• Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimi
  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 99-modda




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 99-modda.
    Asosiy qonun belgilaydi
    http://eduportal.uz


    131
    2. 
    VILOYATLAR, TUMANLAR VA SHAHARLAR
    HOKIMLARI ISH FAOLIYATI
    Hokim faoliyati yakkaboshchilik asosida amalga oshiriladi va o‘zi 
    boshqarayotgan hududlar bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va faoliya-
    ti natijalari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni 
    buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-hara-
    kat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan 
    lavozimidan ozod etishga haqli.
    Tasavvur qiling, Siz maktab direktorisiz va shahar (tuman) hokimi qabuliga 
    kel dingiz. Maktabni ta’mirlash va a’lochi o‘quvchilarni xorijiy mamlakatlardan bi-
    riga sayohatga yuborish uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qildingiz. Ushbu 
    takliflarni asoslash uchun qanday sabablarni keltirgan bo‘lar edingiz
    ?
    O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari, 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi 
    hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputat-
    lari Kengashi qarorlari ijrosini tashkillashtiradi;
    Viloyatlar, 
    tumanlar, 
    shaharlar 
    hokimi
    :
    viloyatlar, tumanlar, shaharlarni iqtisodiy va ijtimoiy ri-
    vojlanti rish ning asosiy yo‘nalishlari, viloyat, tuman, shahar 
    budjetining asosiy parametrlari va ularning ijrosi to‘g‘risi-
    dagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;
    respublikada va xorijda viloyat, tuman va shaharning rasmiy 
    vakili sifatida ish yuritadi;
    aholini qabul qilishni tashkillashtiradi, fuqarolarning shiko-
    yatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi va boshqalar.
    jamoatchilik tartibini saqlash va jinoyatchilik bilan kurash, 
    fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ular huquqlari va salo-
    matligini ta’minlash bilan bog‘liq choralarni ko‘radi, tabiiy 
    ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarda 
    ishlarni tashkil etadi;
    Topshiriq
    http://eduportal.uz


    132
    Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga 
    viloyat, tuman, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim 
    va dolzarb masalalar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etadi. Kengashlar qa-
    rorlarni ularga asoslanib qabul qiladi.
    Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkabosh-
    chilik asoslarida amalga oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan or-
    ganlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar. 

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 99-modda

    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish