G. M. Tansikbayeva, V. A




Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/152
Sana22.12.2023
Hajmi4,45 Mb.
#126523
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152
Bog'liq
konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

Demokratik 
saylov
 
prinsiplari:
tenglik;
yashirinlik;
ochiqlik.
http://eduportal.uz


158
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar
tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov 
tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan 
yilda – dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida 
o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi 
asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston 
Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga 
egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq 
davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Res-
publikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi 
referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik
qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan 
O‘z bekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoli-
yatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining saylov 
to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa 
qonunlarga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zo-
lari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq depu-
tatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yi-
cha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va 
Senati tomonidan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi 
komissiya a’zolari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi.

Download 4,45 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   152




Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish