muvofiqlashtirish
bilan bog‘liq bo‘lgan
vakolatlari
Asosiy qonun belgilaydi
Topshiriq
http://eduportal.uz
120
2
. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
VAKOLATLARI
Davlat boshlig‘ining asosiy vazifasi – hokimiyatning barcha tarmoq-
lari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘li bilan mamlakat sobitqadam va
barqaror rivojlanishini ta’minlash. Prezidentning O‘zbekiston davlat ho-
kimiyati organlari tizimidagi alohida o‘rni ham ana shu narsa bilan izoh-
lanadi. O‘zbekiston Respublikasida Prezident Davlat boshlig‘i sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga mu-
vofiq O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti:
1)
fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublika-
sining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;
2)
O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy
yaxlitligini muhofaza etish, milliy-davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlar-
ni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
3)
mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston
Respublikasi nomidan ish ko‘radi;
4)
muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining shart-
noma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnoma-
larga, bitimlarga va uning qabul qilingan majburiyatlariga rioya etilishini
ta’minlaydi;
5)
o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik hamda boshqa
vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;
6)
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va bosh-
qa vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Senatiga taqdim etadi;
7)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga mamlakat ichki va tashqi
siyosatini amalga oshirishning eng muhim masalalari yuzasidan murojaat
qilish huquqiga ega;
8)
respublika oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamji-
hat ishlashini ta’minlaydi; vazirliklar, davlat qo‘mitalari hamda davlat
boshqaruvining boshqa organlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining taqdimiga binoan tuzadi va tugatadi, shu masalalarga doir
farmonlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining pala-
talari tasdig‘iga kiritadi;
9)
Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzodni O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdim etadi;
http://eduportal.uz
121
10)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari ko‘rib chiqi-
shi va tasdiqlashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini
taqdim etadi hamda uni iste’foga chiqqanda, Bosh vazirga nisbatan bil-
dirilgan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalari tomonidan qabul qilinganda yoxud qonunda nazarda tutilgan
boshqa hollarda lavozimidan ozod qiladi;
11)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini tasdiqlaydi va
lavozimlaridan ozod qiladi;
12)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Hisob palatasi raisini
tayinlaydi va ularni lavozimidan ozod qiladi, keyinchalik bu masalalarni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
13)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi tarkiblariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar
oliy kengashining raisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
14)
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimi-
ga binoan viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais o‘rin-
bosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi
va lavozimlaridan ozod etadi; O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy
kengashining a’zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi;
15)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan
viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvo-
fiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi. Konstitutsiyani, qonunlarni
buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat
sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavo-
zimidan ozod etishga haqli;
16)
respublika davlat boshqaruv organlarining va hokimlar ning qa-
http://eduportal.uz
122
bul qilgan hujjatlarini ular qonun hujjatlari normalariga nomuvofiq bo‘l-
gan hollarda to‘xtatadi, bekor qiladi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli;
17) O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi;
qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga
qo‘yish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli;
18) O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-bi-
rini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish
zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qiladi va qabul qilgan qarorini uch
kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari ning tasdig‘iga
kiritadi;
19) favqulodda vaziyatlar (real tashqi xavf, ommaviy tartibsizliklar, yirik
halokat, tabiiy ofat, epidemiyalar) yuz bergan taqdirda fuqarolar ning xavf-
sizligini ta’minlashni ko‘zlab, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida
yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi va qabul qilgan qa-
rorini uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari
tasdig‘iga kiritadi. Favqulodda holat joriy etish shartlari va tartibi qonun bi-
lan belgilanadi;
20) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mon-
doni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va
vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi;
21) O‘zbekiston Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan
mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining malakaviy va faxriy unvonlari-
ni beradi;
22) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga va siyosiy boshpana be-
rishga oid masalalarni hal etadi;
23) amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish haqida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritadi va O‘zbekis-
ton Respublikasining sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarni afv
etadi;
24) Davlat xavfsizlik xizmati raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod eta-
di, keyinchalik shu masalalarga doir farmonlarni O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Senati tasdig‘iga kiritadi;
25) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida
nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Prezident o‘z vakolatlarini bajarishni davlat idoralariga yoki mansabdor
shaxslarga topshirishga haqli emas.
http://eduportal.uz
|