|
Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish imkoniyaltlari konni ochish
|
bet | 3/3 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 17,25 Kb. | | #159633 |
Bog'liq 55Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish imkoniyaltlariQavat balandligi qazib olinayotgan asosiy gorizont bilan yuqorigi qavat oralig’idagi tik yuza tekisligiga tushgan proeksiyalari oralig’idagi tik masofa bilan o’lchanadi. Ruda konlarini qazib olishda qavat balandligi odatda 30 dan 100 metrgacha yetadi, bu o’lchamdan ortig’i juda kam uchraydi.
Qavatlar balandligini tanlashga quyidagi omillar ta’sir etadi: ruda tanasining qalinligi, uning uzunligi, konni yotqizilish elementlarining o’lchami, ruda va yondosh jinslarni fizik-mexanik xususiyatlari, qo’llaniladigan qazib olish tizimi, kon kapital lahimlarining va asosiy gorizontlardan o’tkaziladigan tayyorlovchi lahimlar narxi.
Qavatlar balandligining uzayishi konning kapital va tayyorlovchi lahimlarini o’tkazib 1 t ruda tayyolash zahirasining hajmini va uning narxini qisqartirish imkonini beradi. Bu shu bilan izohlanadiki, qavatni tayyorlash uchun uning balandligiga bog’liq bo’lmagan holda, asosiy gorizontdagi, bir xildagi lahimlarni stvol oldi lahimlari majmuini va kvershlaglarni o’tish kerak bo’ladi. Bu lahimlarning to’liq uzunligi, hajmi va narxi qavatlar balandligidan qat’iy nazar bir xil o’lchamda qoladi, ammo qavatlardagi ruda zahirasi uning balandligiga proporsional ravishda o’sadi.
Ko’pchilik qazib olish tizimlarini qo’llaganda qo’shni qavatlar chegarasida qavatlararo seliklar qoldirish talab etiladi. Bu seliklarni qazib massivdan ajratib olish katta o’lchamda rudaning miqdor yo’qotilishiga va blokning boshqa qismini qazib olishga nisbatan katta xarajat sarflash talab etiladi. Chunki qavat balandligidan qat’iy nazar, qavatlararo qoldirilgan seliklardagi ruda zahirasining miqdori o’zgarmasdan qoladi.Shu bilan birga, qavat balandligining o’sishi qazib olish bilan bog’liq bo’lgan ba’zi xarajatlarning biroz miqdorda bo’lsa ham o’sishiga olib keladi. Shular jumlasidan materiallarni, uskunalarni kavjoyga tashib keltirish narxi, vosstayushiylarni o’tish, ularni ta’mirlash va shaxtada kishilarning harakatlanishiga sarflanadigan vaqtning o’sishi, mehnat unumdorligining pasayishiga olib keladi.Ba’zi hollarda qazilgan bo’shliqqa kon bosimining o’sishi, yondosh jinslarning va kameralararo seliklarning o’pirilishiga olib kelish ehtimolining mavjudligi, qavatlar oralig’idagi balandlikni masofaning uzaytirilishini cheklaydi.
|
| |