G. M. Tansikbayeva, V. A




Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/152
Sana22.12.2023
Hajmi4,45 Mb.
#126523
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152
Bog'liq
konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb


bo‘lim
KONSTITUTSIYA – MAMLAKATDA 
DEMOKRATIYANI RIVOJLANTIRISH KAFOLATI
 
27
-§. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI SAYLOV TIZIMI
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– 
demokratik davlatda saylovlarning ahamiyati haqida;
– 
mavjud saylov tizimlari, ularning prinsiplari va samaradorligi haqi-
da;
– 
O‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimining xususiyatlari haqi-
da bilib olasiz. 
1. 
Umumxalq saylovi – mamlakat taraqqiyot yo‘lini tanlashdir.
2. 
Saylovning qaysi modeli yaxshiroq?
3. 
Demokratik saylov prinsiplari.
1. 
UMUMXALQ SAYLOVI – MAMLAKAT TARAQQIYOT
YO‘LINI TANLASHDIR
Umumxalq saylovlari yo‘li bilan davlat hokimiyati organlarini shakl-
lantirish demokratik huquqiy davlatning muhim alomatlaridan biri hisob-
lanadi. Har bir fuqaro o‘z ovozini berish asnosida hokimiyatga da’vogar-
lik qilayotgan turli kishilarga, siyosiy partiyalarga o‘zining munosabatini 
bildiradi. U saylab qo‘yiladigan organlarni shakllantirishda ishtirok etish-
ga, ya’ni ularning tarkibiga saylash va saylanishga haqlidir.
Biz mаmlаkаt hаyotigа doir hаr bir qаrorni 
xаlqimiz bilаn mаslаhаtlаshib, bеvositа muloqot 
аsosidа qаbul qilmoqdаmiz.
«
Хаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, bаlki dаvlаt 
idorаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk» dе-
gаn g‘oya bu borаdа fаoliyatimiz mеzonigа аy-
lаnmoqdа.
Shаvkаt Мirziyoyеv
http://eduportal.uz


155
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik 
organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi 
bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish teng-
ligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari 
saylash huquqiga egadirlar. 
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar
shuning dek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlana-
yotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. 

Download 4,45 Mb.
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152




Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish