|
-§.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTIBog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb20-§.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
–
davlat boshlig‘i sifatida Prezidentning vakolatlari haqida;
–
Prezidentni saylash tartibi va uning vakolati tugashi haqida bilib olasiz.
1.
Prezident – davlat boshlig‘i.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tartibi va uning
vakolatlari tugashi.
1.
PREZIDENT – DAVLAT BOSHLIG‘I
Lotinchadan tarjima qilganda
prezident so‘zi oldinda o‘tiruvchi,
ya’ni davlat boshlig‘i ma’nosini anglatadi. Jahondagi ko‘pchilik mamla-
katlarda prezidentlik boshqaruvi shakli mavjud ekanligi ham prezident
lavozimining mavqeyidan dalolat berib turibdi. O‘zbekistonda prezident
lavozimi
1990-yil 24-martda joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va
davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini
hamda hamkorligini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 89-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini o‘rganib, Davlat
boshlig‘ining vakolatlarini quyidagi faoliyat sohalariga ajrating:
Prezidentning
Oliy Majlis
ish faoliyati
bilan bog‘liq
bo‘lgan vako-
latlari
Prezidentning
Vazirlar
Mahkamasi
ish faoliyati
bilan bog‘liq
bo‘lgan vako-
latlari
Prezidentning
Mudofaa va
xalqaro munosa-
batlar sohasida-
gi vakolatlari
Prezidentning sud,
prokuratura organla-
ri va Davlat xavfsizlik
xizmati ish faoliyati
|
| |