• Yodda tuting!
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet112/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi:
    O‘zbеkiston Rеspublikаsi Konstitutsiyasi 110-moddasiga binoan 
    O‘zbеkiston Rеspublikаsi Оliy sudi fuqаrolik, jinoiy, iqtisodiy vа mа’muriy 
    sud ishlаrini yuritish sohаsidа sud hokimiyatining oliy orgаni hisoblаnаdi. 
    U qаbul qilgаn hujjаtlаr qаt’iy vа O‘zbеkiston Rеspublikаsining bаrchа 
    hududidа bаjаrilishi mаjburiydir. O‘zbеkiston Rеspublikаsi Оliy sudi quyi 
    sudlаrning sudlov fаoliyati ustidаn nаzorаt olib borish huquqigа egа. 
    Oliy sud tomonidan qabul qilingan qarorlar uzil-kesil bo‘ladi va 
    O‘zbekiston Respublikasi butun hududida ijro etilishi majburiy sanaladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlar sudlov faoliyati ustidan 
    nazorat qilishi huquqiga ega.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlar sudlov faoliyati 
    ustidan nazorat qilishi huquqiga ega va oliy instansiya sudi sifatida 
    hamda nazorat tartibida ishlarni ko‘rib chiqadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birini instansiyada 
    ko‘rib chiqilgan ishlar shikoyat qilish (protest berish) huquqiga ega 
    shaxslar tanlashiga qarab apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib 
    chiqilishi mumkin. Apellatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar kassatsiya 
    tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin emas.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi tushuntirishlari 
    quyi sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, 
    http://eduportal.uz


    142
    Yodda tuting!
    sudlov amaliyotini tahlil qiladi va sud organlari kadrlari malakasi oshirib 
    borilishini tashkillashtiradi.
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida O‘z be kiston 
    Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zbekiston 
    Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida O‘zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyaviy sudi Raisi, Adliya vaziri, sudyalar, O‘zbekiston Res-
    publikasi Oliy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ham 
    ishtirok etishi mumkin.
    Sud organlarining asosiy maqsadi inson huquq va erkinliklarini 
    himoya qilish, jamiyatda qonuniylik va adolatni qaror toptirish sanaladi. 
    Sudlov organlari ish faoliyati muhimligi ular odamlar o‘rtasidagi nizo 
    va mojarolarni davlatda qabul qilingan qonunlarni amaliyotda qo‘llash 
    asosida zo‘ravonlik ishlatmasdan hal qilishida mujassamlashgan.

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish