|
Gap bo'laklari, sanalmaydigan birliklar kirish so’z, kirish birikma va kiritma gaplar,sodda gap turlari Reja: Undalma va ularda tinish belgilar
|
bet | 2/3 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 30,34 Kb. | | #124466 |
Bog'liq Gap bo\'laklari, sanalmaydigan birliklar kirish. so’z, kirish biri2. Kirish so'z va kirish birikma.
So'zlovchining o'zi bayon qilayotgan fikriga bo'lgan turli munosabatini bildiruvchi so'z yoki so'z birikmasi kirish zo'z yoki kirish birkma deyiladi.
Masalan: Darvoqe, Anvarga ko'p mexnatim singan. Kirish so'z shodlik, gumon, ishonch, umid, taajub, fikrini kimga qarashli ekanligi, uning oldingi fikri bilan bog'liqligi, shubxa, eslatish kabi ma'nolarni ifodalaydi.
Kirish so'z ko'pincha modal so'zlar bilan, kirish birikma esa so'z birikmasi orqali ifodalanadi. Masalan:
1. Umuman, ezgu ishning cheki yo'q.
2. Axmadning aytishicha, ertaga yugurish musobaqasi o'tkaziladi.
3. Kirish so'z butun gapga, qo'shma gaplarda esa odatda uning bir qismiga aloqador bo'ladi.
Masalan:
1. Darxaqiqat, Pugachyov o'sha yetakchiga juda o'xshar ekan.
2. Nazir o'qishni bitirsa, albatta, men uni tabriklayman.
Birinchi gapda kirish so'z butun bir gapga aloqador, ikkinchi gapda esa gapning so'ngi qismi(men uni tabriklayman)ga aloqador.Bunday sharoitlarda kirish so'z gapning o'zi aloqador bo'lgan bo'lagidan oldin yoki keyin keladi.
2. Kirish bo'lak ayrim gap bo'laklariga talluqli.
A)gapning kesmiga.
Masalan: Siz bu gaplardan bexabarsiz-da,albatta.
B) gapning egasi.
Masalan: Og'a,extimol, siz xam yoqmoqchidirsiz?- deb so'radi.
V)gapning aniqlovchisiga.
Masalan : Bu, shubxasiz, bizning yutug'imiz -deb gap boshladi Samandarov.(A.Q.)
Kirish bo'lak bir gap tarkibidan ortiq bo'lishi mumkin. Bunday xolat kirish bo'lakning bir gapning bir kesmiga (yoki biron bo'lagiga) qarashli bo'lgan o'rinlarda bo'ladi.
Masalan:
1. Demak, Vatan mamnun bo'lgan o'g'ildan mexribon yana xam mamnun, albatta! (M.B)
2. Aftidan, qari deysan, shekili.(X.K)
3. Xolbuki, razvedka, ayniqsa, bu razvedka extiyot shart.(U)
Kirish so'z va kirish birikma:
1. So'zlovchining aytilayotgan fikriga bo'lgan munosabatini ifodalaydi: albatta, extimol,balki, shubxasiz, xaqiqat, darxaqiqat, baxtimizga, afsus, esiz va boshqalar.
Bular turli ma'nolarni anglatdi:
1.Ishonch yoki tasdiqni (albatta, shubxasi, so'zsiz, xaqiqat kabilar)masalan:
1. Ko'prik, shubxasizshu yerga yaqin joyda.
2. Darxaqiqat, bu ishda sobiq bo'lishi kerak.
3. Gumonni(balki,extimol,aftidan,shekili)kabilar.
Masalan:
1. Extimol,bu vazifani uddalaymiz.
2. Balki, jarlik tomon borishimiz kerak.
3. Shodlikni (baxtimizga, tolemizga kabi)masalan: Baxtimizga, bugun xavo uncha sovuq bo'lmadi.
4. Afsus va taajubni.(afsus, attang, esiz, esizgina, baxtga qarshi)kabi. Masalan : 1. Baxtga qarshi, kecha bulutli kun bo'ldi. 2. Attang biroz kechikibmiz.
2. Bayon qilingan fikrni kimgaa qarashli ekanligini ifodalaydi(menimcha, sizningcha aytishlaricha,...so'ziga qaraganda,... so'ziga ko'ra,... yozishicha kabi)masalan: Akmal akaning aytishicha, bu yil saraton juda issiq boshlanadi.
3. Bayon qilingan fikrning tartibini ifodalaydi (avvalo, oxiri, nixoyat, birinchidan,ikkinchidan) masalan:1. Birinchidan, bugun Mingbuloq tumanida xalima opaning yubley kechalari, ikkinchidan, ertaga viloyat yozuvchilarning konfrensiyasi ochiladi.
2. Nixoyat, cho'lga suv keldi.
3. Aytilgan fiktning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. (demak, xullas, xulosa qilib, aytganda, shunday qilib, binobarin, ko'rinadiki, anglashiladiki kabilar).
Masalan: 1. Binobarin, xayotda inson ensikorpedyasi. 2. Shunday qilib, tarxiy shartnomaga qo'l qo'yildi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Gap bo'laklari, sanalmaydigan birliklar kirish so’z, kirish birikma va kiritma gaplar,sodda gap turlari Reja: Undalma va ularda tinish belgilar
|