• III. Muammo muhokamasi.
  • O‘rganilgan mavzular bo‘yicha bilimlaringizni sinang ORALIQ NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
  • G. M. Tansikbayeva, V. A




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet120/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    Topshiriq
    http://eduportal.uz


    152
    Konstitutsiyaviy sudning majlisi quyidagi tarzda o‘tkazilishi mumkin:
    I. 
    Tayyorgarlik bosqichi. Sinf xonasida sud majlisi zalini eslatadigan 
    vaziyatni yarating (ta’lim oluvchilarning besh guruhi uchun stollar – har 
    bir guruh Konstitutsiyaviy sudning bitta sudyasini ifodalaydi, rais uchun 
    stol, ma’ruzachilar uchun minbar).
    II. 
    Majlisni o‘tkazish. Rais ta’lim oluvchilarni ko‘rib chiqiladigan ma-
    sala bilan tanishtiradi, reglamentni aniqlashtiradi va guruhlarga muhoka-
    ma uchun vaqt beradi. Qaror qabul qilayotganda o‘quvchilar O‘zbekiston 
    Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli moddalariga asoslanishlari
    lozim.
    III. 
    Muammo muhokamasi. Har bir guruhdan ma’ruzachi belgila- 
    nadi, u 2–3 minut davomida guruhning ushbu muammo yuzasidan nuqtaiy
    nazarini yoritib beradi. Uni hal etish uchun o‘quvchilar qonun chiqaruv-
    chilarga muhokama etilayotgan to‘xtamga tuzatishlar, qonunning yangi
    moddasi loyihasini taklif etishlari yoki ushbu to‘xtamni bekor qilishni 
    talab qilishlari mumkin. Muhokama chog‘ida boshqa guruhlarning ishti-
    rokchilari savol berishlari mumkin.
    IV. 
    Qaror qabul qilish. Konstitutsiyaviy sudda qaror oddiy ko‘pchi-
    lik ovoz bilan qabul qilinadi.
    V. 
    Yakunlarni chiqarish. Muammo muhokamasi borishini baho-
    lang: muhokama etilayotgan qaror foydasiga yoki unga qarshi argument-
    lar qanchalik asosli bo‘ldi, yuzaga kelgan muammoni bunday muhokama 
    qilish nechog‘liq samarali kechdi.
    http://eduportal.uz


    153
    O‘rganilgan mavzular bo‘yicha
    bilimlaringizni sinang
    ORALIQ NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
    Qiynalganda qavs ichida ko‘rsatilgan darslik sahifalariga murojaat qiling
    .
    1. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshlig‘i sifatidagi asosiy maj-
    buriyatlarini aytib bering
    (120–121-b.)
    2. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib kim saylanishi mumkin
    ? (123-b.)
    3. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash tartibini aytib bering
    (123-b.)
    4. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari qaysi hollarda to‘xtatiladi

    (123-b.)
    5. 
    O‘z vakolatlari tugagandan keyin Prezident qaysi lavozimni egallashi mumkin

    (124-b.)
    6. 
    O‘zbekiston Respublikasidagi ijroiya hokimiyati organlarini aytib bering
    (125–
    129-b.)
    7. 
    Ijroiya hokimiyati organlari asosiy funksiyasini ayting
    (125-b.)
    8. 
    O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining asosiy vakolatlarini sanab bering
    (125-b.)
    9. 
    Хalq deputatlari Kengashlari qaysi muammolarni hal qiladi
    ? (130-b.)
    10.
    Хalq deputatlari Kengashlariga kim rahbarlik qiladi
    ? (130-b.)
    11. 
    Viloyat, shahar yoki tuman hokimi majburiyatlarini sanang
    (131-b.)
    12. 
    «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi» tushunchasiga ta’rif bering
    (134-b.)
    13. 
    Shaharlar mahallalari, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi o‘zini o‘zi bosh-
    qarish organini ayting
    (134-b.)
    14. 
    Fuqarolar yig‘inlari ish faoliyati asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qanday komissi-
    yalar mavjud
    ? (136-b.)
    15. 
    O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati sudlovning qaysi turlari orqali 
    amalga oshiriladi
    ? (139-b.)
    16. 
    O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi qaysi sudlardan tashkil topgan
    ? (140-b.)
    17. 
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qanday ishlarni ko‘rib chiqadi

    (141-b.)
    18. 
    O‘zbekiston Respublikasi sud organlarining asosiy maqsadini ayting
    (142-b.)
    19. 
    Odil sudlovni amalga oshirish jarayoniga qonunlarga nisbatan qo‘yiladigan 
    asosiy talablarni aytib bering
    (145-b.)
    20. 
    Aybsizlik prezumpsiyasi nima degani
    ? (145-b.)
    21. 
    Kim shahar yoki tumanlararo sud, tuman (shahar) sudi yoki iqtisodiy sud sud-
    yasi bo‘lishi mumkin
    ? (147-b.)
    22. 
    Sudyaning vakolatlari qanday hollarda to‘xtatilishi mumkin
    ? (148-b.)
    23. 
    Sud hokimiyati ish faoliyati konstitutsiyaviy prinsiplarini sanab bering
    (149-b.)
    http://eduportal.uz


    154

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish