|
-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi Pdf ko'rish
|
bet | 108/152 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 4,45 Mb. | | #126523 |
Bog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini sha-
harchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, shaharlar mahallalarida fuqarolar
yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) orqali saylov huquqi kafolatlariga muvo-
fiq amalga oshiradilar
.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijti-
moiy mavqeyidan qat’i nazar fuqarolar bevosita yoki o‘zlarining saylab qo‘yi-
ladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishga teng huquqlidir
.
5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
faoliyatining asosiy prinsiplari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsip-
lari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi,
demokratiya, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni
mustaqil hal qilish, jamoat birdamligi, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odat va
an’analarni inobatga olishdir
.
8-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar va ovullar mahallalari fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ili-
shi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir
.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari
tizimiga kirmaydi va tegishli hudud doirasida qonun bilan o‘zlariga berilgan
vakolatlarni amalga oshiradi
.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan
foydalanadi, o‘z nomi tushirilgan muhrga ega bo‘ladi, shuningdek, O‘zbekis-
ton Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ro‘yxatga olinadi
.
Normativ material
http://eduportal.uz
|
| |