129
«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI
TO‘G‘RISIDA» O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QONUNI
(Ko‘chirma)
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasining Hukumati — O‘zbekiston
Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan
buyon matnda Vazirlar
Mahkamasi deb yuritiladi):
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, ma-
daniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning bosh-
qa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi
uchun javobgar bo‘ladi;
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaat-
larini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshiradi;
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltira-
di, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;
4) O‘zbekiston
Respublikasi qonunlari,
Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlay-
di;
5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar
taqdim etadi;
6) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida nazarda tutil-
gan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan
xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan fa-
oliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.