130
22
-§. JOYLARDAGI MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI
ORGANLARI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
–
mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy yo‘nalish-
lari haqida;
–
hokimlar vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlari haqida;
–
Xalq deputatlari Kengashi faoliyati to‘g‘risida bilib olasiz.
1.
Xalq deputatlari Kengashi.
2.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari faoliyati.
1.
XALQ DEPUTATLARI KENGASHI
Markaziy hokimiyat
organlaridan farqli ravishda,
mahalliy hokimi-
yat organlari ijtimoiy muammolarni mintaqaviy darajada hal etadi. Ular
jamiyat hayotining turli sohalaridagi muammolarni
bevosita hal etgan
holda ijro hokimiyatining qonunlari va normativ aktlarini amalga oshira-
di. Hokimiyat organlari joylarda xalq farovonligini ta’minlash va davlat
oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hokimiyat
vakillik organlari
Xalq deputatlari Kengashi sanaladi. Ularning faoliyati mintaqadagi aholi
hayotining turli tomonlariga tegishli vazifalar va muammolarni hal etishga
yo‘naltirilgan. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hududlaridagi vakillik va ijro
hokimiyatini
hokim boshqaradi. Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar
hokimi Prezident va tegishli Xalq deputatlari Kengashiga hisobot berish-
ga burchli.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan
shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik
qiladigan xalq deputat-
lari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat
va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z
vakolatlariga taalluqli
masalalarni hal etadilar.