|
O‘zlashma so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari va leksikografik talqini
|
bet | 18/22 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 353,62 Kb. | | #99563 |
Bog'liq avtoreferat2. O‘zlashma so‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari va leksikografik talqini
Mustaqillikkacha bo‘lgan so‘z o‘zlashish jarayonida ayrim leksemalarning tilimizga rus tilining fonetik, leksik, morfologik yoki sintaktik hodisalariga moslashgan holda o‘zbek tili leksikasiga o‘zlashganini kuzatish mumkin. Trenirovka leksemasi ham shu hodisa mahsuli bo‘lib, ma’lum sifat-xususiyatlarga ega bo‘lish yoki ularni saqlab qolish uchun muntazam ravishda amalga oshiriladigan mashqlar, mashg‘ulotlar tushunchasini ifodalaydi. Bu leksemaning asl varianti mustaqillikdan so‘ng trening [ingl. training – o‘rgatish, tarbiyalash, mashq qildirish] shaklida o‘zlashtirildi.
|
trenirovka
|
trening
|
|
TRENIROVKA [r. < ingl. training]
1 Ma’lum sifat-xususiyatga ega bo’lish yoki ularni saqlab qolish uchun muntazam ravishda amalga oshiriladigan mashqlar, mashg’ulotlar.
2 Muayyan reja asosida sportchini, uning organizmini o’z kuchini maksimal namoyon qilishga, chidamlilik, tezlik, chaqqonlikka va g’alaba uchun intilishga tayyorlab borish.
|
TRENING [ingl. training – o’rgatish, tarbiyalash, mashq qildirish] Trenirovka tizimi, mashq, mashg’ulot rejimi
|
|
Asli inglizcha bo‘lib, rus tili orqali o‘zlashgan
|
To‘g‘rilan to‘g‘ri ingliz tilidan o‘zlashgan
|
|
Rus tilining tabiatiga moslashib o‘zlashgan
|
O’zbek tili tabiatiga mos
|
|
Qo’llanilishi nofaol
|
Qo’llanilishi faol
|
|
Asosan sport sohasiga xoslangan
|
Ko‘proq o‘quv, o‘rin bilan boshqa sohalarda ham ishlatiladi
|
|
|
|
| |