|
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA Pdf ko'rish
|
bet | 104/152 | Sana | 22.12.2023 | Hajmi | 4,45 Mb. | | #126523 |
Bog'liq konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzbMAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
(
Ko‘chirma
)
1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari)
hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organ-
lari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli
masalalarni hal etadilar.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman, shahar hokimiyati oliy mansabdor
shaxsidir, ayni bir vaqtda tegishli hududda
vakillik va ijroiya hokimiyatiga boshchi-
lik qiladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
va tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobot beradi. Tuman hokimi yuqori turuvchi
hokimga va tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobot beradi
.
2-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini tayinlash
va ozod etish
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomoni-
dan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi
.
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan ta-
yinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomo-
nidan tasdiqlanadi
.
Viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashi tegishli deputat-
lari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi
.
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan ta-
yinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomo-
nidan tasdiqlanadi
.
Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi roziligi bilan shahar
hokimini tuman hokimiga (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) bo‘ysundirishga
va viloyat Xalq deputatlari kengashida tasdiqlanuvchi qarorlar bilan yagona boshqaruv
organlari tashkil qilishga haqli.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati – 5 yil
.
|
| |