• BAJARDI: DONIYEVA MARJONA TEKSHIRDI: MAMAYEVA DILDORA TOSHKENT-2023 MAVZU
  • Fizika va elektronika kafedrasi




    Download 115,83 Kb.
    bet1/5
    Sana05.12.2023
    Hajmi115,83 Kb.
    #111537
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    elektronika


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM ,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI

    FIZIKA VA ELEKTRONIKA KAFEDRASI




    MUSTAQIL TA’LIM
    MAVZU: ELEKTRON KUCHAYTIRGICHLAR, KUCHAYTIRGICHLARDA TESKARI BOG’LANISH. REZONANS VA PAST CHASTOTALI KUCHAYTIRGICHLAR
    9-22 GURUH TALABASI
    BAJARDI: DONIYEVA MARJONA
    TEKSHIRDI: MAMAYEVA DILDORA


    TOSHKENT-2023
    MAVZU:Elektron kuchaytirgichlar ,kuchaytirgichlarda teskari bog’lanish ,rezonans va past chastotali kuchaytirgichlar , ularning radio , televideniya ,aloqa tizimlaridagi o’rni. Signal generatorlari , generatorlarning turlari.

    Reja :

    1)Elektron kuchaytirgichlar , kuchaytirgichlarda teskari bog’lanish.


    2)Rezonans va past chastotali kuchaytirgichlar .
    3) Signal generatorlari.
    4)Generatorlarning turlari.
    Elektron kuchaytirgichlar sifatida triodlar ishlatiladi. 7.2-rasmda soddalashtirilgan elektron kuchaytirgich ko'rsatilgan bo'lib, setka zanjiriga qo‟yilgan kuchsiz signal (Ukir) anod zanjiridan kuchaytirilgan holda olinadi (Uchiq). Anod zanjiriga qo'yilgan manbaa YEa anod tokini hosil qiladi va u yuklama qarshiligida chiqish kuchlanishini kuchaytiradi. Uchiq=Ia*Ryu bunda Uchiq- kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanish, V Ia- anod toki, A Ryu- yuklama qarshiligi, Om.

    Yarimo’tkazgichli kuchaytirgichlar elektron kuchaytirgichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo'lganligi tufayli ular ko'p holatlarda elektron kuchaytirgichlarni siqib chiqaradi. Tranzistorli kuchaytirgich sxemasi umumiy elektrod belgilari bo‟yicha, ya'ni bir vaqtda kirish va chiqish elektrodlari hisoblanganligi bo‟yicha turlanadilar. 7.3-rasmda umumiy bazali (a), umumiy emitterli (b) va umumiy kolektorli (c) tranzistorli kuchaytirgichlar berilgan.

    Tranzistorli kuchaytirgichlarni kamchiligi ularni parametrlarini va ish qobilyatini tashqi muhit haroratiga bog‟liqligidir.



    Elektr mashinali kuchaytirgichlar maxsus o‟zgarmas tok mashinasi bo‟lib, quvvatini kuchaytirish uchun qo'llaniladi. Kollektorda asosiy shetkalar 1-1dan tashqari qo‟shimcha 2-2 qisqa tutashtirilgan shetkalar joylashtirilgan va ular asosiy shetkalarga nisbatan 900 burchakka burilgan bo‟ladi

    Mashinada F1 magnit oqimi qo‟zgatish (QCh) va (BCh) boshqarish cho‟lg‟ami orqali hosil qilinadi. Yakor aylanganda oqim F1 uni cho‟lg‟amida EYuK induksiyalaydi. Natijada yakor zanjirda qisqa tutashgan shetkalar orqali tok oqadi. Bu tok fazoda qo‟zg‟almas magnit oqimini hosil qiladi va bu oqim ta‟sirida yakor cho‟lg‟amida miqdor jihatdan katta bo‟lgan ikkinchi EYuK induksiyalanadi. Bu EYuK kuchaytirgichni chiqish kuchlanishini hosil qiladi. Mashinadagi yakor

    reaksiyasini so‟ndirish uchun esa kompensiya cho‟lg‟ami (KCh) dan foydalaniladi. Qo'zgatish yoki boshqarish cho‟lg‟amlaridagi tokni ozgina o'zgarishi ham qisqa tutashgan cho‟lg‟amdan o'tadigan katta tokni hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Natijada oqim o'zgarib chiqishdagi tok va kuchlanish ortib ketadi. Shunday qilib, bunday kuchaytirgichlarda kuchaytirish ikki pog‟onada o‟tadi: qo‟zg‟atish va boshqarish cho‟lg‟ami yakorni qisqa tutushgan zanjiri va qisqa tutashgan zanjir tashqi zanjir. Umumiy kuchaytirish koeffisenti birinchi va ikkinchi pog‟ona kuchaytirish koeffisentlari ko'paytmasiga teng. Bu xil kuchaytirgichlarni kuchaytirish koeffisenti 1000 va undan ortiq bo‟ladi.
    Kuchlanish, tok va quvvatning kuchaytirish turlari .
    Kuchaytirgichlar deb, berilgan (mumkin bo‘lgan) buzish darajasida elektr signallarini kuchaytirib beruvchi uskunaga aytiladi. Quvvatni kuchaytirish uskunasini oziqlantiruvchi (oziqlanish manbai) elektr toki manbaining energiyasi hisobiga kuchayadi. Kuchaytirish asbobini umumiy ko‘rinishda faol to‘rt qutbli qilib tasvirlash mumkin. U , zanjirga elektr signallarini (Ukir) kuchaytirish uchun ikkita chiqish zajimi va kuchaygan signalni Uchiq olish uchun va uni yuklanish (nagruzka) zanjiriga berishga molijallangan 2 ta chiqish zajimidan tashkil topgan. Yuklanishni Zn qarshilik deb olish mumkin. Manba faol to‘rt qutblining ichida joylashgan.

    . Faol to‘rt qutbli kuchaytirish asbobi.


    Kirish signalini turlari bo‘yicha:

    garmonik tebranishli kuchaytirgichlar;

    impulslarni kuchaytirgichlar (impuls kuchaytirgich); d ) o‘zgarmas tok kuchaytirgichlar ( to‘g‘rirog‘i, sekin o‘zgaradigan tokning kuchaytirgichlari) ga bo‘linadi. Undan tashqari, faza sezgir kuchaytirgichlar va operatsion kuchaytirgichlar bo‘ladi.

    . Signal turlari: a — garmonik signal; b — to‘g‘ri burchakli impulslar; d — sekin o‘zgaradigan o‘zgarmas tok.


    Kuchaytirish miqdorining turlari - kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlaridir. Shuni esda saqlash kerakki, quvvatni kuchaytirish hamma kuchaytirgichlarning asosiy xususiyatidir, lekin ulardan bir xillari eng ko‘p kuchlanishni, boshqalari tok bo‘yicha, uchinchilari quvvat bo‘yicha kuchaytiradi, shu sababli ularni mos ravishda kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlari deyiladi. Garmonik tebranishlarni kuchaytirish spektr chastotasi bo‘yicha:

    past chastotali kuchaytirgichlar (30--100 G s. dan 5--20 kG ts. gacha), ular radioaloqada, ovozli kinoda, televideniye orqali ovoz uzatishda, ovoz yozishda;

    keng polosali kuchaytirgichlar (1 dan 100 mG s. gacha), ular elektron ossillograflarda, televizorlarning ko‘rish kanallarida va boshqalarda;

    d) rezonans kuchaytirgichlar (30 kGs. dan 3000 m G s. va undan yuqori), ular radiopriyom niklarda radiosignallarni, televizorlarda, radiolokatsion stansiyalarda va boshqalarda topaoladigan kuchaytirgichlar sifatida ishlatiladi. Kuchaytirish asbobining asosiy parametri bo‘lib, kuchaytirish koeffitsiyenti hisoblanadi. Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffisiyenti


    Kv = Uchiq/Ukir
    Bu yerda : Uchiq;Ukir mos ravishda kuchaytirgichning chiqish vakirish kuchlanishi.
    Tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti: K= Ichiq/Ikir
    bu yerda:Ichiq — kuchaytirgich chiqishiga ulangan nagruzkadagi tokI kir - kuchaytirgich kirishidagi tok. Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti
    Kp = Pchiq/Pkir
    bu yerda: Pchiq — nagruzka chiqarayotgan faol quvvat; Pkir - kuchaytirgichning kirish zanjiridagi ishlatiladigan quvvat. Kuchaytirish texnikasida logarifmik birlik - detsibel ishlatiladi. Shuni aytib o‘tish imiz lozimki, inson qulog‘i signallar darajasini 1 db ga o‘zgarganligini bilishi mumkin.

    . Kuchaytirgichlarning chasto tali tavsiflari: a — ovoz chastotasi kuchaytirgichlarning ( I) va keng polosali kuch ay tirg ich larn in g (2) chastota tavsivlari; b — rezonans kuchaytirgichning ch asto ta tavsifi; d — polosali kuchaytirgich chastota tavsifi.Kuchaytirgichning dinamik doirasi deb,


    ga aytiladi
    Odatda kuchaytirgichning dinamik doirasi detsibellarda o‘lchanadi:
    D(db)=20 lg D=20 lg
    Past chastotali kuchaytirgichlarda dinamik doira 40-60 db dan ko‘p bo‘lmaydi. Amplituda tavsifi deb, o‘rtacha tovush chastotalarida olingan kuchaytirgichning chiqish kuchlanishining Uchiq kirish kuchlanishiga Ukir bog‘liqligiga aytiladi.



    Download 115,83 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 115,83 Kb.