• Umumiylik prinsipi
  •   DEMOKRATIK SAYLOV PRINSIPLARI




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    3. 
    DEMOKRATIK SAYLOV PRINSIPLARI
    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonuni saylov tizimi-
    ning negizi bo‘lib, ularda saylov tizimining demokratik prinsiplari mus-
    tahkamlab qo‘yilgan.
    Umumiylik prinsipi ham saylovchilar uchun, ham nomzodlar uchun 
    ro‘yxatdan o‘tishning ochiqligini ta’minlaydi. Saylov o‘tkaziladigan kun-
    ga qadar 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga saylovda ishtirok etish huquqi 
    beriladi.
    Saylov uchastkalari ishining tashkil etilishi ham saylov huquqi umu-
    miyligining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. U saylovchilarga maksimal qu-
    lay shart-sharoitlar yaratib beriladigan bir tarzda tashkil etiladi: saylov 
    uchastkalari yashash joyiga bevosita yaqin joylashtiriladi; saylov dam 
    olish kuniga tayinlanadi va ertalab soat 6 dan kechqurun soat 20 gacha 
    http://eduportal.uz


    157
    davom etadi; ovoz berish joyi to‘g‘risida har bir saylovchiga bildirila-
    di; tiqilinch navbatda turishlar va ovoz berish uchun boshqa to‘sqinliklar 
    bo‘lmasligi maqsadida ovoz berish uchun zarur miqdorda maxsus xonalar 
    jihozlanadi.
    Basharti, salomatligi holatiga ko‘ra yoki boshqa sabablarga ko‘ra say-
    lovchi saylov uchastkalariga kela olmasa, ularning iltimosiga binoan ovoz 
    berish o‘z yashaydigan joyida tashkil etiladi.
    Saylovchilardan har biri familiyasi ro‘yxatga kiritilgani va ular 
    haqidagi ma’lumotlar chalkash emasligiga ishonch hosil qilish 
    maqsadida saylov uchastkalarida tanishib chiqish uchun ro‘yxatlar osib 
    qo‘yiladi.
    Tenglik prinsipi har qaysi saylovchi ovozi teng kuchga ega ekanligini 
    anglatadi.
    Yashirinlik tamoyili ovoz berish chetdan qandaydir nazorat 
    bo‘lmasligi va begona kishilar ishtirokisiz ovoz berish imkoniyatini 
    saylovchiga kafolatlaydi. Ovoz berish yashirin bo‘lishini ta’minlash 
    maqsadida saylovchi maxsus tayyorlab qo‘yilgan kabinaga kiradi, saylov 
    bulletenini to‘ldiradi, ya’ni saylovchi ovoz berayotgan deputatlikka 
    nomzod familiyasi qarshisida, o‘ng tarafda joylashgan bo‘sh kvadratga 
    belgi – qo‘shuv belgisini qo‘yadi va saylov qutisiga o‘z qo‘li bilan 
    tashlaydi.
    Ochiqlik tamoyili saylov chog‘ida huquqbuzarliklar sodir etish 
    ehtimolini cheklaydi, ovozlarni sanab hisoblashda va rasmiy natijalarni 
    e’lon qilayotganda halollikni ta’minlaydi.
    yalpi umumiylik;

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish