• O‘g‘iljon Karimbergan qizi Egamberganova
  • Kalit so‘zlar
  • Foydalanish ahamiyati




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana22.03.2023
    Hajmi0.67 Mb.
    #46192
      1   2   3
    Bog'liq
    boshlang-ich-ta-limda-muloqot-texnologiyasidan-foydalanish-ahamiyati
    Курсовая группа крови


    “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8 
    110 
    BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA “MULOQOT” TEXNOLOGIYASIDAN 
    FOYDALANISH AHAMIYATI 
     
    O‘g‘iljon Karimbergan qizi Egamberganova
    Xorazm viloyati Yangibozor tumani 17-son umumiy 
    o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich ta'lim o‘qituvchisi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7295328
     
    Annotatsiya: Mazlur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarni yanada 
    rivojlantirish hamda buning uchun yoshlarning bilim darajasini oshirish, ularni 
    yurtimizning ertangi kunining ishonchli shaxslari sifatida taribiyalashda pedagoglar 
    tomonidan ta’lim tarbiyani tog‘ri tashkl etish, yoshlarni samarali bilim olishlarini 
    ta’minlash maqsadida maktabdagi darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
    orqali tashkil etish, o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘stirishda zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida fikrlar bildiriladi. 
    Kalit so‘zlar: axborot kommunikatsion texnologiyalar, “Muloqot texnologiya”. 
    Jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim 
    tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil 
    taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish 
    va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilgo‘r pedagogik va 
    axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat 
    siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish ta’lim 
    muassasalari va pedagoglar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ta’limning 
    samaradorligini oshirish uchun olib borilayotgan ishlarni, shartli ravishda, ikkiga 
    bo‘lish mumkin: birinchisi, ta’limning (o‘qitishning) faol metodlarini qo‘llash, 
    ikkinchisi, zamonaviy axborot vositalaridan foydalanish. Albatta, bu ikkala 
    yo‘nalishda taklif qilinayotgan o‘qitish usullari va vositalari uzoq yillar davomida 
    qo‘llanilib kelgan an’anaviy usullarni butunlay yaroqsiz ekanligiga ishora emas. 
    Ta’lim metodi o‘z-o‘zicha faol yoki passiv bo‘la olmaydi. Keyingi yillarda faol 
    metodlar deb ataluvchi metodlar o‘quvchi va talabalarning bilish jarayonlarini 
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    faollashtirishga 
    yo‘naltirilgandir. 
    Zamonaviy 
    pedagogik 
    texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash yaxshi natijalar berishi ko‘pgina psixolog 
    – 
    pedagog 
    hamda 
    metodistlar 
    tomonidan 
    isbotlangandir. 
    Pedagogik 
    texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, 
    shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi 
    jarayonida har bir o‘qituvchi o‘z kasbiy tayyorgarligini, maxoratini kuchaytirish 
    imkoniyatiga ega. Shu bois men ham darslarimda axborot komunikatsion 
    texnologiyalarni joriy etaman va har doim yaxshi natijalarga erishaman. 



    Download 0.67 Mb.
      1   2   3




    Download 0.67 Mb.
    Pdf ko'rish