147
2.
SUDYALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi sudyalari mustaqil va ularning shaxsi daxl-
sizdir, ya’ni sudyalar va xalq maslahatchilari sud ishini faqat qonun asosi-
da va ularga nisbatan har qanday tashqi ta’sirni istisno qiluvchi sharoitda
muhokama qiladilar.
Davlat idoralari xodimlari, istalgan maqomdagi mansabdor shaxslar
va fuqarolar konkret ishlarni qanday hal etish to‘g‘risida sudga ko‘rsatma
berishga haqli emasdirlar. Daxlsizlik prinsipi sudyaning ruxsatisiz uning
xizmat xonasiga, uyiga kirishga, xat-xabarlariga ko‘z yugurtirishga, bu-
yumlari va hujjatlarini ko‘zdan kechirishga haqli emaslikni anglatadi.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning
odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda
aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq
javobgarlikka sabab bo‘ladi.