9
Bayon qilishning akademik uslubi oliy ta’lim muassasalarida davlatlar o‘rtasida
ta’limiy va ilmiy aloqalarni olib borishda qo‘llaniladi. Uning yordamida talabalar,
aspirantlar va malakali olimlar doklad, kurs ishi yozadilar hamda o‘zga davlatlarda
ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib boradilar.
Xalqaro ilmiy jurnallar redaktorlari bu uslub tamoyillariga tayanadilar, shuning
uchun ilm dunyosida muvoffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan hamda chet ellarda
ilmiy ishlarini chop etmoqchi bo‘lgan harbir olim bu uslubni egallashi lozim.
Chet eldagi davlatlarda tadqiqotchilar uzoq yillardan beri akademik yozuvdan
foydalanadilar. Bundan tashqari, ingliz tilida so‘zlashuvchi olimlar uning rivojiga
hissa qo‘shib kelmoqdalar. Bizning mamlakatimizda akademik uslub bo‘yicha
bilimlar keng tarqalmagan, vaholanki bu muammoning yеchimi bilan bir qator
olimlar – filologlar, lingvistlar, sotsiopsixologlar, axborot texnologiyalari bo‘yicha
mutaxassislar shug’ullanadilar.