3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINI SAYLASH TARTIBI VA UNING VAKOLATLARI TUGASHI Davlat boshlig‘i parlament deputatlari tomonidan saylanadigan par-
lament respublikasidan farqli ravishda prezidentlik boshqaruvi shaklida
xalq tomonidan yoki saylovchilar vakillari tomonidan saylanadi va depu-
tatlar tor guruhidan emas, balki aholining keng qatlamlaridan vakolatlar
oladi.
Prezident saylovi Konstitutsiya va «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonunga asosan umumiy, teng va
to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash huquqi negizida yashirin ovoz berish yo‘li bilan
amalga oshiriladi. Ayni paytda prezidentlikka nomzodga nisbatan alohida
talablar qo‘yiladi.
O‘zbekistоn Respublikasi Qu- rolli Kuchlari Оliy Bosh Qo‘mondoni PREZIDENT Davlat boshlig‘i O‘zbekistоn Res pub- likasi Kons titut si yasi va qonunlariga, inson huquq va erkinliklari- ga rioya etilishi kafili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yosh -
dan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita say-
lovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayot-
gan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Ayni bir
shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Res-
publikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan
to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh
yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O‘zbekiston
Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 90-modda. Asosiy qonun belgilaydi http://eduportal.uz
124
Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga chiqqan Prezident
umr bod Senat a’zosi lavozimini egallaydi.