Fizika va kimyo




Download 30.55 Kb.
Sana31.05.2023
Hajmi30.55 Kb.
#68160
Bog'liq
Urolova 1
PED NAZ UMK 1, seminar7, QR kod , 1 rus Geom Ishchi o\'quv dastur Физика Астрономия, ijtimoiy adabiyotlar (2), Ўтилган фанлар, модулдаги фанлар, 42-maktab hisobot, КЛАССИФИКАЦИЯ ВРЕДНЫХ И ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ФАКТОРОВ (2), Декларация 2022 йил, Уралский университет, Excel 2 амалий иш, 1122, Mo\'minxo\'jayev Nurxo\'ja (5), 2 ZARNIGOR

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI

“FIZIKA VA KIMYO “FAKULTETI


“FIZIKA” KAFEDRASI
“UMUMIY FIZIKA “FANIDAN

KURS ISHI


MAVZU:DIFRAKSIYA NATIJASIDA HOSIL BO’LGAN INTERFERENSION MANZARA.


BAJARDI:UROLOVA NILUFAR
QABUL QILDI:XUDOYBERDIYEVA YULDUZ
CHIRCHIQ-2023
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
ASOSIY QISM
I BOB. INTERFERENSIYA. YORUG”LIK INTERFERENSIYASI.
INTERFERENSION MANZARA.
1.1.Yorug’lik interferensiyasi.Interferension manzara…………6
1.2.Nyuton halqalari…………………………………………………………10
II BOB. DIFRAKSIYA.FRANEL-GYUGENS PRINSIPI.
2.1.Yorug’lik difraksiyasi.Franel-Gyugens prinsipi……………..14
2.2. Franel zonalari……………………………………………………………16
III BOB.DIFRAKSIYA NATIJASIDA HOSIL BO’LGAN INTERFERENSION MANZARA
3.1.Franel difraksiyasi………………………………………………23
3.2.Difraksion panjara….……………………………………………..26

XULOSA……………………………………………………………………….32


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….34

KIRISH
Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2021-yilning 19-martida “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-5032 sonli qarori e’lon qilindi.Qarorga ko’ra endilikda Fizika fanini o’qitishni tubdan takomillashtirish, zamonaviy darsliklar yaratish, iqtidorli o’quvchilarni saralash, zamonga mos raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga, ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarni yaratish hamda amaliy natijadorlikka yo’naltirishga katta e’tibor qaratiladi.


Fizika fani bo’yicha ta’lim sifatini oshirish, yuqori malakali pedagog va ilmiy hodimlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarini zamonaviy laboratiriyalar, darsliklar va boshqa o’quv jihozlari bilan ta’minlash, ilmiy tashkilotlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilm fan va ishlab chiqarish sohalari o’rtasida o’zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo’lga qo’yish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:
2021-2023 yillarda fizika fanlari bo’yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika fanlari bo’yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi bo’yicha quyidagilar dasturning asosiy maqsad va vazifalari etib belgilandi:
Umumta’lim mussasalarida fizika fanini o’qitish sifatini oshirish, darsliklar va o’quv qo’llanmalarni takomillashtirish;
Fizika bo’yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylaridagi maktablarning o’quvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;
Ta’lim jarayoniga zamonaviy o’qitish uslublarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
Pedagog kadrlar va o’quvchilarning fizika fanini bilish darajasini baholash, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning mahalliy va xalqaro fan olimpiadalariga muvaffaqiyatli ishtirok etishi hamda sovrinli o’rinlar egallashini ta’monlash;
Oliy ta;lim muassasalarida fizika fanlarini o’qitishning integrative prinsiplarini joriy qilish, yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxasisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qaqmrab olish darajasini oshirish;
Fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liqligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolar yechimiga qaratilgan ilmiy ishlar ko’lamini kengaytirish;
Ilmiy tadqiqotlarning va innovatsiya ishlarining natijadorligi va amaliy ahamiyatini oshirish;
KURS ISHINING MAQSADI. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizikadan mo’ljallangan amaliy va laboratoriya darslarining o’quv dasturini uzviyligi bo’yicha tahlil qilish va zamonaviy texnologiyalar asosida samaradorligini oshirish;
KURS ISHINING OBYEKTI.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining fizika o'qitish jarayoni;
KURS ISHINING PREDMETI.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizikadan mo’ljallangan amaliy va laboratoriya darslari va uni o’qitishning pedogogik texnologiyalari, usullari va vositalari
KURS ISHINING VAZIFALARI:
*Mavzuga doir materiallar yig’ish va o’rganish
*Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizikadan mo’ljallangan nazariy, amaliy va laboratoriya darslarining o’quv dasturini uzviyligi bo’yicha tahlil qilish
*Fizikadan o’quv eksperimenti va uni o’qitish metodikasini tahlil qilish
*Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizikadan o’quv eksperimenti va uni o’qitish metodikasini tahlil qilish.

I BOB. INTERFERENSIYA. YORUG’LIK INTERFERFERENSIYASI.INTERFERENSION MANZARA



    1. Yorug’lik interferensiyasi. Interferension manzara.

Interferensiya (lotincha:inter-o’zaro va ferens – ko’tarilish, urilish)- to’lqinlarning fazoda ustma-ust tushib qo’shilgan holda bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishi.
Mexanika bo’limida mexanik to’lqinlar bir-birlari bilan qo’shilib bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishini ko’rgan edik. Yorug’lik to’lqinlari ham to’lqin bo’lgani uchun ularda ham bir-birlari bilan qo’shilib kuchaytirish yoki susaytirishlar bo’ladimi degan savol tug’iladi. Interferensiya natijasida suv yuzidagi to’lqinlarda mavjlanish yoki sokinlanish zonalari, tovush to’lqinlarida esa sershovqin va jimjitlik paydo bo’lgan edi. Yorug’lik to’lqinlarida ham interferensiya hodisasi sodir bo’lsa, ular o’zini qanday ko’rinishda namoyon etadi?
Kogerent to’lqinlar.Yorug’lik interferensiyasi.Yo’llar farqi.
Xuddi mexanik to’lqinlar kabi, yorug’lik to’lqinlari ham uchrashganda bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin.
CHastotalari bir xil, faza farqlari o’zgarmas bo’lgan to’lqinlarning uchrashganda bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishiga interferensiya deyiladi.
Bir xil chastotali va fazalar farqi o’zgarmas bo’lgan to’lqinlar o’zaro kogerent to’lqinlar deyiladi.Kogerent to’lqinlarni yuzaga keltiruvchi manbalar kogerent manbalar deyiladi.
Aslida ikkita manbadan chiqqan yorug’lik to’lqinlari kogerent bo’la olmaydi.SHu sababdan bitta manbadan yorug”lik filtri orqali o’tgan monoxromatik nurni sun’iy ravishda ikki yoki undan ko’p bo’lakka ajratib, so’ng yana ularni uchrashtirish kerak.
Yorug’lik to’lqinlari qo’shilib bir-birini kuchaytirganda maksimumlar sharti, susayganda esa minimumlar sharti bajariladi deyiladi.Aslida o’zaro kogerent bo’lmagan to’lqinlar qo’shilganda ham bir-birini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin. Lekin, bu to’lqinlarning fazalar farqi tinimsiz o’zgarib turgani bois, kuchaygan yoki susaygan zonalar ham tinimsiz nuqtadan nuqtaga ko’chib turadi.Biror nuqtada har doim maksimum yoki har doim minimum sharti bajarilishi uchun bu to’lqinlar tebranishlari orasidagi fazalar farqi hech qachon o’zgarmasligi kerak, ya’ni ular o’zaro kogerent bo’lishi kerak.
Download 30.55 Kb.




Download 30.55 Kb.