• Qonunchilik tashabbusi
  • Bunda maqbul qonun mezonlari to‘g‘risidagi Eslatmadan foydalaning




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet90/152
    Sana22.12.2023
    Hajmi4,45 Mb.
    #126523
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152
    Bog'liq
    konstitutsiyaviy huquq asoslari 9 uzb

    Bunda maqbul qonun mezonlari to‘g‘risidagi Eslatmadan foydalaning.
    1. 
    Qonun huquq va axloq-ma’naviyatga mos kelishi kerak.
    2. 
    Qonun О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga 
    mos kelishi lozim.
    3. 
    Qonun oddiy va tushunarli tilda yozilgan bo‘lishi lozim.
    4. 
    Qonun moddalari ijro etilishi real bo‘lishi zarur.
    http://eduportal.uz


    116
    1. 
    QONUNCHILIK TASHABBUSI HUQUQI
    Demokratik huquqiy davlatda insonlarning jamiyatdagi o‘ta muhim
    munosabatlarini qonunchilik asosida boshqarish zarurati mavjud bo‘ladi. 
    Shu sababli davlatimiz qonunchiligida har bir inson qonun loyihalarini tay-
    yorlashda hamda mavjud qonunlarni o‘zgartirish va to‘ldirishda ishtirok 
    etishga haqli ekanligi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Deputatlardan 
    farqli o‘laroq, fuqarolar o‘z takliflari bilan Oliy Majlisga emas, balki o‘z-
    lari tomonidan saylangan Oliy Majlis deputatlariga murojaat qiladilar.
    Qonunchilik tashabbusi
    – qonun loyihasining qonun chiqaruvchi 
    organga belgilangan tartibda rasman kiritilishidir. Qonunchilik tashab-
    busi – qonunchilik protsessining birinchi bosqichidir.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga mu-
    vofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga: 
    – 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti;
    – 
    o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘is-
    ton Respublikasi;
    – 
    O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
    deputatlari;
    – 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
    – 
    Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud;
    – 
    O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori egadirlar.
    Mazkur huquqning ro‘yobga chiqarilishi taklif etilgan qonun loyihala-
    rining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilishi majbu- 
    riyligi bilan kafolatlanadi hamda deputatlar ko‘pchiligi ovoz berishi ta-
    riqasida ma’qullanishi sharti bilan quyidagilar qabul qilinadi:
    – 
    yangi qonun loyihasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi qaror;
    – 
    taklif etilgan qonun loyihasini takomillashtirishga yuborish to‘g‘risi- 
    dagi qaror.

    Download 4,45 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152




    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bunda maqbul qonun mezonlari to‘g‘risidagi Eslatmadan foydalaning

    Download 4,45 Mb.
    Pdf ko'rish