'ruzalar matnining elеktron varianti


    7 боб. Электр станциялари
    Электр станцияларини асосан улар ўзгартирадиган энергия турига қараб классификациялаш қабул қилинган ва қуйидаги электр энергияси ишлаб чиқариш турларига бўлинади:





    ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI


    Issiqlik energetikasi - issiklik texnikasi tarmogʻi; issiklikni, asosan, mexanik va elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik ge-neratorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridantoʻgʻri aylantirish kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin.
    Zamonaviy I. e. ning asosi umumiy elektr energiyasi miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiklik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi.
    Issiqlik elektrostansiya turlari
    Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxm. 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali kurilmalar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan kuril-malar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi.
    Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-a. 20-y. larida dizel va mayda bugʻ turbinali elektr stansiyalar kurish yoʻnalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham, paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji boʻlgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarkand, Andijon, Koʻqon va respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi; Buxoro, Samarkand sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan yirik dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr stansiyalar Fargʻona va Kattaqoʻrgʻondagi yogʻ zavodlarida ishga tushirildi. Fargʻona yogʻ zavodining "Sharq tongi" issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi IEMdir.
    IESda qozon agregatida organik yoqilg‘ini yondirish orqali hosil qilingan issiqlik energiyasi yordamida suv qizdirilib, yuqori bosim ostidagi suv bug‘iga aylantiriladi. Yuqori bosim ostidagi suv bug‘i quvur orqali turbinaga kirib keladi va u yerda juda tez kengayadi. Buning natijasida suv bug‘i molekulalari katta kinetik energiyaga ega bo‘ladi. Elektr generatorida rotorning kinetik energiyasi elektr energiyasiga o‘zgartiriladi. Bunday stansiyalarda turbinaning parraklariga urilganidan so‘ng undan chiqib ketuvchi bosimi pasaygan suv bug‘i kondensatorda sovutilib, suvga aylantiriladi va qizdirib, yuqori bosimli bug‘ga aylantirish uchun nasos yordamida qaytadan qozonga haydaladi. Chunki, zamonaviy katta quvvatli IESlarda bunday jarayonda foydalaniluvchi ko‘p miqdordagi suvni maxsus qurilmalar yordamida tozalash katta hajmdagi ish va energiyani talab etadi. Hozirgi davrda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 85-90 foizi IESlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
    Demak, olimning gaplaridan ko‘rinib turibdiki, elektr energiyasi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish uchun 90 foiz tabiiy gaz ishlatiladi. 10 foizini mazut va ko‘mir tashkil etadi. Endilikda xarajatlarni yanada kamaytirish uchun sa’y-harakatlar davom ettirilayapti. Ayni paytda «O‘zbekko‘mir» ochiq aksiyadorlik jamiyati yiliga 3 mln. tonna ko‘mir qazib olayotgan bo‘lsa, shuning 85 foizi GRESlarga sarflanmoqda. Elektr hosil qilish katta mehnat, sarf-xarajat talab etadi.
    Hozir O'zbekiston elektr stansiyalarining ja'mi o'rnatilgan quvvati 12,3 mln kVtga tengdir. Uning tuzilmasida gidroelektrostansiyalar 11,5% ni, issiqlik elektr stansiyalari 86% ni tashkil etadi, bu "O'zbekenergo" kompaniyasining qudratidan dalolat berib turibdi, ja'mi elektr stansiyalarning faqatgina 2,5% boshqa idoralar qaramog'ida ishlatilmoqda.


    Download 3,87 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   105




    Download 3,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizika, matematika va axborot texnologiyalari

    Download 3,87 Mb.