• Asosiy qonun belgilaydi
  • Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan avval to‘x- tatilishi mumkin
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 112-modda




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet117/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 112-modda.
    O‘zbekiston Respublikasining 30 yoshdan kichik bo‘lmagan, oliy 
    yuridik ma’lumotga ega yuridik mutaxassislik bo‘yicha, avvalo huquqni 
    muhofaza qilish organlarida kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan va 
    malaka imtihonini topshirgan fuqarosi tumanlararo, tuman (shahar) fuqa-
    rolik, jinoyat, iqtisodiy ma’muriy sudi sudyasi etib tayinlanishi mumkin. 
    O‘zbekiston Respublikasining ofitser unvoniga ega bo‘lgan, haqiqiy har-
    biy xizmatni o‘tayotgan fuqarosi harbiy sudning sudyasi bo‘la oladi.
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq sudyalar 
    deputat etib saylana olmaydilar, siyosiy partiyalar va harakatlarga a’zo 
    bo‘lolmaydilar, shuningdek, sudya vazifalarini boshqa bir haq to‘lanadi-
    gan ish bilan qo‘shib olib borishga haqli emas (112-modda).
    Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda uning vakolatlari to‘x-
    tatib turiladi. Basharti, sudya o‘z lavozimiga mos kelmaydigan faoliyat 
    bilan shug‘ullangan hollarda sudyalar tegishli malaka kollegiyasi qarori 
    bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudyalar Kengashi taqdimoti bo‘yi-
    Asosiy qonun belgilaydi
    http://eduportal.uz


    148
    cha sudya vakolatlari to‘xtatilishi, sudya majburiy xarakterdagi tibbiy 
    choralarga tortilishi, sud qarori bilan noma’lum sabablarga ko‘ra sudya 
    bo‘lmay turgan deb tan olinishi ham mumkin.
    Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan avval to‘x-
    tatilishi mumkin: 1) Sudya qasamyodini buzganda; 2) yozma ariza ber-
    ganda; 3) sudyalar tegishli malaka kollegiyasi tomonidan ogohlantirish 
    berilgandan yoki vakolatlari to‘xtatilgandan keyin o‘z lavozimiga mos 
    kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullangan hollarda; 4) belgilangan tartib-
    da muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb tan olinganda; 
    5) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lganda; 6) sudning 
    ayblov hukmi unga nisbatan kuchga kirganda; 7) vafot etganda yoki sud 
    qarori bilan o‘lgan deb e’lon qilinganda; 8) salomatligi holati yoki uzoq 
    vaqt davomida boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sudya majburiyatlarini ba-
    jarishga layoqatli bo‘lmagan taqdirda; 9) basharti, boshqa sudya lavozi-
    mini egallashga rozilik bermagan taqdirda sud raisi vakolatlari muddati 
    tugaganda.
    Sizningcha, quyida keltirilgan hollardan qaysi birida sudya tomonidan qo-
    nun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan
    ?
    1-vaziyat.
    Piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqaro S. ning kiyimiga yonidan 
    g‘izillab o‘tib ketayot gan avtomobil loy sachratib ketdi. Jabrlanuvchi bu 
    masalani o‘zi hal etishi mumkin, sudlar bunday aytarli ahamiyatsiz ish 
    bilan shug‘ullanmaydilar deb hisoblagan sudya arizani qabul qilishni rad 
    etdi.
    Sudyaning qarorini qanday baholaysiz?
    2-vaziyat.
    Fuqaro Sh. fuqaro N. dan 50 000 so‘m undirib berilishi xususida sud-
    ga murojaat qildi. Ayni mahalda N. bu summani qalin tariqasida olgani, 
    keyin qizini Sh. ning o‘g‘liga berishdan voz kechgani aniqlandi.
    Sudya qanday ish tutishi kerak?

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 112-modda

    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish