• Konchilik korxonalari
  • Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish imkoniyaltlari konni ochish




    Download 17,25 Kb.
    bet2/3
    Sana20.02.2024
    Hajmi17,25 Kb.
    #159633
    1   2   3
    Bog'liq
    55Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish imkoniyaltlari

    Qazib olishga tayyorlash deb, ruda zahirasini qazib olishga tayyorlangan uchastkalarida, kerak bo’lgan barcha kesuvchi lahimlarni o’tkazib, qazib olishga tayyor bo’lgan holatiga aytiladi.
    Yetarli miqdorda ochilgan tayyorlangan va qazib olishga tayyor ruda zahirasini mavjudligi shuning uchun kerakki:
    Konning qazib olinayotgan uchastkalarining birida qazib olish ishlari davomida boshqa uchastkada rejada belgilangan miqdordagi sifatli ruda qazib olish ishlarini rivojlantirishga imkon yaratilgan bo’lishi kerak.
    Konning ekspluatatsiyaga topshiriladigan qismida Ekspluatatsion razvedka ishlarini amalga oshirish uchun va boshqa qismida drenaj ishlarini bajarish uchun rezerv vaqt bo’lishi kerak.


    Konchilik korxonalari
    Foydali qazilma konlarini qazib olish uchun konchilik korxonasi tuziladi, uning tarkibiga rudnik, shaxta, karer va ba’zan boyitish fabrikasi ham kiritiladi.
    Rudnik - maxsus hujjat bilan ajratilgan yer usti va yer osti uchastkasida joylashgan, konni qazib oluvchi konchilik korxonasi bo’lib, bitta yoki bir nechta ishlab chiqarish birligi - shaxtalar, shtolnyalar, karerlar va xizmat ko’rsatuvchi yordamchi sexlardan iborat bo’lgan konchilik korxonasiga aytiladi. Rudnik korxona sifatida yagona ma’muriy-texnikaviy boshqarmaga ega.
    Shaxta - konchilik korxonasining mustaqil ishlab chiqarish birligi bo’lib, yer osti usulida unga ajratilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismida foydali qazilmalarni qazib olish ishlarini amalga oshiradi.Konning bir qismini rudnik shaxta yoki karer qurish uchun ajratilgan maydonini tegishlicha rudnik, shaxta yoki karer maydoni deb aytiladi.Ayrim holda rudnik maydoni bittagina shaxta maydonidan iborat bo’lsa, u holda shaxta va rudnik haqidagi tushuncha bir xil bo’ladi.
    Shaxta maydoni tayyorlovchi lahimlar bilan qavat yoki panellarga ajratiladi. Qavatlarning pastki va yuqorigi chegarasidan shtreklar o’tkaziladi, ular qavatdagi asosiy yoki yuk tashish bosh shtreklari deyiladi.
    Shunday qilib, qavat - shaxta maydonining bir bo’lagi bo’lib, qiyaligi bo’yicha asosiy gorizontdagi yuk tashiladigan shtrek bilan, cho’ziqligi bo’yicha shaxta maydoni chegarasi bilan cheklanadi.
    Qazib olish ishlarini bir vaqtning o’zida olib borilishiga ko’ra bir qavatli, ikki qavatli va ko’p qavatli qazib olish ishlari deyiladi. Bir vaqtning o’zida qazib olinadigan qavatlar soni ruda yotqizig’ini sharoitiga, qo’llaniladigan qazib olish tizimiga, shaxtaning berilgan yillik ishlab chiqarish quvvatiga bog’liq holda belgilanadi. Bir vaqtning o’zida ikki yoki undan ko’proq qavatlarda rudani qazib olish ishlari yillik ishlab chiqarish quvvatini bir qavatda qazib olinganida, belgilangan miqdordagi ruda bilan ta’minlash imkoni bo’lmaganida, ikki va undan ortiq qavatlarda rudani qazib olish ishlarini olib borishga to’g’ri keladi. Lekin hamma kon-geologik sharoitda ham, har xil qazib olish tizimi qo’llanilganida ham, bir vaqtning o’zida bir necha qavatlarda qazib olish ishlari olib borishga imkoniyat bo’lmaydi. Ba’zi bir qazib olish tizimi umuman ko’p qavatda qazishni inkor etadi, boshqasi yo’l qo’yadi, lekin ma’lum texnik qiyinchiliklar bilan.
    Qavatlar odatda yuqoridan pasayib borish tartibida qazib olinadi, yuqori gorizontlardan boshlab, pastki gorizontlarga qarab qavatlarni ko’tarilish tartibida qazib olish amaliyotda kam uchraydi. Shaxta maydonining o’lchamlari texnik iqtisodiy hisoblarga muvofiq belgilanadi. Ruda konlarida shaxta maydonining uzunligi o’rtacha 0,5-2 km ni tashkil etadi, keyingi yillarda juda yirik konlarni qazib olish amaliyotida shaxta maydonining uzunligi 6 km gacha yetadiganlari ham uchraydi.
    Shaxta maydoni o’lchamlarini aniqlashda quyidagilardan kelib chiqiladi: Shaxta maydoni uzunligini oshirish lahimlar o’tkazishdagi, stvol oldi uskunalari va stvol oldi lahimlarini qurishga va yer yuzasidagi stvol oldi inshoatlarini barpo etishda 1t ruda zahirasi ulushiga to’g’ri keladigan kapital xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Shaxta maydonining uzayishi uning zahirasi ko’payishiga olib keladi, kapital xarajatlar doimiy bo’lib, deyarli o’zgarishsiz qoladi. Lekin shaxta maydoni o’lchamlarining ortishi rudani yer osti transportida tashish masofasi, materiallari va uskunalarni tashib keltirish, masofasi kishilarni harakatlanish masofasi ham uzayadi. Asosiy gorizontdagi lahimlarni turg’unligini saqlab turish va tamirlashga sarflanadigan xarajatlar ham ko’payadi, shamollatish ishlari murakkablashib, narxi qimmatlashadi. Shuning uchun loyihalanayotgan shaxta maydonining o’lchamlarini o’zgarishi bir turdagi xarajatlarni kamaytirsa, ikkinchi turdagi xarajatlarning ko’payishiga sababchi bo’ladi.
    Shaxta maydonining eng qulay (optimal) iqtisodiy jihatdan samarali o’lchami 1t ruda zahirasini qazib chiqarishga sarflanadigan umumiy xarajatning eng kam bo’lganidir.Har bir shaxta maydonida asosiy yer osti bilan bog’lovchi stvollardan tashqari yordamchi stvollar ham o’tiladi. Ular kishilarni shaxtadan yer yuzasiga chiqarish uchun ikkinchi ehtiyot chiqish qurilmasi ham hisoblanadi. Undan yer osti lahimlarini shamollatish, materiallar tushirish va boshqa maqsadlarda ham foydalaniladi. Yordamchi shaxta stvollarining soni, ularning joylashishi va o’tkazish tartibini «Konni ochish» bo’limida ko’rib chiqiladi.

    Download 17,25 Kb.
    1   2   3




    Download 17,25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish imkoniyaltlari konni ochish

    Download 17,25 Kb.