14
2- тopshiriq.
FSMU jadvalini tuzing.
Bunda bеqiyos odob namunasi bu, avvalo, o‘qituvchining go‘zal nutqida o‘z
ifodasini topadi,
- dеgan fikrga asoslaning.
3-topshiriq.
Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini izohlang va
ular ishtirokida gaplar tuzing.
Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z olmoq, so‘z bermoq,
ovoz bermoq, muhokama qilmoq,
tavsiya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq,
muhokamada chiqmoq, faol qatnashmoq, hay’at saylamoq,
zimmasiga
yuklamoq, topshirmoq, ta’sis etmoq, qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq, fikr-
mulohaza bildirmoq.
4 - topshiriq.
Ekologik muammolar
Aholi sonining yildan yilga oshib
borishi
sanoat
va
transportning
rivojlanishi,
fan-texnikaning
taraqqiy
etishi insonning biosferaga ko‘rsatayotgan
ta’sir doirasini kengaytirib bormoqda. Bu
esa o‘z navbatida u yoki bu ekologik muommolarning kelib chiqishiga sabab
bo‘lmoqda.
F
S
M
U
Fikringizni bayon eting
Fikringizni umumlashtiring
Sabab ko'rsating
Misol keltiring
15
Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri
bilan
bog’liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotiga, hayotida
xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog’liq
(stixiyali talofatlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib
ketishi va
boshqalar) har qanday hodisa tushuniladi. Ekologik muammolar 3 guruhga
bo‘linadi.
1. Umumbashariy (global)
2. Mintaqaviy (regional)
3. Mahalliy (lokal)
Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen
hodisalar umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday umumbashariy
muammolarga ba’zi bir misolar keltirish mumkin:
Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozon
qatlami atmosferaning muhim
tarkibiy qismi hisoblanadi, u iqlimga va yеr yuzasidagi barcha tirik organizmlarni
nurlanishdan saqlab turadi. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va
boshqa gazlar ishtirokida hosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib
olib, yеr yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlarning
ortishi tirik organizmlarga salbiy ta’sir etadi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida
nurlanish odamlarda terining kuyishiga olib keladi. Bugungi kunda
teri raki bilan
kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlangan.
Chuchuk suv muammosi. Chuchuk suvning biosferadagi roli juda katta.
Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz bo‘lib, u 2,8 % ni tashkil etadi.
Chuchuk suv zahirasi asosan qutblardagi muzliklardir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan aholining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib
bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3
– 3,5 km3 suv sarflanmoqda. XXI asrga borib ushbu ko‘rsatkich 1,5 – 2 marta
ortish imkoniga ega. Daryolarning umumiy yillik oqimi yеr yuzi bo‘yicha 50 ming
km3. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv yеtishmasligi aniq.
16
Qurg’oqchil mintaqalarda daryolardan to‘liq foydalanilganda ularning suvi
yеtmay qolmoqda. 1980 yillarda bunday holat Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya,
Meksika davlatlari, Nil,
Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa daryolarda
kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaharli moddalar bilan
ifloslanishi o‘sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini
daryolarga tashlaydi. Bu ko‘rsatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10%
ni, ba’zi rivojlangan mamlakatlarda 30% ni tashkil etadi. Daryo toza suvlarida
yildan
yilga har xil erigan moddalar, zaharli kimyoviy moddalar va
bakteriyalarning miqdori ortib bormoqda.
Tirik tabiatdagi o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi.
Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o‘simliklar dunyosi, ayniqsa, o‘rmonlarning
ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yеr yuzi quruqligining 25 % ni o‘rmonlar
tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq
hozirgi kunda o‘rmonlarning holatini yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki, har yili 3
mlrd.m3 hajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich
yaqin yillar orasida 1,5 martaga ortishi mumkin.
Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga
solmoqda. U yеrlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan
o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln.gektar tropik
o‘rmonlar vayron bo‘lgan, atiga yiliga 11 mln. gektar maydon tiklanmoqda.
Floraning kamayib ketishi «Qizil kitob» yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Matn yuzasidan savollar:
1. Matn sxemasini tuzig.
bosh axborot
ikkinchi darajali axborot
2. Ekologik muammolarning qanday guruhlarini bilasiz?
3. O‘zbekiston hududida ularning qaysi turlari kuzatiladi?
4. Tabiat haqida xalq maqollaridan namunalar yozing.