109
18-§. OLIY MAJLIS VА UNING VАKОLАTLARI
Маvzu ustidа ishlаsh jаrаyonidа quyidаgilаrni:
–
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Маjlisi vаkоlаtlаri;
–
Оliy Маjlis Qоnunchilik pаlаtаsi vа Sеnаtining mutlаq vаkоlаtlаri
haqidа bilib оlаsiz;
1.
Оliy Маjlis vа uning tarkibini shakllantirish tartibi.
2.
Оliy Маjlis Qоnunchilik pаlаtаsining mutlаq vаkоlаtlаri.
3.
Оliy Маjlis Senatining mutlаq vаkоlаtlаri.
1.
OLIY MAJLIS VA UNING TARKIBINI SHAKLLANTIRISH
TARTIBI
Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning
qonun chiqaruvchi va vakil-
lik organi hisoblanadi, ya’ni deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq
manfaatlarini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik or-
gani bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatadan –
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi
va Senati vakolat muddati – besh yil.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 76-modda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy saylov okrug-
lari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yilga saylanadigan 150 na-
far deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi ishi uning barcha deputatlari
muqim kasbiy faoliyat yuritishlariga asoslangan.
Oliy Majlis Senati (yuqori palata)
hududiy vakillik palata-
si bo‘lib, 100 nafar senatorlardan iborat. Senatorlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti ki-
shidan saylanadi. Oliy Majlis Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at,