|
-rasm. Kesh-xotira joylashgan o'rni
|
bet | 9/9 | Sana | 09.06.2024 | Hajmi | 3,3 Mb. | | #261959 |
Bog'liq 10-ma\'ruza usi6-rasm. Kesh-xotira joylashgan o'rni.
Buyruqlar va ma'lumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh-xotiraning ikki xili mavjud. Buyruqlar ham, ma'lumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira birlashtirilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - ob'edinennaya kesh-pamyat'). Buyruqlar alohida, ma'lumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa alohida ajratilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - razdelyonnaya kesh-pamyat'). Xozirgi komp'yuterlarda ko'prok alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda.
Kesh-xotirani qo'llashning – bir, ikki va uch sathli variantlari mavjud. 7-rasmda uch sathli kesh-xotiraga ega bo'lgan tizim keltirilgan. Birinchi sath kesh-xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan bo'lib, u buyruqlar uchun (L1-I) va ma'lumotlar uchun (L1-D) mo'ljallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha xajmga ega bo'lgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor yonida u bilan bitta blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt gacha xajmga ega bo'lishi mumkin bo'lgan, buyruqlar ham, ma'lumotlar ham birgalikda saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat bo'ladi. Uchinchi sath kesh-xotirasi protsessor joylashgan plataga o'rnatilgan bo'lib, u bir necha megabayt xajmga ega bo'lgan statik tezkor xotira qurilmasidan (TXQ) iborat bo'ladi (rus tilida – staticheskoe operativnoe zapominayushee ustroystvo - OZU).
7-rasm. Uch sathi kesh-xotiraga ega tizim.
Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi. Qoida bo'yicha birinchi sath kesh-xotirasidagi barcha ma'lumotlar, ikkinchi sath kesh-xotirasida, ikkinchi sath kesh-xotirasining barcha ma'lumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham yozilgan bo'ladi. Kesh-xotiraning bir necha xillari mavjud: to'g'ridan-to'g'ri akslantiriluvchi kesh-xotira (rus tilida – kesh-pamyat' pryamogo otobrajeniya) va assotsativ kesh-xotira.
Nazorot savollari
PROM ta’riflang?
EPROM ta’riflang?
EEPROM ta’riflang?
Flesh-xotira ta’riflang?
PCM ta’riflang?
|
| |