• Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi
  • G. M. Tansikbayeva, V. A




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet105/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    O‘zingizni sinang!
    Normativ hujjat
    http://eduportal.uz


    134
    23
    -§. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH 
    ORGANLARI
    Mavzu ustida ishlash natijasida:
    – 
    o‘zini o‘zi boshqarish organlarining strukturasi va ularning huquqiy 
    maqomi haqida;
    – 
    o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari haqida;
    – 
    fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komis-
    siya faoliyati haqida bilib olasiz.
    1. 
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning huquqiy 
    maqomi.
    2. 
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy 
    yo‘nalishlari.
    3. 
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi komis-
    siya faoliyati.
    1. 
    FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH 
    ORGANLARI VA ULARNING HUQUQIY MAQOMI
    Shaharlar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek, shaharlar, qishloq-
    lar va ovullar mahallalarida tashkil etiladigan o‘zini o‘zi boshqarish or-
    ganlarining strukturasi va huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi 
    Konstitutsiyasining 105-moddasida va «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqa-
    rish organlari to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab qo‘yilgan.
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – bu Konstitutsiya va O‘z-
    bekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlanadigan, fuqarolarning 
    o‘z manafaatlari, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, milliy va 
    ma’naviy qadriyatlaridan, mahalliy urf-odatlari va an’analaridan kelib 
    chiqadigan masalalarni hal etish bo‘yicha mustaqil faoliyati hisoblanadi.
    Shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek, shaharlar, qishloqlar 
    va ovullardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar yig‘ini bo‘lib, 
    uch yil muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylanadi.
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organ-
    lari tizimiga kirmaydi va qonunchilikka muvofiq berilgan vakolatni tegishli 
    hududda amalga oshiradilar. Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalaydi 
    va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiluvchi qaror qabul qiladi.
    http://eduportal.uz


    135
    Fuqarolar yig‘inida o‘n sakkiz yoshga yetgan va tegishli hududda 
    doi miy yashaydigan shaxslar ishtirok etadi. 

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish