113
2.
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASINING MUTLAQ
VAKOLATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79-moddasiga mu-
vofiq O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi mutlaq
vakolatlariga:
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosar-
larini saylash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxl-
sizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
3) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari
bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
4)
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yu-
zasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan
qarorlar qabul qilish kiradi.
3.
OLIY MAJLIS SENATINING MUTLAQ VAKOLATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga mu-
vofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vako-