“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.03.2023
Hajmi0.67 Mb.
#46192
1   2   3
Bog'liq
boshlang-ich-ta-limda-muloqot-texnologiyasidan-foydalanish-ahamiyati
Курсовая группа крови
“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8 
111 
Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligini oshirish uchun darsni shunday 
tashkil etish nazarda tutiladiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni amalda qo‘llab, 
ongli va faol egallab oladigan, ijodiy tashabbuskorligi va o‘quv faoliyatida 
mustaqilligi, tafakkuri, nutqi rivojlanadigan bo‘lsin. Bugungi kunda o‘qitishning keng 
qo‘llanadigan - o‘qituvchi tomonidan dars mavzusi maruza shaklida tushuntirish 
metodi orqali o‘quvchilar darsni 50 -60% o‘zlashtira oladi, agar darsni turli 
mutimediya va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida ko‘rsatib tushuntirilsa 
o‘zlashtirish darajasi 70 – 80% ga yetishi mumkin. 
Pedagoglar tomonidan darsning samarsini yanada oshirish maqsadida, dars 
jarayonida o‘quvchining yanada faolligini oshirish orqali darsning o‘zlashtirish 
darajasini 90% gacha oshirish yo‘llari o‘ylab topildi. Ya’ni, zamonaviy pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish orqali o‘quvchi darsga qiziqadi, hamda darsning 
diqqat bilan tinglaydi, zamonaviy texnologialar asosida tashkil etilgan darsni 
kuzatadi, dars yaknida esa o‘qituvchi tomonidan tashkil etilgan o‘yin texnologiasi 
yordamida o‘quvchilar o‘zlarining biliblarini yanada chuqurroq o‘zlashtirishlari 
imkoni bo‘ladi. Bu yangi metodlarni ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda qo‘llash 
maqsadga muvofiqdir. Sababi, boshlang‘ich sing o‘qituvchiining asosi vazifasi 
o‘quvchilarini darsga qiziqtirishdan iborat bo‘ladi. Hozirda pedagoglar tomonidan 
keng qo‘llanib kelayotgan metod “Muloqot texnologiya” sidir. Ushbu “Muloqot 
texnologiya” o‘quvchilarning dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini erkin 
bayon etishga hamda ularda bahslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, 
odatda, bunday mashg‘ulot o‘quvchilarni kichik guruhlarga ajratilgan holda 
o‘tkaziladi. 
Ushbu metod boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yanada samarali bilim 
olishlarini ta’minlabgina qolmay, ularning o‘z fikrlarini bayon eta olish, muloqot 
jarayonida nutqining chiroyli bo‘lishini, baxs – munozaraga erkin kirisha olish 
imkonini paydo qiladi “Muloqot texnologiya”si metodining maqsadi shundan 
iboratki, tanlangan mavzu, muammo asosida talabalarning fikrlarini hamda ushbu 
mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga 
kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yoram berish, erkin holda 
bahslashishlariga sharoit yaratish, muloqotga kirish va muloqot qila olishga o‘rgatish. 
Metodni qo‘llash jarayonida o‘qituvchi faqtgina yo‘nalish beradi, baxs- munozara 
mavzusi haqida tushunchalarni beradi, so‘ngra, o‘quvchilarning fikrlarni tinglaydi. 
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki zamonaviy ta’limning asl maqsadi ham 
aynan shu. Ya’ni, dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish va o‘z fikriga 
ega bo‘lgan shaxslarni tarbiyalashdan iboratdir. 

Download 0.67 Mb.
1   2   3




Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish